Научная статья на тему 'ZODIAK YULDUZ TURKUMLARINI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.'

ZODIAK YULDUZ TURKUMLARINI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekliptika / Antares / Zodiak / Hut / Hamal / Savr / Javzo / Saraton / Asad / Sunbula / Mezon / Aqrab / Qavs / Jaddi / Dalv / Oy / Stellarium dasturi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qahhorov Siddiq Qahhorovich, Avezmuarotov Ollayor, Avezmuratova Zebo Allayarovna

Ushbu maqolada Stellarium dasturi asosida astronomiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, kuzatishlar olib borish xususan Zodiak yulduz turkumlarini chuqurroq o‘rganish yuzasidan uslub bayon etilgan. Bu uslubdan astronomiya fanini o‘qitishda o‘qituvchilar, ushbu fanga qiziquvchi talabalar va o‘quvchilar foydalanishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZODIAK YULDUZ TURKUMLARINI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.»

ZODIAK YULDUZ TURKUMLARINI O'RGANISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. 1Qahhorov Siddiq Qahhorovich, 2Avezmurotov Ollayor, 3Avezmuratova Zebo Allayarovna

1BuxDU, pedogogika fanlari doktori, professori 2UrDU, "Fizika" kafedrasi dotsenti

3UrDPI, " Fizika-matematika va texnologik ta'lim fanlari" kafedrasi dotsenti v/b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10992740

Annotatsiya. Ushbu maqolada Stellarium dasturi asosida astronomiya fanidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish, kuzatishlar olib borish xususan Zodiak yulduz turkumlarini chuqurroq o'rganish yuzasidan uslub bayon etilgan. Bu uslubdan astronomiya fanini o'qitishda o'qituvchilar, ushbu fanga qiziquvchi talabalar va o'quvchilar foydalanishi mumkin.

Kalit so'zlar: Ekliptika, Antares, Zodiak, Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi, Dalv, Oy, Stellarium dasturi.

Аннотация. В данной статье изложена методика организации практических занятий по предмету астрономии на основе программы Stellarium, методика проведения наблюдений, в частности методика углубленного изучения созвездия Зодиака. Данной методикой могут вопользоваться преподаватели при обучении предмету астрономии, студенты и учащиеся интересующиеся астрономией.

Ключевые слова: Эклиптика, Антарес, Зодиак, Рыбы, Овен, Телец, Близнецы, Рак, Лев, Дева, Весы, Скорпион, Стрелец, Козерог, Водолей, Луна, программ «Stellarium».

Abstract. In this paper presents the observations at the practical lessons, especially the observation of Zodiak stars received by Stellarium programs. This method are useful for a teachers, students and interesting persons.

Keywords: Ecliptic, Antares, Zodiac, Fish, Aries, Taurus, Twins, Cancer, Lion, Virgo, Scales, Scorpion, Sagittarius, Capricorn, Aquarius, programs "Stellarium".

Kirish. Bugungi kunda ta'lim mazmuni va sifati jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida ko'rilmoqda, ta'limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo'llari izlanmoqda, ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, innovatsion g'oyalarni qo'llash masalasi ommalashmoqda. Hozirgi kunda astronomiya va astrofizika fanini o'qitishning yangicha usullarini yaratish ustida ko'p ish olib borilmoqda. Masalan, Oliy ta'limda, Akademik litsey va umumta'lim maktablarda nazariy jihatdan o'rganilibgina qolmasdan amaliy darslarni ham tashkil qilish maqsadga muvofiqdir [1].

Quyida amaliy kuzatishlardan birini ya'ni Zodiak yulduz turkumlarini Oy yordamida o'rganish uslubini keltirib o'tamiz. Quyoshning Osmon sferasida bir yil davomida yuradigan yo'li, ya'ni ekliptika chizig'i bo'ylab joylashgan yulduz turkumlari Zodiak yulduz turkumlari deyiladi. Quyosh taxminan har oyda birorta Zodiak yulduz turkumida bo'ladi, yoki bular burjlar - deb ham ataladi. Mazkur yulduz turkumlari 12 ta bo'lib, ular Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi va Dalv degan nomlar bilan ataladi [2,3].

