Научная статья на тему 'O`ZBEK AYOLLARINING IKKINCHI JAHON URUSHI FRONTLARIDAGI FAOLIYATI'

O`ZBEK AYOLLARINING IKKINCHI JAHON URUSHI FRONTLARIDAGI FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3295
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat mudofaa qo’mitasi (DMQ) / Qizil Armiya / “Qizil Yulduz” / “Vatan uchun” ordenlari / “Jasurligi uchun” medali.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Komila Xurramova

Ushbu maqola o’zbek ayollarining ikkinchi jahon urushi frontlaridagi faoliyati, urush frontlarida ko’rsatgan jasoratlari haqida ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEK AYOLLARINING IKKINCHI JAHON URUSHI FRONTLARIDAGI FAOLIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

OZBEK AYOLLARINING IKKINCHI JAHON URUSHI FRONTLARIDAGI

FAOLIYATI

Komila Xurramova

O'zMU Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o'zbek ayollarining ikkinchi jahon urushi frontlaridagi faoliyati, urush frontlarida ko'rsatgan jasoratlari haqida ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: Davlat mudofaa qo'mitasi (DMQ), Qizil Armiya, "Qizil Yulduz", "Vatan uchun" ordenlari, "Jasurligi uchun" medali.

KIRISH

Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, qanchadan-qancha voqea-hodisalarni bevosita ishtirokchisi sifatida boshidan kechirdi. Insoniyat XX asrda fan-texnika taraqqiyotida, ixtiro va kashfiyotlar bobida ancha muvafaqqiyatlarga erishdi. Jumladan, Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat tarixida misli ko'rilmagan darajada azob-uqubatlar, yo'qotishlar va vayronagarchiliklar keltirdi. Bu urush jahonning yirik davlatlari tomonidan dunyoni iqtisodiy, siyosiy va hududiy hamda strategik jihatdan bo'lib olish maqsadida olib borildi. Bu qirg'in-barot urushning tashabbuskori sifatida fashistlar germaniyasi o'zini yetarli darajada urush sharoitiga tayyorligini hisobga olib boshladi.Asosiy janglar Gitler Germaniyasi va Sovet davlati hududida olib borilganligi sababli Ozbekiston ham ittifoq tarkibida bu urushda qatnashib o'zining munosib jasoratlarini namoyon eta oldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ozbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A .Karimov ta'kidlaganidek "Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin,bu urushda qaysi g'oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, oz Vatani el-yurtining yorug' kelajagi, beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo,lganlarni,o,z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hech kimning haqqi yo'q va bunga yo'l ham bermaymiz. Urush yillari -O zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror sahifani olib tashlamaymiz. Bu tarix -bizniki uni unutishga hech kimning haqqi yoq". O'zbek aholisi ko'ngilli va ixtiyoriy ravishda urushga sararbar etilib, fashist bosqinchilariga

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

qarshi kurashda bor kuch-shijoati,g,ayati bilan qo'liga qurol tutib,kurashga otlandi. Shuningdek, mard-jasur o'g'lonlar bilan birgalikda yurt ravnaqi uchun kurashgan, fidoyi va qahramon bolgan mard-u maydon ayollar ham kurash olib bordilar. Ikkinchi jahon urushida O zbekistonlik ayollar o zlarining vatanparvarligi, insonparvarligi va fidoyiligini namoyon etgan holda qahramonliklar ko'rsatdi. Ozbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov aytganidek: "Butun ma'rifiy dunyoda xotin -qizlar manfaati degan alohida masala bor va uni o'rganish, yechimini topishga juda katta ahamiyat berilishi bejiz emas. Agar ayollarga yetarli e'tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo'lmasligi haqida o'ylaymanki, uzoq gapirib o'tirishning hojati yo'q". Bu borada yaqin o'tmish sovet davri tajribasini sinchiklab o'rganish va undan zarur saboqlar chiqarish muhim. Sovet davlati ham fashizmni dunyoga hukmronlik qilishiga qarshi , insoniyat boshiga keltirishi mumkin bolgan falokatlarni oldini olish uchun kurashyapmiz degan g'oya ostida kurashgan. Aslida ikki hukmron kuch ham dunyoga hukmronlikka intilib kurash olib borgan. 1941-yil 30-iyunda I.V.Stalin boshchiligidagi davlat mudofaa qo,mitasi(DMQ) tuzilib ,barcha ishlar yagona shaxs qolida to'plandi.Tish-tirnog'igacha qurollangan fashistlar Germaniyasi bilan kurash oson emaslini yaxshi bilardi. Sovet davlatini urush sharoitiga moslash uchun 1941-yil 3-iyulda Stalin radio orqali xalqqa murojat bilan chiqib,bor haqiqatni aytishga majbur bo'ldi1. Ushbu voqeadan so'ng Sovet davlati o'zining tarkibidagi barcha davlatlar, viloyatlar, tumanlar va qishloq okruglarida namoyish otkazilib,xalqqa murojatlar qilinib, aholini urush sharoitiga moslab tayyorlash,bosqinchilarga qarshi kurashda mardonavorlik, vatanparlik tuyg usini kuchaytirib dushmanlarni vatan hududiga kiritmaslik uchun bor kuch-shijoatini, fashistlarga qarshi nafrat bilan yurtini himoya qilish haqida da'vatlar qilinib, oz xalqini va barchani bu sharafli ishga chorlovchi namoyish boldi.Davlat Mudofaa Qo'mitasining 1941-yil 18-sentabridagi "SSSR grajdanlariga harbiy ishni yoppasiga majburiy o'tkazish to'g'risida " gi qaroriga binoan "Sovet ittifoqining qurol ko'tarishga qodir bolgan har bir grajdani qoliga qurol olib , oz Vatanini himoya qilishga tayyor bo'lib turishi lozim " .Bunga javoban ittifoq tarkibidagi barcha jasur o,g,lonlar,jumladan,o,zbeklardan surxon vohasining 50 365 nafar mard o'glonlari hayot-mamot janglarida qo'llariga qurol olib,dushmanga qarshi ayovsiz kurashdilar. Urushning dastlabki yillarida sovet hokimiyati o'zining qat'iy talablari,zoravonlik siyosati va markazga bo'ysundirish uchun qat'iy va keskin

