Научная статья на тему 'TURKISTON TOG‘ TIZMASI SHIMOLIY-G‘ARBIY QISMIDA TARQALGAN FANEROFIT O‘SIMLIKLAR'

TURKISTON TOG‘ TIZMASI SHIMOLIY-G‘ARBIY QISMIDA TARQALGAN FANEROFIT O‘SIMLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
231
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fanerofit / hamefit / gemikriptofit / kriptofit / terofit / Raunkier metodi / Serebryakov metodi. / фанерофит / хамефит / гемикриптофит / криптофит / терофит / метод Раункиера / метод Серебрякова.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Muzaffarova Sarviniso Rasulmuhammad Qizi

Mazkur maqolada Turkiston tog‘ tizmasi shimoliy-g‘arbiy qismida tarqalgan fanerofit o‘simliklar va ularning taksonomik guruhlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФАНЕРОФИТНЫЕ РАСТЕНИЯ, РАСПРОСТРАНЕННЫЕ В СЕВЕРО-ЗАПАДНОЙ ЧАСТИ ГОРНОЙ ХРЕБТЫ ТУРЦИИ

В статье представлены сведения о растениях-фанерофитах и их таксономических группах, распространенных в северо-западной части Туркестанского хребта.

Текст научной работы на тему «TURKISTON TOG‘ TIZMASI SHIMOLIY-G‘ARBIY QISMIDA TARQALGAN FANEROFIT O‘SIMLIKLAR»

TURKISTON TOG' TIZMASI SHIMOLIY-G'ARBIY QISMIDA TARQALGAN

FANEROFIT O'SIMLIKLAR Muzaffarova Sarviniso Rasulmuhammad qizi

JDPU 2-kurs magistranti sarvinisomuzaffarova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7551917

Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiston tog' tizmasi shimoliy-g'arbiy qismida tarqalgan fanerofit o'simliklar va ularning taksonomik guruhlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Fanerofit, hamefit, gemikriptofit, kriptofit, terofit, Raunkier metodi, Serebryakov metodi.

ФАНЕРОФИТНЫЕ РАСТЕНИЯ, РАСПРОСТРАНЕННЫЕ В СЕВЕРОЗАПАДНОЙ ЧАСТИ ГОРНОЙ ХРЕБТЫ ТУРЦИИ

Аннотация: В статье представлены сведения о растениях-фанерофитах и их таксономических группах, распространенных в северо-западной части Туркестанского хребта.

Ключевые слова: фанерофит, хамефит, гемикриптофит, криптофит, терофит, метод Раункиера, метод Серебрякова.

PHANEROPHYTE PLANTS DISTRIBUTE IN THE NORTHWESTERN MOUNTAIN RANGE OF TURKEY

Annotation: The article presents information about phanerophyte plants and their taxonomic groups, common in the northwestern part of the Turkestan Range.

Key words: fanerophyte, chamephyte, hemicryptophyte, cryptophyte, therophyte, Raunkier's method, Serebryakov's method.

KIRISH

Sintetik kimyoning jadal rivojlanishi va aksaryat dori-darmonlarning kimyoviy yo'l bilan tayyorlanishiga qaramasdan 45% shifobaxsh pereparatlar shifobaxsh o'simliklardan tayyorlanadi, shulardan 80% yurak qon-tomir sistemasi dorilaridir. Sintez yo'li bilan olingan har bir kimyoviy shifobaxsh perparatlarni uzoq vaqt mobaynida uzluksiz ravishda qabul qilish inson organizmida turli noxush o'zgarishlarning, ayniqsa, keying vaqtda allergik kasalliklarning ko'payib ketishiga sabab bo'lmoqda. O'simliklar esa inson organizmida sintetik dori vositalariga qaraganda bo'lakcha ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun shifobahsh o'simliklarga va ulardan olinadigan dorilar fitopreparatlarga bo'lgan talab va ehtiyoj nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda ortib bormoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Iste'molbop turlar - mevalari to'g'ridan-to'g'ri yoki ishlov berib oziq-ovqatga ishlatiladigan turlar:

Zirklar (Berberis oblonga, B.integerrima, B.nummularia) ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi, dorivorlik xususiyatiga ham ega butalar.

Bex, kirpio'tlar (Acantholimon albertii, A.pskemense, A.ekaterinae) asosan

Tut (Morus nigra) mevasi iste'mol qilinadigan daraxt. Dorivor, qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi.

