Научная статья на тему 'ZO’RAVONLIK ASOSIDA JABRLANUVCHI AYOLLAR MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

ZO’RAVONLIK ASOSIDA JABRLANUVCHI AYOLLAR MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
10
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gender siyosati / oila / zo’ravonlik / oilaviy zo`ravonlik / xotin-qizlar huquqlari

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Isroilova Saida Erkinovna

Jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini ta’minlashda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy zaruriyat ekanligi, ayollar faqatgina huquqlari to‘liq ta’minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta’kidlanadi. Zo’ravonlik holatlarida ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi ustuvor ahamiyatga ega. Chunki xotin-qizlarning huquqiy madaniyatga, ularning oilada, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qila olishlari, ham oilaga, ham jamiyat ravnaqi uchun hissa qo‘shishlarida muhim. Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlik, gender tenglik tushunchalari, shuningdek, mamlakatimizdaso‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZO’RAVONLIK ASOSIDA JABRLANUVCHI AYOLLAR MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

YANGI O ZBEKl| PEDAGOGLARI

ISTON

I AXBOROTNOMASI

ZO'RAVONLIK ASOSIDA JABRLANUVCHI AYOLLAR MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY

ASOSLARI. Isroilova Saida Erkinovna

Navoiy viloyati hokimligi Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi bosh

mutaxassisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 28-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 31-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

Gender siyosati, oila, oilaviy zo^ravonlik, huquqlari.

zo'ravonlik, xotin-qizlar

ft

Jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini ta'minlashda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy zaruriyat ekanligi, ayollar faqatgina huquqlari to'liq ta'minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta'kidlanadi. Zo'ravonlik holatlarida ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi ustuvor ahamiyatga ega. Chunki xotin-qizlarning huquqiy madaniyatga, ularning oilada, jamiyatda o'z o'rinlariga ega bo'lishlari, o'z bilim va salohiyatlarini namoyon qila olishlari, ham oilaga, ham jamiyat ravnaqi uchun hissa qo'shishlarida muhim. Ushbu maqolada oilaviy zo'ravonlik, gender tenglik tushunchalari, shuningdek, mamlakatimizda so'nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvoryo'nalishlariga e'tibor qaratilgan.

Oila muqaddas dargoh. Ota-bobolarimiz, momolarimiz o'giti va nasihatlariga to'la maskan. Mehr-muhabbat va insoniylik tuyg'ulari ulug'langan joy. Ota-ona, aka-uka, opa-singil va barcha qarindoshlar bir bo'lgan diyor. Darhaqiqat, oila Vatan ichra Vatandir. Oila haqida huquqiy, psixologik, siyosiy, ijtimoiy va diniy ta'riflar mavjud. Biroq eng yuksak ta'rif bu inson o'z oilasi haqida ko'ngli xotirjam holatda bergan ta'rifi hisoblanadi. Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash g'oyasi Yangi O'zbekistondagi demokratik islohatlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Asоsiy Qоnunimiz xalqimiz uzоq yillar оrzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo'limizni, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi. Mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishiga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi ustuvor ahamiyatga ega. Chunki xotin-qizlarning huquqiy madaniyatga, ularning oilada, jamiyatda o'z o'rinlariga ega bo'lishlari, o'z bilim va

salohiyatlarini namoyon qila olishlari, ham oilaga, ham jamiyat ravnaqi uchun hissa qo'shishlarida muhim. Shu o'rinda, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta'minlashning xalqaro talablariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularning deyarli barchasida xotin-qizlarga erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratilishiga, ularning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini ta'minlashga, gender tamoyillari orqali jamiyatda ayollarning faolligini oshirib borishga yo'naltirilgan talablar o'z aksini topganligini kuzatishimiz mumkin.

So'nggi yillarda O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash hamda oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo'yicha salmoqli ishlar olib borilayotganiga qaramay, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo'ravonliklar va gender kamsitish holatlari uchramoqda. Ushbu holatlar oilada, ish joyida, ko'chada, ta'lim tashkilotlarida kuzatilmoqda.

