Научная статья на тему 'ASTRONOMIYADAN ZAMONAVIY INTERNET RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH.'

ASTRONOMIYADAN ZAMONAVIY INTERNET RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
244
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astronomy / astrophysics / independent education / Internet resources / modern pedagogical technologies / online observations.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muslimova Yulduz Choriyevna

The article provides practical recommendations on the use of modern Internet resources for the effective organization of independent research of students studying at pedagogical universities in the fields of physics and astronomy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYADAN ZAMONAVIY INTERNET RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH.»

APRIL 27-28, 2023

ASTRONOMIYADAN ZAMONAVIY INTERNET RESURSLARI VA ULARDAN

FOYDALANISH. Muslimova Yulduz Choriyevna

Fizika-matematika fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi TDPU "Fizika va uni o'qitish

metodikasi" kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7860889

Abstract. The article provides practical recommendations on the use of modern Internet resources for the effective organization of independent research of students studying at pedagogical universities in the fields of physics and astronomy.

Keywords: astronomy, astrophysics, independent education, Internet resources, modern pedagogical technologies, online observations.

Talabalarga astronomiyadan bilimlarni berishda, ularning ilmiy dunyoqarashini, zamonaviy fikrlashini rivojlantirish, kelgusi pedagogik faoliyatida yoki ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanishi mumkin bo'lgan yetarli ilmga ega bo'lishi uchun bu fanni o'qitishd a yangi internet texnologiyalari va axborot ta'lim resurslarini qo'llash metodikasini yaratish hamda ularni ta'lim jarayoniga tatbiq etish lozim[1,2,3]. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib yaratilgan namunaviy o'quv dasturlarida barcha fanlarga mustaqil ta'lim soatlari ajratilgan. Shu ajratilgan soatlardan unumli foydalanib, mustaqil ta'limdan maqsadga muvofiq foydalanish o'qitishning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Talabalarga internet tarmog'idan mustaqil ravishda internet ta'lim resurslaridan, ilmiy ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda mustaqil ishlarni bajarishga o'rgatish va ularni ilm olish samaradorligini oshirish yo'llarini ishlab chiqish kerak bo'ladi [4,5,6]. Ushbu usullardan foydalanib, astronomiya kursini o'qitish ta'limi jarayonida pedagogik sinov-tajribalar o'tkazib va natijalarini umumlashtirgan holda xulosa chiqarish mumkin bo'ladi.

Astronomiyani kuzatishlrsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiy fanlar ichida boshqa fanlardan farqli ravishda astronomlar osmon jismlari bilan bevosita tajribalar o'tkazish imkoniga ega emaslar. Shundan kelib chiqib, astronomiya fani kuzatish fani deyiladi, chunki osmon jismlarining tabiatiga tegishli barcha xulosalar, asosan, kuzatish materiallarini o'rganish yordamida olinadi. Kuzatishlarni olib borishda astroiqlimning o'rni juda katta. Shaharlarda osmonga qaraganimizda ko'rishimiz mumkin bo'lgan minglab yulduzdan atigi bir necha o'ntasini ko'rishimiz mumkin. Bunday sharoitda astronomiya darslarida talabalarga internet resurslar yordamga keladi. Tungi osmonda kuzatilishi kerak bolgan osmon jismini ko'rish uchun bino tomiga chiqishga zarurat bo'lmaydi. Bunda mobil qurilmaga o'rnatilgan dastur yetarli. Zamonaviy smartfonlar va planshetlar funktsional imkoniyatlari jihatidan deyarli shaxsiy kompyuterlarga o'xshaydi va ba'zi hollarda hatto ulardan ham ustundir. Bundan tashqari, ularga o'rnatilgan datchiklar va giroskoplar gadjetlardan yulduzlar osmonini o'rganish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun talabalarga tegishli dasturni o'rnatish talab etiladi. Quyida talabalar nafaqat dars jarayonida foydalanishi mumkin bo'lgan, balki darsdan keyin, ta'til davrlarida ham qiziqib o'rganishi mumkin bo'lgan internet ilovalar haqida ma'lumotlar berib o'tiladi. Quyida bugungi kunda astronomiyadan internet tarmog'ida mavjud bo'lgan bir necha ilovalar haqida ma'lumot beriladi.