Pochaqirqar (Hulthemia persica) vitaminlarga boy, dorivor buta.

Olxo'ri (Prunus divaricata, P.sogdiana, P.mirabilis) mevasi iste'mol qilinadigan dorivor daraxt yoki yirik buta.

Dorivorbop turlar xalq tabobatida ishlatiladi:

Qizilcha (Ephedra gerardiana, E.equisetum, E.fedtschenkoae, E.regeliana) dorivor buta va butachalar.

Archa (Juniperus polycarpos var.zerawschanica, J.pseudosabina) dorivor, efirmoyli daraxtlar.

Qayin (Betula pendula, B.tianschanica) dorivor, qurilishbop daraxt.

Teraklar (Populus nigra) dorivor va qurilishbop daraxtlar.

Ayiq murut (Pyrus regelii) dorivor daraxt.

Qizil do'lana (Crataegus turkestanica) guli va mevasi dorivorlik xususiyatiga ega yirik buta yoki daraxt.

Na'matak (Rosa, Milliy bog'da 4 ta turi o'sadi) barchasi dorivorlik xususiyatiga ega

butalar.

Mana shulardan ayrimlari O'zR FA Botanika instituti xodimlari O'zbekistonda tabiatda o'sadigan, madaniy hamda chet ellardan olib kelingan dorivor o'simliklarning bio-ekologik xususiyatlari, zahiralari, ko'paytirish metodlari va xalq ulardan ilmiy tabobatda foydalanishi kabi masalalar ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Tirik organizm uchun sog'liqdan muhim baxt yo'q. Salomatlik ko'p jihatdan diyorimizda o'sayotgan tabiiy durdonalarga - o'simliklar dunyosiga bog'liq. Shunday ekan, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza qilish ishiga o'zimizning munosib xissamizni qo'shaylik. Ulardan kelajak avlodlarimiz ham bahramand bo'lishsinlar.

Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turlar.

Archa (Juniperus polycarpos var. zerawschanica, J.pseudosabina, J. semiglobosa) mustahkam yog'ochli qurilishda ishlatiladigan daraxtlar.

Chinor (Platanus orientalis) mebel sanoatida ishlatiladigan daraxt.

Qayin (Betula.tianschanica) qurilishda ishlatiladigan dorivor va manzarali daraxt.

Terak (Populus afganica, P.alba, P.nigra) qurilishda ishlatiladigan dorivor daraxtlar.

Manzarali o'simliklar.

Singren (Atrophaxis - 2 ta tur) - barcha turlari (2 ta) gullagan va mevasi pishgan paytda ajoyib manzara baxsh etadigan va dorivor butalar.

Kirpio't (Acantholimon - 5 ta tur) - gullagan paytida chiroyli manzara xosil qiladigan buta.

Qayin (Betula pendula, B.tianschanica) - manzarali, qurilishbop va dorivor daraxt.

Tol (Salix linearifolia, S.olgae, S.tenuijulis, S.wilhelmsiana) - manzarali va savatlar uchun ishlatiladigan turlar.

Binobarin, xalq tabobatida turli xastaliklarga qarshi tabiat in'om etgan giyohlardan foydalanish bizga qadimdan ma'lum. Zero, o'simlik dunyosini insonlar tomonidan qo'llash ko'p asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib, takomillashib kelgan va ular hozir olimlar tamonidan to'ldirildi va amliyotda asoslab berildi. Xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda shifobaxsh o'simliklardan har xil kasalliklarni davolashda keng foydalaniladi. Bulardan ko'plari madaniylashtirib, alohida yer maydonlarida, plantatsiyalarda ekilib, parvarish qilib ko'paytirilmoqda. Ularning ko'pchiligi yovvoyi holda o'tloqlarda, tog' yonbag'irlarida, qir-adirlarda, jarlarda, temir yo'l-yoqalarida, ariq-daryo bo'ylarida, ekinzor va polizlarda beor o'sadilar. Dorivor o'simliklari 440 turni tashkil qilib, 209 avlod va 63 oilaga kiradi. Ularning ko'pchiligini, 96,2 % ini yopiq urug'lilar va 3,8 %inigina ochiq urug'lilar tashkil qiladi. Dorivor o'simliklar mazkur hududdagi umumiyfloraning 29,20 % ini tashkil qiladi, ya'ni ularning salmog'i ancha yuqori.

