Научная статья на тему 'DUTOR IJROCHILIGI TA’LIMINING MAZMUNI'

DUTOR IJROCHILIGI TA’LIMINING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
54
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pьеsа / dutоr-tеnоr

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibrohimova Gulshanoy Shermuxammat Qizi

Ushbu maqolada dutor sinfi o‘qituvchisining kasbiy mahorati hamda dutor ijrochiligining dastlabki jarayoni haqida fikr mulohazalar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUTOR IJROCHILIGI TA’LIMINING MAZMUNI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

DUTOR IJROCHILIGI TA'LIMINING MAZMUNI

Ibrohimova Gulshanoy SHermuxammat qizi

Farg'ona Davlat universiteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada dutor sinfi o 'qituvchisining kasbiy mahorati hamda dutor ijrochiligining dastlabki jarayoni haqida fikr mulohazalar bildirilgan Kalit so'zlar : pbesa, dutor-tenor,

https://doi.org/10.5281/zenodo.7542318

Sharqning musiqiy cholg'ulari eng qadimiy o'ziga xos jonli san'atdir. Ana shunday cholg'u sozlardan biri - Dutor - o'zbek xalqining madaniyati bilan tarixan chambarchas bog'liq san'at ramzidir. Dutor - chertib chalinadigan qo'sh torli musiqiy asbob bo'lib, O'zbekistonda va qo'shni Sharq mamlakatlarida yashayotgan o'zbek,tojik, turkman va qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgandir.

O'zbek xalqining ma'naviy merosi mazmunida dutor cholg'usi ijrochiligi aloxida o'ringa ega. "Musiqa san'atidagi asosiy faoliyatlardan biri cholg'u ijrochiligidir. Zo'r ijroni tinglab, lazzat, quvonch, ilhom tuyg'ularini his etamiz yoki yunonlar aytganidek, «katarsis» - ichki, ruhiy poklanish va yangilanish jarayonini boshdan kechiramiz."

Musiqa qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo'lsa ham, hammaga tushunarli. Uni hammaga tushunarli qilib ijro etish san'atini o'rgatish esa biz o'qituvchilarning vazifamizdir. Cholg'u asboblari ta'limi orasida dutor ta'limi alohida o'rin tutadi. San'at yo'nalishida dutor cholg'usi ijrochili bo'yicha bilim olayotgan o'quvchi-ijrochi faqat o'zbek xalq musiqasi bilangina cheklanib qolmasdan, qardosh xalqlar yaratgan musiqa asarlari va jahon musiqachilari ijro etadigan musiqalarni o'rganishlari va ularni yuksak darajada mahorat bilan ijro etib musiqa ixlosmandlarini baxramand etishlari lozim.

Abdurauf Fitrat tomonidan ham yuksak darajada mahoratli dutor ijrochilik uslubi fikr mulohazalar bildirilgan. U «Bu kunlarda bizning eng mashhur dutorchimiz samarqandlik Hoji Abdulaziz qo'lini taxtaga urmay chalg'oni uchun uning dutori havas bilan tinglanadir»59, -deb dutor ijrochiligining o'ziga xos jihatlariga e'tibor berib o'tadi. Shuningdek J. Rasultoyev o'zbek dutor ijrochiligiga doir risolasida ta'kidlaganidek: "Musiqa madaniyatimizda sof ma'nodagi muallim ustozning o'zi, ayni paytda u ham murabbiy, ham sozanda san'atini o'zida mujassamlashtirgan shaxs hisoblanadi. Shu tufayli o'rgatish-o'rganish jarayonining o'ziga xos siru asrorini bilmay turib bu an' ananing xususiyatlarini to'laligicha anglab ololmaymiz". Dutor ijrochiligida ijrochilik mahoratini oshirishda yaxshi so'zga ega bo'lish, dutorni aniq va tiniq sozlash hamda gamma va etyudlarning ijro etishning ahamiyati katta.

Dutor chalishning umumiy qoidalari

O'tirganda stulning bir chekkasiga o'tirib, gavdani erkin va to'g'ri tutish kerak. O'ng oyoqni chap oyoq ustiga qo'yish lozim. Dutor kosasi o'ng oyoq ustiga qo'yilib, o'ng qo'l tirsagi bilan bir oz siqib turiladi dutor-tenor, Chap qo'l tirsagi bukilgan bo'lib, tanaga

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yopishmasdan turishi kerak; dutor dastasining yuqori qismi chap qol bilan ushlab turilishi lozim. Dutor dastasi ko rsatkich barmoqning uchinchi bo g inidan bir oz pastda va bosh barmoq, asosida turishi kerak. Chap qol kafti dutor dastasiga tegmasligi kerak. Chap qo'lning bosh barmogidan boshqa hamma barmoqlari doira shaklida bo lib ular dastaga, bo g in yaqiniga qo'yiladi (4-rasm). Dutor jarangining sofligi barmoqlarni pardalarga to'gri qo'yish va torni qanday kuch bilan bosishga bog'liqdir. Chap qol barmoqlarining tartib rakamlari: 1— ko'rsatkich barmoq; 2— orta barmoq; 3—yon barmoq; 4— jimjiloq;

Bosh barmoq «b» harfi bilan belgilanadi. Dutor chalishda bu barmoq faqat ikkinchi torni bosishda ishlatiladi. Ung qol bilagining o'rtasi dutor kosasining chekkasiga qo'yiladi. Qol panjasini torlar ustida bukilgan holda erkin ushlab, torlarga qalqon ustida zarb tashlash kerak Barmoqlar bir joyga yig ilib, kaft ichiga yarim bukilgan holda erkin turishi kerak.