APRIL 27-28, 2023

Star Rover (Android, iOS) ilovasi

Bu ilova orqali talabalar o'zlari uchun planetariy yaratib oladilar. Telefonga yuklab olish mumkin bo'lgan bu ilovani talabalar sinf xonadan chiqmasdan, kunduz kuni ham yulduzlar, yulduz turkumlari, sayyoralar, tumanliklar, meteorlar, Quyoshning chiqishi va botishini hamda boshqa osmon jismlarini, shuningdek, Xalqaro kosmik stantsiya (XKS, ISS), Hubble teleskopini bevosita onlayn kuzatishlari mumkin. Bunda telefonni yuqoriga ko'tarish kifoya qiladi. Bu ilova talabaning joylashgan o'rnini aniqlaydi va Star Rover ilovasidagi katalogda 120 mingdan ortiq yulduzlarni, 88 ta yulduz turkumlarini, sayyoralar va ularning yo'ldoshlarini, Oy fazalarini, boshqa ob'ektlarni real tasvirlarini ko'rish mumkin. Star Rover ilovasi orqali kuzatuvchi xohishiga qarab turli osmon jismlari haqida ma'lumotni ekvatorial va azimuthal setkalarda, Somon yo'li galaktikasini, hatto Quyosh va Oy tutilishini ham kuzatish mumkin(l-rasm).

1-rasm. Star Rover (Android, iOS) SkySafari (Android, iOS) ilovasi SkySafari ilovasi ham Star Rover ilovasi kabi mobil qurilmalarini yuqoriga ko'tarish yordamida kuzatiladi. Bu ilova sayyoralar, yulduzlar, yulduz turkumlari va yo'ldoshlarni tezda "yig'ish" imkonini beradi. Boy grafikalar bilan birga olib boriladigan interaktiv ma'lumotlar tufayli dasturda 120 ming yulduz, 200 dan ortiq yulduz klasterlari, tumanlik va galaktikalar, Quyosh sistemasi sayyoralari va ularning yo'ldoshlarini, shuningdek, turli xil asteroidlar, kometalar va hatto Xalqaro kosmik stantsiyani ko'rish imkonini beradi. Stantsiya (ISS). Ilova yordamida meteorit yomg'irlari yoki kometalarga yaqinlashish kabi turli xil astronomic hodisalarni jonlantirishingiz mumkin. SkySafari Yerning ma'um bir nuqtasida ko'rish mumkin bo'lgan tungi osmonni kuzatishga, shuningdek o'z vaqtida oldinga va orqaga sayohat qilishga imkon beradi(2-rasm).

2-rasm. SkySafari (Android, iOS) SkyView Lite (Android, iOS) Sky View Lite intuitiv va bepul mobil ilova bo'lib, u orqali turli astronomic ob'ektlarni narsalarni topishda va aniqlashda yordam beradi. Yulduzlar va boshqa ob'ektlarni ko'rish uchun

APRIL 27-28, 2023

teleskop talab etilmaydi. SkyView Lite yordamida kun yoki tunning istalgan vaqtida XKS va Hubble kosmik teleskopining harakatlari to'g'risida ham bilib olish mumkin. Sky View Lite Wi -Fi, uyali aloqa yoki GPS talab qilmaydi - ularsiz juda yaxshi ishlaydi(3-rasm).

3-rasm. SkyView Lite (Android, iOS) Cosmic Watch 2 (Android, iOS) ilovasi

Cosmic Watch 2 - ushbu bir qancha mukofotlarga sazovor bo'lgan kengaytirilgan reall dasturdir. Bu ilova orqali, ya'ni undagi soat mexanizmini ishga tushirish orqali osmon jismlarining o'tmishi yoki kelajagini ko'rish mumkin. Boshqa ilovalardan yana bir afzalligi -Cosmic Watch2 astronomik hodisalarni sodir bo'lish vaqtini hisoblab chiqadi, va bu hodisala rni real vaqtda kuzatish imkonini beradi. Ilovada prezentatsiyalar, uch o'lchovli butun osmon sferasi, yulduz xaritalari bo'lgan planetariy, astronomik hodisalar kalkulyatori, uch o'lchovli astronomik soat va dunyo soati mavjud. Cosmic Watch 2 shuningdek, osmon va Yerning alohida ko'rinishini, Quyosh tizimining geosentrik va geliosentrik ko'rinishini va boshqalarni taqdim etadi(4-rasm).