TADQIQOT NATIJALARI

Jadval №1

Dorivor o'simliklarning taksonomik guruhlari

Bo'limlar Miqdori Dorivor turlarga Umumiy floraga

Oila Avlod Tur nisbatan (%) nisbatan (%)

Qirqbo'gimlar 1 1 2 0,26 0,01

Paporotniklar 1 1 2 0,50 0,02

Ochiq urug'lilar 1 1 3 0,76 0,2

Yopiq urug'lilar 60 237 389 98,48 28,80

Bir pallalilar 7 8 15 3,80 1,11

Ikki pallalilar 53 232 380 96,20 28,09

Jami 62 194 340 100 29,20

Dorivor o'simliklarning floristik hilma-hilligi 1-jadvalda keltirilgan. Undan ko'rinib turibdiki, tadqiq qilingan havza, ya'ni nisbatan uncha katta bo'lmagan hududnihoyatda boy va hilma-hil dorivor o'simliklarga ega.

Dorivor o'simliklarning tur tarkibi va areallarini tahlil qilib ko'rsak, bu qonuniyatlar, hududimizdagi umumiy o'simliklar qonuniyatlariga to'g'ri keladi. Eng ko'p turlar boshqa guruh o'simliklarga xos, ya'ni yopiq urug'lilar vakillari hisoblanadi. Ochiq urug'li guruh vakillari esa uncha ko'p sonni tashkil etmaydi. Umumiy turlar vaturkumlarni olganimizda, ular ham O'rta Osiyoning boshqa hududlari o'simliklariga yaqin. O'rta Osiyo regioni bo'yicha turlarga boy oilalar quyidagilar Fabaceae, Rosaceae, Brassicaceae, Lamiaceae, Ranunculaceae va boshqalar. Bizning hududimizda qayd etilgan va turlarga boy oilalar kam, taxminan yuqoridagilar. Ular bir-birlaridan ozroq tur sonlari bilangina farq qiladilar.

Jadval №2

Dorivor o'simliklarning eng katta turkumlari

№ Avlod Tur soni % hisobida

1 Ploygonum L. 9 2,27

2 Potentilla L. 7 1,72

3 Rosa L. 7 1,72

4 Geranium L. 6 1,51

5 Taraxacum Wigg 6 1,51

6 Inula L. 6 1,51

7 Veronica L. 5 1,26

8 Convolvulus L. 5 1,26

9 Ferula L. 5 1,26

10 Allium L. 5 1,26

11 Dracocephalum L. 4 1,02

12 Ziziphora L. 4 1,02

13 Lepidium L. 4 1,02

14 Artemisia L. 4 1,02

Jami 77 19,49

Quyida dorivor o'simliklarning eng katta turkumlari keltirilgan (jadval №2). Ko'rinib turibdiki, birinchi o'rinda Polygonum avlodi turibdi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarda Potentilla ham

Rosa. Keyingi o'rinlarda bittadan tur conlari bilan farq qilganholda Geranium, Taraxacum, Inula, Veronica, Allium, Ziziphora va boshqalar. Yuqorida keltirilgan 15 turkum 82 turni birlashtirib, umumiy dorivor floramizni20,75% ini tashkil qiladi. Agar eng katta dorivor o'simlik oilalari O'rta Osiyoning umumiy florasiga mos kelsa, turkumlar esa bundan farq qilinishini bilamiz. Bu borada eng katta turkumlarni odatda Astragalus, Cousinia, Ferula, Salsola, Oxitropis, Allium, Carex, Artemisia va boshqalar hisoblanadilar.

Hududimizdagi mavjud dorivor o'simliklarimizni areallari va tabiiy zahiralarini tahlil qilishda, albatta ularni tarqalishini, ko'p-ozligini hisobga olish kerak. Shularga asoslangan holda biz ularni 5 ta guruhga bo'ldik.

