Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLARNING TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATIGA KENG JALB QILISHNING XUQUQIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY TENDETSIYALARI'

XOTIN-QIZLARNING TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATIGA KENG JALB QILISHNING XUQUQIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY TENDETSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
49
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xotin-qizlar / huquq / erkinlik / tadbirkorlik / ilm-fan / innovasiya. / women / law / freedom / entrepreneurship / science / innovation.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Muxitdinova F.A.

Maqolada Yangi Oʻzbekistonda xotin-qizlarga munosabat masalasidagi davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan yangi tizimli islohotlar va ularning normativ-huquqiy asoslari, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining himoya qilishda, bugungi kunda ayollar ijtimoiy faolligini oshirish, ularning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishda huquqiy savodxonlikni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning ahamiyatinioshirish masalalariga e’tibor berilgan. Maqola tadqiqotining ob‘ekti xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbga o‘qitish va bandligini sifat jihatidan taʼminlash, ularni tadbirkorlik va biznesga keng jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bogʻliq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-nazariy qarashlardan iboratdir. Tadqiqot olib borishda tarixiy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, ilmiy usullaridan foydalanilgan. Muallif tomonidan ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga davlat va jamiyat taqdiriga daxldor qarorlarni hayotga tatbiq etish, xususan, qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida bevosita qatnashishlari muammolariga qonun doirasida adolatli echim topish maqsadida sud-huquq sohasidagi islohotlar ham tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL FOUNDATIONS OF HUMAN-INTEREST ENTREPRENEURSHIP

The article focuses on the new reforms carried out in the framework of the state policy on the issue of treatment of women in New Uzbekistan and their legal framework, protection of women's rights, freedoms and "Экономика и социум" №5(120)-1 2024 www.iupr.ru 520 legitimate interests, increasing the social activity of women today, increasing their position in the family and society andthe issues of increasing the role of women's labor in the development of small business and private entrepreneurship, the role of women entrepreneurs in the modern world, support for women's entrepreneurship and the creation of a business environment. The object of research of the article is ensuring the economic independence of women, protecting their rights and legitimate interests, ensuring high-quality professional training and employment, and broadly involving them in business activities and the system of social and legal relations related to ensuring the rights and legitimate interests of women in need of social protection. The subject of the research is normative legal documents regulating women's entrepreneurial activity, scientific and theoretical views. The study used historical, comparativelegal, logical, scientific methods. Reforms in the judicial sphere were also analyzed by the author in order to protect the rights and legitimate interests of women, to find a fair solution to their problems within the framework of the law.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLARNING TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATIGA KENG JALB QILISHNING XUQUQIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY TENDETSIYALARI»

UDC: [346.15+346.26]: 316.346.2-055.2(045)(575.1)

Muxitdinova F.A.

TDYUprofessori, yuridik fanlar doktori ORCID: 0000-0003-1721-0189

XOTIN-QIZLARNING TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATIGA KENG JALB QILISHNING XUQUQIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY

TENDETSIYALARI

Annotasiya. Maqolada Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarga munosabat masalasidagi davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan yangi tizimli islohotlar va ularning normativ-huquqiy asoslari, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining himoya qilishda, bugungi kunda ayollar ijtimoiy faolligini oshirish, ularning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishda huquqiy savodxonlikni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning ahamiyatinioshirish masalalariga e'tibor berilgan.

Maqola tadqiqotining ob 'ekti xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta 'minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbga o 'qitish va bandligini sifat jihatidan ta'minlash, ularni tadbirkorlik va biznesga keng jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bog'liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-nazariy qarashlardan iboratdir. Tadqiqot olib borishda tarixiy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, ilmiy usullaridan foydalanilgan.

Muallif tomonidan ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga davlat va jamiyat taqdiriga daxldor qarorlarni hayotga tatbiq etish, xususan, qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida bevosita qatnashishlari muammolariga qonun doirasida adolatli echim topish maqsadida sud-huquq sohasidagi islohotlar ham tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar, huquq, erkinlik, tadbirkorlik, ilm-fan, innovasiya.

Mukhitdinova F.A., doctor of legal sciences

professor

LEGAL FOUNDATIONS OF HUMAN-INTEREST ENTREPRENEURSHIP

Abstract. The article focuses on the new reforms carried out in the framework of the state policy on the issue of treatment of women in New Uzbekistan and their legal framework, protection of women's rights, freedoms and

legitimate interests, increasing the social activity of women today, increasing their position in the family and society andthe issues of increasing the role of women's labor in the development of small business and private entrepreneurship, the role of women entrepreneurs in the modern world, support for women's entrepreneurship and the creation of a business environment.

