Научная статья на тему 'ASTRONOMIYA FANINI O‘QITISH UCHUN TURLI VIRTUAL ASTRONOMIK XARITALAR VA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH'

ASTRONOMIYA FANINI O‘QITISH UCHUN TURLI VIRTUAL ASTRONOMIK XARITALAR VA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
246
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Astronomiya / 11-sinf / teleskop / Quyosh sistemasi / yulduzlar / yul-duzlar xaritasi / galaktika / mobil ilova / google Earth / 3D. / Astronomy / 11th grade / telescope / solar system / stars / star map / galaxy / mobile app / google Earth / 3D.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Javoxir Faxriddin O‘g‘li Sharipov, Rustam G‘ofur O‘g‘li Ashurmatov

11-sinf maktab o„quvchilari va o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi talabalari uchun 2021-2022 o„quv yilidan boshlab astronomiya fanini o„qitish soatlari 2 martaga qisqartirildi. Astronomiya fanini o„qitishda amaliy va laboratoriya mashg„ulotlari o„tilmaydi. Faqatgina nazariy bilimlar beriladi. Bu muammolarga yechim sifatida smartfonlarga o„rnatish mumkin bo„lgan virtual laboratoriya va simulyator ilovalardan foydalanishni tafsiya qilamiz. Astronomiyaga oid eng yaxshi mobil ilovalar haqida sizga qisqa izohlarni taqdim etamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF VARIOUS VIRTUAL ASTRONOMICAL MAPS AND MOBILE APPLICATIONS TO TEACH ASTRONOMY

From the 2021-2022 academic year, astronomy teaching hours have been reduced by 2 times for 11th graders.There are no practical or laboratory classes in astronomy classes. Only theoretical knowledge is taught. As a solution to these problems, we recommend using virtual lab and simulator apps that can be installed on smartphones. We will give you a brief overview of the best mobile apps for astronomy.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYA FANINI O‘QITISH UCHUN TURLI VIRTUAL ASTRONOMIK XARITALAR VA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

ASTRONOMIYA FANINI O'QITISH UCHUN TURLI VIRTUAL ASTRONOMIK XARITALAR VA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH

Javoxir Faxriddin o'g'li Sharipov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti, Umumiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

Rustam G'ofur o'g'li Ashurmatov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti, Umumiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

11-sinf maktab o'quvchilari va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi talabalari uchun 2021-2022 o„quv yilidan boshlab astronomiya fanini o„qitish soatlari 2 martaga qisqartirildi. Astronomiya fanini o„qitishda amaliy va laboratoriya mashg„ulotlari o„tilmaydi. Faqatgina nazariy bilimlar beriladi. Bu muammolarga yechim sifatida smartfonlarga o„rnatish mumkin bo„lgan virtual laboratoriya va simulyator ilovalardan foydalanishni tafsiya qilamiz. Astronomiyaga oid eng yaxshi mobil ilovalar haqida sizga qisqa izohlarni taqdim etamiz.

Kalit so'zlar: Astronomiya, 11-sinf, teleskop, Quyosh sistemasi, yulduzlar, yul-duzlar xaritasi, galaktika, mobil ilova, google Earth, 3D.

USE OF VARIOUS VIRTUAL ASTRONOMICAL MAPS AND MOBILE APPLICATIONS TO TEACH ASTRONOMY

ABSTRACT

From the 2021-2022 academic year, astronomy teaching hours have been reduced by 2 times for 11th graders.There are no practical or laboratory classes in astronomy classes. Only theoretical knowledge is taught. As a solution to these problems, we recommend using virtual lab and simulator apps that can be installed on smartphones. We will give you a brief overview of the best mobile apps for astronomy.

Keywords: Astronomy, 11th grade, telescope, solar system, stars, star map, galaxy, mobile app, google Earth, 3D.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

KIRISH

XXI asr - informatsion texnologiyalar asrida yashamoqdamiz. Texnologiyalar kun sayin rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanishning salbiy va ijobiy tomonlari bor. Yoshlar qimmatli vaqtlarini behuda mobil o'yinlar va elektron qimorlar sarflashlari ayanchli holat. Mobil o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'yinlarini qiziqarli, jozibali yangi versiya va turlarini jadallik bilan rivojlantirib, ishlab chiqarishmoqda. Ta'limiy mobil ilovalar(dasturlar) esa rivojlanish biroz sustroq.

Ilm-fan taraqqiy etgan davrimiz olimlarining taxminlariga ko'ra: Kashf etil-magan ko'plab kashfiyotlar mikroolamda va kosmosda "yashiringan" Demak, yosh avlodlarimizni kelajakda butun dunyo tan oladigan kashfiyotchi bo'lishlari uchun ho-zirdanoq astronomiya va boshqa muhim fanlarga qiziqtirishimiz, zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishimiz zarur.

