Научная статья на тему 'ZAMONAVIY ZARBLI CHOLG‘ULARDA IJROCHILIK MAHORATI ASOSLARI'

ZAMONAVIY ZARBLI CHOLG‘ULARDA IJROCHILIK MAHORATI ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
231
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
baraban / zarb / tayoqcha / usul / jaz / rok / ijrochi / shyotka

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Fayoz Azizov

Hozirgi kunda zarbli cholg‘ular juda xilma-xil bo‘lib, musiqaning ko‘pgina zamonaviy turlarida keng qo‘lanilib kelmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy zarbli cholg‘ulardan baraban to‘plamida ijro mahorati keng yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY ZARBLI CHOLG‘ULARDA IJROCHILIK MAHORATI ASOSLARI»

ZAMONAVIY ZARBLI CHOLG'ULARDA IJROCHILIK MAHORATI

ASOSLARI

Fayoz Azizov Qarshi davlat universiteti

Annotatsiya: Hozirgi kunda zarbli cholg'ular juda xilma-xil bo'lib, musiqaning ko'pgina zamonaviy turlarida keng qo'lanilib kelmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy zarbli cholg'ulardan baraban to'plamida ijro mahorati keng yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: baraban, zarb, tayoqcha, usul, jaz, rok, ijrochi, shyotka.

BASICS OF PERFORMANCE ON MODERN PERCUSSION INSTRUMENTS

Fayoz Azizov Karshi State University

Abstract: Today, percussion instruments are very diverse and are widely used in many modern types of music. This article details the skill of playing percussion instruments.

Keywords: drum, beat, stick, method, jazz, rock, performer, wire

Mavzuning dolzarbligi: "Innsonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi"1.

"Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda".

"Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o'ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san'atining ahamiyati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz"2.

O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yuqorida keltirilgan musiqa san'ati haqidagi ibora, fikr va mulohazalari mohiyatini jamiyatimiz a'zolarining barcha ziyolilar qatlami yaxshi anglab yetadi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan O'zbekiston Respublikasini 2017-20121-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi haqidagi farmoni imzolandi. Ushbu strategiyaning to'rtinchi ustivor yo'nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Unda Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish masalalari xususan, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat

1 Karimov I. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. 87-bet.

2 Karimov I. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. 88-bet.

bozorinining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash chora tadbirlarini ko'rish belgilab berildi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida esa beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Birinchi tashabbus aynan, yoshlarning musiqa va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

"O'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o'ta muhim ahamiyat kasb etadi"3.

Asosiy qism: Estrada musiqasi va uning ijrosiga erishish uchun, ushbu yo'nalishning asosi bo'lgan baraban hamda baraban to'plami ijro texnikasidan foydalanmasi erishib bo'lmaydi. Estrada musiqasida Barabanchining vazifasi guruhning asosiy musiqiy ritmini yaratishdir. Ritm bosh barabanning past ovozi va kichik barabanning baland, o'tkir tovushining almashinishiga asoslangan. Bu asosiy funktsiyadan tashqari, barabanchi ohangdagi asosiy urg'u va o'zgarishlarni ta'kidlaydi va bezatadi.

Barabanda ijro etishning asosiy usuli-zarb berish. Zarb berishning turlari juda xilma-xildir. Ularning farqlari hatto nomlarida ham ko'rinadi: ular bitta yuqori zarb, bitta pastki zarb, qo'sh bilak zarb, qo'sh barmoq zarb, yakka oyoq zarb, qo'sh oyoq zarb, kross tayoq zarb, uch marta zarb.

Zarb usulidan tashqari, yog'och tayoqchalarni ushlash holati turlari ham katta ahamiyatga ega. An'anaviy ushlashda o'ng qo'l odatda parallel tutqichdan foydalanadi (quyida tasvirlangan), chap qo'l esa tayoqchani kaftini yuqoriga qaratib, ko'rsatkich va nomsiz barmoqlar orasida ushlab turadi. Tayoqchalarni an'anaviy ushlash boshqa uslublarga qaraganda jazz musiqa ijrosida ko'proq mashhur, rok barabanchilar tomonidan ham qo'llaniladi.