1. Eng ko'p tarqalgan va sanoat miqyosida ularni tayyorlash imkoniyati borbo'lgan o'simliklar.

2. Tarqalishi o'rtacha va tabiiy zahiralari nisbatan qoniqarli bo'lgan turlar.

3. Kam holda tarqalgan, zahiralari ham oz miqdorda bo'lgan turlar.

4. O'zbekistonning "Qizil kitobiga " kiritilgan turlar.

5. Kelgusida madaniylashtirilishi zarur bo'lgan o'simliklar.

Dorivor o'simliklarni har taraflama tasniflashda, ularni tabiiy muhitga moslanish xususiyatlari ham hisobga olinadi. O'simliklarni sharoitga moslanish belgilari asosida,ular har xil hayotiy shakllarga bo'linadi. Varming va Raunkier sistemalalari, bulardan tashqari evolyusion morfologiya bo'yicha yirik mutaxassis I.G.Serebryakovning (1962) ham maxsus sistemalari mavjud. Biz o'z ishimizda I.G.Serebryakov sistemasiniancha soddalashtirgan holda qabul qilamiz. (5-jadval). Undan ma'lum bo'lishicha o'simliklarning 10 xil hayotiy shakllarga ajratilgan. Ulardan daraxtlar 15 turni tashkil etadi va umumiy o'simliklar 3,80 % ini tashkil etadi. Ular orasida keng tarqalgan va edifikator hisoblangan archaning uch turi, mahalliy tol, terak, yong'oq, oq qayin, temir daraxti, yovvoyi olma, zarang va boshqalar alohida o'rinda turadi. Butalar ham, odatda keng tarqalgan va ma'lum turlardan iborat: na'matak, zirk, bodom, do'lana turkumlarining barcha turlari, hamda pista, itjumrut, chakanda, hammasi bo'lib 28 ta butalar turlari qayd qilingan, ular dorivor o'simliklar 7,08 % ni tashkil etadi. Dorivor turlar orasida eng ko'pini ko'p yillik o'tchil o'simliklar tashkil qiladi, ularning soni 216ta bo'lib, 54,68 % ni tashkil qiladi. Bulardan tashqari bir yillik (104 ta-26,33%) va ikkiyilllik (17 ta-4,31 %) va boshqalar mavjud.

Jadval №3 Dorivor o'simliklarining hayotiy shakllari

№ Hayotiy shakllari Shartli belgilari Miqdori % xisobida

1 Daraxtlar Dar. 15 3,8%

2 Butalar But. 28 7,08%

3 Yarimbuta Yarb. 2 0,5%

4 Chalabuta Ch alb. 4 1,02%

5 Liana Lia. 1 0,25%

6 Paporotnik Pap. 3 0,76%

7 Ko'p yillik (polikarpik) Ko'p p. 171 54,68%

8 Ikki yillik Ikki y. 17 4,3%

9 Bir yillik Bir y. 94 26,33%

10 Bir yillik (parazit) Bir p. 5 1,27%

Jami: 340 100%

O'simliklar hayotiy shakllarining Raunkier sistemasi ancha sodda va oson bo'lib,u 5 ta tipdan iborat (jadval 4). Ushbu sistema bo'yicha dorivor o'simlik turlariquyidagicha joylashadi: fanerofitlar (ya'ni daraxtlar) 15 turdan iborat. Ushbu sistema bo'yicha barcha yarimbuta, chalabuta va butalar bitta katta guruhga (butalar) bo'linadi,qaysiki ular 34 turdan iborat. Eng ko'p turlarimiz ilgarigi sistemadagidan ko'p yillik o'tchil o'simliklar tipiga kiradi (gemikriptofitlar, ya'ni ular 226 turdan iborat (57,22%). Kriptofitlar guruhiga (2,78 %) va terofitlarga 109 (27,6 %) kiradi.

Jadval №4 O'simliklarining K.Raunkier sistemasi bo'yicha hayotiy shakllari

№ Hayotiy shakllar O'simliklar soni %

1 Fanerofitlar 15 3,79

2 Hamefitlar 34 8,61

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3 Gemikriptofitlar 226 57,22

5 Terofitlar 109 27,60

Jami 340 100%

Oilalar bo'yicha turlar bir hil tarqalmagan. Turlarning ko'pligi jihatidan Brassicaceae oilasi birinchi o'rinni egallaydi, oilaga 40 ta tur mansub bo'lib, dorivor o'simliklarning 10,12 % ini tashkil qiladi. Ikkinchi o'rinda Lamiaceae 33 tur- 8,35 %,va uchinchi o'rinda Rosaceae 31 tur-7,84 %. Eng ko'p vakillarga ega bo'lgan oilalar №5 jadvalda keltirilgan.

