Научная статья на тему 'ZOMIN TUMANIDA “HUJUM” HARAKATINING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING TUMANDAGI IJTIMOIY HAYOTGA TA’SIRI'

ZOMIN TUMANIDA “HUJUM” HARAKATINING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING TUMANDAGI IJTIMOIY HAYOTGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
74
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hujum harakati / xotin-qizlar / Zomin tumani / Kalxoʻz gʻalabasi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jumaniyoz Sangirov, Abdulla Roʻzanov

Ushbu tezisda XX asrning 20-30-yillarida chop etilgan “Kolxoz gʻalabasi” gazetasidagi maqolalardan foydalanilgan holda, yurtimiz hududida XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirilgan “Hujum” harakatining Zomin tumani ijtimoiy hayotiga ta’siri tahlil qilingan va misollar bilan xulosalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZOMIN TUMANIDA “HUJUM” HARAKATINING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING TUMANDAGI IJTIMOIY HAYOTGA TA’SIRI»

WiW к/

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

ZOMIN TUMANIDA "HUJUM" HARAKATINING AMALGA OSHIRILISHI

>

VA UNING TUMANDAGI IJTIMOIY HAYOTGA TA'SIRI

l )>*

Jumaniyoz Sangirov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi Abdulla Ro'zanov

Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumani, 141-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi httn«:7/Hrn nra/IO 5981/ypiwln 6758038

https://doi.org/10.5281/zenodo.6758038

\Щ };ко>

Annotatsiya: Ushbu tezisda XX asrning 20-30-yillarida chop etilgan "Kolxoz g'alabasi" gazetasidagi maqolalardan foydalanilgan holda, yurtimiz hududida XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirilgan "Hujum" harakatining Zomin tumani ijtimoiy hayotiga ta'siri tahlil qilingan va misollar bilan xulosalangan.

Kalit so'zlar: Hujum harakati, xotin-qizlar, Zomin tumani, Kalxo'z g'alabasi.

;> щ УУ 1 >

Yurtimiz hududida XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmidan boshlab "Hujum" nomi bilan ataluvchi harakat boshlandi. Mohiyatan o'zbek xotin-qizlarini paranji

zulmatidan ozod qilib, jamiyatda yanada munosib o'rin topishga qaratilgan Sovet

hukumati Turkiston sharoitida o'ziga xos o'ta murakkab xususiyatlarga ega bo'lgan

bu ijobiy harakatni hech bir o'ylamasdan, mahalliy shart-sharoitlarni, xalqning

ananaviy udumlarini e'tiborga olmasdan kutilmagan bir holda amalga oshirdiki, bu

esa o'lkaning barcha hududlarida bo'lgani singari Zomin tumani aholisi hayotida ham , , , , , ., .........

ko'plab noxush oqibatlarni keltirib chiqardi.

Hujum harakatining mahalliy aholiga ta'siri yuzasidan A. Volniy (Вольный А, 1931), R. X. Aminova (Аминова Р.Х., 1975), H. Xaydarov, (Xaydarov H., 1996) H. Xaydarov, Q. Usmonov (Xaydarov H. Usmonov Q. 2009) asarlarida ma'lumotlar berib o'tilgan. Lekin bu ma'lumotlar asosan Respublikaning turli hududlari va Jizzax shahrining o'ziga dahldor bo'lib, Zomin tumanidagi jarayonlarga alohida to'xtab o'tilmagan.

Takidlash kerakki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qonun-qoidalari va an'analari asosida kechgan va o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan. jumladan ular o'g'il bolalardan alohida o'qitilib, uy-ro'zg'or ishlarida band bo'lishgan va farzand tarbiyasi bilan shug'illanishgan. Sovet hukumati esa o'zbek xotin-qizlarining bunday turmush tarziga diniy "xurofot"

! И*

sifatida qaradi. Shu bilan birgalikda, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod bo'lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilish g'oyasini ilgari surdi.

; >;> Ы >

>q ] - )> >

a j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Vaholangki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o'zgarishda

davom etadi. Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma'noda o'zbek ayollarini paranjidan ozod qilish muhum vazifalardan biri ekanligi tabiiydir. Biroq bu

masalani eng avvalo jamiyat a'zolari, fuqorolari o'rtasida keng ko'lamli tushuntirish,

•m-4 j

marifiy yo'llar orqali tinch hal qilish mumkin edi.

