Научная статья на тему 'ZILZILABARDOSH INSHOATLARNI QURISHDA ZAMONAVIY PLATFORMALAR YORDAMIDA LOYIHALASHTIRISH ZAMON TALABI'

ZILZILABARDOSH INSHOATLARNI QURISHDA ZAMONAVIY PLATFORMALAR YORDAMIDA LOYIHALASHTIRISH ZAMON TALABI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zilzila / bino / inshoat / seysmika / magnituda. / building / construction / seismic / magnitude / earthquake.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Qahharov Abdurahim Abdubannayevich

Maqolada zilzilabardosh bino va inshaotlarni qurishda qo‘rilish me’yorlari, raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi, axolini zilzilaga tayyorlash metodlari xaqida tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESIGNING USING MODERN PLATFORMS IN THE CONSTRUCTION OF EARTHQUAKE-RESISTANT BUILDINGS IS THE NEED OF THE TIME

The article say offers guidelines for safety requirements while constructing earthquake-resistant buildings and other structures, applying digital technology, and educating the public about earthquake preparedness.

Текст научной работы на тему «ZILZILABARDOSH INSHOATLARNI QURISHDA ZAMONAVIY PLATFORMALAR YORDAMIDA LOYIHALASHTIRISH ZAMON TALABI»

UDK 699.841+624.159.14 ZILZILABARDOSH INSHOATLARNI QURISHDA ZAMONAVIY PLATFORMALAR YORDAMIDA LOYIHALASHTIRISH ZAMON TALABI

Qahharov Abdurahim Abdubannayevich Namangan muxandislik qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani dotsent. [email protected]

Annotatsiya. Maqolada zilzilabardosh bino va inshaotlarni qurishda qo'rilish me'yorlari, raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi, axolini zilzilaga tayyorlash metodlari xaqida tavsiyalar keltirilgan.

Аннотации. В статье предлагаются рекомендации по соблюдению требований безопасности при строительстве сейсмостойких зданий и других сооружений, применении цифровых технологий и информировании общественности о готовности к землетрясениям.

Abstract. The article say offers guidelines for safety requirements while constructing earthquake-resistant buildings and other structures, applying digital technology, and educating the public about earthquake preparedness.

Kalit so'zlar. Zilzila, bino, inshoat, seysmika, magnituda.

Ключевые слова: здание, конструкция, сейсмичность, магнитуда, землетрясение.

Key words: building, construction, seismic, magnitude, earthquake.

Kirish. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 17 apreldagi "Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-161 sonli qarori e'lon qilindi.

Bu qarorning mazmun mohiyatini tushunish xech kimga murakkablik tug'dirmaydi. Chunki dunyoda bo'layotgan zilzilalar, ularining salbiy oqibatlari, insonlarning xayotiga zomin bo'lishi xar qanday odamga ta'sir ko'rsatadi.

2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida hamda Suriyaning g'arbiy qismida zilzila sodir bo'ldi. Gaziantep shahridan 34 km (21 mi) g'arbda Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da (UTC 01:17) da sodir bo'lgan zilzilaning magnitudasi kamida 7,8 va maksimal Mercalli intensivligi XI (ekstremal). G'ayrioddiy kuchli 7,7 magnitudali ikkinchi zilzila asosiy silkinishdan to'qqiz soat o'tgach sodir bo'ldi. Zilzila markazi Qahramanmarash viloyatining shimoliy shimoli-sharqidan 95 km (59 mi) uzoqlikda joylashgan. Zilzila mintaqada keng ko'lamli vayronagarchilik va minglab odamlarning o'limiga sabab bo'ldi. Asosiy zilzila tufayli yetkazilgan talofatlar bo'yicha Turkiya tarixida sodir bo'lgan eng kuchli zilzila bo'lib, hatto 1939-yilgi Erzincan zilzilasini ham ortda qoldirdi. Xuddi shunday magnitudali zilzila 1668-yilgi Shimoliy Anadolu zilzilasi bo'lgan edi. Zilzila, shuningdek, 1822-yildan buyon Suriyada sodir bo'lgan eng halokatli zilziladir. Mazkur zilzila 2010-yilda sodir bo'lgan Gaiti zilzilasidan beri dunyodagi eng halokatli zilzila, shuningdek, Levantda qayd etilgan eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi Isroil, Livan, Kipr va Turkiyaning Qora dengiz sohillarigacha sezilib, tizimli zarar yetkazdi.

