Научная статья на тему 'BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O‘RGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y).'

BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O‘RGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y). Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
612
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Kolesov voqeasi” / “Buxoro axbori” / “Ozod Buxoro” / “Vaqf ishlari haqidagi loyiha” / “Markaziy revkom” / “Buxoroda qorakо‘lchilik ishi” / “Xalq hukumati” / “Kolesov’s campaign” / “Bukhara news” / “Free Bukhara” / “Foundation project” / “Central Executive Committee” / “Karakol case in Bukhara” / “People's government”

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raximov, Sanjar Abdulloyevich

Muallif tomonidan mazkur maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixini xolisona va qiyosiy tahlil asosida о‘rganishda “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarining manba sifatidagi ahamiyati haqida xulosalar berilgan. Matbuot organlaridagi BXSR iqtisodiy tizimidagi qishloq xо‘jaligi (paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, g’allachilik, qorakо‘lchilik), vaqf mulklariga munosabat, soliq siyosati, bank tizimi, transport holati, tovar-pul munosabatlari kabi masalalarga oid ma’lumotlarni o’rganilgan. Shuningdek bu manbalar asosida Buxoro Xalq Respublikasi faoliyati davomida qishloq xo’jaligida paxta, g‘alla, chorvachilikni rivojlantirish masalalarida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o’rganilgan. “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSRdagi maishiy turmush muammolari, xalq salomatligi va xotin-qizlar masalalari, harbiy sohaga doir ma’lumotlar tahlil qilingan. Ushbu gazetalardagi ma’lumotlarning o’rganilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi faoliyati davomida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ishlar haqida ma’lumotlar o’rganilib, “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari tarixiy manba sifatida muhim ekanligi keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE PRESS IN THE STUDY OF THE HISTORY OF THE BUKHARA PEOPLE'S SOVIET REPUBLIC (1920-1924).

In this article, the author draws conclusions about the importance of “Bukhara news” and “Free Bukhara” as sources in the study of the history of the Bukhara People's Soviet Republic on the basis of an objective and comparative analysis. Information in the media on issues such as agriculture (cotton, livestock, silk, grain, karakul) in the economic system of the BPSR, the attitude to the property of the foundation, tax policy, the banking system, the state of transport, commodity-money relations was studied. Also, on the basis of these sources, information on the work done by the government in the development of cotton, grain, livestock in agriculture during the activities of the Bukhara People's Republic was studied. The “Bukhara news” and “Free Bukhara”newspapers analyzed the problems of life in the BPSR, public health and women's issues, and the military. As a result of studying the information in these newspapers, the information about the socio-political and economic activities carried out during the activities of the Bukhara People's Soviet Republic was studied too.

Текст научной работы на тему «BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O‘RGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y).»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI ORGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y).

Raximov Sanjar Abdulloyevich

Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti II-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Muallif tomonidan mazkur maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixini xolisona va qiyosiy tahlil asosida о 'rganishda "Buxoro axbori " va "Ozod Buxoro " gazetalarining manba sifatidagi ahamiyati haqida xulosalar berilgan. Matbuot organlaridagi BXSR iqtisodiy tizimidagi qishloq xojaligi (paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, g'allachilik, qorako'lchilik), vaqf mulklariga munosabat, soliq siyosati, bank tizimi, transport holati, tovar-pul munosabatlari kabi masalalarga oid ma'lumotlarni o'rganilgan. Shuningdek bu manbalar asosida Buxoro Xalq Respublikasi faoliyati davomida qishloq xo'jaligida paxta, g'alla, chorvachilikni rivojlantirish masalalarida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar o'rganilgan. "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalarida BXSRdagi maishiy turmush muammolari, xalq salomatligi va xotin-qizlar masalalari, harbiy sohaga doir ma'lumotlar tahlil qilingan. Ushbu gazetalardagi ma 'lumotlarning o 'rganilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi faoliyati davomida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ishlar haqida ma'lumotlar o 'rganilib, "Buxoro axbori " va "Ozod Buxoro " gazetalari tarixiy manba sifatida muhim ekanligi keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: "Kolesov voqeasi", "Buxoro axbori", "Ozod Buxoro", "Vaqf ishlari haqidagi loyiha ", "Markaziy revkom ", "Buxoroda qorako 'lchilik ishi ", "Xalq hukumati "

РОЛЬ ПЕЧАТИ В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ БУХАРСКОЙ НАРОДНОЙ СОВЕТСКОЙ РЕСПУБЛИКИ (1920-1924 ГГ.).