The object of research of the article is ensuring the economic independence of women, protecting their rights and legitimate interests, ensuring high-quality professional training and employment, and broadly involving them in business activities and the system of social and legal relations related to ensuring the rights and legitimate interests of women in need of social protection. The subject of the research is normative legal documents regulating women's entrepreneurial activity, scientific and theoretical views. The study used historical, comparative-legal, logical, scientific methods. Reforms in the judicial sphere were also analyzed by the author in order to protect the rights and legitimate interests of women, to find a fair solution to their problems within the framework of the law.

Keywords: women, law, freedom, entrepreneurship, science, innovation.

Kirish

So'nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari va ulami har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, ushbu masala Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada xotin-qizlarning- davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rnini, ijtimoiy-iqtisodiy faoligini oshirishga, kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga, ta'lim olishlari va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilishiga, turmush sharoitlarini yaxshilashga va eng asosiysi, huquq va erkinlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi va aniq natijalarga erishildi.

Shu bilan birga, xotin-qizlarni bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish va zamonaviy kasblarni o'rgatish bilan bog'liq masalalar sohada dolzarb yo'nalish va asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, mazkur masala O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PF-29-son «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida», 2022 yil 2 martdagi PF-81-son «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida», 2022 yil 7 martdagi PF-87-son «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida», 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-son «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2023 yil 21

dekabrdagi PQ-401 sonli Qarorida ham o'z aksini topgan bo'lib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor yo'nalishlar belgilab berilgan.

Shuningdek, mavzning dolzarbligi O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qo'rsatilib, mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko'tarish, ularning bandligiga ko'maklashish maqsadida, 2023 yil mart oyida Senat Raisi boshchiligida maxsus komissiya tashkil etilib, har bir hududda, xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitish, bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo'yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilish masalasi ustuvor qilib belgilandi.

Material va metodlar

Maqola tadqiqotining ob'ekti ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bilan bog'liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi.

Tadqiqotning predmeti xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-nazariy qarashlardan iboratdir.

Tadqiqot olib borishda tarixiy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, ilmiy usullaridan foydalanilgan.

Maqolada ko'tarilgan muammo huquqshunos olimlardan G'.A. Abdumajidov, I.R. Astanov, D.B. Bazarova, B.X. Pulatov, S.M. Rahmonovalarning ilmiy ishlarida qisman tahlil etilgan. Fuqaroviy-tadbirkorlik bilan bo0liq masalalar esa, Z. Esanova, D. Karaxodjaeva, N. Imomov kabi olimlarning ilmiy ishlarida uchraydi.

Biroq yuqoridagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligini ta'minlash bilan bog'liq metodologik va xuquqiy jihatlar komplekstahlil etilmagan.

Tadqiqot natijalari

Munozara

So'nggi yillarda O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda, xususan, milliy iqtisodiyotning ochiqligini ta'minlash va uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, investitsiyaviy jozibadorlikni mustahkamlash, kichik va o'rta biznesni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishida barcha dolzarb vazifalar singari xotin-qizlar masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan 2022 yilda e'lon qilingan tadqiqot natijalariga ko'ra «ayollar mehnat faoliyati davomida hali ham munosib ish uchun jiddiy to'siqlarga duch kelishmoqda [1]. Bugungi kunda xotin-qizlarni tadbirkokrlikka keng jalb qilish va ularni bandligi ta'minlash masalalar, xususan sohaning institutsional va xuquqyi asoslarini takomillashtirish dolzarb muammolardan biri sifatida yuzaga chiqmoqda.

Mazkur masalaga jahon xamjamiyatida alohida e'tibor qaratilib, aynan xotin-qizlarni keng tadbirkorlikka jalb qilish orqali davlat va jamiyatning rivojlanishiga asosiy sabablardan biri bo'lib xizmat qilishi ta'kidlanadi. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda dunyo aholisining 50%ga yaqinini ayollar tashkil etib, ularning jahon yalpi ichki mahsuloti ulushidagi hissasi 40%ni tashkil etmoqda [2].