Baraban tayoqchalari Baraban tayoqchalarini an'anaviy ushlash

holati

! Karimov I. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. 89-bet.

Baraban tayoqchalarini bunday tutib turish an'anaviy deb nomlanadi, chunki bunday ushlash harbiy barabanchilarning barabanni ko'tarib yurib ijro etishlaridan olingan. Baraban tasma orqali bo'yinga osib ko'tarib yuriladi. Ijro etish qulay bo'lishi uchun barabanni bir tomoni ikkinchi tomoniga nisbatan egilgan holatda osib yuriladi. Barabanni bu holatda osib ijro etish barabanchiga tizzalarini barabanga urmasdan yurib ijro (marsh) qilish imkonini beradi.

Tasma orqalai bo'yinga taqib ijro etish, harbiy barabanchilar Baraban tirgak (stoyka)da qo'yib ijro etilganda ham, ko'plab barabanchilar tayoqchalarni an'anaviy ushlash usulidan foydalanganda barabanlarini bir oz egib qo'yadilar. Baraban tayoqchasining pastki qismidan qo'lning ko'rsatkich va o'rta barmoqlari bilan o'ralgan holda tutib, bosh barmoq bilan yuqoridan mahkamlash orqali bajariladi. Tayoqchalarni bunday ushlash orqali zarb ijro etilganda tayoqchaning erkin harakatlanishi va sakrashiga (qaytishiga ) imkon beradi.

Baraban uchun tirgak (stoyka) Tirgak (stoyka)ga o'rnatilgan baraban

Tayoqchalarni ushlash holati shakllarining turlari ham mavjud: fransuzcha,

nemischa va boshqalar. Tayoqchalarni fransuzcha ushlashda qo'llarning kaftlari

to'g'ridan-to'g'ri bir-biriga yo'naltiriladi va tayoq bilaklar bilan emas, balki asosan

barmoqlar bilan harakatlantiriladi. Bu juda yuqori darajadagi murakkab usullarni ijro

etishni ta'minlaydi, shuning uchun ko'plab litavra ijrochilari tayoqchalarni

fransuzcha ushlashni afzal ko'radilar.

Tayoqchalarni fransuzcha ushlash holatida barmoq mushaklaridan foydalaniladi, bu tez ijro etiladigan 64 talikgacha cho'zimdagi zarblarni ham ijro etishga imkon beradi. Bundan tashqari, tarelkalarda tez sur'atda ijro etish uchun foydali bo'ladi.

Tayoqchani fransuzcha ushlash holati Tayoqchani nemischa ushlash holati Baraban tayoqchalarini nemischa ushlashda qo'llarning kaftlari baraban yuzasiga parallel bo'lib, tayoqcha asosan bilak bilan harakatlantiriladi. Baraban tayoqchalari 1963 yilgacha standartlashtirilmagan va barcha tayoqchalar turli uzunlikda, turli diametr va og'irliklarga ega edi. Muammo shunda ediki, ikkita bir xil juftlikdagi tayoqchani topishning iloji yo'q edi. Bu holat amerikalik tadbirkor va musiqachi Vik Fertga mos kelmadi. U bugungi kunda tayoqchalarning uzunligi, diametri va og'irligi bo'yicha o'ziga xos o'lchov, standart deb hisoblangan o'chamlarni muvaffaqiyatli joriy etdi.

Baraban tayoqchasi besh qismdan iborat: tayoqchaning bosh qismi-uning eng uchi bo'lib, kichik to'pcha (koptokcha)ga o'xshaydi (pastdagi suratda Наконечник); tayoqchaning bo'yincha qismi-bosh qismidan keyingi (Шейка) qismi; yelka qismi-to'liq ingichka qismidan to to'liq kengayishgacha bo'lgan qismi (плечо); tana qismi o'rta (тело) qismi; tayanch qismi-tayoqcha ushlab turiladigan bir xil diametrli qismi (Комель).

