Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA NOANANAVIY DORIVOR EKINLAR YETISHTIRISHNING ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONDA NOANANAVIY DORIVOR EKINLAR YETISHTIRISHNING ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
212
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksportbop mahsulotlar / noan’anaviy ekinlar / qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi / ekstremal sharoitlarga chidamli / iqtisodiy samara beradigan noan’anaviy ekinlar / ekin navlari. / exportable products / non-traditional crops / non-traditional crops that grow agricultural products / resistant to extreme conditions / economically effective / crop varieties.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Hayitov, Bobur Komilovich, Boyqulova, Gulrux Abdullayevna, Niyozqulov, Maqsud Ibrohim O‘g‘li

Maqolada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularning to‘yimlilik hamda sifat darajasini oshirish maqsadida paxta, g‘alla, bog‘, sabzavot-poliz hamda boshqa an’anaviy ekinlar bilan bir qatorda ekstremal sharoitlarga chidamli, iqtisodiy samara beradigan noan’anaviy, dorivor ekinlardan foydalanish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF GROWING NON-ANAVENAL MEDICINAL CROPS IN UZBEKISTAN

In the article, in order to provide the population with high-quality food products, to increase their nutrition and quality level, together with cotton, grain, garden, vegetable-police and other traditional crops, nonan that is resistant to extreme conditions and economically effective information about the use of traditional medicinal plants.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA NOANANAVIY DORIVOR EKINLAR YETISHTIRISHNING ISTIQBOLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

O'ZBEKISTONDA NOANANAVIY DORIVOR EKINLAR YETISHTIRISHNING ISTIQBOLLARI

Hayitov Bobur Komilovich -katta o'qituvchi Boyqulova Gulrux Abdullayevna-assistent Niyozqulov Maqsud Ibrohim o'g'li - talaba

TIQXMMI MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Maqolada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ularning to'yimlilik hamda sifat darajasini oshirish maqsadida paxta, g'alla, bog', sabzavot-poliz hamda boshqa an'anaviy ekinlar bilan bir qatorda ekstremal sharoitlarga chidamli, iqtisodiy samara beradigan noan 'anaviy, dorivor ekinlardan foydalanish haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: eksportbop mahsulotlar, noan'anaviy ekinlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi, ekstremal sharoitlarga chidamli, iqtisodiy samara beradigan noan 'anaviy ekinlar, ekin navlari.

В статье представлена информация об использовании наряду с хлопком, зерном, садовыми, овощными бахчевыми и другими традиционными культурами нетрадиционных, экономически эффективных культур, устойчивых к экстремальным условиям, с целью обеспечения населения качественными продуктами питания, повышения уровня их питательности и качества.

Ключевые слова: экспортная продукция, нетрадиционные культуры, нетрадиционные культуры, выращивающие сельскохозяйственную продукцию, устойчивые к экстремальным условиям, хозяйственно эффективные, сорта сельскохозяйственных культур.

In the article, in order to provide the population with high-quality food products, to increase their nutrition and quality level, together with cotton, grain, garden, vegetable-police and other traditional crops, nonan that is resistant to extreme conditions and economically effective information about the use of traditional medicinal plants.

Key words: exportable products, non-traditional crops, non-traditional crops that grow agricultural products, resistant to extreme conditions, economically effective, crop varieties.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

KIRISH

Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan va innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda import o'rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqish asosiy vazifalardan biridir. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ularning to'yimlilik hamda sifat darajasini yaxshilashda yangi o'simlik mahsulotlardan keng foydalanish lozim. Hozirda paxta, g'alla, bog', sabzavot-poliz hamda boshqa an'anaviy ekinlar bilan bir qatorda ekstremal sharoitlarga chidamli, iqtisodiy samara beradigan noan'anaviy ekinlarni yetishtirishni ko'paytirishga ham e'tibor qaratilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas, balki, asosan, intensiv rivojlanish, ya'ni ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini oshirish hisobidan ta'minlanmoqda.

