Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’RGATISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’RGATISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5438
366
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Faoliyat / mustaqil fikrlash / tafakkur / texnolog / didaktik o‘yinlar / pedagogik texnologiyalar / innovatsiya / modulli ta’lim texnologiyalar. / Activity / independent thinking / thinking / technologist / didactic games / pedagogical technologies / innovation / modular educational technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mavluda Qodirova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil fikrlashga o’rgatishda modulli ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanish yo’llari ko’rsatilgan bo’lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati va afzalliklari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MODULE EDUCATION TECHNOLOGIES IN TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS TO INDEPENDENT THINK

This article shows how to use modular learning technologies to teach elementary students to think independently, and highlights the importance and benefits of modern pedagogical technologies.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’RGATISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISHDA MODULLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

Mavluda Qodirova

Namangan davlat universiteti "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda modulli ta'lim texnologiyalaridan keng foydalanish yo'llari ko'rsatilgan bo'lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalaming ahamiyati va afzalliklari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Faoliyat, mustaqil fikrlash, tafakkur, texnolog, didaktik o'yinlar, pedagogik texnologiyalar, innovatsiya, modulli ta'lim texnologiyalar.

USE OF MODULE EDUCATION TECHNOLOGIES IN TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS TO INDEPENDENT THINK

ABSTRACT

This article shows how to use modular learning technologies to teach elementary students to think independently, and highlights the importance and benefits of modern pedagogical technologies.

Keywords: Activity, independent thinking, thinking, technologist, didactic games, pedagogical technologies, innovation, modular educational technologies.

O'zbekiston o'zining mustaqilligiga erishgach, o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol tarbiyalash masalasi davlat miqyosidagi ustuvor masala etib belgilandi, bu yo'nalishda respublika Prezidentining ko'plab qarorlari, Farmonlari qabul qilinib muhim islohotlar amalga oshirildi va yanada mukammal holda davom ettirilmoqda.

Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda o'qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta'limning yangi-yangi yo'l va usullarini izlashi, ilg'or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf o'qvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlash bugungi boshlang'ich ta'lim oldiga qo'yilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarni oson va qiziqib o'rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o'qituvchining ham professional o'sishiga, ham ma'naviy rivojlanishiga yordam beradi.

O'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatish qachondan boshlanadi? degan savol tug'ilishi tabiiy. Buning uchun insonnning fikrlash jarayonining shakllanish bosqichlarini bilish lozim. Insonnning fikrlash jarayoni hayotni, insonlarni, ular orasidagi munosabatlarni, tabiatni sezgilar yordamida kuzatish jarayonida shakllana boradi. Bola dunyoga kelgandan boshlab hayotni, kattalar faoliyatini, tabiatdagi voqea va hodisalarni ko'rib, kuzatib, ularni o'ziga o'zlashtira boshlaydi va natijada unda tasavvurlar paydo bo'ladi, nutq shakllanadi. Shuning bilan birgalikda bola sezgilari yordamida to'plagan ma'lumotlari asosida ko'plab tasavvur boyliklariga ega bo'ladi va uni tushunishga, anglashga intiladi. Shuning uchun ularda ko'plab savollar paydo bo'ladi. Masalan, osmonda nima bor? Nega kecha va kunduz bo'ladi? Qushlar nega uchadi? Nega men kichkinaman? Nega ranglar xilma-xil? Nega yomg'ir, qor yog'adi? Ular qaerdan paydo bo 'ladi?Bulut-chi? va hokazo.

Bir onaning uch yarim yashar bolasi haqida so'zlab berganlari:"Bir kun bolam menga shunday savol berdi:

-Ona nega bizning burnimiz har xil? Meniki yassi, sizniki tik, opamniki yana boshqacha? Nima deyishni bilmasdan, -Shunday yasashganda bolam, dedim.

- Kim yasagan, do 'xtirlarmi? Ular kesib-kesib yopishtirishadimi?

- Yo 'q, bolam, xudo yasagan.

- Xudo qanday yasaydi?

Xullas, bolam meni savol-javobda yengdi. Nima deb tushuntirishni bilmadim. Bolamni chalg'itishga harakat qildim. Bolam esa savol berishini to 'xtatmas edi.

Darhaqiqat, maktabgacha tarbiya yoshida bolalar ota-onalariga tinimsiz savollar yog'diradilar. Ana shunday paytda bolaning savollariga chidam bilan javob berish uning fikrlashiga, voqea, hodisalarni anglashiga yordam beradi, nutqining o'sishiga sabab bo'ladi. Ko'pincha ba'zi ota-onalar bu savollarga befarq qaraydilar yoki javob berishni lozim topmaydilar. Uni urishib tashlaydilar. Bu esa bolaning fikrlash jarayonini susaytiradi, uni befarqlikka yo'llaydi. Hamma narsa mening uchun emas, mening bilishim shart emas deb o'ylaydi, hamma voqea va hodisalarga befarq bo'lib qoladi.