Рахимов Санжар Абдуллоевич

Самаркандский государственный университет, исторический факультет, 2 курс

магистратуры

АННОТАЦИЯ

В данной статье на основе объективного и сравнительного анализа автор

делает выводы о значении «Бухарские новости» и «Свободная Бухара» как

источников в изучении истории Бухарской Народной Советской Республики.

Прочитайте информацию по таким вопросам, как сельское хозяйство (хлопок,

397

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

животноводство, шелк, зерно, каракуль) в экономической системе СССР, отношение к имуществу фонда, налоговая политика, банковская система, состояние транспорта, СМИ. изучаются товарно-денежные отношения.

Также на основе этих источников были изучены сведения о работе, проделанной правительством по развитию хлопководства, зерна, животноводства в сельском хозяйстве в период деятельности Бухарской Народной Республики. Газеты «Бухарские новости» и «Свободная Бухара» анализировали проблемы жизни в СССР, здравоохранения и женщин, армии.

В результате изучения информации в этих газетах были изучены сведения об общественно-политической и экономической деятельности Бухарской Народной Советской Республики, и было отмечено, что газеты «Бухарские новости» и «Свободная Бухара» также имеют историческое значение.

Ключевые слова: «Колесовская история», «Бухарские новости», «Свободная Бухара», «Проект работы фонда», «Центральный ревком», «Каракольское дело в Бухаре», «Народное правительство».

THE ROLE OF THE PRESS IN THE STUDY OF THE HISTORY OF THE BUKHARA PEOPLE'S SOVIET REPUBLIC (1920-1924-y)

Raximov Sanjar Abdulloyevich

Samarkand State University, Faculty of History, 2nd year master's degree student

In this article, the author draws conclusions about the importance of "Bukhara news" and "Free Bukhara" as sources in the study of the history of the Bukhara People's Soviet Republic on the basis of an objective and comparative analysis. Information in the media on issues such as agriculture (cotton, livestock, silk, grain, karakul) in the economic system of the BPSR, the attitude to the property of the foundation, tax policy, the banking system, the state of transport, commodity-money relations was studied. Also, on the basis of these sources, information on the work done by the government in the development of cotton, grain, livestock in agriculture during the activities of the Bukhara People's Republic was studied. The "Bukhara news" and "Free Bukhara"newspapers analyzed the problems of life in the BPSR, public health and women's issues, and the military. As a result of studying the information in these newspapers, the information about the socio-political and economic activities carried out during the activities of the Bukhara People's Soviet Republic was studied too.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: "Kolesov's campaign", "Bukhara news", "Free Bukhara", "Foundationproject", "Central Executive Committee", "Karakol case in Bukhara", "People's government"

O'zbekiston milliy davlatchiligi taraqqiyotida 1920-1924 yillarda mavjud bo'lgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) muhim tarixiy bosqich ekanligi ayni haqiqatdir. Biroq BXSR tarixini о'rganishda davriy matbuotning manba bо'la olishi mavzusi tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib kelayotir. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib ta'kidlash joizki, "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalarining BXSR tarixini o'rganishdagi o'rni va roliga alohida tadqiqot bag'ishlash har jihatdan o'zini oqlaydi.

"Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalarida BXSRdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning turli sohalari hisoblangan hukumat boshqaruv tizimi, aholi soni, ijtimoiy tarkibi, xalq salomatligi, xotin-qizlar muammosi, harbiy-ma'muriy islohotlar, paxtachilik, qorako'lchilik, ipakchilik, milliy hunarmandchilik, soliq va bank tizimlari, pul muomalasi, narx-navo, maktab va maorif tizimi, madaniy oqartuv muassasalari faoliyati, tashqi aloqalar va hokazolar haqida muhim ma'lumotlar mavjud.

I. BOB. Buxorodagi iqtisodiy-siyosiy vaziyat va matbuotning ahvoli.

II. BOB. "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalari tarixiy manba sifatida

III. BOB. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni o'rganishda "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalarining ahamiyati.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA MANBALAR

"Buxoro axbori"ning 1920 yil 9 sentabrda bosmaxonadan chiqqan 1-sonida "Maqsad va maslak" nomli muharririyat tomonidan bosilgan yirik maqolada: "Gazetaning maqsadi buxoroliklarga inqilobimizning va uning amallarini, sabablarini, uning qoida va fazilatlarini bir suratda tushuntirmakdan iboratdur... Shu barobar kelajak ishlarining saodat va iqboli yo'linda rag'bat etib, Buxoroning obodlig'ig'a xizmat yetmak" kabi fikrlar mavjud.

