Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / innovatsiya / texnologiya / interfaol / ijtimoiy faollik / zamonaviy yondashuvlar / interaktiv metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mavluda Bahodir Qizi Qodirova

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda zamonaviy ta'lim texnologiyasidan foydalanishning usul va yo'llari yoritilgan bo'lib, unda uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ularning qo'llanilishi va ta'lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar ham keltirib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston — 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Mavluda Bahodir qizi Qodirova

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda zamonaviy ta'lim texnologiyasidan foydalanishning usul va yo'llari yoritilgan bo'lib, unda uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ularning qo'llanilishi va ta'lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar ham keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: integratsiya, innovatsiya, texnologiya, interfaol, ijtimoiy faollik, zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar.

Bugungi kunda har bir davlatning jahon hamjamiyatidagi o'rni uning intellektual salohiyati hamda kadrlarni tayyorlash sifati bilan o'lchanadi. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o'rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishni davrning o'zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Mamlakatimizda yoshlarning puxta ta'lim olishini ta'minlash, ularni milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tibor qaratilmoqda. Bosh qomusda ham har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlangani, maktab ishlari davlat nazoratida ekani mustahkamlab qo'yilgan. [1]

Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo'lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning

17-aprel, 2024

121

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

O'zbekiston — 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungu kunda ta'lim tizimi oldida katta vazifalar qo'yilmoqda.

Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

O'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga o'rgatish bir kunda yoki bir soatlik dars davomida amalga oshirilmasdan, balki yillar davomida bosqichma-bosqich turli omillar ta'sirida amalga oshiriladigan jarayondir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga, muammolarni mustaqil ravishda hal qila bilishga o'rgatish ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir.

Zero, mustaqil, ongli faoliyat yuritadigan insongina o'z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini uddalay oladi va har qanaqa yot ta'sirlarga berilib ketmaydi, inson degan ulug' nomga munosib ish ko'radi. Shuningdek, mustaqil fikr yuritadigan inson o'z-o'zini anglaydi, o'zining hatta-harakati va odamlar bilan munosabatiga tanqidiy baho bera oladi, umuminsoniy axloq normalariga rioya etadi, mustahkam e'tiqodga ega

Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda o'qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta'limning yangi-yangi yo'l va usullarini izlashi, ilg'or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf o'qvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlash bugungi boshlang'ich ta'lim oldiga qo'yilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarni oson va qiziqib o'rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o'qituvchining ham professional o'sishiga, ham ma'naviy rivojlanishiga yordam beradi.

bo'ladi.

122

17-aprel, 2024

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

Economics_opporiunjtiesjoReal!zeHumanPotentiaL

O'quvchini mustaqil fikrlashga o^gatish qachondan boshlanadi? degan savol tug'ilishi tabiiy. Buning uchun insonnning fikrlash jarayonining shakllanish bosqichlarini bilish lozim. Insonnning fikrlash jarayoni hayotni, insonlarni, ular orasidagi munosabatlarni, tabiatni sezgilar yordamida kuzatish jarayonida shakllana boradi. Bola dunyoga kelgandan boshlab hayotni, kattalar faoliyatini, tabiatdagi voqea va hodisalami ko'гib, kuzatib, ulami o'ziga o'zlashtiгa boshl aydi va natijada unda tasawuto paydo bo'ladi, nutq shakllanadi. Shuning bilan bñgalikda bola sezgilaгi yoгdamida to'plagan ma'lumotlaгi asosida ko'plab tasavvuг boyliklariga ega bo'ladi va uni tushunishga, anglashga intiladi. Shuning uchun ularáa ko'plab savollar paydo bo'ladi. Masalan, osmonda nima bor? Nega kecha va kunduz bo'ladi? Qushlar nega uchadi? Nega men kichkinaman? Nega ranglar xilma-xil? Nega yomg'ir, qor yog'adi? Ular qaerdan paydo bo 'ladi?Bulut-chi? va hokazo.

Bir onaning uch yarim yashar bolasi haqida so'zlab be^an^n^'B^ kun bolam menga shunday savol berdi:

-Ona nega bizning burnimiz har xil? Meniki yassi, sizniki tik, opamniki yana boshqacha? Nima deyishni bilmasdan,

-Shunday yasashganda bolam, dedim.

- Kim yasagan, do 'xtirlarmi? Ular kesib-kesib yopishtirishadimi?

- Yo 'q, bolam, xudo yasagan.

- Xudo qanday yasaydi?

Xullas, bolam meni savol-javobda yengdi. Nima deb tushuntirishni bilmadim. Bolamni chalg'itishga harakat qildim. Bolam esa savol berishini to 'xtatmas edi.

Darhaqiqat, maktabgacha tarbiya yoshida bolalar ota-onalariga tinimsiz savollar yog'diradilar. Ana shunday paytda bolaning savollariga chidam bilan javob berish uning fikrlashiga, voqea, hodisalarni anglashiga yordam beradi, nutqining o'sishiga sabab bo'ladi. Ko'pincha ba'zi ota-onalar bu savollarga befarq qaraydilar yoki javob berishni lozim topmaydilar. Uni urishib tashlaydilar. Bu esa bolaning fikriash jarayonini susaytiradi, uni befa^likka yo'llaydi. Hamma narea mening uchun emas, mening bilishim shart emas deb o'ylaydi, hamma voqea va hodisala^a befa^ bo'lib qoladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning fikrlash darajasi maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonida takomillashadi. O'quvchining fikriash darajasining takomillashuvida o'qituvchining rali beqiyosdir O'qituvchi o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol subektiga aylantnmog'i lozim. O'quvchilarni o^ganayotgan materiallari ustida fifa yuritishga, o'zining fikrini e^in bayon etishga o^gatish ayniqsa muhim. Bunda ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta samara beradi.

