Научная статья на тему 'ZIRADOSHLAR (APIACEAE LIND) OILASINING URGUT BOTANIKABEOGRAFIK RAYONIDA TARQALISHI'

ZIRADOSHLAR (APIACEAE LIND) OILASINING URGUT BOTANIKABEOGRAFIK RAYONIDA TARQALISHI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

285
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziradoshlar oilasi / tur / turkum / kovrak / zira / kashnich / dorivor o’simlik.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — M. Bahriyev, O’ Mukumov

Ushbu maqolada Ziradoshlar oilasining inson hayoti davomida qanchalik qimmatbaho boylik ekanligi yoritib berilgan. Urgut botanika-geografik rayonda Ziradoshlar oilasining 34 turkumi va 61 ta turi borligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZIRADOSHLAR (APIACEAE LIND) OILASINING URGUT BOTANIKABEOGRAFIK RAYONIDA TARQALISHI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ZIRADOSHLAR (APIACEAE LIND) OILASINING URGUT BOTANIKA-BEOGRAFIK RAYONIDA TARQALISHI

M. Bahriyev

magistr, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

O'. Mukumov

dotsent, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ziradoshlar oilasining inson hayoti davomida qanchalik qimmatbaho boylik ekanligi yoritib berilgan. Urgut botanika-geografik rayonda Ziradoshlar oilasining 34 turkumi va 61 ta turi borligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: ziradoshlar oilasi, tur, turkum, kovrak, zira, kashnich, dorivor o'simlik.

Kirish. Inson hayoti gultoji bo'lsa, unga hayot beruvchi yashil o'simliklardir. Bular birgina inson hayotidagina emas, balki tabiatdagi mavjud barcha qurt-qumursqalardan tortib to ulkan umurtqali hayvonlar hayotida hahm g'oyat katta ahamiyatga egadir. Chunki, ularsiz tirik organizmlarning yashashi mumkin emas.

Markaziy Osiyo florasi 8000 turdan ziyodroq bo'lsa, shularning yarmidan ko'prog'ini - 4380 turni respublikamizga xos gulli o'simliklar tashkil etadi, 1200 ga yaqin dorivor o'simliklar mavjud (Умурзакова, Мукумов,2022)[1].

Ziradoshlar (Soyabonguldoshlar) - Apiaceae (Umbelliferae) - ikki urug'pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub o'simliklar oilasi. Asosan, bir yillik yoki ko'p yillik o'tlardan iborat. Tropik va subtropik mamlakatlarda o'sadigan ayrim turlari buta. Poyasi, asosan, tik o'sadi. Ko'pchiligini barglari murakkab, turli darajada qirqilgan. Gullari mayda, oq, ko'kishsariq yoki och qizil rangli, ko'pincha murakkab soyabonsimon to'pgullarga yig'ilgan. Soyaboni oddiy yoki murakkab, har bir soyabonda bir nechtadan gul o'rnashadi. Asosan, yer yuzining quruq mintaqalarida tarqalgan, 475 ga yaqin turkumi, 4200 ga yaqin tur bor (Мукумов h gp., 2023; Мукумов h gp., 2019; Мукумов, 1993) [2-4].

O'zbekiston hududida 69 turkumi va 198 turi o'sadi. Ziradoshlarning ayrim turlari (sumbul, kovrak, alqor, betlar o'ti, zira, kashnich va boshqalar) tarkibida (ko'pincha, meva va barglarida) xilma-xil efir moylari bo'lganligi uchun ulardan qadimda foydalanib

May 12-13

638

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

kelinadi. Ziradoshlar oilasining vakillarida faol fiziologik aktiv moddalar-kumarinlar, flavonoidlar, triterpinoidlar, terpinoidlar va boshqa moddalar saqlaydi. Bu oilaga ozuqabop (sabzi, qoranafis, kashnich, petrushka), dorivor (Ferula foetida, F. sumbul, F.tadshikorum, Carum carvi), yem-xashak (Ferula, Prangos, Heracleum), efir moyli (qorazira, kashnich, beklar o'ti, kovraklar), xushbo'y ziravor (qorazira, kashnich, beklar o'ti, zira, alqor) va boshqa o'simliklar qadimda ishlatilib kelingan.

