Научная статья на тему 'ZOOLOGIYA DARSLARIDA IJODKOR O‘QUVCHILAR'

ZOOLOGIYA DARSLARIDA IJODKOR O‘QUVCHILAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kichik guruhlar / ijodiy ertak / kapalaklar / ekspert o‘quvchi / rag‘bat / ijodkor o‘quvchilar .

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zoxidova Muhayyoxon Baxtiyorjonovna

Zoologiya darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etib o‘quvchilarni ham mustaqil o‘zlashtirishga va kreativ fikrlashga o‘rgatish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZOOLOGIYA DARSLARIDA IJODKOR O‘QUVCHILAR»

ZOOLOGIYA DARSLARIDA IJODKOR O'QUVCHILAR

Zoxidova Muhayyoxon Baxtiyorjonovna

Zoologiya yo'nalishi bo'yicha PhD 1 kurs talabasi, Farg'ona Davlat Universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11221917

Annotatsiya. Zoologiya darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etib o'quvchilarni ham mustaqil o'zlashtirishga va kreativ fikrlashga o'rgatish.

Kalit so'zlar: Kichik guruhlar, ijodiy ertak, kapalaklar, ekspert o'quvchi, rag'bat, ijodkor o'quvchilar.

Аннотация. Организовать занятия по зоологии на основе инноватционного образования и научить студентов учиться самостоятельно и творчески мыслить.

Ключевые слова: Небольшие группи, творческая сказка, бабочки, читатель-експерт, стимул, творческие студенты.

Abstract. Organizing zoology lessons based on innovative education and teaching students to learn independently and think creatively.

Keywords: Small groups, creativ story, butterflies, expert reader, incentive, creative

reader.

Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va ularni mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi dars davomida ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etib boradi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni oz'aro muloqotda, o'zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat davomida o'qituvchi o'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlab boradi.

O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.

Bahor insonlarni ham ijodkorlik qobiliyatini yanada oshiradi va har bir insonda yangilanishga oid bir ichki tuyg'u jo'sh uradi. Bir kuni men o'quvchilarimga shunday e'lon qildim.O'quvchilar mana yangilanish fasli bahor ham keldi. Atrofimiz yashillikka burkandi. Turli daraxtlarimiz gulladi. Keling, bizlar ham tabiatimiz bilan birga biologiya darsimizda ham yangilanish qilamiz dedim. O'quvchilar menga savol nigohlari bilan qaradilar. Men tushuntirishda davom etdim. Bahor ijodkorlik fasli, shuning uchun biz ham bu oy ijodkorligimizni sinab ko'ramiz dedim. O'quvchilar yana hayron. Men ularni aprel oyi tugagunga qadar necha marta dars o'tsam shuncha guruhchalarga bo'lib chiqdim. Guruhchalarni bo'lishda bilim doirasi turlicha bo'lganlarni aralashtirdim. Guruhda eng a'lochilar ham,o'rtacha o'qiydiganlar ham, yxshi o'zlashtira olmayotganlar ham bor edi. Endi men ularga birma bir o'z mavzularini bo'lib bera boshladim va ular mavzulari nomini yozib olishdi. Ularga shunday ma'suliyat yukladim, navbati kelgan guruhlar o'z dars mavzulari ustida oldindan ishlashlari kerak edi. Ular menga yordamchi guruh bo'ladi deb aytdim. Nima qilish o'zlaringga havola men mavzu bo'yicha yangiliklarni kutib qolaman dedim.So'zimning oxirida esa oyning oxirgi darsi natijalar e'lon qilinadigan dars bo'lib , g'olib guruh aniqlanadi va ularga mening sovg'am bor deb qo'shib qoydim.

O'quvchilar buni katta qiziqish bilan qarshi olishdi hozirning o'zidayoq nima qilishlari haqida bahslashib ham ketishdi. Men darsimni tugatdim lekin o'quvchilar sinfdan chiqmay hali

