PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. О-в MAY 2024
ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA AYOLLARNI
O'RNI VA ROLINI ORTIB BORISHI
Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna
"Tarix" kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston ([email protected]) https://doi.org/10.5281/zenodo.13292374 Annotatsiya: Maqolada jahon siyosiy jarayonlarida ayollarni o'rni va roli yildan-yilga ortib borayotganligi tahlil etilgan.
Muallif turli davlatlarni boshqarayotgan ayollar va ularning ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatli faoliyatlarini dalillar asosida ko'rsatib berishga harakat qilgan. Shu bilan birga maqolada O'zbekistondagi gender tenglik borasidagi yutuqlar, ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtiroklari masalasi ham yoritilgan.
Kalit so'zlar: Xalqaro munosabatlar, ayol prezidentlar, gender tenglik, ijtimoiy masalalar, pandemiya, ayollar huquqi,Yunifem,inson huquqlari, Angela Merkel, Kamala Xarris, Xalima Yaqub.
1 KIRISH
Bugungi kunda yer sayyorasida 200 ortiq mamlakat mavjud bo'lib, shulardan 193 ta davlat Birlashagan Millatlar tashkiloti a'zosi hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yil holatiga qariyb 12 ta mamlakatda ayollar rahbarlik qilmoqda [https://www.forbes.ru/forbes woman/376063 -v-kakih-stranah prezidentami-
yavlyayutsya zhenshchiny-pyat-vdohnovlyayushchih].
Yevropa davlatlarida yildan-yilga ayol prezidentlar soni ortib bormoqda. Bunga misol qilib Slovakiya tarixda birinchi marta ayol kishi prezident etib saylanganida ko'rishimiz mumkin [3y3aHa 4anyTOBa- 2019 йилдaн Словaкия Президента этиб сaйлaнди.]. Ayol rahbarlar ichida mamlakatni juda omadli boshqarib, uning rivojlanishiga munosib hissa qo'shayotganlari ham borligi quvonchlidir. Ana shunday kuchli davlat rahbarlaridan biri Germaniyani o'n besh yil (2005-2021 yillar) davomida muvaffaqiyatli boshqargan kantsler Angela Merkel nafaqat vatanida balki xalqaro miqyosdagi ta'sirli siyosatchi sifatida mashhur hisoblanadi.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida
ayollarni o'rni va rolini ortib borishi to'g'risidagi ma'lumotlar xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqolada Mavzu oid yozilgan o'nga yaqin
adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqot olib borildi. Jumladan, Husanov O. Karimova O. Inson xuquqlari, Popov V.I. Margaret Tetcher: cheovek i politik. Vzglyat rossiyskogo diplomata, Peregudov S.P. Tetcher i tetcherizm kabi tarixiy adabiyotlar shular jumlasidandir
4 NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Tarixga e'tibor qaratsak insoniyat o'tmishida ayollar
har doim davlat ishlarida turli darajalarda ishtirok etib kelganlarini ko'rish mumkin. Bunga oid misollarni Yevropa, Osiyo, Afrika tarixlaridan ko'plab keltirish mumkin.
Agar o'zimizning vatanimiz tarixga nazar tashlasak xalqaro munosabatlarda xotin - qizlarning ham munosib o'rni borligiga guvox bo'lamiz. Amir Temur davrida
Saroymulkxonim, Boburiy malikalardan
Gulbadanbegim, Zebiniso va Arjumandbonular, Qo'qon xonligi boshqaruvida muhim rol o'ynagan Nodirabegim o'z davrining obro'li bekalari va zarur holatlarda o'z fikrlari va maslahatlari bilan xukumdorlarga yordam berishganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi. Yevropada o'z davrining kuchli imperatorlaridan bo'lgan Yustinan o'z rafiqasi Feadora maslahati bilan ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan. O'rta aslarda ingliz -frantssuz xalqlari o'rtasida yuz yil davom etgan urushni hal qiluvchi jangi aynan frantsuzlarning mard qizi Janna Dark rahabarligida amalga oshganligi, va haligacha uning timsolida butun Yevropa va jahonda mardlik, vatanparvalikni yorqin namunasi sifatida e'tirof etiladi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlari uchun kurashni demokratiyaning qaror toptirish uchun olib boriladigan ishlarning muhim bir qismi, deyish mumkin. Xotin-qizlarning erkaklar bilan ijtimoiy hayotda, siyosatda teng huquqliligi borasida ilk bor rasmiy darajada buyuk frantsuz inqilobi davrida, yani XVIII asrda so'z yuritila boshlangan[XycaHOB О. Каримова О. Инсон хукуклари. Т. Шарк. 1997. -Б. 47.]. Bu Olimpiya de Gurj tomonidan 1789 yili e'lon qilingan "Fuqaro ayolning huquqlari bayonoti (Dekloratsiyasi)"da o'z aksini topgan. Yevropada 1918 yilga kelib, 30 yoshdan oshgan ayollar saylash va saylanish huquqlariga erisha boshladi. 1906 - yil Finlandiyada ayollarga saylanish huquqini bergan jahondagi birinchi davlat bo'ldi. 1921 yilda parlamentning birinchi ayol deputati saylandi. Yangi Zelandiyada 1898 yili jahon tarixida birinchi bor xotin-qizlarga saylanish huquqi berildi. 2015 yilda Saudiya Arabistonida ham ayollarga saylash va saylanish huquqlari berildi. Natijada jamiyatda ayollarning faolligi kuzatildi.