Astronomiya fanini o'qitishda faqatgina darslik kitob bilan cheklanib qolmas-dan, jahonda eng ko'p foydalanilayotgan astronomiyaga oid tekin mobil ilovalardan ham unumli foydalanishimiz zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

11-sinf astronomiya fani oldinlari haftasiga 1 soat dars o'tilga bo'lsa, 20212022 o'quv yilidan boshlab 2 martaga qisqartirilib, 2 haftada 1 martadan dars o'tiladigan bo'ldi . Bu yo'qotilgan soatlarda egallashi mumkin bo'lgan bilimlarni o'quvchilar mustaqil egallashlari uchun zamonaviy texnologiyalarni qo'llashimish zarur.

Maktablarda astronomiya fanini o'qitishda faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanib qolinmoqda. Buning 2 ta asosiy sababi: maktablarda teleskoplarning mavjud emasligi va astronomik kuzatishlar kechqurungi qorong'ulikda olib borilishi, o'quvchilarni kechqurungi vaqtda maktabda olib qolish mumkin emasligidir. Virtual texnologiyalar bu muammo uchun muqobil yechim bo'la oladi.

O'quvchilar qabul qilgan malumotlarning necha foizini eslab qolishi, uning qaysi usulda qabul qilinganliga bog'liq ekanligi haqidagi tajribalar quyidagicha natijani bergan[3]:

1) Matnni o'qish orqali 10 %

2) Eshitish orqali 20%

3) Ko'rish orqali 30%

4) Ko'rish va eshitish orqali 50%

5) Gapirib berish va yozish orqali 70%

6) Amalda bajarib ko'rish orqali 90%

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

Yuqoridagiga o'xshash turli ro'yxatlar xulosalarini umumlashtirsak, o'qib tushunish-dan ko'ra, ko'z orqali ko'rib tushunish samaraliroq ekan.

Hozirgi davrda har bir uyda sensor ekranli smartfon aloqa qurilmalari mavjud. Bunday qurilmalarda ta'limiy turli virtual simulyatorlar, panoramali va 3D tasvirlarni ko'rish mumkin. Android operatsion tizimi uchun mobil ilovalar elektron do'koni hisoblangan play marketda mavjud bo'lgan astronomiyaga oid eng yaxshi tekin ilovalarni tahlil qilib chiqdik.

Quyidagi Astronomiyaga oid mobil ilovalar izohlari bilan keltirilgan. O'rta ta'lim muassasalari 11-sinfi va o'rta maxsus kasb-hunar muassasalarining o'quvchilari uchun darslik: M. Mamadazimov, Astronomiya 11-sinf darslik, Davr nashriyoti, Toshkent-2018 kitobidagi mavzularni mukammalroq o'zlashtirish uchun, bu darslik + ilovalar birgalikda parallel holda foydalanish tafsiya etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1) Google Earth dasturi yordamida Yer shari sirtidagi mashhur hadudlarni 3D, boshqa barcha joylarni esa 2D o'lchovli suniy yo'ldoshdan olingan tasvirini ko'rishimiz mumkin. (Bundan sifati pastroq muqobil ilova variantlari: google maps yoki yandex mapsdan ham foydalansak bo'ladi.)

Google Earthda foydalanganda astronomiyaga oid muhim obyektlar koordinatalar jadvali:

Astronomiya darsligi-dagi mavzu[1], mos

holdagi obyektning geografik koordinatasi

9-§. joyning geografik kenlamasi aniqlash. (GPS

tizimini yoqib, o'zingiz joylashgan hududning geografik koordinatasini aniqlashingiz mumkin)

Mavzu oid google Earthdan olingan fotosi

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

13-§ Grinvich observatoriyasi

51°28'41"N 0°00'00"E

29-§ optik

teleskoplar. Maydanak observatori-yasi

38°40'27"N 66°53'41"E

31-§ Radio teleskoplar haqida tushuncha. Xitoy-dagi diametri 500m bo„l-gan radio teleskop [5].

23°39'10"N 106°51'24"E

32-§ Ulug'bek rasadxo-nasi "bosh teleskopi"

39°40'29"N 67°00'21"E

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

40-§ Yer shari. (Xaritani maksimal uzoqdan kuza-tish uchun kichraytirsan-giz, Yerning gulobusday shar shaklini yaxlit ko'ri-shingiz mumkin)

2) Solar system scope. Bu ilova menyusi: Quyosh sistemasi, tungi yulduzlar ko'rinishi, planetalarni tadqin qilish, yulduzlarni tadqiq qi-lish, yaqin yulduzlar va Messier obyektlaridan iborat. Smartfoningizni osmonga ko'tarib ayni vaqtdagi yulduzlar xaritasi ko'rishingiz mum-kin. O'quvchilar Yulduz turkumlar, Yerning o'z o'qi atrofida aylani-shi, Quyosh sistemasinig tuzilishi, Quyosh eng yaqin yulduz, Venera va Merkuriy, Yer va uning tabiiy yo'ldo-shi, Gigant planetalar, yulduz va yul-duz turkumlarini nomlari bilan topish-lari mumkin. Ularning Quyoshdan uzoqligi, Yulduz rangi va orbita tra-yektoriyasini aniqlash mumkin. Bizga eng yaqin yulduzdan Messier klaster yulduzlarigacha masofadagilarini ham kuzatish mumkin.