Lekin afsuski, harakat 1927 yilgi VKP MQ O'rta Osiyo buyrosining Plenumlarida chiqarilgan qarorlar asosida majburan tezlashtiriladi. Lekin, mahiyatan

V

! H*

ijobiy bo'lgan bu ishni amalga oshirishni dunyoqarashlar kurashi shaklida emas, balki, sinfiy kurash holatida amalga oshirishga kirishadi. Natijada, ushbu tumanda ham otaning o'z qiziga, erning o'z rafiqasiga, akaning o'z singlisiga nisbatan hali to'la o'zgarmagan o'sha davr ongi tufayli kuchli taziq o'tkazishga sabab bo'ldi. Chunonchi, "Kolxoz g'alabasi" gazetasida XX asrning 20-30-yillarida e'lon qilingan qator maqollarida ushbu holni kuzatamiz. Masalan, 1935-yilgi sonida berilgan "Begimqulov ozodlik dushmani" nomli maqolada shunday jumalarni o'qiymiz:

" A /^linUi' rlnUn nrvTrû+irrn /mo^ool^li O ¿anl^l^i iV\i mol-»1 "Wvl A /-vo'h D ¿2» rri m r\ 1 11 t r\C t rvi'lnfii'

"Achchi daha sovetiga qarashli Beshkubi qishloqlik Yoldosh Begimqulov o'z oilasi

Ulanoyni maktabga o'qish uchun qo'ymasdan urush, haqoratlash, zo'rlik bilan Ulanoyning oyog'ini "tuyub" qo'ydi. Ulanoy 32-33 -o'quv yilida maktabga yaxshi qatnashib, o'qishda namunali bo'lib, kelgan edi. U harchand ozodlik, o'qish tarofdori

ïw -

bo'lsa ham yaramas Begimqulov imkoniyat bermaydi".[ "Kolxoz g'alabasi", 1935. 30 yanvar soni] Yoki shu yili e'lon qilingan "Ayollar "hayvon" emasku" nomli maqolaga na'zar tashlaylik: "Hanifa opa Achchi sovetidagi Beshkubi qishloq maktabida udarnikcha o'qib kelar edi. Eri Boboqul Abdurashid rafiqasi Hanifani o'z erkiga qo'ymasdan uni urub, sokib, maktabdan ayog'ini tiyib qo'ydi. Hanifa opa faol o'qib, yaxshi yashashga intiladi. Biroq Abdurashidov uning erki uchun g'ov bo'lib, Hanifa opaga "maktabda o'qib buzulib ketasan deb" ahmoqlarcha urunib keladi. Rashidovning bu teskari tashviqoti bilan maktabga boshqa qo'shni ayollar ham kelmay qoldilar. Ayollar ozodligini barbod qiluvchi kishilarga chora ko'rish kerak"[ "Kolxoz g'alabasi", 1935 yil 23 fevral soni]

Xotin-qizlarning paranjini tashlash va maktablarga borishini taminlash uchun zo'rlash, majburlash yo'li va usullari o'sha davr holati bo'yicha jamoatchilikning noto'g'ri fikridan qutilish uchun 10-15 yashar qizlarni turmushga berib yuborish

J-jt

hollari juda ko'payib ketadi. Natijada Sovet hukumati o'zlari qilgan bu xatoning oldini olishga majbur bo'ladi. Bunga qarshi qizlar uchun beriladigan qalinni ularning sotilishi deb tamg'a bosib kurashadi. Lekin, shunday bo'lsada "Kolxoz g'alabasi"

'IJi | 1 >

gazetasida berib borilgan qator maqolalardan ko'rish mumkinki, bu hol 1941 yilga qadar tumanda ko'plab sodir bo'ladi. Masalan 1934 yilda Axtaxona qishloq soveti huzuridagi "Yangiyo'l" kolxozida 13 yoshli Bibi Oyisha Tangir qizini uyidagilar

o'qitmaslik uchun turmushga berib yuboradilar.["Kolxoz g'alabasi", 1935.3 iyun

•1 cil.....______ ......______» I^i,.»»^™ „.^tj.

soni.] Shu yili yana "Oxunboboyev" kolxozidan Xaliq Eshbekov maktabda

^-w-isr88- a I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

o'qiyotgan 14 yoshlik qizi Baharoyni eгga beгib yuboгadi. 1935 yilida esa bu jarayon