Jahon bankining prognozlariga ko'ra, bandlik sohasida gender tafovut bartaraf etilsa, uzoq istiqbolda mamlakatlarda axoli jon boshiga o'rtacha jahon yalpi ichki mahsulotini 20%ga oshirish mumkin bo'ladi hamda agar ayollar o'z bizneslarini erkaklar bilan bir hil sur'atlarda boshlasa va kengaytirsa, bu jahon iqtisodiyotiga qo'shimcha 6 trillion dollargacha qo'shilishi mumkin [3].

Mastercard kompaniyasi tomonidan 2017 yilda birinchi marotaba «tadbirkor ayollar indeksi» (Index of Women Entrepreneurs) ishlab chiqildi. Kompaniya tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ayollar asosan o'z bizneslarini ehtiyojdan kelib chiqib, iroda kuchi bilan rivojlantiradilar. Ayollarning o'z biznesini boshlashiga to'sqinlik qiladigan ikkita asosiy to'siq,ya'ni cheklangan madaniy an'analar va kasbiy o'sish uchun imkoniyatlarning yetishmasligi keltirilgan. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish va tijorat faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlovchi qulay muhitni yaratish xotinqizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatinim rivojlantirishga xizmat qiladi

[4].

Bu borada xalqaro tashkilotlar, xususan BMT xam muhim rol o'ynamoqda. BMT Bosh Assambleyaning organi - savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasi (UNSTAD) ayollar biznesini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Ayollarning tadbirkorlik faolligini oshirish maqsadida UNSTAD qator mamlakatlarda xalqaro ta'lim dasturini amalga oshirib, uning loirasida xotin-qizlarning xalqaro tadbirkor bo'yicha malakasini oshirilmoqda [5].

Bunday faollik bilan ayollar milliy va jahon iqtisodiyotini rivojlanishiga ham munosib hissa qo'shishi va ayollarimizni xalqaro darajada qo'llab-quvatlanishi ular uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, xususan, xuquqiy asoslarnini takomillashtirish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari tahlili

Bu borada keyingi yillarda mamlakatimizda qator aniq natijalarga erishildi.

Birinchidan, xotin-qizlarni xar tomonlama qo'llab-quvvatlash va gender tenglikni ta'minlash sohasida xalqaro standartlar asosida milliy qonunchilikni takomillashtirishga alohida e'tibor qaratildi. So'ngi yillarda sohaga oid 40 dan ortiq qonunchilik hujjatlari va muhim konseptual xujjatlar qabul qilindi.

Mazkur xujjatlar doirasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rnining mustahkamlanishi, ularning ta'lim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi, bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o'qitish hamda ayollarning iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qolaversa, xotin-qizlarni har tamonlama huquq va erkinlarini himoya qilish borasida mamlakatimizda aniq va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, oilaviy zo'ravonlikni oldini olish maqsadidabirinchi navbatda qonunchilik takomillashtirildi (aloxida qonun qabul qilindi), himoya orderi berish amaliyoti yo'lga qo'yildi. 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi, ishonch telefoni ishga tushirildi hamda uyma-uy kirib boradigan amaliyot joriy etildi [12]

Ayollar reabilitatsiya markazi tomonidan ayollarga tibbiy, ijtimoiy psixologik va huquqiy yordam ko'rsatilmoqda. Himoya orderi berish orqali xotin-qizlarga nisbatan turli tazyiq va zo'ravonliklrning oldi olinmoqda.

Barcha sohalarda erkaklar va xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida 2030 yilgacha O'zbekistonda gender tengligiga erishish Strategiyasi tasdiqlandi. Yagona yondashuv asosida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Oliy Majlis Senati qoshida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi tuzildi.

Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashkil etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida xotin-qizlar ulushi boshqaruv sohalarida 35 foizga, tadbirkorlik sohasida 37 foizga, siyosiy partiyalarda 46 foizga oshdi. Xotin-qizlarimizni oliy ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichi 2017 yilga nisbatan 5 barobarga ortdi[13].

Ta'lim va ilmni mustahkamlash yo'nalishida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratildi, yangi kvotalar, grantlar ajratildi, magistraturada o'qish istagi bo'lgan ayollar uchun to'lovlar davlat tomonidan moliyalashtiriladigan amaliyot joriy etildi.

Xususan, har yili muhtoj yolg'iz ayollar va boquvchisini yo'qotgan qizlarni oliy ta'limdagi, shuningdek, magistratura bosqichida o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari qoplab berish tizimi joriy etildi, xotin-qizlarning ta'lim kontraktlarini to'lash uchun (7 yil muddatga) foizsiz ta'lim kreditlari ajratilishi, doktoranturaga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilishi yo'lga qo'yildi. Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan har yili 2 trln so'm mablag' yo'naltirilmoqda.