Maqsad va uni asoslash. Mamlakatimizda zo'ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash yuzasidan bir qator qonun va qarorlar qabul qilinib, kuchga kirmoqda. Binobarin, yangi tahrirdagi Konstitutsiymizning 58-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlaydi", deb belgilangan. Bu, konstitutsiyaviy norma, O'zbekiston Prezidenti ta'biri bilan aytganda, har bir ayolni oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi sifatida ko'rishimizga imkoniyat beradi. Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda gender tenglik masalasi barcha davlatlarda muhim masalalardan biri bo'lib kelgan. Zero, xotin-qizlarning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi faol ishtiroki mamlakat barqarorligi va farovonligining kafolati hisoblanadi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi 561-sonli hamda 2019-yil 2-sentabrdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi 562-sonli Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oida chora-tadbirlar to'g'risida"gi 4235-sonli qarorlari shular jumlasidandir.

Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Zo'ravonlik - bu o'z yaqinlariga nisbatan hukmronlik va nazoratni qo'lga kiritish uchun jismoniy, jinsiy, og'zaki, psixologik hamda iqtisodiy haqorat, shuningdek, bosim siklining tezligini oshirish bilan takrorlanuvchi zo'ravonlikdir. Oiladagi zo'ravonlik ko'pincha yaqin insoni yoki sherik

zo'ravonligining sinonimi sifatida ishlatiladi, u boshqa shaxsga nisbatan yaqin munosabatlardagi odamlardan biri tomonidan qo'llaniladi. Keng ma'noda oiladagi zo'ravonlik bolalar, ota-onalar yoki qariyalarga nisbatan zo'ravonlikni ham o'z ichiga oladi. U bir nechta shakllarni o'z ichiga olishi mumkin: jismoniy, og'zaki, hissiy, iqtisodiy, diniy, reproduktiv yoki jinsiy zo'ravonlik kabi. Butun dunyoda oiladagi zo'ravonlik qurbonlari ko'pchiligini afsuski ayollar tashkil qiladi va ayollar zo'ravonlikning yanada og'ir shakllarini boshdan kechirishadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisob-kitoblariga binoan, har 3 ayoldan 1 nafari hayotining bir bosqichida oiladagi zo'ravonlikka duchor bo'lgan. "Oiladagi zo'ravonlik" atamasining zamonaviy dunyoda birinchi marta qo'llanilishi, ya'ni uydagi zo'ravonlik ma'nosiga ega. 1973-yilda Jek Eshli Buyuk Britaniya parlamentiga qilgan murojaatida qo'llagan. Ilgari bu atama asosan fuqarolik tartibsizliklari, ichki zo'ravonliklarni

nazarda tutgan.

Gender lotincha genus (inglizchada gender) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, a'zbek tilida jins ma'nosini beradi. Fanga genderlik tadqiqotlari tushunchasi XX asr o'rtalarida kirib kela boshladi. Gender terminini 1952-yilda Yangi Zelandiyalik ruhshunos olim Jon Mani o'z ilmiy tadqiqotlarida birinchi qo'llagan. Keyinchalik 1963-yilda Stokgolmda ruhshunoslarning xalqaro anjumanida AQShlik olim Robert Stoller jamiyatda ijtimoiy jinsning o'z-o'zini anglash tushunchalari to'g'risidagi ma'ruzasi orqali gender terminini ilm ahliga taqdim etdi hamda jinsni biologik va madaniy turlarga bo'lib o'rganishni taklif qildi. Shuningdek, 1972-yilda ingliz sotsiologi Enn Oukli ham "Jins, gender va jamiyat" nomli ilmiy ishida bu terminni izohlab o'tgan. Gender terminining fanga kiritilishi shuni anglashga yordam beradiki, "jamiyatdagi erkaklar va xotin-qizlar rollari ijtimoiy jihatdan tashkil topadi va belgilanadi". Bu borada tadqiqot olib borgan olimlarning qarashlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, rossiyalik olim Ye. P. Agapovaning fikriga ko'ra, "oladagi zo'ravonlik yoki uydagi zo'ravonlik - bu oila a'zolarini jismoniy yoki majburlash, shaxsiy erkinligini chegaralash kabi aktlarni sodir etish tahdidini kiritgan holda psixologik zarar yetkazish va azoblashdir. Ya'ni zo'ravonlik - bu inson ustidan chegaralanmagan hukmronlikka, boshqa odamning xulq-atvori, o'y-fikrlari, tuyg'ulari ustidan to'liq nazoratga erishish vositasidagi harakatdir". Buyuk rus olimi I. Shaxov oiladagi zo'ravonlikning barqaror avj olish tendensiyasi va takrorlanish ehtimoli yuqori bo'lgan, bir oila a'zosining boshqasiga nisbatan jabrlanuvchining irodasiga qarshi yoki bunday ta'sirning haqiqiy oqibatlaridan qat'i nazar sodir etgan noqonuniy, ijtimoiy xavfli jismoniy, ruhiy yoki jinsiy ta'sir sifatida ko'rib chiqadi. S. Pashenko fikricha oiladagi zo'ravonlik deganda, oila a'zolariga nisbatan qo'llangan, ularni o'zlari uchun nomaqbul xatti-harakatlar qilishga majburlash uchun tahdid yoki jazolash sifatida og'riq yetkazish, norozilik, jismoniy cheklovni keltirib chiqaruvchi jismoniy yoki ruhiy kuch ishlatib, ularning irodasiga qarshi qo'llanilgan noqonuniy xatti-harakatni nazarda tutadi. E'tiborlisi, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi, shuningdek, Oila va Xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashkil etildi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish sohasidagi islohotlar o'z natijalarini bermoqda. Xususan, 190 ta davlat parlamentlarini birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoq ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston parlamentida ayollar ishtiroki ko'rsatkichi bo'yicha 128-o'rindan 45-o'ringa ko'tarildi. Bu esa AQSh, Kanada va Avstraliyadan yuqori, deganidir. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foiz, partiyalarda - 48 foiz, oliy ta'limda- 49 foiz, tadbirkorlikda - 35 foizga yetdi. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga ijobiy ta'sir ko'rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi.