1 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa. -T.:Fan.l975. -B.5-6.

2 O'zbekiston tarixi (1917-1991-yy) 2-kitob. -T.: O'zbekiston, 2019. -B.38.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

choralarini amalga oshirdi. Darhaqiqat,qanday qilib bo'lsa ham dushmanni mag'lubiyatga uchratish uchun o'zining Stalincha siyosatlari bilan oddiy xalq vakillaridan foydalandi. Garchi,bu adolatsiz ekanligini bilsalar-da. Shunday bo'lishiga qaramasdan sovet davlati vakillari o'zining oliy maqsadlari yo'lida hech narsadan qaytmadilar. Bizga tarixdan ma'lumki, 1941-yilning 22-iyunida harbiy safarbarlik e'lon qilinib ,sovet ittifoqi tarkibidagi O'zbekistonning yuragida o4i bor o'g'lonlari ham dastlabki yillarda 32-ming kishi frontga jo'nash uchun ariza berdilar.23-24-iyun kunlari Buxoro, Andijon, Namangan, Farg'ona va boshqa shaharlarda namoyish bo'lib o'tdi. Qoraqalpog'iston Nukusda ham 23-iyun kuni namoyish bo'lib ,ko'plab aholi ko'ngilli ravishda fashistlarga qarshi kurashga otlandi

"3

. Urushning boshlarida O'zbekistonlik ayollar urushga ketgan otalari , aka-ukalari va turmush o'rtog'lari o'niga dala ishlarida ,jumladan, traktor haydash, paxta terimi umuman olganda ayollarga munosib ishlar bilan emas,balki og'ir yumushlarni ham bajardi.1941-yilning 15-oktabriga qadar bo'lgan vaqt mobaynida 800 nafar xotin-qiz "frontga ketgan yigitlarning o'rnini olishi kerak",degan chaqiriq bilan chiqdi4. Dala ishlari ,uy -yumushlari va bola tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lmasdan bosqinchilarga qarshi kurashda qo'liga qurol tuta oladigan mard-u maydon ayollar ko'payib,endilikda ular ham urush frontlarida fashistlarga qarshi kurashda jasur o'g'lonlar bilan birgalikda kurashishni or-nomus masalasi deb hisoblab, kurashga otlandi. 1941-yil 5-iyulida Toshkent shahrining Oktabr rayonida miting bo'lib, unda 15-ming xotin-qiz qatnashdi. Bu mitingda "Qimmatli opa-singillar ! ,"Hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib,sevimli Vatanimizni himoya qilaylik, dastgoh,transport,traktor va kombaynlarda ishlab erlarimiz ,aka-ukalarimizning o'rnini bosaylik.Bu urushda hech kimni qo'l qovushtirib o'tirishga haqqi yo'q.Biz front orqasida g'alaba qozonamiz degan chaqiriqlari mavjud5Ikkinchi jahon urushiga ishchilar, ziyolilar, xizmatchilar ,san'atkor va qo'shiqchilar,tibbiyot xodimlari va talaba yoshlar shuningdek ,yuragida o'ti bor har qanday insonlar safarbar etildi.Ular jonajon yurtini dushmanga bermaslik uchun bor kuchlarini ayamasdan kurashdilar.Urushning dastlabki yillaridayoq, Toshkent shahridan 100-ming yigit-qizlar frontga safarbar etildi6.Boshqa viloyatlardan ham ko'ngilli sifatida urushga otlanganlar mavjud.Jumladan, Samarqand viloyatidan frontga yuborishlarini so'rab, 1316-kishi ariza bergan bo'lsa , 1941-yil 4-avgustga kelib, ularning soni 2988 taga yetdi. Ularni

3 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa. -T.: Fan. 1975. -B.12.