Строение барабанной палочки

Наконечник (Tip)

Плечо (Shoulder) 1

k__ ^anVii-i_|l pn-warrC ——--iL—

1 Комель (Butt) Шейка (Neck)

Тело (Body)

Baraban tayoqchasining qismlari Endi barabanda zarb zonalarini (qismlarini) ko'rib chiqamiz. Ular uchta:

1. Gumbaz-markaziy qavariq qismi (pastdagi suratda центр);

2. Markaziy ya'ni, ishchi qism-gumbazdan taxminan, yoki plastik qoplama chetidan 10 sm masofada (край);

3. Chekka-plastik qoplamaning tashqi chegarasi - urg'u berish uchun tayoqchalarning yelkasi bilan uriladigan (1/2 orasidagi 1/2) qismi.

Zarbli cholg'ularni ijro etishning asosiy ijro usullarini o'rganar ekanmiz, biz ularning rang-barangligi va tembr xususiyatlarining kengligini, ijroning murakkabligini ta'kidlab, ijro etish mahoratini mashg'ulotlarning dastlabki bosqichlarida to'g'ri tashkil etish kerakligini ta'kidlaymiz.

Gumbaz-markaziy qavariq qismi (центр) Plastik qoplama chekka qismi (Kpan)

Chekka-plastik qoplamaning tashqi chegarasi - urg'u berish uchun tayoqchalarning yelkasi bilan (1/2 orasidagi 1/2) uriladigan qismi Barabanchining "to'g'ri" joylashuvi (pozitsiyasi yoki postanovkasi). Ushbu joylashuv (postanovka) tananing va qo'llarning shunday holatini o'z ichiga oladiki, bunda barabanchining mushaklari ijro davomida kerakli harakatlarni bajarishda eng kam yukni oladi. Tananing to'g'ri pozitsiyasini olish uchun barabanchiga quyidagi vazifalar qo'yiladi:

1. O'rindiqning balandligini shunday balandlikka sozlash kerakki, ijrochining tos suyagi tizzadan taxminan 10-15 sm balandlikda bo'lishi lozim.

2. Ijrochi belining pastki qismini to'g'rilab olishi kerak-egilgan bel barabanchining chidamliligini ancha pasaytiradi.

3. Qo'llarning to'g'ri holatini olish uchun har qanday holatda tayoqchalarni ushlashingiz va qo'llaringizni pastga tushirishingiz, barcha bo'g'inlarni bo'shashtirishingiz kerak: yelkalar, tirsaklar, qo'llar; tirsaklaringizni oldinga taxminan 90 daraja egib oling; tayoqchalarning uchlarini barabanning o'rtasiga yo'naltiring.

Barabanchining ijrodagi holati

Baraban chalishning asosiy usullari "Yakka zarb" texnikasidir. Bu keng quloch bilan haqiqiy zarbaning o'zidan iborat harakatdir. Ushbu texnikani bajarish uchun qaysi ushlash holatini qo'llash muhim emas, tayoqchani har qaysi ushlash holatida ijro texnikasi bir xil bo'lib qoladi.

1. Barabanchining to'g'ri pozitsiyasini tanlash kerak.

2. Quloch ko'tarishda: tirsakni oldinga siljiting, shunda u elka darajasida yoki biroz pastroq bo'ladi (harakatni tirsak oldinga yoki orqaga ketadigan tarzda bajarish muhimdir), qo'l bo'shashishi, yelka parallel yoki deyarli bir xil holatda tutiladi.

3. Zarb: yelkangizni bo'shashtiring, buning natijasida tirsak dastlabki holatiga qaytadi. Shu holatda, bilak (kist) bilan harakat qilish kerak. Asosiy nuqta-bilak bo'g'imining maksimal bo'shashishiga qaratiladi-buning natijasida zarbning kuchli chiqishiga erishiladi.