Bu yulduz turkumlarini osmon sferasida bir qarashda boshqa yulduz turkumlaridan ajratish ancha qiyin tuyuladi, ammo biz bilamizki har bir kuzatuvchi Oyni qiynalmasdan boshqa yoritgichlardan ajratishi mumkin. Oy 29,5 sutka davomida (sinodik davri), Zodiak yulduz turkumlarida bo'lib o'tadi. Oyning osmon sferasidagi harakatidan foydalanib Zodiak yulduz turkumlarini o'rganish mumkin. Osmon sferasida Oy harakatlarini vizual kuzatishlar orqali Zodiak yulduz turkumlarini o'rganish o'ziga yarasha afzalliklarga ega. Oyning yerdagi yoritilganligi Quyoshnikidan ko'p marta kam hisoblanadi. Quyoshning yerdagi kuzatuvchiga

nisbatan yulduz kattaligi = —26,8m ni tashkil qilsa, to'lin Oyniki esa moy = —12,7m dir. Agar Pogson formulasidan foydalansak, quyidagi ifodani olamiz: [ 1,2]

unga qiymatlarini qo'ysak

moy — m@ = 2,51lg

hoy

12, 7m — (—26,8m) = 2.51lg —

E0y

bu yerda E® - Quyoshni, Eoy- esa Oyni Yer yuzasida hosil qilgan yoritilganligi.

E(s¡

14,1 = 2,51lg-®

t0y

bunda tenglikning har ikkala tamonini 2,51 ga bo'lsak quyidagini olamiz:

5,6 = lg^

va bu ifodani quyidagicha yozishimiz mumkin.

= 105 6 « 106

Eoy

Bundan ko'rinadiki, Oyning Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan yoritilganligi Quyoshnikidan 1000000 marta kam ekan. Shuning uchun Quyosh yonidagi yulduzlar ko'rinmagani holda Oy yonidagi yulduzlar ko'rinadi.[4].

Biz yuqorida Oyning to'lin Oy faza holatini oldik, Oyning boshqa fazalari yoritilgani yana ham ko'p marta kam hisoblanadi. Shunday ekan, Oyning har bir sanada qaysi Zodiak yulduz turkumida turganligini aniqlash va uning atrofidagi yulduzlarni kuzatish imkoni mavjud. Shu bilan Oy turgan Zodiak yulduz turkumini osmondagi o'rnini aniqlab olish qiyin emas. Kuzatishlarni oldindan rejalashtrish maqsadga muvofiq bo'ladi. Quyida 2024 yil sentabr oyi boshi, o'quv yilini boshi, 3 sentabrdan yangi oy boshlanadi.Bu jadval namunasi Stellarium dasturi asosida tuzildi [3].

Zodiak yulduz turkumi nomlari(ruscha, o'zbekcha va inglizcha) Oyning yulduz turkumida bo'lish vaqti sanalari Kuzatish davrida Oy yonidagi sayyoralar va nomlangan yulduzlar, yoritgichlar

Дева Sunbula Parizod Virgo 5-6-7/09/2024 Oy, 5/09/2024 sanada G'arbda 19:10 dan boshlab Venera yonida, 6-7/09 sanalarda Sunbula yulduz turkumida ko'rinadi.

Весы Mezon Tarozi Scales 8-9/09/2024 20:00dan boshlab G'arbda Oy, mashxur Mezon yulduz turkumida ko'rinadi. (2-rasim)

Скорпион Aqrab Chayon Scorpion 10-11/09/2024 10/09/2024 sanada G'arbda Oy Scorpion yulduz turkumida Antares (a — Sko) yulduzi yonida ko'rinadi.(l-rasim)

Стрелец Qavs O' q otar Sagittarius 12-13/09/2024 12-13/09/2024sanada, 20:00dan boshlab G'arbda Oy Strelets yulduz turkumida ko'rinadi. (3-rasim)