4 Surxondaryo tarixi Tursunov S,Qobilov E,Murtazoev B,Pardayev T. -T.:Sharq,2004. -B.327.

5 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa. -T.:Fan. 1975. -B.19-20.

6 Xornpa TomKeHT m .1-khto6 -T.:KOMyraap 6om TaxpnpaTH. 1994. -B.6.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

б13 tasi xotin-qizlar edi .Vaholanki,har bir hududlarda bosqinchilarga qarshi kurashda qahr-u g'azabga to4a,urushga otlangan mard va jasur ayollar bisyor edi.Darhaqiqat,ikkinchi jahon urushi frontlariga sanitariy(hamshira) xodimalar, teatr va san'at xodimlari, talaba qiz^ va ulaming jangovaг dugonalari, shuningdek, yuragida Vatanga muhabbat hissi kuchli bo'lgan mard-u maydon ayollar jangga otlanishdi.Vaholanki,ularning deyarli ko'pchiligi ko'ngilli sifatida urushga jo'nadi. Birgina Shahrisabz shahridan urushning dastlabki bir necha kun ichida 1148 kishi

о

harakatdagi armiyaga ixtiyoriy jo'nadi, ulardan 10 tasi xotin -qizlar edi .Joylarda aholini urush sharoitiga moslab tayyorlash va fashist bosqinchilariga qarshi targ'ibot-tashviqot ishlari jadallashtirilganligi sababli,kurashga otlangan ayollar safi kengaydi.Jumladan,sovet ittifoqi 1941-1943-yillar mobaynida Toshkent viloyatidan 37-ming yigit -qizni Qizil Armiyaga yo'lladi.Ana shulardan 10-minggi Milliy qismlarga qabul qilindi9.Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda Sirdaryo viloyatining 15 252 nafar o'g'il -qizlari hayot-mamot janglariga otlandi.Toshkent viloyatidan ikkinchi jahon urushiga 200-ming o'g'il -qizlar safarbar etildi10. Harbiy safarbarlikka javoban, Xorazm viloyatidan harbiy komissariyatga urush boshlanganidan bir necha kun o4ar -o4mas 115б ariza ( shulardan 147 nafari xotin-qizlardan iborat edi) tushdi. Viloyatning 1213 nafar xotin- qizlari yangi ishlab chiqarish kasblarini o'rgandilar va jangga otlanganlarning o'rnilarida o'zlarining faoliyatlarini namoyon eta boshladilar. Fashizmga qarshi olib borilgan dahshatli janglarda б7 300 nafardan ziyod xorazmliklar o'zlarining aziz jonlarini ayashmasdan bu qonli kurashda ishtirok etishdi11. Sovet ittifoqi tarkibidagi jonajon yurtini himoya qilish uchun kurashga otlangan ayollardan biri Roza Ibrohimova edi. 1943-yilning yozida O'zbekistondagi aloqachilik maktabini tugatib, Moskva yaqinidagi radio

1 9

vazonga borib tushdi . Roza Ibrohimova Berlinni ishg'ol qilish uchun bo'lgan janglarda ishtirok etib munosib qahramonliklar namoyon eta oldi.Urushning birinchi haftasida farg'onaliklardan urushga safarbar etishlarini so'rab 1735 ariza (shundan 423 nafari xotin -qizlardan iborat edi) tushdi. Farg'onada 8 ta sanitary otryadi (ularda 280 nafar xotin-qizlar o'qidi )va Qoqonda б ta sanitar otryadi (ularda 220 nafar xotin -qizlar o'qidi ) tuzildi.Urush yillarida farg'onaliklardan bir necha yuz

1 "5

ming ko'ngillilar fashizmga qarshi kurashda ishtirok etdilar . Joylarda fashist

7 Xorapa Сaмaркaнд в. 1-китоб -Т.: Ибн сино номидaги нaшриет-мaтбaa бирлaшмaси ,1994. - В. 5.

8 Yorbozorova Z.Ikkinchi jahon yillarida O'zbekiston xotin-qizlar faoliyati.B.M.I.-Qarshi.2013.

9 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa. -T.:Fan. 1975. -B.16.

10 Yorbozorova Z.Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston xotin-qizlar faoliyati.B.M.I. -Qarshi.2013.

11 Хотирa Хорaзм в. 1 китоб -Т.: Г Гулом номидaги aдaбиет. 1994. -В. 6-7.