4-rasm. Cosmic Watch 2 (Android, iOS) SolarWalk ilovasi

Solar Walk internet ilovasi - Quyosh tizimining keng ko'lamli 3D modelli entsiklopediyasidir. Ushbu dastur yordamida panoramali fotosuratlar bilan to'ldirilgan interaktiv planetariy yordamida kosmik, sayyora va kosmik kemalarni o'rganish mumkin. Sun'iy yo'ldoshlar, kometalar, asteroidlar va mitti sayyoralarni kuzatish, kosmik missiyalar hamda kosmik kemalar haqida ma'lumot olish va astronomik hodisalar taqvimini ko'rish mumkin. Barcha osmon jismlari qurilmaning ekranida real vaqt rejimida o'zlarining to'g'ri holatlarida namoyish etiladi. Shuningdek, bu ilovaning yana bir axamiyatli tomoni shundaki, kosmik kemalar, sun'iy yo'ldoshlar va sayyoralararo stantsiyalarning reall 3D modellarini ko'rish, parvoz traektoriyasini kuzatish, parvoz paytida olingan fotosuratlarni ko'rish

APRIL 27-28, 2023

mumkin. Astronomik taqvim Quyosh va Oy tutilishi, Oy fazalari kabi turli xil samoviy hodisalarni o'z ichiga oladi(5-rasm).

5-rasm. SolarWalk Stellarium mobil osmon xaritasi Stellarium mobil osmon xaritasi-yulduzlar, yulduz turkumlari, sayyoralar, kometalar, uchayotgan kosmik kemalar - bir so'z bilan aytganda, kosmos bilan bog'liq barcha osmon jismlarini ma'lumotlarini beradigan dasturdir. Stellarium Mobile Sky Map sodda, hatto minimal interfeysga ega bo'lib, u havaskor astronomlar va bolalar uchun juda mos keladi va Quyosh tizimining asosiy sayyoralari va ularning yoldoshlarining 3D tasvirlarini o'z ichiga oladi. Boshqa ilovalardan farqli o'laroq ushbu ilova osmon xaritasida 600000 dan ortiq yulduzlar katalogi ko'rsatilgan Ilova Somon yo'li va uzoq kosmosdagi ob'ektlar tasvirlarini ko'rish, yulduzlarni ng yo'q bo'lib ketishi va boshqa ko'p hodisalarni kuzatishga imkon beradi.

Star Walk 2 ilovasi

Star Walk 2 ilovasi ham boshqa ilovalar singari talabalar va astronomiyaga qiziquvchilarga osmonni o'rganishiga yordam beradi. Mobil qurilma yordamida real vaqtda yulduzlar, burjlar, tumanliklar, sayyoralar, yo'ldoshlar, asteroidlar, kometalar, XKS, Xubble kosmik teleskopi hamda boshqa osmon jismlarini aniqlash mumkin. Yulduzlardan tashqari meteorlar yom''irlarni yoki Oyning turli fazalarini ko'rish mumkin. Bepul reklama bilan ishlaydigan dastur real vaqtda osmon xaritasini namoyish etadi. Ekranning yuqori o'ng burchagidagi soat belgisi tezlashtirilgan rejimda yulduzlar va sayyoralarning holatidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun oldinga yoki orqaga sanani tanlashni imkonini beradi. Ekrandagi kamera belgisini bosilganda, ilova foydalanuvchining qurilmasi kamerasini faollashtiradi va bu holatda "jonli" osmonga joylashtirilgan yulduz xaritasi ob'ektlarini ko'rish mumkin. "Yangiliklar" bo'limida eng qiziqarli astronomik hodisalarni ko'rish mumkin(6-rasm).

6-rasm. Star Walk 2 Star Tracker ilovasi

APRIL 27-28, 2023

Star Tracker- yulduzlar, yulduz turkumlari yoki olis osmon ob'ektlarini ko'rish mumkin bo'lganligi uchun ushbu oddiy dastur havaskor astronomlar orasida juda mashhur. Reklama namoyishi bilan qo'llab-quvvatlanadigan bepul dastur (iOS-da "Lite" deb nomlanadi) Quyosh, Oy, Quyosh tizimidagi sayyoralar, 88 yulduz turkumi va 8000 dan ortiq yulduzlarni hamda boshqa diqqatga sazovor uzoq osmon ob'ektlarini namoyish etadi. Foydalanuvchining joylashuvi GPS orqali avtomatik ravishda aniqlanadi yoki qo'lda o'rnatiladi. Shuningdek, ushbu ilovada 3D kompas va tungi rejimni almashtirish moslamasi mavjud. Star Tracker yordamida o'tmishda yulduzlar osmoni qanday bo'lganligi va kelajakda qanday bo'lishi haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin(7-rasm).