#

yanada kuchayadi. Rasmiy beгilgan ma'lumotlaгga qaгaqanda biгgina shu yili Achchi sovetida 10 yaqin qizlar shu holga duchor bo'ladi.["Kolxoz g'alabasi",1935. 7 iyun soni.] Bu hol keyingi yillarda ham davom etadi. Chunonchi Beshbuloq qishloq sovetida istiqomat qilayotgan Hakim Narmuratov maktabda o'qib yurgan 14 yoshli qizi Karmatoyni Roziqul Boboyevga, shu qishloqlik Qurbonboy Eshmatov 15 yoshli qizi Hikmatoyni["Koloz g'alabasi", 1938. 31 yanvar soni.] "Zarbdor" kolxozida 15

! Ш-

yoshli Saodatoy Mamatqulova, 11 yoshli Norpashsha Xudoyberdiyevani, 15 yoshli Qumrioyni qalin puliga tuгmushga beгib yuboradilar.["Koloz g'alabasi", 1938. 1 may soni.]

E'tiboгlisi eгga beгib yuboгilgan qizlaг yangi oilalaгida yanada kuchliroq tazyiqqa duchoг bo'ladilaг. "Kolxoz g'alabasi" gazetasining keyingi yil sonlaridagi maqolalaгda bu yoгqin ko'zga tashlanadi. Bu holni 1936 yilda Pishag'or qishloq sovetining "Rikov" kolxozida 12 yoshli Xolbuvioyni qo'shni qishloqlik 35 yoshaT

T'/V* rl АПЛТ rrro цг/nfiK xmKrvrilipUi T70 11 rvil nrln 1т-ал1лггп1л înrmrAnlnr/ln ГССХ^ fï'nlnKnfii"

Toyloqovga uzatib yuboгilishi va u oilada kechgan jarayonlarda.["Kolxoz g'alabasi",

1936. 30 yanvar soni.] Yoki Irisoy ismli qizni xotinlikka olgan Erboyev misolida ko'rishimiz mumkin. "Xotin-qizlar ozodligining dushmani jazolandi" nomli maqolada quyidagilar keltiriladi: "1938 yil 9 dekabr kuni Achchi qishloq sovetiga

»

m?

qarashli TOM maktab binosida Zomin rayoni 86 bo'lim xalq sudining raisi

Qurbonovning raisligida shu savetga qarashli Yezov nomli kolxozining a'zosi

Erboyev Mirzaning ustidan toplangan 303 raqamli jinoyat ishini ko'rib chiqqanda

quyidagicha ma'lum qiladi. Bu mutaham Erbayov 1937 yilda shu qishloqlik

Muhammadiyeva Irisoy nomli bir qizni o'ziga xotinlikka oladi. Endigina o'sib , , . . . , _ , . .......

kelayotgan Irisoy mutaham Erboyevning zaharli qo'lidan qutilish uchun komsomol majlisida uning sirini ochib tashlaydi. Shundan keyin Irisoyni kundan-kunga siqa boshlaydi va komsomol majlisiga borish uchun mutloqo yo'l bermaydi. Mutaham Erboyevning bu zulmiga qaramay Irisoy komsomol majlislariga va siyosiy to'garaklarga aktiv qatnashib turadi. Bunday Irisoyning aktivligini ko'rolmagan shaxs yuqoridagi qora maqsadini takrorlab Muhammadaliyevani urub, xaqoratlab, hatto o'ldirish maqsadida bo'yniga sirtmoq soladi va qattiq jabrlaydi. Faqat bundan xabar topib qolgan qo'ni-qo'shnilari ajratib oladilar. Bu ish tekshirilib, guvohlar guvohlik

J-jt

berishgach, 274 moddaga binoan ayblanib muttaham Erboyev 3 yil qamoq va 2 yil saylanish va saylash huquqidan mahrum etildi.["Koloz g'alabasi",1938. 2 dekabr

soni.] Takidlab o'tish kerakki Xotin-qizlar ozodligi bolshevikcha sinfiy yondashuv

4 "1 >^^"я "1 > asosida "Hujum" dushmanlari - ruhoniylar va boylardir" degan shior ostida ham

iw-

i )m

amalga oshirildi. Ruhoniylarning barchasiga shu tamg'a bosiladi. ["Kolxoz g'alabasi", 1935. 3 aprel soni.]