12 Yorbozorova Z. Ikkinchi jahon yillarida O'zbekistonlik xotin-qizlar faoliyati. B.M.I.Qarshi. 2013.

13 Хотирa Фaргонa 2 китоб .-Т.: Комyслaр бош тaхририяти . 1994. -В. 5.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 665 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

bosqinchilariga qarshi kurash bo'yicha targ'ibot -tashviqot ishlari olib borildi. Sovet ittifoqi tarkibidagi aholining dushmanga qarshi nafrati ,qahr-g'azabi kuchaydi.Shu jumladan,Andijondan hammasi bo'lib , 97 ming kishi urushga safarbar etildi14.Ulaming ma'lum qismini ayollar tashkil etadi.Sovet ittifoqi dushmanga qarshi jangovar turish uchun tezlik bilan turli xildagi qaror-farmonlar ishlab chiqdi. 1941-yil 1S- sentabráagi qaгoгiga binoan, "ha- biг qural tutishga qodiг bolganla^a haгbiy qural^ bilan tanishtiгib , uгush sharaitiga moslab tayyoriashdan" iboгat edi.Bu jarayonda ayollar ham qurol-yaroqlar bilan tanishib , harbiy usullarni o'rganib ,yurt himoyasi uchun kurashga bel bog'ladilar. Sovet davlati ittifoqi tarkibidagi barcha ayollar:turkman, qozoq, ozarbayjon,tojik,qirg'iz va shuningdek, o'zbek ayollari ham qahramonlik namoyon etdi. 1941-yilning qishida nemis armiyasining Ukraina va boshqa hududlarga hujumi bo'ldi. Sovet davlati hududida yanada kuchli safarbarlik bo'lib,unda boshqa xalq ayollari singari o'zbek ayollari ham ishtirak etdi.Ulaming qahramonligini e'tiгof etgan.Xususan , Ukraina uchun olib borilgan janglarda Buxorodan Rahima Alimova degan komsomol qiz, ayniqsa , qahramonlik ko'rsatmoqda deb yozgan edi potpolkovnik Savvin15.1943-yilning 1S-iyulidan 2S-iyuligacha Shimoliy Dones daryosi qirg'oqlarida Donbas uchun bo'lgan, o'nlab jang bo'ldi. Shu vaqtda pulemyot va minomyot o'qi ostida 97 yarador jangchi va ofitserga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatildi .1-sentabrdan 21-sentabrgacha davom etgan , 20 kunlik hujum janglari vaqtida Rahima Alimova mardonavor harakat qildi.Bu safar 30 jangchi va ofitserni qurol-yarog'i bilan jang maydonidan olib chiqib ,zarur medisina yordami ko'rsatildi.Hayot qolgan jangchi va ofitserlar Rahima Alimovaga hali-hali o'z minnatdorchiliklarini bildiradilar16.Shu kabi ayollardan Jamila Husainova ham harbiy tayyorgarlikdan so'ng , Shimoliy Don daryosi bo'yida jangga kirib, undan so'ng janubiy-g'arbiy front chizig'ida , Ukrainani ozod qilishda

1 7

qatnashdi .

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Sovet hukumatining tez orada vrach va hamshiralarni urush sharoitiga moslab tayyorlash ishlari jadallashtirib yuborildi.Xususan,1941-yil oktato oyida "Sanitariya mudofaasiga tayyorian "nomli chaqirig'i ham xalq tomonidan munosib qabul

14 Хотира Андижон. 1 китоб. -Т.: Мехнат. 1994. -В. 6.

15 Vatan sharafi uchun . 1944-yil 16-yanvar.N-3 (193).Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To'plam:Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari,II kitob. -T.: Akademnashr.2017. -B.26.

16 Vatan sharafi uchun 1944-yil 16-yanvar .N-3(193).Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To'plam:Ikkmchi jahon urushi va fronti gazetalari,II kitob. -T.:Akademnashr,2017. -B.26.

17 Karimov I.A. O'zbekiston:Milliy istiqlol, iqtisod,siyosat,mafkura.I jild. -T.:O'zbekiston.1996. -B.54.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

qilinib,joylarda qon quyish operatsiyasi, harbiy-dala operatsiyasni, jumladan, hamshiralar xirurg vrachlar bajaradigan ishlarni mashq qilib frontga jo'nashga

1 Я

tayyorlandilar . Joylarda medisina xodimlari tayyorlaydigan o'quv kurslari tashkil etildi.Jumladan, Toshkent va Samarqand meditsina institutlari 1941-yildan 1945-yilgacha 3257 vrach tayyorladi,shuningdek, 4864 medisina xodimlari yetishish chiqdi19Vaholanki,25 sanitar drujinasida 266 nafar tibbiyot hamshirasi

tayyorlandi .Bu kabi o'quv yurtlarini tamomlab, keyin frontga borib ,yarador jangchi va askarlarga tibbiy xizmat ko'rsatildi.Mana shunday medisina xizmatining starshiy leytenant Sobira Majidova va Maryam Yusupova kabi najotbaxsh ayollarimiz oz hayotlarini xavf ostiga qo'yib bo'lsada yaralangan jangchi va ofitserlarni urush olovidan olib chiqdilar. Shuning uchun ham Sohibboyev ham Zuev va Mamatov kabi o'nlab jangchilar oz hayotlarini saqlab qolgan opalarini hech qachon unutmaydilar21.Sobira Majidova 1942-yilning qahraton qishida Il'men ko'lidan uzoq bo'lmagan joydagi yerto'lalarda yarador jangchilarning jarohatiga mohirlik bilan malham qo'yib,Desna sohillarida,Branyansk o'rmonlarida jangchilar bilan bir qatorda