Shuningdek, bandlikni ta'minlash va kasb-hunarga o'qitish borasida davlat tomonidan ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida subsidiyadar, kreditlar ajratilmoqda, yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada respublika hududlarida, chekka mahalla va qishloqlarda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilib, unlarda xotin-qizlar o'qitilmoqda.

Ikkinchidan, xotin-qizlarning iqtisodiy hayotdagi va tadbirkorlik sohasidagi faoliyatining barqarorligi ta'minlanlanmoqda.

Ayollarimiz iqtisodiyotning barcha asosiy «drayver»larida- u sanoat bo'ladimi, qishloq xo'jaligimi, kichik biznesmi, oilaviy tadbirkorlikmi, xizmat

ko'rsatishmi, barcha-barchasida o'zilarining muhim hissalarini qo'shib kelmoqda.Buning evaziga bugungi kunda iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollarning ulushi 46 foizni tashkil etmoqda. Agar 2017 yilda xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi ulushi 21 foiz bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda- 37 foizni tashkil qilmoqda [6].

Birgina 2022 yilda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan 95 mingdan ortiq xotin-qizlar tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazildi va bugungi kunga qadar ushbu tadbirkor xotin-qizlar tomonidan 184 mingga yaqin yangi ish o'rin yaratildi.

So'nggi 5 yil ichida O'zbekistonda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o'z biznesini yo'lga qo'ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205 mingdan oshdi. 2023 yilda 279 mingdan ziyod tadbirkorlik loyihalariga 13 trillion so'mdan ortiq kredit, qariyb 57 ming nafar xotin-qizga salkam 300 milliard so'm subsidiya ajratildi. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitildi. Eng asosiysi - 400 mingdan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi [7].

Uchinchidan, xotin-qizlarning tadbirkorlik qilish borasidagi taklif va tashabbuslarini amalga oshirishda ro'y berishi mumkin bo'lgan turli byurokratik va boshqa turdagi to'siqlar va kamchiliklar ustida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Bunda vaqtincha ishsiz, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og'ir, muhtoj yolg'iz ayollar va boquvchisini yo'qotgan qizlarni yanada qo'llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy hayotda faol ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratildi, ularning tadbirkorlikka bo'lgan tashabbuslarini amalga oshirish va amaliy yordam ko'rsatish maqsadida turli imtiyozlar, kredit va subsidiyalar ajratildi.

E'tibor beradigan bo'lsak, 2020-yildan boshlab yo'lga qo'yilgan «Ayollar daftari» tizimi orqali qariyb 2,5 milliondan ortiq xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko'mak berish uchun 5,1 trillion so'mdan ziyod mablag' yo'naltirildi.

Natijada xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi mustahkamlandi, daromadlari oshdi va ularning bandligi ta'minlandi.

Bu yerda yana bir muhim jihat bor, ya'ni sohada siyosatimizning muhim nuqtasi - xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini ta'minlash orqali kambag'allikni qisqartirishdir. Birgina qishloq xo'jaligining turli sohalarida 1,5 mlndan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi, qishloq ayollari faolligi bilan hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishida alohida hissa qo'shadi.

Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo'lishini ta'minlash maqsadida manzilli ishlash tizimi joriy etildi. Asosiy e'tibor ijtimoiy faol bo'lmagan xotin-qizlarning jamiyat va iqtisodiy hayotda faoligini oshirishga qaratildi. Birgina Ayollar daftari orqali so'nggi yillarda millionlab xotin-qizlarga ko'mak berildi.

2023 yilning o'zida «Ayollar daftari» bo'yicha 1 trillion 234 milliard so'm hisobidan qariyb 994 ming nafar xotin-qizning muammosi hal etilgani bu fikrni tasdiqlaydi [7].

Horijiy olimlar ta'kidlaganidek, yigirma birinchi asrda aynan ayollar «yangi iqtisod kompaniyalari», yuqori texnologiyalarda o'zlarinini muhim hissalarini qo'shish orqali davlatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda asosiy rolni oynaydi [8-10]. Xulosa

1. Bugungi kunda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimining normativ huquqiy bazasini xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish ishlarini davom ettirish, gender ekspertizasidan samarali foydalangan holda xotin-qizlar uchun imkoniyat va kafolatlarni yanada kengaytirish, iqtisodiy tazyiqlarning oldini olishga oid normalar tadbiq etish muhim hisoblanadi.