4. Tayoqchani qaytishini qabul qilish. Qo'l asl holatiga qaytishi bilanoq, tayoqcha baraban yuzasiga uriladi, u yuzadan sakrab chiqadi, bu holatda eshitiladigan "uchtalik" tovushdan qochish kerak. Buni amalga oshirish uchun plastik qoplamaga tayoqchani tegizish paytida qo'l va barmoqlarni siqib qo'ymang, aksincha ularni bo'shashtiring, bu esa tayoqchani qaytish kuchini so'ndiradi. Harakat vaqtida tirsakning ancha murakkab, aylana harakatiga ega bo'lgan zarb berish texnikasini eslatib o'tish kerak. Bu zarb hozirda keng qo'llaniladi. Afsuski, bolalarni o'qitish jarayonida ushbu uslub amalda qo'llanilmaydi, bolaga ko'proq nazariy va texnik elementlarni o'rgatishga undaladi, bu esa bolaning musiqaga bo'lgan qiziqishini so'ndirishi mumkin.

Qo'sh (bilak) zarb texnikasi. Qo'sh zarb-bu bir harakatda 2ta zarb berishdir:

1. Yakka zarb.

2. Tebranish vaqtida, tirsak oldinga ketganda, biz tayoqchaning uchi bilan zarba berishimiz kerak (go'yo barmoq bilan biroz itarib yuborilgandek). Shu bilan birga, qo'lning umumiy harakati to'xtamaydi va ikkinchi zarb birinchi zarb bilan butunlay bir xil bo'ladi! Ikkinchi zarbning ovozi birinchisiga qaraganda bir oz tinchroq bo'ladi. Qo'sh bilak zarbning eng keng tarqalgani:

1-zarb tayoqchaning yelka qismi bilan tarelka (plastik qoplama)ning chetiga;

2-chisi ya'ni tayoqchaning bosh qismi tarelka (plastik qoplama)ning taxminan o'rtasiga tegadi. Ushbu uslub zarbli chaolg'ularni ijro etishda asosiy hisoblanadi va to'lqin effekti hamda dinamik harakatga erishishga yordam beradi.

Ikki marta (barmoq) zarb texnikasi. Ushbu zarb usulini baraban to'plamisiz tushunish qulayroq:

1. Baraban tayoqchasini nemischa ushlash holatidan foydalaniladi.

2. Ushbu ushlash holatini saqlab, qo'lingizni tirsagingizga qo'yasiz.

3. Barmoqlaringizni yuqoriga qaramaguncha asta-sekin ochishni boshlang. Tayoqcha bosh va o'rta barmoqlar tomonidan boshqariladi. Barmoqlar to'liq ochilganda, tayoqchaning uchi qo'lning yelka qismiga qarab turishi kerak (ko'rsatkich barmoq bosh barmoqning uchiga bog'lanadi, bu tayoqchning sirg'alib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Baraban chalayotganda bunday qilish shart emas).

Tayoqcha bosh va o'rta barmoq bilan panjalarni yopish boshqariladi 4. Panjalarni yoping, ya'ni: boshlang'ich (pozitsiya) holatga o'tish uchun siz ko'rsatkich barmoqdan boshlab, barmoqlaringizni birma-bir yopishingiz kerak. Shu bilan birga, tayoqchaning to'siqsiz harakatlanishini ta'minlash uchun to'rtala barmoq tekis joylashishi zarur. Ushbu elementni ishlab chiqqandan so'ng, siz uni barabanlarda o'zlashtirishga harakat qilishingiz mumkin. Uchinchi punktdagi yakka zarb usulini o'zlashtirib olgandan so'ng (blak) qo'sh zarbning asosiy nuqtasiga o'tamiz. Bunday holda, zarb kuchini so'ndirish shart emas, lekin tayoqchaning sakrashiga imkon beramiz. Shunda biz yuqorida ishlab chiqqan barmoqlarning bir xil ochilishi sodir bo'ladi. Asosiy element, biz tayoqchaning orqaga qaytishiga to'sqinlik qilmasligimiz kerak, barmoqlarni esa (ikkinchi) 2-zarbadan so'ng yopishimiz kerak.