ham reja tuzishar edilar. Keyingi darsni o'zim ham qiziqish bilan kutdim. Darsim boshlandi. Men mavzuni qisqacha qilib avval o'zim tushuntirib berdim so'ngra bugungi yordamchi guruhimni taklif qildim. O'zim ham nima qilishar ekan deb kutib turibman. Ularga 20 daqiqa vaqt ajratganimni e'lon qildim. Bir qiz chiqdi va u avtor so'zini o'qiy boshladi."Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim zamonda daryo bo'yida juda chiroyli gulzor bo'lgan ekan. Gulzorda bir biridan chiroyli kapalaklar yashar ekanlar. Shunda avtor qiz xonadagi suniy gullarni sinf xonasining o'rtasiga terib chiqdi va kischkina gulzorni hosil qildi. Bilasizmi, ular mavzuga atab ertak yozishgan edi. Sinf suv quyganday jim edi. Hamma ularning ishlarini diqqat bilan kuzatib turishar edi, ular qatori men ham. Bir payt mavzuga oid kapalaklar chiqa boshladilar. Ular mavzudagi kapalaklarga o'xshatib qanotlar ham yasab olishibdi. Shundan keyin kapalaklar ertak asosida "Kim eng chiroyli va eng ahamiyatli ?" deya bahs boshlashdi. Har biri o'zlari haqida ma'lumot bera boshladilar. Ular o'zlarini go'zalliklarini va tabiatga qanday ahamiyatli ekanliklarini aytib berishdi. Shunda ularning ko'zi bir chekkada turgan tut ipak qurti kapalagiga tushadi va uni ham o'z davralariga taklif qilishadi. Bu kapalak ko'rimsizligi uchun ularning oldiga kelmaydi. Bu rolni bir o'g'il bola o'quvchimga berishibdi va xuddi kitobdagi rasmdagiday unga qanot ham yasab berishibdi. Kapalaklar endi uning oldiga kelishdi va o'zini tanishtirishni iltimos qilishdi. Boshida uning chiroyli qanotli emasliklarini ko'rib mensishmadi, lekin u o'zining ahamiyatini aytib bergandan so'ng uning eng ahamiyatli kapalak ekanligini tan olishdi. Avtor qizning so'zi bilan ertak tugadi. Butun sinf va men qarsak chalib yubordik. Hech kim hatto men ham bunday bo'lishini kutmagan edim. Bizning birinchi ijodkor o'quvchilarimiz darsi shunday o'tdi. Dars so'ngida hammaga guruh uchun kartochkalarga baho qo'yishlarini so'radim. Ular baho qo'yishdi va men ularni yig'ib oldim. Ekspert o'quvchilar sayladim va ular guruh yiqqan ballarni hisoblab daftarlariga yozib qo'yishdi.Oy davomida shunday chiroyli darslar bo'ldiki,bu oyda men haqiqatdan ham o'quvchilarimni chin ma'noda ijodkorlar ekanligini angladim o'zim ham mazza qildim. Men ularning faqat birinchi darslarini yozdim xolos. Men nimaga erishdim ?

O'quvchilarimni o'z ustilarida mustaqil ishlayolishiga, mustaqil fikrlashlariga, bir birlari bilan hamkorlik qilishga undadim. Natija esa men kutgandan ham a'lo edi.

Ustozlar uchun amaliy ko'rsatmalar:

l.Hohlasangiz bir haftani yoki bir oyni " Ijodkor o'quvchilar " oyligi deb nomlang va bu oyning loyihasini ishlab chiqing, tanishtiring.

2.Sinf o'quvchilarini har xil bilim saviyasida guruhlarga bo'lib chiqing. (guruchalarga faqat o'zingiz bo'ling, o'quvchilar o'zlari bo'linmasin)

3.Guruhlarni dars faoliyatini baholab borish uchun o'quvchilardan ekspertlar guruhi saylab qo'ying.

4.Endi o'quvchilarga mavzu bo'lib bering va o'z ijodkorliklarini namoyon qilishlari uchun yo'nalish berib qo'ying.

5.Hafta yoki oyning oxirida eng faol guruhni e'lon qiling va ularni rag'batlantiring bu esa ularni yanada ijodkorlikka, kreativlikka undaydi.

REFERENCES

1. O.Mavlonov Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf Biologiya darsligi. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" .Toshkent -2017 yil

2. G'ofurov A.T. va boshqalar. Biologiyani o'qitishning umumiy metodikasi. (O'quv-metodik qo'llanma). - T. TDPU. 2005.

3. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari ta'lim oluvchilari uchun darslik. Toshkent, 2014.

4. Niyozov Q. Biologik ta'lim jarayonida o'quvchilar kompetentliligini rivojlantirish asoslari.-Namangan. 2017 yil.

5. Niyozov Q.A. Biologiya fanini o'qitishda pedagogik texnalogiyalar. "Namangan" 2017 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.