99

botqoqliklar kechib,o'zining jangovar ruhini namoyon etdi22.1941-yil institutni davolash fakultetini tamomlagan Muqaddam Ashrapova bilan birga uning dugonalari Anvara Muharramova, Po'latoy Qodirova, Sobira Majidova lar ham urushga borib askarlarni saqlash uchun fidoyilik namoyon etdilar23. Rahmat Hamroyeva uning yonidagi dugonalaridan Qumri va Saidalar ham aziz jonlarini ayamasdan

9 A

bosqinchilarga qarshi kurash uchun frontga jo'nab ketdilar .Rayhon Hamroyeva va uning hamrohlari jangchilarga tibbiy xizmat ko'rsatdilar.1943-yilning yanvar oyida bir guruh vrachlar Volga bo'yida turgan qo'shinlar safiga kelib qo'shildi. Bu vrachlar orasida Ozbekistonlik Ruqiya Ismoilova bo'lib,u ham urush janggohlarida

9 S

yaralangan askarlarga munosib yordam ko'rsatdi . Ikkinchi jahon urushi frontlarida Ozbekistonlik ayollar ittifoq tarkibidagi askar va zobitlarning aziz jonlarini asrashda o'zbek qiziga xos bo'lgan jasorat va qahramonliklarini namoyon eta oldilar. Bu kabi jasur ayollar faqatgina hamshira bo'lmasdan ,balki dushmanga qarshi kurashda ham o'zlarining munosib qahramonligini namoyon etdilar. 1942-yilning iyun oyida

18 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa .-T.:Fan.1975. -B.47.

19 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa . -T.:Fan. 1975. -B.88.

20 Surxondaryo tarixi.Tursunov S,Qobilov E,Murtazayev B,Pardayev T. -T.:Sharq, 2004. -B.345.

21 Qizil armiya 1944-yil 7-mart.N-20 (125).Tuzuvchi :Shamsutdinov R .To'plam: Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari.III kitob. -T.:Akademnashr.2017. -B.41.

22 « Bong »gazeta.1944-yil 19-may.N-41(121).Tuzuvchi :Shamsutdinov R.To'plam:Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari.III kitob. -T.:Akademnashr,2017. -B.441.

23 Adham Rahmat.Shinelli qizlar . -T.: ,1970. -B.34.

24 Jo'rayev T.O'zbekiston jangchilari Ulug' Vatan urushi frontlarida. -T.:Fan.1975. -B.32.

25 Adham Rahmat .Shinelli qizlar . -T.: , 1970. -B.86.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

Buxorolik 21 nafar qiz Vatan ozodligi uchun urushga ketish haqida ariza berdilar.Ularning 11 nafari O'zbekistonlik qizlar edi. Mana shunday ayollarda biri Xosiyat Halimova bo'lib, u aloqachilar institutini tamomlab, 90-o'qchi brigadasida xizmat qilib ,jang maydonlarida uzilgan aloqa simlarini ulash,aloqani tiklashda qahramonlik namoyon etdi26. Urushga ixtiyoriy ravishda jo'nagan Roza Ibrohimova esa 1943-yilning yoz oyida Moskva yaqinidagi radiovazonga borib tushib,urushda

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

97

razvedkachi sifatida qatnashib qahramonliklar namoyon etdi27.Zebo G' aniyeva гazvedkachilaг safida oz hayotini xavf ostida qoldirib, 12 marta "til" (dushmanning rejalarini bilib olish maqsadida tirik asir tutib kelish)operatsiyasida ishtirok etib

9R

shuhrat qozondi . Zebo G'aniyeva I.V.Stalinning 1942-yil 2S-iyuldagi N-227 sonli "Bn qadam ham o^aga chekinilmasin" nomli qaгoгiga binoan 28 fashistni yer