Oyoq bilan zarb berish usuli. Oyoq bilan zarb berish usuli tamoyillari qo'lda zarb berish usullariga o'xshaydi, ammo o'ziga xos nyuanslarga ega. Avvalambor ijro holati (postanovka)ni to'g'ri qo'yib olish zarur. Bas barabanning sharsimon qalpoqchali pedallari sirtga nisbatan burchak ostida joylashgan. Oyoqlarimizni yerga parallel ravishda pedalga qo'yishimiz kerak.

Bas baraban pedali Pedalga oyoq qo'yish holati

Oyoq barmoqlarining egiluvchan qismiga urg'u berib, tovon yuzadan uzilgan holatda, pedalning urish vositasi plastik qoplamaning yuzasida joylashadi. Pedal moslama yetarli darajada mahkamlanadi. Eslatib o'tamiz, biz ushbu vazifani bajarish uchun minimal harakat qilishimiz, ya'ni to'g'ri muvozanatni topish zarur. Bu oyoq zarblarni bajarish uchun boshlang'ich (pozitsiya) holatdir.

Oyoqda yakka zarb. Oyoq bilan yakka zarb berish, prinsipial jihatdan qo'l bilan yakka zarb ijro etishga o'xshaydi:

1. Oyoqning asosiy holatidan, oyoq barmoqlarining egilishiga qadar tizzani bir darajaga ko'tarish kerak (gap oyoq barmoqlari egilgan joy haqida).

2. Tizzani ko'tarishda davom eting, shunda maxsus bolg'acha plastik qoplamadan uzoqlashadi. Pedal deyarli to'liq ochilganda, barmoqlarning egiluvchan qismi sirtdan uzulmasligi kerak.

3. Qayta tiklash uchun tovoningizni bo'shating, agar kerak bo'lsa, biroz qo'shimcha harakat qiling. Oyoq uchlari tovon bilan birga harakatlanadi. Ammo tovon barmoqdan oldin boshlang'ich holatiga qaytadi. Ushbu harakatlar ketma-ketligi kuchli zarb ijrosiga erishishga yordam beradi. Albatta, bunday (texnika) usulni mahorat bilan ijro etish uchun ko'p bora mashqlar zarur. Bundan tashqari, tajriba qilishdan qo'rqmang. Yuqoridagi harakatlar mantig'i ko'p yillik tajribaning natijasidir, ammo shuni ta'kidlash kerakki, siz o'z tanangizning his-tuyg'ularini o'rganishingiz va nazariyani fiziologiyangiz bilan birlashtirishga harakat qilishingiz kerak.

Kross stik usuli (faqat kichik barabanni ijro etishda bajariladi). Ingliz tilidan tarjima qilinganda "xoch tayoq" ya'ni "tayoqcha kesishuvi" degan ma'noni anglatadi. Darhaqiqat, shunday,-bu usulni bajarish uchun barabanning chetiga tayoqcha bilan

uriladi va u uni kesib o'tganga o'xshaydi. Avvalo qo'lingizni tayoqcha bilan birga to'g'ri (pozitsiya) holatga qo'yishingiz kerak.

Buning uchun siz:

1. Barabanni soat qiyofasi sifatida tasavvur qiling.

2. (Tayoqchani qo'lda ushlab) kaftning pastki qismini soat 7 bo'lgan holatda, halqa yaqinidagi barabanning plastik qoplamasi ustiga qo'ying-bu birinchi tayanch nuqtasi bo'ladi.

3. Tayoqchaning orqa qismi tayanch nuqtasini jimjiloq barmoqning orqasiga qo'ygan holatda, barabanni soat strelkasi 9ni (to'qqizni) ko'rsatayotgan nuqtasida plastik qoplama ustiga qo'ying.

4. Tayoqchaning aylanma harakati orqa tomoniga to'g'ri keladi, ikkala tayanch nuqtasi (tayoqchaning orqa tomoni kaftning pastki qismiga joylashgan holatda) plastik qoplama yuzadan chiqmasligi kerak.