Zilziladan keyin 2109 dan ortiq aftershoklar kuzatildi. Seysmik ketma-ketlik yoriqlarning sayoz surilishi natijasida yuzaga kelgan. 18-fevral holatiga ko'ra, jami 47 100 dan ortiq o'lim qayd etilgan. Bundan Turkiyada 40 600 nafar, Suriyada esa 6 400 nafar. Zilzila taxminan 84,1 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirib, tarixda qayd etilgan eng qimmat tabiiy ofatlardan biriga aylandi.

2024-yil 1-yanvar dushanba kuni Yaponiyaning g'arbiy sohillarida sodir bo'lgan bir qator kuchli zilzilalar sodir bo'ldi. Zilzila natijasida uylarga zarar yetgan va tsunami xavfi e'lon qilindi. Yaponiya Meterologiya agentligi (JMA) Yaponiyaning Xonsyu oroli g'arbiy tomonidagi Noto

mintaqasida mahalliy vaqt bilan soat 16:06 da 5,7 magnitudali silkinishdan boshlangan jami 20 ga yaqin zilzilalar sodir bo'lgani haqida xabar berdi.

Yangi yil kuni yuz bergan tabiiy ofat Ishikava prefekturasida kamida 168 kishining hayotiga zomin bo'lgan, yana 660 dan ortiq odam jarohatlangan va 323 nafar odam bedarak yo'qolgan. Yetti qavatli bino yon tomoniga qulab tushgan. Suzu shahridagi ibodatxona butunlay vayron bo'lgan. Qishloqlarda uylar vayron bo'lgan, tashlab ketilgan mashinalar yo'ldagi ulkan yoriqlarga botib qolgan.

Xorij tajribalarini o'rganish jarayonida, xususan Yaponiya, AQSH, Xitoyda yevropaning seysmik faol mintaqasiga kiruvchi aksariyat mamlakatlarida zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanishga o'rgatishga elektron ta'lim platformasidan, undagi innovasion ishlanmalardan keng foydalaniladi. Xususan, Yaponiyada mobil ilovalar juda ko'p yo'nalishda yaratilgan bo'lib, ulardan biri mamlakatda tez-tez uchraydigan tabiiy ofatlar haqida ma'lumot berish uchun mo'ljallangan. Masalan: zilzilalar, vulqon portlashlari va sunamilar. Ushbu dastur Yaponiyada tabiiy ofatlar qanday kutilayotganini, ularning xavf darajasini va ularda to'g'ri harakatlanish choralarini bilishga yordam beradi. Jumladan, zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan oddiy iboralarni, shuningdek bunday vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish qoidalari oldindan o'rgatiladi. Bundan tashqari, Yaponiyada Wi-Fi tarmog'iga bepul ulanishni ta'minlovchi nuqtalarga ulanish yo'lga qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida fuqarolarning zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanishni o'rganishlarida mustaqil ta'lim olish imkoniyatini yanada oshiradi.

Yuqorida misollardan kelib chiqib shuni alohida ta'kidlash lozimki, zilzila qachon qayerda bo'lishini oldindan aniqlab aytib bo'lmaydi. Bu jarayonga doim tayyor turish zarur. Bu sohada Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar yuqori darajada amalga oshirishga erishish uchun bugungi kunda barcha birdek mas'ul hisoblanadi. Xar bir inson zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladadan keyin qanday xarakatlanishi bo'yicha bilim ko'nikmalarga ega bo'lishi shartligi bugun kunning dolzabr masalasi bo'lib buni kechiktirib bo'lmasligi barchamizga ayondir.