2. Gender tengligini ta'minlashga oida turli stereotiplarning oldini olish, unga oid xuquqiy me'yorlarni aholi orasida keng targ'ib qilish dolzarb vazifa hisoblanadi.

3. Xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga, ayniqsa, axborot texnologiyalari, dasturlash, onlayn tijorat qilish sohalarida o'qitish, ushbu sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish masalalariga e'tibor qaratish.

4. Qishloq joylaridagi ayollarining yashash prinsiplari va tajribalarini inobatga olgan holda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish muhim hisoblanadi.

5. Xotin-qizlarning munosib ish bilan bandligini tashkil qilish yondashuvlarini takomillashtirish, bu borada milliy qonunchilikni xalqaro stndartlar asosida rivojlantirish muhis hisoblanadi.

References:

1. Experiences of violence and harassment at work: A global first survey, 2022. International Labour Organization and Lloyd's Register Foundation. Available at: https:

//www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/dgreports/dcomm/documents/publication/ wcms_863095.pdf

2. The role of women in the modern world economy. 2023, October 21. Institute for Economic Research. Available at: https: //economy. kz/ru/Mnenija/id=382

3. Issues in the field of gender. Available at: https: //www.vsemirnyjbank.org/ru/topic/gender/overview

4. Abdurahmonov X., Zokirov Sh. Xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha horij tajribasi [Foreign experience in supporting women's entrepreneurship and business activities]. Research Institute «Neighborhood and Family» under the Ministry of Neighborhood and Family Support of the Republic of Uzbekistan. Scientific Progress, 2022, vol. 3, iss. 2.

5. Bazhenov A.Yu. Women entrepreneurship: outlook potential for economy Development. Russian Journal of Entrepreneurship, 2018, May, vol. 19, no. 5.

6. Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish - doimo e'tiborimiz markazida [Creating decent conditions for the women of our country is always in the center of our attention]. Speech of the President of the Republic

of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev at the ceremony dedicated to the International Women's Day. 2023, March 7. Available at: https: //president.uz/uz/lists/view/6013

7. Yangi O'zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish - eng muhim vazifamiz bo'lib qoladi [Our most important task will be to create decent conditions for our women as well as all our people in the new Uzbekistan]. Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev at the ceremony dedicated to the International Women's Day. 2024, March 7.

8. Carter N.M., Henry C., Cinneide B.O., Johnston K. Female Entrepreneurship. Implications for Education, Training and Policy. 2008, October 7. Routledge. GEM.

9. How Entrepreneurial was Ireland in 2004? The Irish Annual Report, Enterprise Ireland. Dublin, Ireland. Available at: www.gemconsortium.org

10. Minitti M., Arenius P., Langowitz N. Global Entrepreneurship Monitor: 2004 Report on Women and Entrepreneurship. Babson Park, MA and London, Babson College and London Business School, 2005.

11. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha 29 ta namunali markaz tashkil etildi [29 model centers for rehabilitation and adaptation of women were established]. 2021, May 20. Available at: https: //yuz.uz/uz/news/ayollarni-reabilitatsiya-qilish-va-moslashtirish-boyicha-29-ta-namunali-markaz-tashkil-etildi

12. Ilmiy tadqiqotlarda gender masalalarini inobatga olish [Taking into account gender issues in scientific research]. Proceedings of the Summer School. «Family and Women» Research Institute. Tashkent, Mahalla va oila Publ., 2023, 108 p.

13. Axunova M.X. Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar [Women's entrepreneurship in the innovation economy: problems and solutions]. International Journal of Theoretical and Applied Research, 2022, vol. 2 (1), pp. 7-14.

14. Jumayeva M. Tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar faolligini oshirish. [Increasing the activity of women in the development of entrepreneurship]. Abstract of PhD thesis. Tashkent, TSUE, 2024.

15. Memesheva L.A. Gendernoye ravenstvo kak odin iz faktorov sotsial'no-ekonomicheskogo razvitiya Uzbekistana [Gender equality as one of the factors of socio-economic development of Uzbekistan]. Bulletin of Science and Practice, 2020, no. 7. Available at: https: //cyberleninka.ru/article/n/gendernoe-ravenstvo-kak-odin-iz-faktorov-sotsialno-ekonomicheskogo-razvitiya-uzbekistana

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.