5. Zarb kichik barabanning chetiga beriladi.

6. Tayoqchani o'ngga va chapga siljitish orqali kerakli tovushni izlash kerak, kerakli tovush eng baland (jarangdor) ovoz bilan tavsiflanadi.

Baraban cho 'tkasi bilan ishlash. Cho'tkalar juda ko'p qirrali dinamik va tembrli moslamadir. Yog'och tayoqchalarda yakka va qo'sh zarblar ijro etilgani kabi, cho'tkalarda ham shunday zarblarni bajarishimiz mumkin. Ammo qo'sh zarb (zarbdan so'ng sakrama harakat, sakrab qaytish bo'lmaganligi uchun) barmoqlar bilan emas, balki cho'tka bilan ijro etiladi. Cho'tkalar jazz musiqasida, ballada deb ataladigan juda sekin ijro etiladigan musiqa asarlarida keng qo'llanadi. Ularning asosiy o'ziga xosligi shundaki, "shivirlagan" tovush hosil qilib, zarblar orasidagi bo'shliqlarni ushbu tovush bilan to'ldirishingiz mumkin.

Keling, ushbu texnika qanday bajarilishini ko'rib chiqaylik. Avval siz eng mos cho'tka modelini tanlashingiz kerak (bizning fikrimizcha, vic firth hb (an'anaviy cho'tkasi) eng yaxshi deb hisoblanadi).

Baraban co'tkasi

Baraban cho'tkasi g'ilofi

Vic firth hb (meros, yoki an'anaviy) cho'tkasi.

Ushbu model juda yupqa simdan tayyorlangan bo'lib, u tovushga yumshoqlik beradi va tovushni boshqarish juda oson. Barabanda tovushni to'ldirish, "shitirlash" effektiga erishish uchun:

1. Cho'tkalarni maksimal 3/4 qismini kengaytiring.

2. Cho'tkalarni nemischa yoki klassik uslub bilan ushlang.

3. Barabanni terilgandek tasavvur qiling.

4. Chap qo'lingizni soat yo'nalishi bo'yicha (cho'tka deyarli plastik qoplamaga parallel va biroz bosilgan holatda) taxminan soat strelkasi bo'yicha 11:00 ko'rsatgichidan boshlab harakatlantiring. Ko'pincha chap qo'lning burilish holati barabanning chorak qismi holatida davom etadi.

5. Chap qo'l barabanda soat 3 (uch)ni ko'rsatadigan holatdan boshlab harakatlansa, o'ng qo'l esa chap qo'l soat 12 (o'n ikki)ni ko'rsatgan holatiga yetgandan so'ng harakatlana boshlaydi.

6. O'ng qo'l soat 6 (olti)ni ko'rsatish holatiga yetganda, chap qo'l shu daqiqada soat 12 (o'n ikki)ni ko'rsatish holatiga keladi, ya'ni ular bir tekis harakatlanmaydi.

7. O'ng qo'l kutib turib, chap qo'l ikkinchi aylana bo'ylab soat 6 (olti) nuqtasida yetguncha kutadi va undan o'ng tomonga o'tadi, go'yo "ikki" raqamini chizish holatiga asoslanib harakatlanadi. Chap qo'l esa o'z harakatini davom ettiradi.

8. O'ng qo'l "ikki" raqamini chizishining oxirgi nuqtasida to'xtaydi va chap qo'lning yangi doiraga o'tishini, ya'ni soat 12 (o'n ikki)ni ko'rsatgan holatini kesib o'tishini kutadi. Ko'rib turganingizdek, ushbu misolda sikl har 2 (ikki) aylanmada takrorlanadi, ammo bu o'zgaruvchan holat bo'lib, musiqiy vaziyatga hamda ijrochining mahoratiga bog'liq. Urg'u, ya'ni (aksent) kuchli hissalar ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu ijro texnikasi bilan oddiy zarb (tayoqcha bilan urish kabi) tovushlari kabi dinamik va stilistik doirasiga to'liq mos kelmaydi.