"Buxoro axbori" gazetasi o'rniga 1923 yil oktabr oyi o'rtalaridan boshlab "Ozod Buxoro" gazetasi chop etildi. Yangi gazeta haqidagi rasmiy xabar "Buxoro axbori"ning 211-soni (1923 yil 7 oktabr)dayoq "O'quvchilar diqqatiga!" nomli e'lon ostida ma'lum qilindi .

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalari BXSRdagi iqtisodiy jarayonlar va o'zgarishlar, uning yangicha tarixiy sharoitdagi huquqiy asoslari haqida ma'lumotlar beruvchi muhim manbadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalaridagi "suv muammosi" bilan bog'liq maqola, xabarlar, hukumat qarorlari tahlil qilinar ekan, respublikaning dastlabki yillarida bu masalaga e'tibor kuchli bo'lib, 1921-1922 yillarda esa bu haqida ma'lumotlar kamroq keltirilganligi mamlakatdagi siyosiy va harbiy vaziyat bilan bog'liqdir.

Gazetalardagi "Xitobnoma: Paxta va g'o'za ekinini ta'rif qildirmoq xususiyatda", "Paxta mavsumi", "Buxoroda paxtachilik ishini ko'tarmoq uchun chiqarilgan qaror-xitobnoma - 21", "Butun kuch - iqtisodiy ahvolimizni ko'tarish maydonig'a", "Paxtani qazodan saqlash masalasi", "Buxoro Jumhuriyatidan paxta chiqarish haqida", "G'o'za savdosi ochiqdur", "Dallollar yordamidan foydalanish masalasi", "Paxta mavsumig'a hozirliq", "Buxoro dehqonlarig'a qarz berish", «Bo'nak masalasi», «Bo'nak bermakni ma'n qilmoq xususiyatda» kabi maqolalar respublikada paxtachilikni rivojlantirish iqtisodiyotni tiklashning muhim omili bo'lganligidan dalolat beradi.

Paxta ekuvchi dehqonlarga imtiyozlar berish, paxtaning yangi amerika navini ko'proq yetishtirish, paxta banklari ochish, dehqonlarni kooperativ tashkilotlar atrofida birlashtirish, paxta shirkatlarini tuzish va kengaytirish masalalarining 1924 yil «Ozod Buxoro» sahifalarida keng miqyosda berilishi BXSRning iqtisodiy jihatdan xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylanib borayotganligini anglatadi.

Respublikada amerika navli paxta ekish afzalligi bir qatormaqolalarda qayd qilingan. «Azaldan g'o'za ekib kelar edik, g'o'za amriqoni paxtaga nisbatan kam foyda berar ekan. 1 tanob yerg'a g'o'za ekilg'onda 20 pud beradi. Buning pudini 2,5 so'mdan sotg'onda 50 so'm bo'ladur. 1 tanob yerga ekilg'on amriqoni urug' 15 pud paxta berib, pudini 5 so'm sotg'onda 75 so'm bo'ladur». 1924 yilda respublika viloyatlarida paxta ekiladigan maydonlar nisbati (tanob hisobida) gazetaning «Bu yil bizda paxtachilik ishlar nomli sarlavha ostidagi maqolada aniq keltirilgan. Manbalar ma'lumoticha, hukumat qancha tirishmasin izdan chiqqan paxtachilik sohasini o'zi tuzgan istiqbolli rejalar va loyihalar asosida tiklay olmagan. Mamlakatda paxta hosili Birinchi jahon urushidan oldingi darajaga ko'tarila olmaydi. 1923 yil kuziga kelib ekin ekiladigan yerlarning 80 foiziga urug' qadalgan va hosildorlik darajasi ham past bo'lgan. Gazetalarning ma'lumoticha, BXSR xo'jaligida paxtachilik sohasidan keyin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

g'allachilik tarmog'i muhim o'rin tutganligi anglashiladi. Biroq respublika aholisini o'zi yetishtirgan g'alla bilan ta'minlay olmagan. Bu haqida «Buxoro axbori» gazetasida yozilishicha: «Buxoro hukumati tomonidan turli joylardan oling'on bug'doy (200.000 pud) Buxorog'a kelmakda. 44 vagon Peterskiydan, 21 vagon Orenburg va Orskdan Buxorog'a uzatilib, hozirda 6 vagon yetib kelg'on»; «Volga-nakdiyot» shirkati vositasi bilan Krasnovodskka 2 paroxod bug'doy kelg'on.

Qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri - chorvachilik bo'lib, uning qorako'lchilik tarmog'i haqida gazetalarda ko'plab maqolalar uchraydi.

Chorvachilikning holati ham respublika yillarida amirlik davri darajasiga ko'tarilmaganligi maqola va xabarlardan ayon bo'ladi. Masalan, «1890 yilda butun mamlakatda turli nayel qo'y hamda echkilar 800.000 adad bo'lsa, 1916 yilda 2,5 mln.ga qadar oshg'ondur.