9Q

tishlatdi .Urush yillarida 2 Ukraina frontidagi 132 -o'q sostavi bilan birga Xarkov,Praga va Budapesht shaharlarini ozod qilishda Chexoslavakiya, Avstriya,Karpat tog'lari hamda Ruminiya uchun bo'lgan janglarda yuzlarcha askarlar hayotini saqlab, qahramonlik ko'rsatgan o'zbek ayol Xanifa Mamatkazina edi . Umuman,ayollar qayerda va qanday sharoitda bo'lmasin,yurtni or-nomus masalasi sanab qo'lida qurol tutib dushmanga qarshi kurashdilar.Urush yillarida inson ruhi masalasi bosh omil edi.Dushmanga qarshi kurashishda askar va zobitlarimizga ko'tarinkilik ulashish maqsadida turli konsert guruhlari gastrollar uyishtirib,sovet jangchilariga fashistlarga qarehi kurashda mh ta'minlab turdi.Darhaqiqat, SSSR xalq artisti unvonini va SSSR Davlat mukofotini olgan Tamaraxonim rahbarligidagi o'zbek filarmoniyasining chiqishi jangchilarga juda manzur bo'ldi.Xususan,Tamaraxonim o'z esdaliklarida -,"pana joy yeг tolalarda bekinib,nemis aviatsiyasi hujumini tugashini kutib turardik,keyin yana konsertni davom ettirardik.Konsert vaqtida jangchilar nomma-nom yoki butun bo'linmasi bilan chaqirilmaguncha tarqalib ketishmasdi.Konsert tomoshabinlarga katta kuch va ruh

"5 1

baxsh etganligidan na qo^quv va na chaгchoqni bila^ik" .Tamaraxonim urush yillarida jangchilar uchun 1000 marta konsert berib,ularni g'alaba sari ruhlantirdi.U Vena shahridagi Qizil Armiya Ofitserlari Uyi sahnasida qoraqalpoq xalq kuyini ijro

26 Yorbozorova Z ko'rsatilgan asar.

27 Ko'rsatilgan asar.

28 Vatan uchun 1942-yil 5-noyabrdagi soni.Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To'plam:Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari.I kitob. -T.:Akademnashr.2017. -B.29.

29 История россии для поступаюших в вузы.В.И.Моряков,В.А.Федеров,Ю.А.Шатунов -Москва.2006 -С.376.

30 Adham Rahmat.Shinelli qizlar. -T.:, 1970. -B.98-102.

31 Inoyatov H.G'alabaga qo'shilgan hissa. -T.:Fan.1975. -B.87.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

etdi .Sovet ittifoqi tarkibidagi askar-zobitlarga jangovar ruh bag'ishlab turgan qahramon ayollardan biri sifatida Rahima Alimova edi.Rahima Alimova ,drama teatri artisti E'tibor Oripova kabilar urush yillarida Moskva ,Stalingrad, Kursk va Minsk ostonalarida jang harakatlarida ishtirok etib,o'zlarining ijod namunalarini namoyish

-3-3

etib,jangchilarni g'alabaga ruhlantirdi . Front ichida urushdan charchagan askarlarni ruhlantirish maqsadida G'arbiy frontga Gavhar Rahimova rahbarligidagi respublikamiz san'atkorlari tarkibida frontning eng qizigan o'choqlarida madaniy xizmat qilib, o'zining yoqimli qo'shiqlari bilan dushmanni yengishda jangchilarga madad bo'ldi34. Sovet ittifoqi tarkibidagi barcha urush qatnashchilari safida O zbekistonlik askar -zobitlar bilan ikkinchi jahon urush frontlarida dushmanga qarshi kurashib, erk -iqboli, mustaqilligini ta'minlashda o'zlarining aziz jonlarini ayamasdan yurt himoyasi uchun kurashga otlangan ayollarning ko'rsatgan jasoratlari tahsinga sazovordir. Ular dushmanga qarshi kurashishlari uchun ruh bag'ishlash maqsadida sovet ittifoqi rahbarlari tomonidan rag'batlantirib borilgan. Zebo

"3 с

Ganiyeva ko'rsatgan jasoratlari uchun "Qizil Bayroq"ordeni bilan mukofotlandi . Bunday ayollar ko'pchilikni tashkil qilgan. Xanifa Mamatkazina ham Vatan oldidagi xizmatlari 2 marta "Qizil Bayroq"ordeni, "III darajali Shuhrat"ordeni, hamda 2 marta "Jasurligi uchun" medallari bilan taqdirlandi36. Soliha Davronova Zaparoje shahri uchun 1943-yilning yozidagi jangda qatnashdi.Jangda qahramonlik ko'rsatgani uchun "Jasurligi uchun "medali bilan taqdirlandi.Vatan Soliha Davronovaning mehnatini taqdirladi,uning g'oz ko'kragiga "Qizil Yulduz" II darajali "Vatan uchun" ordenlarini

rtn

taqdi . Rahima Alimova ko'rsatgan qahramonligi uchun "Jasurligi uchun" medali mukofotlandi. U bir to'da razvedkachilar bilan birga dushmanni orqa tarafiga o'tib, nemislarni qirishda hammaga o'rnak bo'ldi.Bu qahramonligi uchun Rahima

qo

Alimovaga "Qizil Bayroq" ordeni bilan taqdirlandi . Rayhon Hamroyeva Gomel yonidagi janglarda ko'plab askarlarni halokatdan saqlab qoldi.Unga janglarda

"3Q

ko'rsatgan jasorati uchun "Jasurligi uchun" medali berildi . Janglarda ko'rsatgan jasorati uchun Xosiyat Halimovaga "Jasurligi uchun" va "Jangovar xizmatlari

32 Vatan sharafi uchun 1945-yil 2-noyabr.N=64(349).Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To'plam:Ikkinch jahon urushi va fronti gazetalari.II kitob .-T.:Akademnashr.2017.-B.362.

