Научная статья на тему 'CHOTQOL BIOSFERA QO‘RIQXONASI ELEMENTAR LANDSHAFTLARI TO‘G‘RISIDA'

CHOTQOL BIOSFERA QO‘RIQXONASI ELEMENTAR LANDSHAFTLARI TO‘G‘RISIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
181
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chotqol / qo‘riqxona / tuproq / fauna / flora / reylef

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mamadaliyev Alijon, Abdusattorova Orzugul

Ushbu maqola Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining tashkil etilishi, uning reylefi, fauna va florasi, kamyob turlarga boy ekanligi, tuproqlari va qo‘riqxona muhofazaga muhtojligi haqida yozilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOTQOL BIOSFERA QO‘RIQXONASI ELEMENTAR LANDSHAFTLARI TO‘G‘RISIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

CHOTQOL BIOSFERA QO'RIQXONASI ELEMENTAR LANDSHAFTLARI

TO'G'RISIDA 1Mamadaliyev Alijon, 2Abdusattorova Orzugul

1Farg'ona davlat universiteti magistrantlari

2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8004016 Annotatsiya. Ushbu maqola Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasining tashkil etilishi, uning reylefi, fauna va florasi, kamyob turlarga boy ekanligi, tuproqlari va qo'riqxona muhofazaga muhtojligi haqida yozilgan.

Kalitso'zlar: Chotqol, qo'riqxona, tuproq, fauna, flora, reylef,

"Chotqol davlat biosfera" qo'riqxonasi Ugam-Chotqol milliy bog'ining janubida joylashgan. Qo'riqxona 45 ming gektarni o'z ichiga oladi va ikki qismdan ya'ni Boshqizilsoy va Maydontol iborat. Chotqolning janubiy yonbag'irlarida 1000-3247 m balandlikda

Boshqizilsoy, shimoliy yon bag'irlari va muzliklarda 1200-3800 m balandlikda Maydontol joylashgan.

Chotqol qo'riqxonasi hozirda tuproq iqlimli sharoitiga bog'liq ravishda g'orlari va sharsharalari bilan ajralib turadi. Chotqol biosfera qo'riqxonasining shimoliy yon bag'irlarida Teraksoy qirg'og'ida joylashgan Qorasuv tepaligi qoyalarida qadimgi g'or rasmlari va qadimgi yozuvlarini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, Chotqol qo'riqxonasi o'ziga xos ornitologik tabiatga ega.

Chotqol biosfera qo'riqxonasi - Toshkent viloyati Parkent tumani Chatqol tog' tizmalarining janubig'arbiy qismida joylashgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 21-iyundagi qarori bilan Chatqol qo'riqxonasi (1947) negizida Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etilishi munosabati bilan Chatqol janubiy qismida alohida qo'riqlanadigan hudud shaklida ajratilgan. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan muhofaza etiladi.

G'arbiy Tyanshandagi kamayib borayotgan fauna va florasi, hamda o'ziga xos bo'lgan qushlarini o'rganish, ularni saqlash va yo'q bo'lib ketishini oldini olish maqsadlarida ishlar olib boriladi.

Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra qo'riqxona 9900 ga. maydonni egallaydi. Qo'riqxona hududining sharqiy qismi deyarli Namangan viloyatiga, janubi-g'arbiy qismi Ohangaron tumanidagi tog'li hududlariga yaqin joylashadi. Relyefi bir necha xil balandliklarga ega: 1100 m dan 4000 m gacha, tik qiyaliklar va qoyali cho'qqilardan iborat. 1000-1500 m balandlikdagi reyleflarida tog' jigarrang o'rmon dasht zonasiga kiruvchi lyosslar hamda tosh-shag'allar ustida shakllangan tuproqlar mavjud bo'lib ular orasida zona uchun xos bo'lgan botqoq o'tloqi, torfli botqoq tuproqlari shakllangan. Buloqlar atrofida gidromorf va yarim-gidromorf tuproqlar shakllangan va qor to'plamlarini yoz oylarida ham ko'rish mumkin[1].