Xususan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug'chilik - seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli, shu bilan birga, puxta o'ylangan ishlar amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan va innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda import o'rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqish asosiy vazifalardan biridir. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ularning to'yimlilik hamda sifat darajasini yaxshilashda yangi o'simlik mahsulotlardan keng foydalanish lozim. Hozirda paxta, g'alla, bog', sabzavot-poliz hamda boshqa an'anaviy ekinlar bilan bir qatorda ekstremal sharoitlarga chidamli, iqtisodiy samara beradigan noan'anaviy, dorivor ekinlarni yetishtirishni ko'paytirishga ham e'tibor qaratilmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan chop etilgan noan'anaviy qishloq xo'jaligi ekinlari to'g'risida ma'lumot beruvchi katalogda 40 turga yaqin ekinlar botanikasi, parvarishlash va mahsulot yetishtirish agrotexnologiyasi, agrotexnologik jarayonlarni tashkil etish xususiyatlari, mahsulot yetishtirish bilan bog'liq xarajat turlari hamda samaradorlik ko'rsatkichlari keltirilgan.

Katalogda, jumladan:

sabzavot ekinlaridan - artishok, bamiya, batat, bryussel karami, dorivor melissa;

dukkakli don ekinlardan - vika, ko'k no'xot, madaniy yasmiq, ekma burchoq;

moyli ekinlardan - zig'ir, kunjut, maxsar, raps, rijik;

dorivor o'simliklardan - bozulban, valeriana, gorchitsa o'simligi, za'faron, kovrak, topinambur, shirinmiya tritikale singari o'simliklar kiritilgan.

Xuddi shunday dorivor o'simliklardan shafran, raps, valeriana, bryussel karami va topinambur kabi o'simliklarni misol keltirish mumkin.

Shafran (za'faron) ushbu o'simlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Uning tarkibida 50 foizdan ortiq bo'yoq beruvchi krotsin, 2,7 foiz yog', 0,32 foiz efir moyi, B, B2 vitaminlari, azotli moddalar, qand, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud bo'lib, ko'plab kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. O'simlik o'ziga xos xushbo'y hidi, yorqin rang va ta'm berishi bois turli taomlarga qo'shiladi. Undan qandolat mahsulotlari, kremlar, muzqaymoq tayyorlashda ham foydalaniladi. Yurtimizda ushbu o'simlikni ko'paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar O'zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog'i olimlari tomonidan olib borilgan. Natijada rivojlangan mamlakatlarda farmatsevtika, kosmetologiya, xalq tabobati, hatto pazandalikda keng foydalaniladigan za'faron yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga to'liq mos ekani, Farg'ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining tog' va tog'oldi hududlarida, bog' va tokzorlar qator oralarida, o'rmon hududlarida yetishtirish imkoniyati mavjudligi isbotlandi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Raps (Brassica napus var. napus) - karamdoshlar oilasining Brassica avlodiga mansub bir yillik moyli va yemxashak ekini. Evropada hozir asosiy moyli ekin hisoblanadi. O'zbekistonda oraliq ekin sifatida ekiladi. Kuzgi va bahorgi guruhi bor. Raps urug'i tarkibida 32 - 50% moy, 23% oqsil mavjud. Moyi ovqatga, shuningdek, margarin, sovun ishlab chiqarishda, to'qimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kunjarasi chorva uchun yaxshi ozuqa.

Sovuqqa chidamliligi past, qishda kuchli sovuqlar bo'lmaydigan mintaqalarda ekiladi. Rivojlanishining boshida namga talabchan. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqabop ekin hisoblanadi. 150 s/ga dan tortib 250 s/gacha ko'k massa beradi. Asalshirali o'simlik. Rapsni oraliq ekin sifatida o'zini yoki turli ekinlarga aralashtirib ekish mumkin. O'zi ekilganda ekish normasi 12 - 15 kg/ga, javdar bilan aralash ekilganda 8 - 10 kg/ga. Doni bo'yicha hosildorligi 15 - 25 s/ga.

