Научная статья на тему 'ZULFIYA LIRIKASIDA ESTETIK QARASHLAR'

ZULFIYA LIRIKASIDA ESTETIK QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zulfiya / Zulfiya lirikasi / estetika / estetik qarashlar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mahliyo Sheraliyevna Ahmadaliyeva

Lirik shakl mohiyatida insoniy munosabatlar o‘z ahamiyatini namoyon qiladi. E’tibor berilsa, XX asr o‘zbek poeziyasida jahon she’riy maktablarinin o‘rni va ta’siri beqiyos. Bular adabiy aloqalarning muhstahkamlanishida yorqin namoyon bo‘lgan. Shoira Zulfiya ijodining poetik olami va estetik qarashlari ham mazkur jarayonning bir halqasini tashkil etadi. Negaki, ijodkor o‘z davrining komil farzandi. O‘zi yashab turgan ijodiy muhit suvratidan estetik qarashlari shakllanadi. Ustozlari boshlab bergan salmoqli ishlar, keyingi avlod nazaridan izsiz o‘tmaydi. Bularni davom ettirganligi uchun bugungi adabiy jarayon o‘ziga kerakli va muhim jihatlardan ibrat olishda davom etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA LIRIKASIDA ESTETIK QARASHLAR»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

ZULFIYA LIRIKASIDA ESTETIK QARASHLAR

Mahliyo Sheraliyevna Ahmadaliyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Lirik shakl mohiyatida insoniy munosabatlar o'z ahamiyatini namoyon qiladi. E'tibor berilsa, XX asr o'zbek poeziyasida jahon she'riy maktablarinin o'rni va ta'siri beqiyos. Bular adabiy aloqalarning muhstahkamlanishida yorqin namoyon bo'lgan. Shoira Zulfiya ijodining poetik olami va estetik qarashlari ham mazkur jarayonning bir halqasini tashkil etadi. Negaki, ijodkor o'z davrining komil farzandi. O'zi yashab turgan ijodiy muhit suvratidan estetik qarashlari shakllanadi. Ustozlari boshlab bergan salmoqli ishlar, keyingi avlod nazaridan izsiz o'tmaydi. Bularni davom ettirganligi uchun bugungi adabiy jarayon o'ziga kerakli va muhim jihatlard an ibrat olishda davom etmoqda.

Kalit so'zlar: Zulfiya, Zulfiya lirikasi, estetika, estetik qarashlar.

Shoira ijodini kuzatar ekansiz, bitta muhim jihat kishi e'tiborini o'ziga jalb qiladi. U ham bo'lsa falsafiy-intellektuallikdir. Bu muhim qirraning shoira ijodidagi rang-barang ko'rinishlari lirik va epik asarlarida go'zal moxiyatni yuzaga keltirgan. Olislarga qadalgan nigoh, kutish va sabr onlari, muhabbatdan yaralangan dil nolalari, hijrondan yaralgan mungli ohanglar, taqdir hukmining javobsiz sadolari, orzularning kamalak jilosi, shodlikning munavvar tongdek sezimlari kishi qalbining bitmas, tuganmas idroki shoira Zulfiya lirikasining har bir nuqtasida estetik qarashlarini yaqqol ifodalab turibdi. Ko'pgina hollarda o'sha tanish tuyg'ular kitobxon qalbidagi tizginsiz savol yanglig' yuzaga chiqishiga guvoh bo'lasiz. Davrlar ham xuddi odamdek turfa va ko'p-qirralidir. Unda mavjudlik jumbog'iga yechim topish mumkin. Lekin har bir buyuk savol bag'rida shunga monand javob ham mavjud. Albatta, lirika yordamida ko'ngil poklanadi, hissiyot sayqallanadi, go'zallik va ezgulik qadrlanadi. Zulfiya ijodi bunga misol bo'la oladi.

Adabiy asarning mohiyatida obrazlilik mavjud. U maromiga yetkazilmas ekan, badiiy ijod ekspressivlik va emosionallik kasb etmaydi. Adabiy asar tesha tegmagan myetaforalarga boy bo'lsa, unda teran mushohadaga chorlovchi badiiy-tasviriy vositalar yetarlicha qo'llanilsa, poetik qiymati ham shunchalik rang-barang, betakror bo'ladi. Darvoqe, "Har bir obrazda shoirning voqelik hodisalariga shaxsiy munosabati bor. Unda

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

206

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni ^^^^^^^^^^^orty^ttsh^amaradorlig^

shoir dunyoqarashi, ideali, estetik olami mujassamlashgan"1. Haqiqatan ham, shoira Zulfiya poetikasida - fasllarga ajralgan qalbning ruhiy kechinmalari aks ettirilgan. Masalan, quyidagi to'rt qator she'rni kuzatamiz va bunga guvoh bulamiz: Gavhar marjon kabi yaltirab tursa, Meni ham o'raydi she'riy hayajon! Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga, Nurlarga ko'milib yuraman shodon .