3) Star and planets Bu ilovada Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi, Quyosh sistemasining tuzilishi, sayyoralar, turli yulduzlar, fizik qo'shaloq yulduzlar, Qora tuy-nuklar va neytron yulduzlar ko'rish mumkin. Ilovani

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

sozlamalar qismi-dan o'zbek tiliga ham moslashtirish mumkin.

< Galaktik tuziimalar

3D--», Cat's Eye.tiebüla 3D-4. 3D Dumbbell Nebula Eight-Burst Nebula 3D Í» Engraved Hourglass Nebula

3D

All Owl Nebula

4) Galaxy Map

O'zbek tilida juda ko'plab galaktik

tuzulmalarni 3D

o'lchamda ko'rish mum-kin.

5) SkySafari Kome-talar (dumli yulduzlar), yuduz turkumlari va yul-duz xaritasini ko'rish mumkin.

6) Star-registration, Stellarium, DSO planner, Sky map, Star chart, Sky tonight, Skyviewfree, Star tracker kabi bir birini takrorlovchi ilovalarda yul-duzlar xaritasi, yulduz turkumlari, osmon sferasi kuzatish mumkin.

Galaxy Map ilovasidagi galaktikalar

XULOSA

O'quvchilar astronomiyaga oid 3D o'lchandagi tasvirlarni ko'rib, hodisa haqida yuqori aniqlikda tasavvurlari hosil qila oladi. Fanga qiziqishi oshib, k o'proq mavzularni mustaqil o'zlashtiradi.

Yuqorida faqatgina tekin ilovalar izohlandi, siz play marketdan ingliz tilida 4,5 dan yuqori "yulduzchali" pullik ilovalarni qidirib topib, foydalanishingiz ham mumkin.

Hizirgi vaqtda trendga chiqayotgan virtual reality(VR) texnologiyalarini ham ta'limda kengroq foydalanishni boshlashimiz kerak. VR texnologiya uchun maxsus VR ko'zoynak harid qilinadi, undan foydalanganda virtual modelni 180° yoki 360° gacha burilib, obyektning orqa va yon tomonidagi rakurslardan ham kuzatish mumkin.

Buyuk allomamiz Mirzo Ulug'bekka munosib voris bo'lish har bir O'zbekiston-likning burchi hisoblanadi. Yoshlarimiz jiddu jaxt bilan ilm o'rganishi, ota-onalari esa ta'lim uchun sharoit yaratib berishlari shart!

REFERENCES

1. Mamadazimov M.(2018). Astronomiya 11-sinf darslik. Davr nashriyoti.

2. O'zb. R. Xalq ta'limi vazirligi 297-son buyrug'i(2020). Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tayanch o 'quv rejasi. https://www.sadikov.uz/en/news/2021-2022-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-202-208

oq uv-yi l i ga-mol i al l angan-tayanch-oquv-reia

3. Will Thalheimer.(2015). Debunk This: People Remember 10 Rercent of What They Read. https://www.td.org/insights/debunk-this-people-remember-10-percent-of-what-they-read

4. a) Google Earth dasturini foydalanish uchun web sayti: https://earth.google.com/web/@-0.00002962,-37.2322863,-

1769.83920747a,63171765.88972092d,3 5y,0h,0t,0r

b) yoki Google Earth dasturining android operatsion tizimi uchun ilova linki: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.earth

5. Xitoydagi diametri 500 metr bo'lgan radio teleskop haqida ma'lumot: https://en.wikipedia.org/wiki/Five-hundred-meter Aperture Spherical Telescope

6. Solar system scope ilovasi yuklab olish linki: https://play.google.com/store/apps/details?id=air.com.eu.inove.sss2

7. Star and planets ilovasi linki: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.galaxy.starmap

8. Galaxy Map ilovasi linki: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.galaxy.galaxymap

9. SkySafari ilovasi linki: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.simulationcurriculum.skysafari5

10. Star-registration ilovasi linki: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.software.starregister

11. Astrobackyard site.(2021). The 19 Best Astronomy Apps for Stargazing https://astrobackyard.com/astronomy-apps-for-stargazing/

12. Vito technology site.(2022). 20 Best Apps for Stargazing in 2022 — iPhone & Android. https://vitotechnology.com/news/how-to-choose-a-stargazing-app-2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.