Dutor sozida tovush chiqarish.

Dutorda ovoz asosan ong qol panjasi bilan torlarni pastga va yukoriga qarab urish bilan hosil qilinadi. Barmoqlar erkin va bir maromda harakatlanishi kerak. Pastga ko rsatkich barmoq bilan va yuqoriga bosh barmoq bilan zarb beriladi, bu ikki barmoq bir-biri bilan bir oz yopishgan bolib, yuqoriga qarab urganda bosh barmoq korsatkich barmoqdan bir oz chap tomonga qochadi. Bunday chalish usuli yakka zarb deb ataladi va quyidagi belgilar bilan ifodalanadi:

K—panja va o'ng ko'lning ko'rsatgich barmog'i bilan pastga qarab chalish.

B — panja va o'ng qo'lning bosh barmog'i bilan yuqoriga qarab chalish

Notalarning dutorda joylashuvini o'rganib olib, turli chozimga ega bo'lgan notalar, takt o'lchovlari va sanoq bilan tanishib chiqqach, birinchi mashqni bajarishga o'tish mumkin. Birinchi mashq ikki notadan — yuqorigi LYA va pastki MI dan iborat. LYA notasi dutorda birinchi ochiq torda, MI notasi ikkinchi ochiq torda olinadi. Notalarning bir-biri ustiga yozilganligi bu ikki notani bir vaqtda olish kerakligini korsatadi. Ularning chozimi nimchorak bilan yozilganligi uchun quyidagicha sanash lozim: «bir» deganda bir nimchorak K — zarbida pastga, «i» deganda ikkinchi nimchorak B — zarbida yuqoriga urish kerak.

Bundan keyin, agar mashq yoki pbesa oldida sozlash ko'rsatilmagan bo'lsa, ularni bosh pardada chalish kerak. Birinchi mashq singari, ikkinchi mashkni ham ikki pardada chalish lozim. Pastki MI nota — ikkinchi ochiq tor — ozgarishsiz qoladi. Birinchi LYA torida SI va DO tovushlari. SI tovushi birinchi torning ikkinchi pardasida, DO tovushi esa uchinchi pardada olinadi. SI notasini birinchi barmoq bilan, DO notasini ikkinchi barmoq bilan olinadi.

Chalish usuli va sanoq birinchi mashqdagicha qoladi.

Uchinchi mashq ham, ikkinchi mashqdagi singari, tovushlardan tashkil topadi. Uni ijro etishda birinchi va ikkinchi mashqlarga berilgan ko'rsatma-larga rioya qiling.

Tortinchi mashqda ikkinchi tordagi SOL tovushini uchinchi pardada bosh barmoq—«b» bilan olish kerak. Ilgarigi mashqlarga doir korsatmalarga amal qilish zarur.

Beshinchi mashqda sizga tanish bo'lgan tovushlardan tashqari, yangi tovushlar — LYA torining beshinchi pardasida RE tovushi va MI torining beshinchi pardasida LYA tovushi uchraydi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6-mashqda chorak va yarim chozimga ega bo'lgan notalar uchraydi, ularni «k» — zarbi bilan pastga chertib chorak notani «bir» «i» deb, yarim notani esa «bir» «i», «ikki» «i» deb sanash kerak.

7-mashqni ilgarigi mashqlarga doir ko'rsatmalarga rioya qilib chaling. Bundan tashqari, bu mashqda MI va FA tovushlari uchraydi. Bu tovushlar LYA torining 7 va 8-pardalarida joylashgan. Ikkinchi MI torda ham ilgari biz ishlatmagan tovushlar paydo bo'ldi, bular ettinchi pardadagi SI va sakkizinchi pardadagi DO tovushlaridir. Bundan keyin dutorni chalayotganda torlarni albatta nota tepasida belgilab qoyilgan barmoqlar bilan bosish kerak.

Adabiyotlar:

1.Qodirov R.G'. Musiqa psixologiyasi. - T.: Musiqa, 2005. -80 bet.

2.Fitrat. A. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» T:, 1993.-56-bet.

3.Rasultoyev J. O'zbek dutor ijrochiligi. -T., «O'qituvchi», 1997. 112 bet

4.Rahimjonov B. H. Dutor taronalari. T.,1983 y

5. Примoв Р. Т. рoль мyзыкaльнoro нaслeдия прeдкoв в рaзвитии личнoсти //Журнaл таучных публигаций aспирaнтoв и дoктoрaнтoв. - 2015. - №. 11. - С. 81-82.

6. Мyрaдoв М. К., Хaликoвa М. К. мyзыкaльнoe Bocnrn^H^ в дoшкoльных oбрaзoвaтeльных yчрeждeниях //Журтал таучных пyбликaций aспирaнтoв и дoктoрaнтoв. - 2018. - №. 7. - С. 60-61.

7. Kyp6aHoBa М. Ш., Kyp6aHoB Ш. К. СТРЕСС И ДИСТРЕСС В МУЗЫКЕ //KynKiypa, HayKa, oбрaзoвaниe: прoблeмы и nepcneKTOBbi. - 2017. - С. 230-233..

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

169

JANUARY, 2023

I

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.