Iqlimiga keladigan bo'lsak kontinental, yanvar oyida harorat o'rtacha 7°C , iyul oyida 23-25°C, yillik yog'ingarchilik miqdori 700-800 mm ni tashkil qiladi. Qo'riqxona hududida Boshqizilsoy, Shovvasoylar bor bo'lib, ular asosiy suv havzalari hisoblanadi. Qo'riqxonada o'simlik turlari juda xilma-xil bo'lib, 1300 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Shu jumladan, dorivor o'simliklar asosiy qismni egallaydi. Tog' yon bag'irlari 40 dan ortiq daraxtlar va butalardan tashkil topgan. Asosiy daraxtlari qora archa, tol, yong'oq, terak, savur archa, chetan, pista, qayin,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

do'lana, zirk, tog' olcha, yovvoyi olma va boshqalar. Hayvonot dunyosi esa 30 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Shu jumladan, qobon (yovvoyi cho'chqa), tog' qoploni, tog' echkisi, qo'ng'ir ayiq, bo'rsiq, tulki, yelik va boshqalar misol bo'la oladi. Qo'riqxona qushlarning xilma-xilligiga juda boy va 140 dan ortiq qushlardan iborat. Misol uchun qora laylak, bedana, qumri, qirg'iy, kaklik. Umurtqasizlardan 19 ga yaqin turlar uchraydi. G'arbiy Tyanshanda kamyob o'simlik va hayvonot turlari yetarli darajada ko'p bo'lib, shular ya'ni o'simliklarning 33 turi, hayvonlarning 3 turi, qushlarning 4 turi Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasida uchraydi. Qo'riqxonada hozirda o'simliklarning aurasi tiklanib, hayvon va qushlar soni sekin-asta ko'paymoqda

Muhofaza maqomiga kelsak, qo'riqxonalar - tabiat ob'ektlari va majmualarini qat'iy muhofaza qilish rejimiga ega bo'lgan, tipik ekologik tizimlarni, o'simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash va o'rganish uchun mo'ljallangan davlat ahamiyatiga molik qo'riqlanadigan tabiiy hududlar. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining tasnifiga muvofiq 1a toifasi - alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga kiritilgan bo'lib, Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish to'g'risida.

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent viloyatining alohida ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga molik tabiiy obyektlarini keyinchalik saqlab qolish, tabiiy resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, Toshkent viloyatining Bo'stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo'riqxona tashkil etilganligi va u doimiy foydalanish huquqi bilan «O'zbekiston temir yo'llari» AJga berilganligi ma'lumot uchun qabul qilingan va Toshkent viloyatining Bo'stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo'riqxona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar bo'lgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati (keyingi o'rinlarda davlat biosfera rezervati deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etilgan bo'lib, u quyidagi obyektlarni qamrab oladi. [3]

Obyektlar ro'yxati [3]

Kontur zonalari Hududlar nomi Berilayotgan tabiatni muhofaza qilish obyektlari Maydoni, Ga

1. Parkent tumani «Parkent» o'rmon xo'jaligining 1-uchastkasi 9 207,7

2. «Changi» massivi hududi 401,31

3. «Gulbog'» massivi hududi 44,0

4. «Parkent» o'rmon xo'jaligining 2-uchastkasi 7 785,3

5. Kon melioratsiyasi sinov punkti 1 066,0

6. Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasining Boshqizilsoy uchastkasi* 11 018,0

7. «Parkent» o'rmon xo'jaligining 3-uchastkasi 641,0

8. «Parkent» o'rmon xo'jaligining 1-uchastkasi 1 433,5

9. Bo'stonliq tumani «Burchmulla» o'rmon xo'jaligi 256,0

10. Ohangaron tumani «Shovvozsoy» o'rmon xo'jaligi 11 100,0

Jami 42 952,81

Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati hududida ilmiy-tadqiqot faolyati va atrof tabiiy muhit monitoringi ishlaridan tashqari har qanday faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlanadi. Bu holat "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi bilan ifodalangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Qo'riqxona obyektlari quyidagicha joylashgan [3]

Chotqol biosfera qo'riqxonasi karta-sxemasi quyidagicha tasvirlanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biosfera qo'riqxonlariga e'tiborni kuchaytirish va ularni muhofaza e'tish kelgusi avlodga sog'lom holatda yetkazish bizning vazifalarimiz qatoridan joy olmog'i darkor. Ayniqsa u yerdagi qizil kitobga kiritilishi lozim bo'lgan tuproqlarni eroziyadan asrash katta ilmiy ahamiyat kasb etadi, chunki solishtirma-geografik, geokimyoviy, biogeokimyoviy tadqiqotlar uchun bu holat alohida ilmiy ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi.

2. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 maydagi 367-son qarori.

3. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.05.2018 y., 09/18/367/1237-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

4. 4 Юлдашев Г.Ю., Хайдаров М.М ИЗМЕНЕНИЕ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ И АГРОХИМИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ТЕМНЫХ СЕРОЗЕМОВ ЧАТКАЛЬСКОГО ХРЕБТА НАУЧНОЕ ОБОЗРЕНИЕ № 3, 2019 с. 42-46.

5. https://eco.gov.uz/en/ site/news?id=2162

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.