17-aprel, 2024

123

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan darsda o'quvchi faol qatnashadi, o'qituvchi va o'rtoqlari bilan erkin muloqotga kirishadi. Ayniqsa shaxsga yo'naltirilgan texnologiya o'quvchilarni ta'lim jarayonining sub'ektiga aylantiradi. O'quvchilarni o'quv materiali ustida erkin fikr yuritishga imkoniyat yaratadi. Bu sohada modulli ta'lim texnologiyasining o'rni beqiyosdir. Shuningdek, ta'lim jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanish ham katta samara beradi. Didaktik o'yinlar bolada o'qish motivini rivojlanishiga yordam beradi. O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir.

O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. Muhimi, didaktik o'yinlar jarayonida bolada o'z kuchiga ishonch shakllanadi, erkin harakat qilishga, o'z fikrlarini erkin bayon qilishga o'rganadi, mustaqil fikrlar bildira boshlaydi. Masalan, "Suratdagi xatoni top" o'yinida bola suratni mustaqil kuzatadi. Qish manzarasi tasvirlangan suratda daraxtning gullayotgani ham chizilgan bo'lsa, buni bola mustaqil topadi. Shu joyda uning tafakkuri ham ishga tushadi. Ya'ni o'rganganlari asosida har bir faslning o'ziga xosliklarini esga oladi va qishda daraxt gullamasligini asoslaydi. Xuddi shuningdek, "Bo'lishi mumkin emas", "Matndagi xatoni top" o'yinlari, rebus, boshqotirma kabilar o'quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Shuningdek, darslikdagi rasm ustida ishlashga doir mashqlar ham o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Bola rasmga o'z munosabatini bildiradi, savol-javoblarda faol ishtirok etadi, rasm asosida hikoya yozish topshirig'i berilsa, u o'z tasavvurlari asosida hikoya yozadi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida bolani mustaqil fikrlashga o'rgatish imkoniyatlari keng va undan oqilona foydalanish yaxshi samara beradi. O'quvchini matn ustida ishlashga yo'llash mustaqil fikrlashga o'rgatishning eng samarali usullaridan biridir.

Boshlang'ich sinflar uchun tayyorlanadigan darsliklar ham matn oxirida beriladigan mashqlar, savol va topshiriqlar asosida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga yo'llashi lozim. Masalan, ""She'rni kim aytayapti?", "She'rga siz qanday qo'shimcha qila olasiz?", "Hikoya (yoki ertak) qahramoni bilan do'stlashishni xohlaysizmi?", "Hikoya qahramoniga qanday maslahat berasiz?" , "Ertak voqealari ichida bo'lishni xohlaysizmi?", "Unda kim bo'lib qatnashishni xohlaysiz?" kabi savollar, "Matnni qismlarga bo'ling va har bir qismga sarlavha qo'ying", "O'qituvchi yordamida matn rejasini tuzing", "Reja asosida matnni qayta hikoya qiling", "Matndagi qahramonlarni almashtirib qayta hikoya qiling" va boshqa shu kabi topshiriqlarni berish

17-aprel, 2024

124

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

O'zbekiston — 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

o'quvchilaming tafakkurini rivojlantirishga va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Pedagoglarning modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash faolligini oshirish va aksincha, unga to'sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash asosida ishlashning yanada samaraliroq yo'llarini izlash. Mazkur masalalar bo'yicha to'plangan axborotlar maktab o'qituvchisi pedagogik faoliyatini modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash elementlari bilan boyitishda va uning samarali bo'lishiga yordam beradigan bir qator chora-tadbirlarni belgilab olishga yordam beradi.

Tajribali o'qituvchilarning modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash asosida ishlash sirlarining o'ziga xosligi, tuzilishidagi farqlari va xarakter xususiyatlarini chuqur o'rganish. Buni bilish o'qituvchining modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash faoliyatining motivli asosini "tasvirlab" berishga, uni o'z etaloni sifatida qabul qilishga, o'qituvchi kasbiga qiziqishning o'quv yurtidagi rivojlanish jarayonini bilish, yosh kadrlar tayyorlashdagi kamchiliklarni ko'rish, ularning amaliyotini to'g'ri yo'lga yo'naltirishga yordam beradi.

Modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash mahoratiga ega bo'lgan o'qituvchilar faoliyatini baholashda, shubhasiz ijobiy tavsif ustun bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ4884 06.11.2020

2. Pedagogika. A.H.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. -T.: O'qituvchi. 1996.

3. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati. J.Xalq ta'limi 1999.№ 1.-97-102 b.

4. Abdullayeva K.R. Xalq pedagogikasi -Namangan. Usmon Nosir. 2022.

5. Qodirov B.R. Sinf zukkolarini tanlash metodikasi. Yosh iste'dodlarni izlaymiz. Metodik qo'llanma. Respublika iste'dod markazi. - T.: 1998.

6. Abdullayeva K.R. Xalq pedagogikasi vositasida o'quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmlari. Diss.Namangan. 2023.

125

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.