7-rasm. Star Tracker

ISS detektori

Xalqaro kosmik stantsiya- ko'plab mamlakatlarning qo'shma loyihasi bo'lib, bu ilova yordamida Yerdan turib qurollanmagan ko'z bilan uni kuzatish mumkin. XKS o'rnatilgan kameralar orqali esa Yerni kuzatish mumkin, shuningdek, ilova Xitoyning "Tiangong" ( Tiangong ) kosmik stantsiyasi, "Xubble" teleskopi, sun'iy yo'ldoshlari va kometalar haqida ham ma'lumotlarni beradi(8-rasm).

8-rasm. ISS detektori va u orqali Xalqaro Kosmik Stantsiyani kuzatish. Solar System Scope ilovasi

Solar System Scope ilovasi yordamida esa talabalar quyosh tizimi bilan chuqurroq tanishishdi. Bu ilovada, asosan, Quyosh va sayyoralar, hatto sayyoralarning yo'ldoshlrining joylashgan o'rni, harakati, fizik xarakteristikalari juda yaxshi berilgan bo'lib talabalarda juda katta qiziqish o'yg'otdi. Quyida

APRIL 27-28, 2023

9-rasm. Solar System Scope ilovasida Galaktikamiz, Quyosh tizimi, Quyosh va

Marsning ko'rinishi.

talabalar ishlagan Solar System Scope ilovasida osmon ob'ektlarining ko'rinishi haqida namunalar keltirildi. Solar System Scope ilovasi ham Galaktikamiz va Quyosh sistemasini o'rganishda talabalar uchun eng foydali va qiziqarli dasturlardan biri hisoblanad i. Bu ilova orqali turli galaktikalar, Galaktikamizdagi sharsimon va tarqoq yulduz to'dalari, tumanliklar, eng yorug' yulduzlar, Quyosh sistemasidagi sayyoralar va ularning yo'ldoshlari, karlik planetalar, asteroidlar, kometalar va ularning ichki tuzilishi, joylashgan o'rni va ungacha bo'lgan masofa, ko'rinma yulduz kattaliklari, har bir ob'ektga qisqacha ta'rif hamda ularning Galaktika masshtabi bo'yicha ko'rinishi juda yaxshi berilgan. Bu va bu kabi osmon jismlari, ularning xarakteristikalarini topish talabalarda umuman qiyinchilik tug'dirmaydi(9-rasm).

Yuqorida ko'rsatilgan astronomiya kursi bo'yicha turli mashg'ulotlar mavzusiga mos bo'lgan mavjud internet dasturlaridan foydalanish - talabalarning kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishida, zarur malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishida hamda ularda fanga, ilmiy-tadqiqot ishlariga bo'lgan qiziqishlarini ortishida kata ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Y. Ch. Muslimova "Improve the teaching of Astrophysics course". "Science and innovation" International Scientific Journal Volume1, Issue 5, UIF-2022:8.2, ISSN:2181-3337

2. S.Daminova, Y.Ch. Muslimova. Astronomiya kursini o'qitishda internet texnologiyalardan foydalanish. Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 2(178).

3. Y. Ch Muslimova. Improvement of Astrophysics education based on Internet technologies. "Science and innovation" International Scientific Journal Volume1, Issue 5, 2022

4. Y. Ch. Muslimova, S.Yusupov. To'garak mashg'ulotlarida Venera sayyorasini kuzatish Молодой исследователь: вызовы и переспективы»№8(250), Москва, Издательство Интернаука, B113-115. 2022

5. Ш. Э. Нурмаматов, Обработка данных ПЗС и арифметика коррекции по астрономическим наблюдениям. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 112-113, 2022.

6. O. Burxonov, S.Nurmamatov Express astrometry of images obtained during astronomical observations using "MAXIM DL". Science and Innovation, 1(8), 863-870, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.