Cho'tkalar bilan urg'u (aksent) berish uchun biz uning mohiyatini tushunishimiz kerak,-bu musiqada kuchli hissani anglatadi. Uni amalga oshirish uchun:

1. Cho'tkani o'ng qo'lingizga oling va uni plastik qoplama yuzasiga qo'ying.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Qo'lingizni chapga harakatlantiring (siljiting), cho'tkani faqat ko'rsatkich va bosh barmog'ingiz bilan ushlab, harakatni qo'l tananing orqa qismiga to'g'rilangunga qadar yo'naltiring.

3. Cho'tkani mahkam siqib, uni bir oz o'nga va bir oz soat miliga teskari tomonga burang va zarb berib, plastik qoplamaga bosing. Bu harakat yaxlit bo'lib, uning mohiyati zarbning to'g'ri yakuniy tovushni yaratishdan iborat (zarb tarsaki, shapaloq singari) bo'lishi kerak.

Zarbli musiqa cholg'ularida asosiy ijro usullari (texnikasi)ni o'rganar ekanmiz, biz ularning rang-barangligi va tembr xususiyatlarining kengligini, ijroning murakkabligini ta'kidlab o'tishimiz zarur. Ushbu cholg'ularda ijro mahoratini rivojlantirish uchun mashg'ulotlarning dastlabki bosqichlaridan diqqat, sinchkovlik hamda mashaqqat bilan mehnat qilish talab etiladi. To'g'ri tashkil etilgan mashg'ulotlar orqali o'zlashtirish zarur bo'lgan hamda ko'p mehnat talab qiladigan asosiy usullarni ko'rsatib o'tishga harakat qildik.

Zarbli cholg'ularning ko'pchiligi turli kompozitsiyadagi zamonaviy orkestrlarning tarkibidan ham o'rin egalladi masalan, simfonik, estrada va boshqalar.

Bugungi kunda orkestr ijrochiligi an'analarining havaskor jamoalari ham keng yoyilmoqda. Shu sababli, zamonaviy zarbli cholg'u ijrochilari professional hamda havaskor ijrochilarga bo'linadi.

San'at bo'yicha ta'lim beruvchi muassasalari (musiqa maktablari, o'rta va oliy ta'lim muassasalari va boshqalar) asosan professional ta'lim bo'lib, professional ijrochi hamda mutaxassislar tayyorlaydi. Tanlangan mashg'ulot shaklidan qat'iy (havaskor yoki professional) nazar, zarbli cholg'ular to'plamining barchasida tovush hosil qilish usullari (texnikasi) bir xil bo'ladi.

Yoshlarning estrada musiqasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va iste'dodini yuzaga chiqarishda estrada musiqa san'atining asaosi bo'lgan ushbu zamonaviy zarbli cholg'ularda ijrochilik mahorati asoslari nomli maqola oz bo'lsada xizmat qiladi deb o'ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. Manaviyat, T. 2008 y.

2. Mirziyoyev Sh. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus. 20 mar. 2019 y.

3. Багдасарьян, Г. Э. Школа игры на ударных инструментах. Воспитание правильного чувства ритма у обучающихся на ударных инструментах: учебное пособие Санкт-Петербург: Планета музыки, 2012. 64 с.

4. Газарян С. С. Потомки камня // В мире музыкальных инструментов. — 2-е изд.. — М.: Просвещение, 1989. — С. 126—140. — 192 с.

5. Гупперт Валерий Юрьевич Учебное пособие "Ударные народные инструменты". Муниципальное общеобразовательное учреждение «Центр эстетического воспитания детей г.Балашова Саратовской области»

6. Дмитриев Г. П. Ударные инструменты: трактовка и современное состояние. — 2-е изд.. — М.: Советский композитор, 1991. — 145 с.

7. Константин Чидди. Ударные инструменты. Элементарная теория музыки. Техника рук и ног. Ритмические упражнение. Учебное пособия. Издательство «Композитор Санкт-Петербург» 2018 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.