Ziradoshlar oilasining Urgut botanika-geografik rayonida 34 ga yaqin turkum va 61 ga yaqin tur borligi aniqlandi (jadval).

Ziradoshlar oilasining Urgut botanika-geografik rayonida tarqalishi va tahlili

Turkumlar turlar soni Foiz (%)

T/r Lotincha Ruscha O'zbekcha

1 Aphanopleura Афаноплеура Afanopleura 1 0.08

2 Apium Сельдерей Qoranafis 2 0.16

3 Aulacospermum Бороздосемянник Jo'yakmeva 2 0.16

4 Berula Берула Berula 1 0.08

5 Bupleurum Володушка Bupleurum 1 0.08

6 Carum Тмин Qorazira 1 0.08

7 Conium Болиголов Zangpoya 1 0.08

8 Coriandrum Кориандр Kashnich 1 0.08

9 Cuminum Кмин Qumzira 1 0.08

10 Daucus Морковь Sabzi 1 0.08

11 Echinophora Колюченосец Beklar o'ti 1 0.08

12 Elaeosticta Элеостикта Eleostikta 6 0.5

13 Elwendia Эльвендия Zira 5 0.42

May 12-13

639

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

14 Eremodaucus Пустынноморковник Cho'lsabzi 1 0.08

15 Eryngium Синеголовник Ko'ktikan 3 0.25

16 Falcaria Резак O'roqbarg 1 0.08

17 Ferula Ферула Kovrak 9 0.76

18 Galagania Галагания Galaganiya 2 0.16

19 Heracleum Борщевик Gulnor 1 0.08

20 Hyalolaena Гиалолена Gialolena 1 0.08

21 Komarovia Комаровия Pufakbo'gim 1 0.08

22 Korshinskya Коржинския Korjinskiya 1 0.08

23 Kozlovia Козловия Kozloviya, asorat 1 0.08

24 Libanotis Лорезник Libonatik 1 0.08

25 Mediasia Медиазия Alqor 1 0.08

26 Oedibasis Ойдибазис Oydebazis 2 0.16

27 Oenanthe Омежник Pildoroqmeva 1 0.08

28 Pimpinella Бедренец Arpabodiyon 1 0.08

29 Prangos Прангос Shashir, yug'on 3 0.25

30 Scandix Скандикс So'zanak 2 0.16

31 Schrenkia Шренкия Arxarshair 1 0.08

32 Seseli Жабрица Oyquloq 1 0.08

May 12-13

640

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

33 Torilis Пупырник Pufanakcha 2 0.16

34 Turgenia Тургения Turgeniya 1 0.08

Jami 61

Shunday qilib, Urgut botanika-geografik rayonida Ziradoshlar oilasining 34 ta turkumi va 61 ta turi tarqalgan bo'lib, asosan ular dorivor, ozuqabop, efirmoyli, xushbo'y ziravor va yem-xashak o'simliklar hisoblanadi.

REFERENCES

1. Умурзакова З. И., Мукумов И. У. Род Elwendia во флоре Кашкадарьинской области. Хоразм маьмун академияси ахборотномасию Хива, 2022, 9/1, с. 130135.

2. Мукумов И., Ниёзов У., Расулова З. Семейство Apiaceae Lindl. во флоре Туркестанского хребта. Вестник НУ УЗ. Ташкент, 2023, 3/1, с. 123-127.

3. Мукумов И.У., Нормухаммедова Ф.Ш., Джалилов М.У., Кодиров Б.Г. Распространение рода Шренкия во флоре Узбекистана.// Вестник современных исследований. Омск, 2019, вып.№ 5-2(32) (май, 2019) с.25-27.

4. Мукумов И.У. Ресурсоведческая характеристика некоторых видов рода Ferula L.- источников биологически активных соединений. Автореф.канд.биол.наук, Ташкент, 1993, 18 с.

May 12-13

641

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.