Jadval №5

Eng ko'p turlarga ega bo'lgan o'simlik oilalari

№ Oilalar Avlod Tur % sifatida

1 Rosaceae 21 42 9,5

2 Lamiaceae 22 38 8,6

3 Asteraceae 20 39 8,9

4 Fabaceae 21 34 7,7

5 Brassicaceae 21 27 6,1

6 Apiaceae 19 26 5,9

7 Ranunculaceae 11 22 5

8 Scrophulariaceae 11 18 4,1

9 Chenopodiaceae 8 16 3,6

10 Boraginaceae 10 14 3,2

11 Polygonaceae 5 14 3,2

12 Caryophyllaceae 11 12 2,7

13 Rubiaceae 5 9 2,1

14 Malvaceae 5 7 1,6

15 Geraniaceae 2 8 1,8

16 Papaveraceae 4 7 1,6

17 Solanaceae 6 6 1,4

18 Liliaceae 4 5 1,1

19 Rutaceae 3 5 1,1

Jami 209 349 79,3

MUHOKAMA

Vodiy hududida keng tarqalgan shifobaxsh o'simlik turlaridan unumli va oqilona foydalanishni to'g'ri yo'lga qo'yish, ularning botanik xususiyatlari, geografik tarqalishi, qo'llanilishi, foydalanish muddatlari, kimyoviy tarkibi hamda shifobaxsh giyoh boyliklarini muhofaza etish yo'llarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, xalq tabobati va ilmiy tabobatda qo'llanilishi, turli xastaliklarni davolashda ishlatiladigan shifobaxsh giyohlardan oddiy va murakkab yig'malar tayyorlashni bilish ham muhim ahamiyatga egadir.

XULOSA

Shifobaxsh o'simliklar boyliklaridan foydalanishda o'simlik guruhlarining ekologik muvozanatiga ta'sir etmaslik uchun ularni yig'ishtirib olish va tayyorlash qoidalariga rioya qilish lozim. Muvozanat buzilmasa o'simliklar yo'qotgan massalarini oson va tez qayta tiklaydi. O'simliklar xom ashyolarni yig'ishtrishda turlarning biologik xususiyatlari hisobga olmasdan, oqilona foydalanmaslik, o'simlik turlari hamda boyliklarini qayta tiklashga juda katta ziyon keltiradi.

Ta'kidlash joizki, ayrim muhim va ahamiyatli turlardan choy o'ti, o'lmas o't, chakanda, parpi, sug'ur o'ti, hiyol kabilarni zahiralari juda kamayib ketgan. Shuni hisobiga olgan holda, mazkur turlarni madaniylashtirish zarur.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida" (yangi tahriri) 2016 yil 21 sentyabr, O'RQ-409-son. «Xalq so'zi» gazetasi 2016 yil 22 sentyabr 187 (6622)-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» 2019 yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni

3. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutk. - Toshkent: «Uzbekistan» NMIU, 2016. - 13 b.

4. A.L.DE Jussiei "Genera Plantarium" 1789. 252-253p

5. Хасанов Ф.О. Эсанкулов А.С., Тиркашева М.Б. Флора Зааминского государственного заповедника. - Ташкент: "REN-Poligraf", 2013. - 120 с.

6. Usmonov M. T. Cryptographic Protection of Information. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 24-26.

7. Usmonov M. T. Electronic Digital Signature. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 30-34.

8. Usmonov M. T. "Equal" And "Small" Relations. Add. Laws Of Addition. International Journal of Academic Information Systems Research (IJAISR) ISSN: 2643-9026 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 27-29.

9. Usmonov M. T. Establish Network Protection. International Journal of Academic Engineering Research (IJAER) ISSN: 2643-9085 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 14-21.

10. Usmonov M. T. Fundamentals of Symmetric Cryptosystem. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 36-40.

11. Usmonov M. T. General Concepts of Mathematics. International Journal of Academic Information Systems Research (IJAISR) ISSN: 2643-9026 Vol. 5 Issue 1, January -2021, Pages: 14-16.

12. Usmonov M. T. Identification and Authentication. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 39-47.

13. Usmonov M. T. Information Protection and Its Types. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 1-4.

14. Usmonov M. T. Information Protection in Wireless Communication Systems. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 61-64.

15. Usmonov M. T. Information protection supply. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 12-15.

16. Usmonov M. T. Information Security Policy. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 70-73.

17. Usmonov M. T. Information War. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 79-82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.