Научная статья на тему 'ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘I HUDUDIDA, DARAXT-BUTALARNING TABIIY TARQALISHIGA KO‘MAKALSHUVCHI TADBIRLAR'

ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘I HUDUDIDA, DARAXT-BUTALARNING TABIIY TARQALISHIGA KO‘MAKALSHUVCHI TADBIRLAR Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
92
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zarafshon / Chakanda / Tol / Qush jiyda / Zirk / Qizil do‘lana / dengiz satxi / tuqay.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Jurayev Javlon Mirzatillayevich, Eshmurod Jaxongir Boboqul O‘G‘Li

Maqolada Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida tabiiy tarqalgan Chakanda, Tol, Qush jiyda, Zirk, Qizil do‘lana kabi daraxt butalarning dengiz satxidan balandlik bo‘yicha tarqalishi, xozirgi kundagi holati va ularnig tarqalish areallari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Bunga ko‘ra sog‘om, yaxshi va zararlangan holati o‘rganilib, ularning yoshiga va morfologiyasiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘I HUDUDIDA, DARAXT-BUTALARNING TABIIY TARQALISHIGA KO‘MAKALSHUVCHI TADBIRLAR»

ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG'I HUDUDIDA, DARAXT-BUTALARNING TABIIY TARQALISHIGA KO'MAKALSHUVCHI TADBIRLAR 1Jurayev Javlon Mirzatillayevich 2Eshmurod Jaxongir Boboqul o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori

2Toshkent davlat agrar universiteti magistri 1j.m.jurayev@gmail.com +99897 770 39 20 https://doi.org/10.5281/zenodo.10078622 Annotatsiya. Maqolada Zarafshon milliy tabiat bog'i hududida tabiiy tarqalgan Chakanda, Tol, Qush jiyda, Zirk, Qizil do'lana kabi daraxt butalarning dengiz satxidan balandlik bo'yicha tarqalishi, xozirgi kundagi holati va ularnig tarqalish areallari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Bunga ko'ra sog'om, yaxshi va zararlangan holati o'rganilib, ularningyoshiga va morfologiyasiga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Zarafshon, Chakanda, Tol, Qush jiyda, Zirk, Qizil do'lana, dengiz satxi,

tuqay.

Аннотация. В статье представлена информация о распространении древесных кустарниковых пород, таких как Облепиха, Ива, барбарис, Красный Боярышник, произрастающих по высоте над уровнем моря и ареалах распространения в естественных условиях на территории Зеравшанского национального природного парка. В соответствии с этим изучаются здоровые, хорошие и поврежденные состояния деревьев, с акцентом на их возраст и морфологию.

Ключевые слова: Зерафшан, Облепиха, Ива, джийда, Барбарис, Красный боярышник, Облепиха, уровень моря, Тугаи

Abstract. The article provides information on the distribution of tree shrub species, such as Sea Buckthorn, Willow, Barberry, Red Hawthorn, growing in altitude above sea level and distribution areas in natural conditions on the territory of the Zeravshan National Natural Park. Accordingly, healthy, good and damaged states of trees are studied, with an emphasis on their age and morphology.

Keywords: Zerafshan, Sea buckthorn, Willow, dzhiida, Barberry, Red hawthorn, Sea buckthorn, sea level, Tugai

Kirish. O'zbekistonda tabiy landshaftlarning joylashuvi, o'simlik, hayvonot olamining turlari va ularning tarqalishi hamda tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib bir nechta hududlarga bo'linadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta'minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mо'ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo'linadi:

-davlat qo'riqxonalari;

-majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalari;

-tabiat bog'lari;

-davlat tabiat yodgorliklari;

-ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan hududlar;

-muhofaza etiladigan landshaftlar;

-ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlar.

O'zbekiston faunasida umurtqali hayvonlarning 600 dan ortiq turi, jumladan sut emizuvchilarning 97 turi, qushlarning 424 turi, sudralib yuruvchchchilarning 58 turi mavjud.

Respublikamizning markaziy mintaqasida joylashgan Zarafshon davlat milliy tabiat bog'i ham o'ziga xos flora va faunasiga ega.

Tadqiqot natijalari. Zarafshon milliy tabiat bogi Zarafshon daryosi vodiysidagi to'qay o'rmonlarining bioxilma-xilligini saqlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi 82-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Milliy tabiat bog'i Samarqand viloyatining janubiy-sharqiy qismida Jomboy va Bulung'ur tumanlari hududidan boshlanib, janubiy chegarasi Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.

Milliy tabiat bog'i maydoni 2352 gyektarni tashkil etadi va u daryoning o'ng qirg'og'i bo'ylab 47 km ga kengligi 300 dan 1500 metrgacha cho'zilgan. Milliy tabiat bog'ining o'rmonzorlar bilan qoplangan maydoni 868 gyektarni tashkil etadi.

Asosiy vazifasi to'qay o'simliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob, yo'qolib borayotgan o'simliklar va hayvonlar genofondini saqlash, o'rganish hamda tiklashdan iborat.

Milliy tabiat bog'i iqlim sharoitlari kontinental subtropiklarga xos bo'lib, havo harorati yozda +4° ga yetadi, qishda —27° gacha pasayadi. O'rtacha yillik yog'in miqdori 100—400 mm. O'simlik dunyosi terak, tol, jiyda, chakanda kabi daraxt, buta va o't to'qayzorlardan iborat.