Ma'lumki "Hujum" harakatining asl maqsadi faqat paranji tashlashdan iborat

_______1 • TT -_______• _______1 • • ,___• ____• • ,, , „и- -„и™ ,

emas edi. Uning asosiy maqsadi xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga keng jalb

ЩЪ ПЙ»-

"^isr8'- a >

: * ^ * n>

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

etish edi. Achinarlisi Sovet hukumati buni qog'ozda bo'rtirib ko'rsatsada amalda

ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'yardi. Bu kamchiliklarning birinchisi, aholiga harakatni to'la tushuntirmasdan amalga oshirilishi natijasidagi amalga oshirilgan

qattiq qarshilik harakatini to'g'ri tushunib yetmaslik bo'ladi. Masalan, Achchi

аи j

qishloq sovetdagi Buvnisa Shernazarova kolxozda yaxshi ishlab, ancha ko'zga ko'rinadi. Lekin keyinga borib, uning turmush o'rtog'i uni umuman ko'chaga chiqarmay qo'yadi. ["Kolxoz g'alabasi", 1936. 30 yanvar soni.] Yoki, Kolxoz a'zosi

! Ш-

etib tayinlangan Salomat Shernazarova taqdiri misoli ko'rishimiz mumkin. ["Kolxoz g'alabasi", 1936. 30 yavar soni.]

Kamchiliklarning ikkinchisi Sovet hukumati tomonidan tashkil etilgan harakatning amalda bekami-ko'st bajarmasligi bo'ladi. Chunonchi 1935 yilda "Xotin-qizlar kulubi yomon ahvolda. Tomchi-tomib yotibdi" nomli e'lon qilingan maqola orqali "Hujum" harakati boshlangan vaqtda tuman markazida tashkil etilgan asosiy xotin-qizlar kulubining ahvoli o'ta og'ir, tamir-talab ahvolga tushib qolganligini ko'rish mumkin.["Kolxoz g'alabasi", 1935. 15 fevral soni]

Shunday qilib dastlab tinch yo'l bilan amalga oshirilayotgan ayollarni paranjidan ozod qilish va ularni jamiyatda o'z o'rnini yanada mustahkam topishiga qaratilgan harakat suniy ravishda tezlatiladi. Oqibatida barcha hududlar singari

»

tumanlik xotin-qizlar ham qattiq azob chekdilar. Shunga qaramay ular qiyinchiliklarga chidab jamiyatda munosib o'rnini topishga intiladilar.

' Г ^

^ : г- Щ-Щ

1 > \ )>-Щ-: Foydalanilgan adabiyotlar:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Аминова Р.Х. Октябрь и решение женского вопроса в Узбекистане. - Т.,

1975.

2.Вольный А. Женский труд в промышленности Чачваны горят. - Т., 1931.

3.Xaydarov H. Jizzax viloyati tarixi. T., "Mexnat" , 1996.

3. Xaydarov H. Usmonov Q. Jizzax tarixi. T., "O'qituvchi", 2009.

5. Ayollar "hayvon" emasku. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1935 yil 23 fevral soni

6. Ayollarning jamoat ishlariga erk bervmovchilarga chora ko'rish kerak. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1936 yil 30 yanvar soni.

7. Begimqulov ozodlik dushmani. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1935 yil 30 J-jt

yanvar soni.

8. Boyzoqov 3 yil qamoqga mahkum qilindi. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1935

yil 3 iyun soni.

j J

9. Beshbuloq qishloq sovetida xotin-qizlar poymol qilishga qarshi chora yoq. Zomin. "Koloz g'alabasi" , 1938 yil. 31 yanvar soni.

10. Yosh qizlarni qalin barovarida erga beruvchilarga ayovsiz zarba beraylik. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1935 yil 7 iyun soni.

11 ' 1rv,o.--1 1__________:

11.Yosh qizlar sotilmoqda. Zomin. "Koloz g'alabasi", 1938 yil. 1 may soni.

Ы> 3 ]> <}>

a >

u>,* ^ t<ns

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

12. Qoloq Subonqulov maktab ishlariga to'sqinlik ko'rsatmoqda. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1935 yil 3 aprel soni.

13. Xolbubioy sotildi. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1936 yil 30 yanvar soni.

14. Xotin-qizlar ozodligining dushmani jazolandi. Zomin. "Koloz g'alabasi", 1938 yil. 2 dekabr soni.

15. Xotin qizlarning kolxozning rahbarlik ogonlariga ahamiyati yoq. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1936 yil 30 yavar soni.

16. Xotin-qizlar kulibi yomon ahvolda. Tomchi tomib yotibdi. Zomin. "Kolxoz g'alabasi", 1935 yil 15 fevral soni.

*<b> >*

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

29

jW^ y

q ж**

ЩУ>

!> О

J

I*

. j

q И>

u

щ>

1>5*:

з> и*-

q

Ы >

Ш >

wi >

Ш >

и*-

m >

i> * q

Ц >p

q > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.