33 Sirojev O.Fashizm ustidan erishilgan g'alabada Buxoroliklarning roli. -T.: O'zbekiston.1996. -B.337-338.

34 "Sovet O'zbekistoni" Berdiyev Y.Qo'shiqning sehri.1974-yil,144-son. -B.44.

35" Vatan uchun" 1942-yil 5-noyabrdagi soni.Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To'plam:Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari Ikitob. -T.:Akademnashr,2017. -B.29.

36 Adham Rahmat Shinelli qizlar. -T.: 1970 . -B.103.

37 "Sovet jangchisi" 1945-yil 22-iyun N-50 (246).Tuzuvchi :Shamsutdinov R.I kitob. -T. :Akademnashr,2017. -B.409.

38 "Vatan sharafi uchun"1944-yil 16-yanvar N-3(193).Tuzuvchi:Shamsutdinov R.To'plam :Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari.II kitob. -T.Akademnashr,2017. -B.27.

39 Jo'rayev T.O'zbekiston jangchilari Ulug' Vatan urushi frontlarida. -T.:Fan.1975. -B.32.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

uchun"medali va boshqa medallar bilan taqdirlandi40.Jamila Husainova urushdagi jasoratlari uchun jangovar medallar bilan taqdirlandi41.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki , ikkinchi jahon urushi insoniyatni, jamiyatni umuman barcha sohalarni fashizm balosidan asrab -avaylashga qaratildi.Bu urushda sovet ittifoqi tarkibidagi barcha millat vakillari, jangchilari,askar-zobitlari va ayollari,jumladan,o'zbek ayollari ham ishtirok etdi. Bu kabi ayollarda yuksak vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg'ulari kuchli bo'lgani sababli,Vatan himoyasini or-nomus masalasi sanab,ma'suliyatli vazifani o'zlarining nozik zimmalariga olib,urush frontlariga jo'naganligining o'zi katta jasorat.Sovet davlatining,xususan,o'zbeklarning mard-u maydon ayollari fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qahramonlik va jasoratlari bilan o'z fidoyiligini namoyon eta oldi.Har qanday voqea-hodisaning ibtidosi bo'lgani kabi,albatta intihosi ham bo'ladi.1945-yil 2-sentabrda Yaponiyaning taslim bo'lishi bilan ikkinchi jahon urushi ham tugadi.Fashizm ustidan qozonilgan g'alaba bilan yakun topdi.Har qanday voqea-hodisaning boshida inson va uning manfaati,ehtiyoji turadi.Bu urushning g'alaba bilan yakun topishini istagan davlat boshliqlari dunyoda hukmronlik qilish uchun har qanday ishdan voz kechmay,faqat bitta maqsad,ya'ni urushda g'alaba qozonish yo'lida kurash olib bordilar.Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida kurashga otlangan sovet ittifoqi tarkibidagi askar-zobitlarning deyarli barchasi jang maydonlarida halok bo'ldi.Shunday bo'lishiga qaramasdan insonlar urush frontlariga jo'nayverishdi.E'tibor beradigan bo'lsak,urushga 1943-yildan keyin ketgan jangchilar qaytishdi.Vaholanki,ularning ko'pchiligi yarador,mayib-majruh bo'lib qoldi.Ulardan minglab kishilar frontga ko'ngilli bo'lib ketaverdi,dastlab urushga ketganlarning ko'pchiligi halok bo'lgan bo'lsalarda,ularning o'rnini qoplash uchun minglab insonlar Vatan himoyasini sharafli hisoblab urushga jo'nadi.Sovet davlati tarkibidagi jumladan,o'zbek insonlarda jangovar ruh kuchli bo'lganligi sababli xalqining ishonchini,ota-onasining ishonchini sharaf bilan oqlash uchun hamma vaqt dushmanga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini namoyon etdilar.Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlarning insonlari g'alabaga moyilligi sababli,urushning dastlabki yillarida mag'lubiyatga uchrasalar-da,ortga chekinmasdan o'zlarining erk-ozodligi uchun faqat olg'a intildilar. Chunki,bu insonlarda or-nomus va jangovar ruh kuchli