Bugun (1923 yil) qo'y va echkilar soni 500.000 dan ortiq emasdur, ya'ni 1916 yilga nisbatan 5 barobar kamayib ketg'on»,- deb yoziladi. «Buxoro axbori»da. «Ozod Buxoro»ning 7-sonidagi «Buxoroda qorako'lchilik ishi» maqolasidan esa: «20-asrning boshlaridan 1913 yilg'a qadar amirlikda har yili 1.500.000-2.000.000 donagacha qorako'l teri yetishtirilg'on. 1920 yilg'a kelib, bu raqam 200.000 donaga tushib qolg'on. Faqatgina 1922 yilda bu sohada biroz jonlanish bo'lib, 800.000 dona qorako'l terilar yetishtirilg'on», - tarzidagi ma'lumotlarni o'qish mumkin.

Mazkur maqola va xabarlar bilan tanishilar ekan, qorako'lchilik inqiroziga sabab, qo'ylar sonining kamayishi, ichki urushlar tufayli qorako'l terilarining xorijga chiqarish keskin qisqarishi, ularga davlat tomonidan yuqori boj belgilanishi omillaridan voqif bo'linadi.

1920-1922 yillarda qorako'l terisi yetishtirishdan daromad olmagan turkmanlar oddiy qo'ylardek ularni so'yib yo'qotganligi, xususiy tadbirkorlar esa o'z mollarini Afg'oniston orqali Angliya bozorlariga yashirin ravishda chiqarganliklari bilan bog'liq qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. «Buxoro axbori» va «Ozod Buxoro» gazetalarining bir qator sonlaridagi qishloq xo'jaligi maxsulotlari narxi bilan bog'liq ma'lumotlar orqali aholining turmush darajasi pasayib, narx-navo oshib ketganligidan xabardor bo 'linadi.

Ma'lumotlar orqali aholiniig turmush darajasi pasayib, narx-navolar oshib ketganligidan xabardor bo'linadi. Yukoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, 3 yil davomida asosiy qishloq xo'jaligi mahsulotlarining narxi muttasil o'sib borgan, pulning qadrsizlanishi jarayoni kuchaygan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa o'rnidan shuni ta'kidlab o'tish lozimki, «Buxoro axbori» va «Ozod Buxoro» gazetalari ma'lumotlaridan kelib chiqib, 1920-1921 yillarda BXSRda yangicha tarixiy sharoitda respublika iqtisodiy tizimining huquqiy asoslarini yaratish va yo'lga qo'yish uchun hukumat tomonidan amaliy harakatlar olib borilgan.

«Buxoro axbori» gazetasi Buxoro Xalq Respublikasining ichki va tashqi sohada olib borgan siyosati, o'z davrining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlari va muammolari yaxshilash masalasida hukumat tomonidan amalga oshirgan masalalarini o'nlab ruknlar ostida imkon qadar xolisona hamda tanqidiy ruh bilan yoritishga erishdi desak adashmaymiz. Shuningdek, mazkur manbalarda BXSR faoliyatida 1921-1922 yillarda qizil askarlar bilan «bosmachilar» (sovet rejimiga qarshi qurolli harakat ishtirokchilari) o'rtasidagi kurash tufayli xalq xo'jaligini tiklash, uni rivojlantirish, yangi reja va loyihalarni amalga tadbiq qilish imkoniyati bo'lmaganligi haqida ham ma'lumotlarni bilib olishimiz mumkin.

Shu bilan birga ushbu yillar BXSRda iqtisodiyotning bir qadar mustaqil rivojlanish jihatlari ham kuzatiladi. 1923-1924 yillarda esa Markaz BXSR iqtisodiyotini barcha tarmoqlarini o'z izmiga sekin-asta bo'ysindira bordi.

REFERENCES

1. Алимов И. Аграрные преобразование в Народных Советских Республиках Хорезма и Бухары (1920-1924 г) Т: Узбекистан 1970.

2. Amir Said Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. T. Fan 1991 yil.

3. Alimova D. O'zbekiston tarixi (1917-1991)10-sinf o'quvchilari uchun darslik. T. Sharq 2004.

4. Amonov U. "Buxoroyi Sharif' ro'znomasi. 2007 yil

5. Radjapov Q. Buxoro xalq Respublikasi: Monarxiyadan demokratiya dastlabki qadamlari. (1920-1924) T. Sharq 1999

6. Hayitov Sh. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi: Iqtisodiyot ijtimoiy siyosat, ma'daniy hayot. Buxoro 2005.

7. "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalari (1920-1924 yil)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.