Bolaning nutqi maktab ta'limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqatga kirishib kishilarning fikrini uqib olish va to'g'ri idrok qilish darajasida shakllana boradi. U eshitgan va ko'rganlari to'g'risidagi ma'lumotlarni tushuna oladi. O'zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoli yat operasiyalaridan o'rinli foydalanadi. (Ularni taqqoslaydi, oydinlashtiradi, guruhlarga ajratadi, haqli xulosa chiqarishga harakat qiladi). Shunday qilib unda fikrlash bosqichi paydo bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning fikrlash darajasi maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonida takomillashadi. O'quvchining fikrlash darajasining takomillashuvida o'qituvchining roli beqiyosdir. O'qituvchi o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol subektiga aylantirmog'i lozim. O'quvchilarni o'rganayotgan materiallari ustida fikr

yuritishga, o'zining fikrini erkin bayon etishga o'rgatish ayniqsa muhim. Bunda ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta samara beradi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan darsda o'quvchi faol qatnashadi, o'qituvchi va o'rtoqlari bilan erkin muloqotga kirishadi. Ayniqsa shaxsga yo'naltirilgan texnologiya o'quvchilarni ta'lim jarayonining sub'ektiga aylantiradi. O'quvchilarni o'quv materiali ustida erkin fikr yuritishga imkoniyat yaratadi. Bu sohada modulli ta'lim texnologiyasining o'rni beqiyosdir. Shuningdek, ta'lim jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanish ham katta samara beradi. Didaktik o'yinlar bolada o'qish motivini rivojlanishiga yordam beradi. O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir.

O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. Muhimi, didaktik o'yinlar jarayonida bolada o'z kuchiga ishonch shakllanadi, erkin harakat qilishga, o'z fikrlarini erkin bayon qilishga o'rganadi, mustaqil fikrlar bildira boshlaydi. Masalan, "Suratdagi xatoni top" o'yinida bola suratni mustaqil kuzatadi. Qish manzarasi tasvirlangan suratda daraxtning gullayotgani ham chizilgan bo'lsa, buni bola mustaqil topadi. Shu joyda uning tafakkuri ham ishga tushadi. Ya'ni o'rganganlari asosida har bir faslning o'ziga xosliklarini esga oladi va qishda daraxt gullamasligini asoslaydi. Xuddi shuningdek, "Bo'lishi mumkin emas", "Matndagi xatoni top" o'yinlari, rebus, boshqotirma kabilar o'quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Shuningdek, darslikdagi rasm ustida ishlashga doir mashqlar ham o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Bola rasmga o'z munosabatini bildiradi, savol-javoblarda faol ishtirok etadi, rasm asosida hikoya yozish topshirig'i berilsa, u o'z tasavvurlari asosida hikoya yozadi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida bolani mustaqil fikrlashga o'rgatish imkoniyatlari keng va undan oqilona foydalanish yaxshi samara beradi. O'quvchini matn ustida ishlashga yo'llash mustaqil fikrlashga o'rgatishning eng samarali usullaridan biridir.

Boshlang'ich sinflar uchun tayyorlanadigan darsliklar ham matn oxirida beriladigan mashqlar, savol va topshiriqlar asosida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga yo'llashi lozim. Masalan, ""She'rni kim aytayapti?", "She'rga siz qanday qo'shimcha qila olasiz?", "Hikoya (yoki ertak) qahramoni bilan do'stlashishni xohlaysizmi?", "Hikoya qahramoniga qanday maslahat berasiz?" , "Ertak voqealari ichida bo'lishni xohlaysizmi?", "Unda kim bo'lib qatnashishni xohlaysiz?" kabi savollar, "Matnni qismlarga bo'ling va har bir qismga sarlavha qo'ying", "O'qituvchi yordamida matn rejasini tuzing", "Reja asosida matnni qayta hikoya qiling", "Matndagi qahramonlarni almashtirib qayta hikoya qiling" va boshqa shu kabi topshiriqlarni berish o'quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash asosida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar kontingentining yangicha va samarali ishlash sirlarini o'rganib chiqish.

Pedagoglarning modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash faolligini oshirish va aksincha, unga to'sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash asosida ishlashning yanada samaraliroq yo'llarini izlash. Mazkur masalalar bo'yicha to'plangan axborotlar maktab o'qituvchisi pedagogik faoliyatini modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash elementlari bilan boyitishda va uning samarali bo'lishiga yordam beradigan bir qator chora-tadbirlarni belgilab olishga yordam beradi.

Tajribali o'qituvchilarning modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash asosida ishlash sirlarining o'ziga xosligi, tuzilishidagi farqlari va xarakter xususiyatlarini chuqur o'rganish. Buni bilish o'qituvchining modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash faoliyatining motivli asosini "tasvirlab" berishga, uni o'z etaloni sifatida qabul qilishga, o'qituvchi kasbiga qiziqishning o'quv yurtidagi rivojlanish jarayonini bilish, yosh kadrlar tayyorlashdagi kamchiliklarni ko'rish, ularning amaliyotini to'g'ri yo'lga yo'naltirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Газуль С.М., Ананченко И.В., Кияев В.И. Совер- шенствование образовательного процесса в вузе: активные методы обучения и гибридные информационные системы на основе виртуализации // Современные проблемы науки и образования. - 2015. - № 2; URL: www.science-education. ru/122-20856 (дата обращения: 16.08.2015).

2. Певнева А.Г., Ананченко И.В. Учебная проектная деятельность в информационном геомоделировании // Со- временные проблемы науки и образования. - 2015. - № 3; URL: www.science-education.ru/123-20013 (дата обращения: 16.08.2015).

3. Хоружников С.Э., Зудилова Т.В., Ананченко И.В., Прыгун В.В. Облачные сервисы на современном этапе раз- вития ИТ-технологий//Дистанционное и виртуальное обуче- ние. - 2013. - № 11(77). - С. 64-77

4. Musaev A.A., Gazul S.M., Anantchenko I.V. The information infrastructure design of an educational organization using virtualization technologies // Известия Санкт-Петербургского государственного технологического ин- ститута (технического университета). - 2014. - № 27(53). - С. 71-76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.