40 Adham Rahmat Shinelli qizlar. -T.:1970. -B.98-102.

41 Karimov I.A.O'zbekiston:Milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura.I jild. -T. :O'zbekiton,1996. -B.54.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

edi.Bu urushni g'alaba bilan yakunlanishida o'zbek ayollarining ham o'rni beqiyos.Bu ayollarning ko'pchiligi urushning boshidan to'plar gumburlashi,o'qlar yomg'iri va minalarning chinqirib uchishiga qaramasdan dahshatli kurash maydonlarida o'zlarining o'zbek ayoliga xos bo'lgan mardonavor va jangovar ruh bilan kurash olib bordilar.O'zbek ayollari boshqa ayollar singari faqatgina fashistlarga qarshi kurashmasdan,ular o'q-yomg'irlar,o't-alangalarga qaramay,vatan uchun jonini tikkan mard va jasur jangchi va zobitlarning jarohatlariga malham qo'yib,murakkab jarrohlik ishlarini amalga oshirib,ularni jang maydonlariga qaytishiga ko'maklashardi.Bu kabi mehribon ayollar,dovyurak jangchilarni davolab,urush maydonlariga qaytishiga ularga jangovar ruh bag'ishladi. Darhaqiqat,urush frontlarida ona yurtining ozodligini,kuchli va makkor dushmanga bermaslik uchun qonli urushda o'zbek ayoliga xos qahramonlik va botirlik bilan qo'liga qurol tutib,jonajon zaminini himoya qila olishlarini namoyon etdilar.Vaholanki,o'zbek xalqi ayollari butun kuch va shijoatini,bor imkoniyatlarini aziz va jonajon vatanini,serquyosh va betakror O'zbekistoni va barcha sovet davlati kishilarining tinch-osuda va baxtiyor hayoti yo'lida o'z jonini ayamasda sarf qilgan qahramon ayollarining jasoratlari o'zbek tarixi zarvaraqlaridan munosib o'rin egalladi.

REFERENCES

1. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T.: O'zbekiston. 1996. T.3. -B.81.

2. Karimov I. A. O'zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. I jild.- T.: O'zbekiston,1996. - B.54.

3. Inoyatov H. G'alabaga qo'shilgan hissa. - T. Fan, 1975.

4. O'zbekiston tarixi ( 1917-1991) 2-kitob. -T.:O'zbekiston, 2019.

5. Surxondaryo tarixi Tursunov S, Qobilov E, Murtazoev B, Pardayev T. - T.: Sharq, 2004.

6. Xotira Toshkent shahri. 1- kitob. - T.: Qomuslar bosh tahririyati. -B.6.

7. Xotira Samarqand shahri.1- kitob. - T.: Ibn Sino nomidagi matbaa- nashriyoti birlashmasi, 1994.

8. Yorbozorova Z. Ikkinchi jahon urushida o'zbekistonlik xotin- qizlarning faoliyati. B.M.I.Qarshi. 2013.

9. Xotira Xorazm shahri.1- kitob. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot. 1994.

10. Xotira Farg'ona shahri. 2- kitob. - T.: Qomuslar bosh tahririyati.1994. .

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-662-672

11. Xotira Andijon. 1- kitob. - T.: Mehnat. 1994.

12. Adham Rahmat. Shinelli qizLar. - T.: , 1970.

13. Jo'rayev T. O'zbekiston jangchilari Ulug' Vatan urushi frontlarida. - T.: Fan, 1975. - B. 32.

14. Sirojev O. Fashizm ustidan erishilgan g'alabada Buxoroliklarning roli. - T.: O'zbekiston, 1996. -B. 337-338.

15. Vatan sharafi uchun. 1944-yil 16- yanvar. N-3. (193). Tuzuvchilar: Shamsutdinov R. To'plam. Ikkinchi jahon urushi fronti va gazetalari. II jild. -T.: Akademnashr, 2017. - B.26.

16. Qizil Armiya 1944-yil 7-mart. N- 20. (125). Tuzuvchi: Shamsutdinov R. To'plam. II jild. Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari. - T.: Akademnashr, 2017. -B.441.

17. " Bong " gazeta. 1944-yil 19-may. N-41.(121). Tuzuvchi: Shamsutdinov R. To'plam. Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari, Akademnashr. 2017. - B.441.

18. Vatan uchun 1942-yil 5- noyabrdagi soni. Tuzuvchi: Shamsutdinov R. To'plam, Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari. - T.: Akademnashr, 2017. -B. 29.

19. " Sovet O'zbekistoni" Berdiyev Y. Qo'shiqning sehri. 1974-yil. 144- son. - B.44.

20. " Sovet jangchisi" 1945-yil 22-iyun. N- 50. (246). Tuzuvchi: Shamsutdinov R. To'plam, Ikkinchi jahon urushi va fronti gazetalari. -T.: Akademnashr, 2017. - B. 409.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.