Kuz poetik obraz darajasi ko'tarilgan mazkur parchada lirik qahramonning kayfiyati shodlik va xurramlikni akslantirmoqda. Hisiy bo'yoqdorlik qabarib ko'ringan ushbu she'r mohiyatida lirik obraz - kuz tiynati mushohada sahniga olib chiqilgan. Idrok va tushuncha qa'rida tuyg'ular realizmi inkishof qilinadi. Shoira bir dam bo'lsa ham o'quvchi oldidagi samimiyatini pinhon tutmaydi, aksincha ro'y -rost izhor qilishni maqsad qiladi. Bular she'rning doimiy qoidalarini maromida ifodalanganida qabarib ko'rinadi. "Tovusday bezangan daraxt bog'lari" tashbihining kuzga ishorasi o'ziga xos sifat darajasini yuzaga keltirgan. "Oltin kuz" nomli she'rning kechinma tarkibida o'nlab muqoyasalarni original inkishof qilishga erishgan. Jumladan, "nurlarga ko'milib yuraman shodon" birikmasida shoira kayfiyatining ranginligini, hayotga orzular negizida qarashini, borliqning taskini -umid ekanligini talqin qilish yetakchi kategoriyaga aylangan.

Shoira Zulfiyaning adabiy suhbatlaridan uning shogirdlariga qanchalik g'amxo'rlik ko'rsatganini anglab olish mushkul emas. Bu ko'pincha shoiraning yaxshi she'rni qanday yozish kerakligi, she'r yozishda nimalarga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi kabi masalalarda o'z maslahatlarini ayamaganligida ko'rinadi. She'rning dunyoga kelish onlari bo'ladi, shoir ana shu jarayonda ilhomiga tayanib ish tutsa, iste'dodidan unumli foydalansa yaxshi natijalarga erishishi mumkinligiga ishora qiladi. Bular shoira Zulfiyaning hayot va ijod haqidagi tasavvurlarining bir uzvi xolos. Voqelikka xos munosabatda bo'lish, she'rni takror va takror ishlash, uni qayta tekshirish, tahlil qilish tufayli yangi fikr aytish mumkin deb hisoblaydi va bu fikrlarni hayotiy a'mol darajasiga ko'taradi. Borliqni estetik qayta idroklash shoirdan mehnat va mahoratni talab qilishiga mantiqiy urg'u beradi. Binobarin, "she'rlar minglarcha kishilar o'z qalbi va dili bilan his etib o'zlariniki qilib olgandagina poeziyaga aylanadi. Menimcha, shoir uchun eng qiyini - shoirning o'zi uchungina emas, o'quvchi uchun ham zarur o'z ovozini, o'quvchining yuragiga yaqin, aziz, uni ham hayajonga soladigan torlarni topa bilishdir. Agar o'quvchi

1 FaHHeB H Ba 6om^. fflaBKaT Pa^MOH o^aMH. - TomKeHT: "AKageMHamp". 2013. 40-6eT.

2 Hu^ap cagocu. - TomKeHT: "Aga6ueT Ba carnal' HampueTH. 1995. 91-6eT.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

207

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

shoir yoki yozuvchining his-tuyg'ulari va g'oyalaridan to'lqinga kelmasa, asar u uchun befarq qolsa, demak, poeziya yaratilmadi" .

Bu tavsiflarda ijodkor uchun bir necha jihatlar umumlashtiriladi. Haqiqiy ijodkor tabiatidagi mukammallik, izlanish va e'tiqod, talant tarbiyasiga jiddiy e'tibor ko'rsatish masalasi dolzarb vazifalar sirasiga kirishi ta'kidlanadi. Noyob va murakkab talqinlar zamirida pafosning muhimligiga ishora qilinadi. Yaratgan tomonidan berilgan beqiyos iste'dod va ilhomga tayanib ijod qilish yaxshi samaralar berishini dalolatlaydi. Bular shoira Zulfiya adabiy-estetik qarashlarida g'oyat rang-barang, yorqin obrazlar yaratish zimnida ham ko'zga tashlanadi.

Ma'lumki, "lirika - inson qalbini, zamondoshimiz qalbini kashf etish, uning orzu va tuyg'ularini, muqarrar dramalarini idrok etish demakdir. Kishilarning ruhiy olami nechog'lik chuqur payqab va ilg'ab olinsa, she'riyat shu qadar boy va ta'sirchan bo'ladi. Lekin kashf etish fikr qilish, o'ylash demakdir. Hozirgi zamon she'riyatining mohiyati, rivojlanishining asosiy yo'nalishi ham ana shundadir"4. Darhaqiqat, shoira Zulfiya mazkur tushunchaning mohiyatida ijtimoiylik kasb etgan lirikaga xos muhim fazilatlar xususida fikr yuritadi. Haqiqatan ham, lirik she'r tabiatan estetik zavq va shavq, ohangdorlik ulashishini, inson ruhiyatiga daxldor tushunchalarga hamohang qirralarga ega bo'lishini mushohadalaydi. Yuqorida keltirilgan estetik idrok tabiatida xolis e'tirof ko'zga tashlanadi. Aynan xolis mushohada tuyg'ularning betakror bo'lishiga zamin hozirlaydi. Binobarin, taqdir tufayli yozilgan to'rt qator she'rda butun olam qiyofasi aks etishi mumkinligiga asosli dalillar keltiradi.

REFERENCES

1. G'aniyev I va boshq. Shavkat Rahmon olami. - Toshkent: "Akademnashr". 2013.

2. Zulfiya. Yillar sadosi. - Toshkent: "Adabiyot va san'at" nashriyoti. 1995.

3. Qayumov L. Zulfiya. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1975.

4. Zulfiya. Adabiy o'ylar. - T.: «Fan», 1985.

Каюмов Л. Зулфия. - Т.: Fафур Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1975. - Б. 167.

4 Зулфия. Адабий уйлар. - Т.: «Фан», 1985. - Б. 23.

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.