Milliy tabiat bog'i hududida o'simliklarning 266, qushlarning 172, baliqlarning 8 turi uchraydi. Milliy tabiat bog'i zarafshon qirg'ovuli muhofaza qilinadi va uni kataklarda boqib ko'paytirish masalalari o'rganilgan.

Tadqiqotimiz davomida shu narsa ma'lum bo'ldiki, tanlagan hududimiz dengiz sathidan 700-750 m bo'lib, bu yerda asosiy turlardan chakanda, tangachasimon zirk, qush jiyda, tol, qizil do'lana, yulg'un kabi turlar uchrashi aniqlandi.

1-jadval. Zarafshon milliy bog'ida tarqalgan asosiy daraxt va buta turlari.

№ Joylashgan j°yi Daraxt-buta turlari O'rtacha yoshi D sm H m yashovchanligi

1-4 1.5 0.80 Sog'lom

1 DS 750 Chakanda 5-10 3.0 1.70 Sog'lom

11-17 6.0 2.20 Sog'lom

18-25 11.0 3.00 yaxshi

1-4 1.7 1.20 Sog'lom

2 DS 750 Tol 5-10 10.0 2.5 Sog'lom

11-17 19.0 3.20 yaxshi

18-25 17.0 3.00 Zararlangan

1-4 2.0 1.00 Sog'lom

3 DS 750 Qush jiyda 5-10 8.0 2.30 Sog'lom

11-17 14.0 5.20 Sog'lom

18-25 20.0 6.00 yaxshi

1-4 0.7 0.80 Sog'lom

4 DS 750 Zirk 5-10 1.0 1.00 Sog'lom

11-17 1.50 1.90 yaxshi

18-25 2.0 2.20 Zararlangan

5 DS 750 1-4 1.3 1.40 Sog'lom

Qizil do'lana 5-10 2.7 1.80 Sog'lom

11-17 5.0 2.30 Sog'lom

18-25 10.0 2.60 yaxshi

Xulosa. Tadqiqotlarimiz xulosasiga ko'ra, yer osti suvlari ushbu hududdagi o'simliklar hayotining asosiy manbaiy hisoblanadi. Yer osti suvlari o'simlik ildizlari yetib boradigan chuqurlikda paydo bo'lganda, bu yerda boy ko'p qatlamli to'qay o'simliklari rivojlanganligi, hayvonot olami uchun muhim ozuqa va yashash muhiti shakllanganligi kuzatildi.

Mazkur hududda yer yuzining boshqa hech qayerda uchramaydigan o'ziga xos 207 turdagi to'qay o'simliklari mavjud bo'lib, ushbu o'simliklar faqat shu yerdagina o'sib rivojlangan.

Olib borilgan tadqiqotlarimiz va "Zarafshon" milliy tabiat bog'i faoliyati misolida inson va tabiat uyg'unligini ta'minlashga erishish jarayonini va hatto yuqorida ko'rastilgan turlarni saqlab qolish xamda ularni sanitar holatini yaxshilashga bo'lgan e'tiborni ko'rishimiz mumkin.

To'qay o'simliklarining o'ziga xos xususiyati maxsus gidrotermal sharoitlarda (yozning yuqori harorati, o'rtacha yoki mo'l namlik) rivojlanish qobilyatiga egaligidir. Maxsus yashash sharoitlari o'ziga xos biologik xususiyatlari bilan hayot shakllarini tanlashga yordam berishini inobatga olib, kuchli rivojlangan ildiz tizimiga ega, suv toshqini va loyqalanishga moslashgan, ko'p pog'onali ildiz tizimini rivojlantirishga qodir bo'gan turlarni ko'payishi uchun ko'maklashuvchi tadbirlar olib borish zarur.

REFERENCES

1. Бердиев Э. Т., Холмуротов М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса: Международная научнопрактическая конференция, посвященная. - 2018. - Т. 70. - С. 130-135.

2. Жураев Ж. М., Холмуротов М. З., Халилова К. А. Биоэкологические особенности софоры японской и значение её в пчеловодстве //Новая наука: теоретический и практический взгляд. Материалы международной научно-практической конференции.

- 2020. - Т. 30. - С. 104-107.

3. Жураев Ж. М., Холмуротов М. З., Халилова К. А. К. Биоморфологические свойства семян медоносной липы //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 32-36.

4. Махкамов Т. Х. О сообществах класса Artemisietea vulgaris в г. Ташкента //ББК 60 И 66.

- 2020. - С. 200.

5. Тухтаев, Б. Ё., Махкамов, Т. Х., Тулаганов, А. А., Маматкаримов, А. И., Махмудов, А. В., & Аллаяров, М. У. Доривор ва озукабоп усимликлар плантацияларини ташкил килиш ва хом ашесини тайерлаш буйича йурикнома. - Тошкент, 2015. - С. 3-5.

6. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 244. - С. 02050.

7. Mahkamov T. H., Temirov E. E., Erdonov S. B. Taxonomic analysis of ruderal flora of Fergana Valley (part of Uzbekistan) //Europaische Fachhochschule. - 2015. - №. 8. - С. 6-8.

8. Tayjanov, K., Khojimatov, O., Gafforov, Y., Makhkamov, T., Normakhamatov, N., & Bussmann, R. W. (2021). Plants and fungi in the ethnomedicine of the medieval East-a review. Ethnobotany Research and Applications, 22, 1-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.