Bryussel karami (Brassica oleracea var. Gemmifera) - krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urug'li qo'zoq meva tugadi. Bryussel karami bosh karamdan farqli namlikni, hosildor yerni kam talab qiladi, sovuqqa, kasalliklarga ancha chidamli bo'ladi. Tarkibida yengil hazm bo'ladigan moddalar, 2 - 5% qand, 5,5 - 7% oqsil, 70-290 mg vitamin S bor.

Valeriana (Valeriana L.) , maunasorundoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o't, yarim buta, buta va lionlar turkumi. Hamma yerda - nam joylardan tortib tog'u-toshlar, hatto alp yaylovlari mintaqalarida o'sadi. Dorivor Valeriananing ildizi va ildizpoyasidan tibbiyotda foydalaniladi. Undan nerv sistemasiga ta'sir qiluvchi, yurak urishini tartibga soluvchi valerian tomchisi olinadi. Valeriana tarkibida efir moylari, valerin, sirka va chumoli kislotalar, turli alkaloidlar bor. Olitoriya Valerianasi barglari sho'raki (salat) sifatida iste'mol qilinadi. O'zbekistonda tog'lik mintaqalarda asorun turi tarqalgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Topinambur (Helianthus tuberasus) asosan choiva uchun oziq o'simligi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda uning tugunagidagi inulin moddasi ishlatiladi. Yer nokining 25-30 gramlik tugunagi ekiladi.Uni kesib ekilsa hosildorligi 25-30 foizga kamayib ketishi mumkin. Topinambuming ildiz tugunagi hamda ko'k poyasi choгvachilik, cho'chqachilik, panandachilik, quyonchilik va baliqchilik uchun foydali, to'yimli qo'shimcha ozuqadiг. Topinambrn- sanoatda inulin, pektin, frnktoza, sellyuloza, etanol, butanol spirtlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Yuz kilogramm topinambur tugunagidan 9-10 kg fruktoza va 7-8 litr spirt olinadi. Bu esa, qand lavlagi va kartoshkaga nisbatan 1,5-3,5 marta ko'p demakdir.

XULOSA

Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz iqlim sharoitiga chidamli va tannam areon noan'anaviy o'simliklaгdan foydalangan holda impoгt o'mini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqish asosiy vazifalardan biridir. Aholini import o'mini bosuvchi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, ulaming to'yimlilik hamda sifat daгajasini yaxshilashda yangi o'simlik mahsulotlaridan keng foydalanish lozim. Hoziïda g'alla, bog', sabzavot-poliz hamda boshqa an'anaviy ekinlaг bilan Ыг qatoгda iqtisodiy samaгadoгligi yuqori noan'anaviy, doгivoг hamda sabzavot ekinlami maydonlaгini ko'paytiгishga ham e'tiboг qaratilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida // O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5009-sonli qarori, 2021-yil 26-fevral.

2. Amanova M.E., Ubbinoyazova D.U. Topinambur hosildorligi va urug'lik chiqishiga ekin sxemasi va o'simliklar tup qalinligining ta'siri. O'simliklar introduksiyasi yutuqlari va istiqbollari V- Respublika ilmiy amaliy konferensiya materiallari. Qarshi 2011. 38-42 betlar.

3. Иноятов И. А. Обоснования параметров измельчающее- уплотнающего рабочего кисма ротационного беспроводнонго рыхлетеля: Автореферат диссертация к.т.н. Янгиюль 1997г.

4. Otaboyeva X.N., Qodirxo'jayev O. O'simlikshunoslik. "Yangi asr avlodi". 2006

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

y. 218-221 betlar.

1. www.google.uz

2. www.ref.uz

Internet saytlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.