Prezident tomonidan imzolangan qarorning tegishli bandlari bo'yicha ta'lim tashkilotlari ayniqsa oliy ta'limga va olimlar oldiga katta vazifflar yuklaydi. Jumladan:

4. Bino va inshootlar hududlarning seysmik faolligiga muvofiq ravishda qurilishini tashkil etish maqsadida:

mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtirilsin hamda ularning onlayn bazalari shakllantirish, hududlarning zilzilaga tayyorgarlik ko'rish rejalarini tasdiqlash va qonunchilikka muvofiq ushbu reja asosida aholini zilzilaga tayyorlash ishlarini tashkil etish vaziflari qo'lilganligini alohida ta'kdlash lozim. Bundan ko'rinib turibdiki, raqamlashtirish orqali ish samaradorligini oshirish, aholini zilzilaga oid bilimlarini oshirish naqadar zarurligi belgilab qo'yilmoqda.

respublika hududida bo'lib o'tgan zilzilalar monitoringi, ularning ilmiy tahlili va faol tektonik yer yoriqlarining harakatlari orqali yaqin kelajakda kutilayotgan kuchli zilzila xavfi bor hududlarni aniqlash amaliyoti yo'lga qo'yish yuzasidan yo'l xatirasining 3-bo'limida Seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish va axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni belgilab qo'yilgani biz olimlar oldiga katta vaziflar qo'yadi.

Yo'l haritasida xar bir xudud bo'yicha alohida vaziflar va topshiriqlar belgilab qo'yilgan. Jumaladan:

Namangan viloyatidagi ta'lim tashkilotlarida seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda davra suhbatlarini tashkil etish;

Namangan viloyatidagi mavjud oliy ta'lim tashkilotlariga tegishli 514 ta Pasportbino.uz platformasiga kiritilgan bino va inshoatlarning seysmik mustaxkamligini nazorat qilish qilib borishda olimlarning tajribalari va bilimlari qanchalik muhimligini anglash mumkin.

Bugungi kunda Namangan muhandislik-qurilish instituti, Sanoatni axborotlashtirish fakulteti olimlari tomonidan aynan seysmika, zilzilabardoshlik yo'nalishi bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2022-2023 yillarda 2 ta 400 mln. lik amaliy loyihalar bajarilib, amaliyotga tatbiq etildi. 2023-2024 yillar uchun 2 ta 1 mlrd 200 mln. lik amaliy loyihalar bajarilish jarayonida. Qarorda belgilangan vaziflarga qaratilgan "Yakka tartibdagi uy-joylarni loyihalashda zilzilabardoshligini ta'minlash uchun bino o'lchamlari va grunt ma'lumotlarniga asoslangan holda bino konstruksiyasining asosiy elementlarini hisoblovchi dasturiy ta'minot yaratish" va "QMQ 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" me'yoriy xujjatida keltirilgan hududning qabul qilingan seysmikligi va seysmik ta'mirining takrorimyligi ko'rsatilgan, seysmik hududlarda joylashgan O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarining raqamlashtirilgan onlayn elektron xaritasini yaratish" loyihalari 2024 yil yakuniga qadar yakunlanib, amaliyotga joriy etilishi ko'zda tutilgan. Bu loyihalarni real xayotga tatbiqi, aholining xavfsizligi, davlatning iqtisodiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shadi. Bundan tashqari raqamlashtirish bugungi kunda barcha sohalardagi kabi seysmika, zilzilabardoshlik sohalarida ham o'zining samarasini berayotganligini ko'rish mumkin.