Xulosa qilib aytganda, davlatimizda gender siyosatining muhim strategik maqsadi millat oilasida xotin-qizlarning o'rni, ularning moliyaviy ahvolini va ijtimoiy farovonligini yaxshilashga qaratilgan. Bunday strategiyani quyidagilarda ko'rish mumkin: ko'p bolali, yosh, kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy kafolatlarni ta'minlashni o'z ichiga olayotganligi; sog'liqni saqlash va ta'lim sohasida yagona ijtimoiy standartlar ishlab chiqilayotganligi; oiladagi zo'ravonlikni bartaraf etish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy

asoslarini yaratish muommolari kabilarga e'tibor qaratilmoqda. Bizning fikrimizcha, gender tengligi sohasidagi asosiy muammolarni yanada samarali hal etish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: gender masalalarini hal etishga qaratilgan institutlarning samarali faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish; ayollarning iqtisodiy qaramligini va zaifligini yumshatish uchun oilaviy yuklarni teng taqsimlashga intilish; davlat mehnat bozorini tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada ko'paytirishga erishish, ya'ni kam haq to'lanadigan joylarda ayollar ulushini kamaytirish yoki ish haqini ko'paytirish; turmush darajasini oshirishga va tengsizliklarni bartaraf etishga, shu jumladan ta'lim, sog'liqni saqlash va kasbiy o'sishga yordam beradigan hayotiy ko'nikmalarni o'rganish imkonini beruvchi amaliy ta'lim tizimini kuchaytirish kabilar shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi O'RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonuni. (Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019 yil 23-abgustda ma'qullangan)

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T., "O'zbekiston" - 2023.

3. Бaхрoнoвa Д.К. ГЕНДЕР И ЦЕЛЕВЫЕ КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ГЕНДЕРНЫЕ СТЕРЕОТИПЫ // Гендерные исследoвaния в гyмaнитapныx HayKax: сб. ст. по MaTep. III междунaр. Hay4.-npaKT. конф. № 3. - Новосибирск: СибАК, 2015.

4. Jamoldinova O.R. Ta'lim tizimida gender yondashuvni tatbiq etishning samarali mexanizmlari. Belarus-O'zbek ILMIY-METODIK JURNALI. 2022-yil, 1-son. B. 17- 25.

5. Жaмoлдинoвa О., Эгaмбepдиeвa Т., Сoлиxyжaeвa Д. Олий тaълим тизимидa гендер ёндaшyв: бугун Ba кeлaжaк тaмoйиллapи. Услубий к;yллaнмa - Тошкент., - 2022 yil.

INNOVATIVE ACADEIVY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.