Bu jadval nomunasi 2024 yil sentabr oyi, yangi oyning to'rtta faza holati uchun keltrildi. Yuqoridagi jadvalni o'quv yili boshidan har oylar uchun tuzib, jadvalda ko'rsatilgan sanalarni (1-

rasimdagiday) rasimlar bilan berib, kuzatishlarni talabalarga mustaqil ish vazifasi qilib yuklatilsa samarali bo'ladi.Chumki talabalar bilan o'qituvchi kechasi doima birga bo'la olmasligi mumkin.

stellarium - Ö X

Луна

• Звездная величина:-10.73 ЩИТ Absolute Magnitude: 31.18/ Aw RA/DE (.12000): 10h32m42.8s/-27* Зб'38.4* RA/DE (of date): 16h34ml5s/-27°3v угол: 2h 10 rn ls/-27°39 '4Ш Азимут/Высота: +209°27'0t Расстояние:^.00262411a.e. ' Видимый диаметр v+O0 30'25.8" 3mi Змееносец *Волопас Arc tu rus

В T^JHfc Волосы Верон

Стрелец

*диая корону \ _ XA» tar es Весы

Vx f-0 . Скоргуон / ' ^^ Дева

Ю 3

Дата и время X

Земля, Urgench, 30m FOV 60° 18.7 FPS 2024-09-10 20:21:14 |

S8 Р нт В С с 1 £ 0 ■> i «М») В 0 • Е5 1 ■ в РУС О

1-Rasim. Oy Scorpion(Chayon Скорпион, Aqrab) yulduz turkumida, Antares (a — Sko) nomli yulduzi yonida [5].

2-Rasim. Oy,Mezon(Becbi, Scales) yulduz turkumida [5].

Звездная величина: -11.45 Absolute Magnitude: 30.52 .' |

Часовой угол |öh0m46s/-29°26'02" Азимут/Выот|а : +Ï8U°10'347+19° G'3i Расстояние: 0;ÇQ25$622a.e.

Видимый диаметр:

Щ

•v

2 Antares

• •

^ЛЯВЖт Jrf/ ■ _

л S

Земля, Urgench, 30m

:s р at н С • • * • <2

3-Rasim. . Oy, Стрелец (Qavs,O'q otar, Sagittarius) yulduz turkumida [5].

Xulosa. Kuzatishda olingan natijalarni Asronomiya fanini o'qitishda Oliy ta'limda, umumiy o'rta ta'lim maktablarida va akademik litseylarda 6 soatlik amaliy mashg'ulot darslarida, fakultativ mashg'ulotlarda, to'garaklarda, konferensiyalar uyushtirib, ularda tahlil qilinib, mohiyati o'qituvchi tomonidan animatsiya va virtual usullar yordamida tushuntirib boriladi.[3]. Kuzatish va amaliy mashg'ulotlarda faol qatnashadigan o'quvchilar va talabalarning olgan natijalarni hisobotini qilish o'zlariga yuklatilsa yanada yaxshiroq samara berishi mumkin. Chunki bunda talaba adabiyot, internet materiallaridan foydalanishga intiladi, tajriba va ko'nikmalar hosil qiladi. Konferensiyalarda ma'ruzalar bilan chiqishga undaydi. Hatto bu amallarda fanlardan past o'zlashtiradigan talabalarning ham qiziqishi va faolligining oshishi kuzatiladi.

Eng asosiy yuqoridagi olingan materiallar asosida astronomiya fanining mavzularga mos zamonaviy didaktik materiallar, prezentatsiya bazalari yildan- yilga boyitilib boriladi.

REFERENCES

1. Mamadazimov M, Rizayev T.: Uzluksiz ta'lim tizimida astronomiyani o'qitishning muammolari:Yangi asr avlodi, 2016-355 bet

2. Sattorov U. Astrofizika I qism. - T.: Ta'lim nashriyoti, 2009. - 201 b.

3. Kamolov I.R,...va boshqalar."Astronomiya o'qitish meto'dikasi", darslik ,Buxora-2023y.

4. Avezmuratova Z.A, Qahhorov S.Q., Avezmuratov O. "Innovatsion texnologiyalar asosida Astronomiya fanini o'qitishda amaliy kuzatishlarni tashkil qilish" nomli o'quv qo'llanma.

5. "Stellarium" progammasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.