Bugungi kunda Namangan muhandislik-qurilish instituti, Sanoatni axborotlashtirish fakulteti olimlari tomonidan aynan seysmika, zilzilabardoshlik yo'nalishi bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2022-2023 yillarda 2 ta "Aholining barcha qatlamini zilzilaga tayyorlashga mo'ljallangan masofaviy kursini tashkil etish uchun milliy elektron ta'lim platformasini yaratish" va "Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarini "Zilzilaviy hududlarda qurilish" me'yoriy hujjati asosida hisoblashning raqamlashtirilgan milliy dasturiy majmuasini ishlab chiqish" mavzularida 400 mln. lik amaliy loyihalar muddatidan avval yakunlab amaliyotga joriy etildi. 2023-2024 yillar uchun 2 ta 1 mlrd 200 mln. lik amaliy loyihalar bajarilish jarayonida bo'lib, qarorda belgilangan vazifalarga qaratilgan "Yakka tartibdagi uy-joylarni loyihalashda zilzilabardoshligini ta'minlash uchun bino o'lchamlari va grunt ma'lumotlarniga asoslangan holda bino konstruksiyasining asosiy elementlarini hisoblovchi dasturiy ta'minot yaratish" va "QMQ 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" me'yoriy xujjatida keltirilgan hududning qabul qilingan seysmikligi va seysmik ta'mirining takroriyligi ko'rsatilgan, seysmik hududlarda joylashgan O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarining raqamlashtirilgan onlayn elektron xaritasini yaratish" loyihalari 2024 yil yakuniga qadar yakunlanib, amaliyotga joriy etilishi ko'zda tutilgan. Bu loyihalarning bajarib yakunlangan qismlari bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining G'.O.Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi Fuqaro muhofazasi institutilari olimlarining fikrlari, masalaxatlari inobatga olgan xolda ishlab chiqilmoqda. Soha olimlarining tajribalaridan foydalangan xolda institutimiz olimlari bilan aynan sohani raqamlashtirishga qo'yilgan vaziflarini xal etishga xarakat qilinmoqda. Bu loyihalarni real xayotga tatbiqi, aholining xavfsizligi, davlatning iqtisodiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shadi. Institutimizning yosh tadqiqotchilari o'zlarining ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Jumladan zilzilabardoshlik bo'yicha Baxtiyor jo'rayev o'zining ilmiy ilmiy tadqiqiqot ishini yakunlab PhD ilmiy darajasini oldi. Bugungi kunda Axror Ismoilov tomonidan "Aholini zilzilaga tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish" mavzusi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishi olib borilmoqda. Bu ilmiy ish oraqlai aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin axoloini xarakatlantirish masalasi dolzarb masala sifatida qo'yilganligi bilan axamiyatlidir. Albatta zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin qayday xarakatlanish eng muhim omil hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aholini zilzilaga tayyorlashda bu kabi platformalarning o'rni beqiyosdir. Bundan ko'zlangan maqsad aholining zilzila bo'yicha bilim ko'nikma va malakalarini rivojlantirishdir. Yetarlicha bilimga hamda ma'lumotga ega bo'lgan fuqaro o'zining va yaqinlarining xavfsizligi uchun eng to'g'ri yo'lni va to'g'ri qaror qabul qilishni o'rganadi. Bu orqali jamiyat manfaatlariga muhim xissa

qo'shishga erishiladi. Birgina misol Tayvan davlatida joriy yilning 3 - aprel kuni 7.4 ballik zilzila sodir bo'ldi. Tayvan davlatida 1999 yilda 7.6 ballik zilzila sodir bo'lgan. Bunda juda ko'plab ijtimoy ob'yektlar, turli bino inshoatlar katta talofati va ko'plab insonlar xayotiga zomin bo'lgan edi. Tayvan davlatining zilzilabardoshlik va seysmika sohasi bo'yicha 25 yillik xarakati natijasi 2024 yildagi zilzila vaqtida o'zining samarasini ko'satdi. Ya'ni bino inshaotlar tavlofati va insonlarning xayotini asrab qolishda katta natija erishganini ko'rish mumkin. Tayvan davlatining asosiy e'tiborni zilzila vaqtida qanday xarakatlanishdan tortib, zilzilaga oid barcha bilimlarni maktabgacha, maktab, o'quv yurtlari va barcha qatlamdagi aholiga tushunchalar berishga qaratilganligi o'zining samarasini ko'rsatgani taxsinga loyiqligi bilan e'tirof etilmoqda. Aholini tayyorlash orqali barcha ko'ngilsizliklar, fojialar va talofatlarni minimallatirishga erishish mumkin. Olimlar davlat va jamiyat manfaati yo'lida barcha ilmlari va tajribalarini safarbar qilishga doim tayyordirlar.

ADABAIYOTLAR

1. Ордобаев Б.С. Инженерные методы по снижению сейсмического риска зданий и сооружений. https://cvberleninka.ru/article/n/inzhenernve-metodv-po-snizhenivu-seysmicheskogo-riska-zdaniy-i-sooruzheniv

2. Ibrakhim Mirzaeva, Elbek Kosimov. Automation of Seismodynamics Study of Spatial Systems of Underground Pipelines by Real Earthquake Records.

3. D. Bekmirzaev and I. Mirzaev, "Earthquake resistance assessment of buried pipelines of complex configuration based on records of real earthquakes," Soil Mechanics and Foundation Engineering 57, pp. 26-31 (2021).

4. E.A. Kosimov, I. Mirzaev and D.A. Bekmirzaev, "Comparison of the impacts of harmonic and seismic waves on an underground pipeline during the gazli earthquake," IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering , 1030, 012082 (2020).

5. W. Liu, Ch. Huang, Yu. Wang and P. Shi, "Seismic analysis of connections of buried continuous pipelines," Hindawi Advances in Civil Engineering , pp.20 (2020), http://doi.org/10.1155/2020/8839380.

6. L. Wei, Q. Sun, H. Miao and J. Li., "Nonlinear stochastic seismic analysis of buried pipeline systems," Soil Dynamics and Earthquake Engineering. 74, pp. 69-78 (2015).

7. Рашидов Т.Р., Сибукаев Ш.М. Сравнительный анализ моделей взаимодействия подземных сооружений с окружающим грунтом при сейсмических воздействиях. Ин-т механики и сейсмостойкости сооружений АН Руз. -Ташкент, 2011.- С.1-3.

8. Конструктивная сейсмобезопасность зданий и сооружений в сложных грунтовых условиях: препринт / под ред. Н.П. Абовского - Красноярск: Сибирский федеральный ун-т, 2009. -. 186 с.

9. Шабданов М.Д., Турганбаев О.М. Актуальные проблемы современного сейсмостойкого строительства высотных зданий в Кыргызской республике. Вестник КГУСТА, №3. -Бишкек, 2014.- С 50-55.

10. Хусомиддинов С.С. Актуальные проблемы современной сейсмологии.- Ташкент, 2016. -209 с.

11. Мухамедова С. Исследование сейсмостойкости трубопроводов из полимерных материалов / С. Мухамедова // Автореф. дис. канд. техн. наук. Ташкент, 1983.

12. Нишонов Н. А. Колебания подземных трубопроводов с переменными коэффициентами взаимодействия при сейсмических нагружениях / Н. А. Нишонов // Узб. журнал «Проблемы механики», 2013. №3-4, - С. 30-36.

13. Ye.S. Yegorova, A.V. Ioskevich, V.V. Ioskevich, K.N. Agishev, V.Yu. Kojevnikov., "Soil models implemented in scad office and plaxis 3d software packages," Construction of Unique Buildings and Structures , 3 (42) (2016).

14. Kahharov, A. A., & qizi Rahimova, G. E. (2021). Intensive Methods of Developing Students' Graphic Competencies in the Training of Competitive Personnel. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 7, 38-44.

15. Abdubannaevich, Q. A., & Ismoilovich, J. B. (2021). The Role and Importance of Graphic Sciences in the Training of Competitive Engineers. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 1, 55-62.

16. Abdubannaevich, K. A. (2019). Method of development of emergency descriptions of students in training scientific geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

17. Kahharov, A. A. Developing students' spatial imagination in the teaching the subject of "descriptive geometry and engineering graphics" with the help of modern computer graphics. In International congress on modern education and integration (Vol. 5).

18. Qahharov, A. A., Ismoilov, A. M., & Xamrayev, X. (2023). Yakka tartibdagi uy-joylarni loyihalashda zilzilabardoshligini ta'minlash uchun bino o 'lchamlari va grunt ma'lumotlariga asoslangan dasturiy ta'minot yaratish

19. Abdubannaevich Q. A. Texnika otm talabalarning grafik loyihalash kompetentsiyalarini rivojlantirishning intensiv usullari //Research Focus.-2023.-T. 2. - №. 1.- S. 274-279.

20. Kaxxarov A., Djurayeva D. Znachyeniye ximii v podgotovke kadrov v oblasti selskogo xozyaystva //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. - 2022. - T. 1. - №. 6. - S. 88-91.

21. Abdubannayevich Q. A. i dr. Seysmik hududlar xaqida ma'lumotlarni onlayn elektron xaritadan foydalanish avfzalliklari: seysmik hududlar xaqida ma'lumotlarni onlayn elektron xaritadan foydalanish avfzalliklari. - 2023.

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 5-son https://jurnal.qurilishtalim.uz/

40

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.