Yaqin tariximizda o'z davlati va jahon siyosatiga munosib hissa qo'shgan ayol rahbarlarni ko'rishimiz mumkin. Britaniyaning temir xonim deb, tan olingan sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher yoki Hindistonning Sobiq ittifoq bilan do'stligini mustahkamlagan sobiq bosh vaziri Indira Gandini eslash kifoya [Индира Ганди - Хиндистонни биринчи аёл бош вазири, 1984 йилгача, яъни 12 йил давомида бошкарган.]. Buyuk Britaniyani 11 yil davomida boshqargan Margaret
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Tetcher olib borgan islohotlari "Tetcherizm" nomi bilan tarixga kirdi [Попов В.И. Маргарет Тетчер: чеовек и политик. Взглят российского дипломата. М., 2000;]. Uning olib borgan ichki va tashqi siyosati haqida bir qancha yirik taxliliy asarlar yaratilgan bo'lib, ularda Buyuk Britaniyani xalqaro munosabatlardagi o'rni va roli ko'rsatib o'tilgan [Замятин Л.М. Горби ва Мэгги. Записки посла и ученого о двух известных политиках - Михаиле Горбачёве и Маргарет Тэтчер.М., 1995; Перегудов С.П. Тэтчер и тэтчеризм. М., 1996;].
Margaret Tetcher amalga oshirgan islohotlar xalqaro maydonda o'chmas iz qoldirdi. U oilada, jamiyatda, xizmat vazifasida ham barchaga ibrat bo'la oldi. Shu sababdan ham "Dunyoning eng kuchli ayoli" degan nomiga sazovor bo'ldi va xalq tomonidan berilgan bu unvonni oqladi. Ular boshqa hamkasblariga nisbatan qattiqqo'lroq bo'lishga majbur bo'lgan. Ayni paytga kelib, prezident va vazirlik lavozimidagi ayollar soni kam, lekin ularni dunyoning har bir mintaqasidan topish mumkin.
Osiyo mamlakatlari davlat raxbarlari qatoriga Shri -Lanka prezidenti (1994-2005 yillar) Chandrika Kumaratunga, Indoneziyaning (2001-2004 yillar) Magavati Sukarnopuri, Hindistonni (2007-2012 yillar) boshqargan Pratibxa Patil, Bangladesh Bosh vaziri (2009-2019 yillar) Sheyx Xasina Vazed Bidxya, Nepal Prezidenti Devi Bxandari (2015-2023) larnning ham ko'rsatib o'tish mumkin. Bundan tashqari musulmon dunyosidagi birinchi ayol bosh vazir Pokiston taraqqiyotiga muhim xissa qo'shgan, Benazir Buxuttoni xalqaro jamoatchilik etirof etgan. Benazir Buxutto davlat boshqaruvi faoliyati davrida O'zbekistonga tashrif buyurgan, ikki davlat va xalqlar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy, madaniy sohalardagi hamkorlik rivojiga munosib xissa qo'shgan davlat arbobidir.
Shu bilan birga jahonda o'zining iqtisodiy mo'jizasi bilan dovrug' taratayotgan Singapur davlati tarixida ham 2017 yildan birinchi prezident ayol - Xalima Yaqub saylandi.
[https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%AF%D0%BA %D0%BE%D].
Uning davrida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, Singapurni yanada taraqqiy etgan davlat sifatida dunyoga tanitmoqda. Snigapur tajribasini butun dunyo o'rganmoqda. Aynan Singapur rahbari Halima Yoqubxonning 2023 yilida O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan. U O'zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi katta ekanligini ham bildirib o'tgan.
Jahonning eng ilg'or davlati bo'lgan Amerika Qo'shma Shtatalari hali o'zining ayol prezidentini saylagani yo'q, biroq mamlakatning ichki va tashqi siyosatida, kongresda, davlat xizmatlarida ish yuritishda ayollar juda faol. Qolaversa, 2016 yil mamlakat tarixida ilk marotaba ayol kishi Xillari Klinton xonim navbatdagi prezident saylovida o'z nomzodini ilgari surdi. Ammo g'alaba unga nasib etmadi. Biroq bu bilan AQSHning siyosatchi ayollari prezidenlik uchun kurashni to'xtatishmadi. 2020 yil noyabrida bo'lgan saylovlarda, dastlab prezidenlikka nomzod bo'lgan Kamala Xarris, AQSH tarixidagi birinchi asli kelib chiqishi Osiyolik
bo'lgan qora tanli ayol, shu bilan birga mamlakat tarixidagi birinchi vitse -prezident etib saylandi. Demak, voqealar rivojidan shuni bashorat qilish mumkinki, yaqin yillarda AQShda ayol prezident saylanishi mumkin.
Gender tenglik masalasi xalqaro darajadagi tashkilotlarning ham asosiy yo 'nalishlaridan hisoblanadi. Bunday faoliyatda BMT tashkiloti hammaga namunadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin - qizlar ahvoli borasidagi jamg'armasi (YUNIFEM) - rivojlanayotgan mamlakatlarda xotin - qizlarning siyosiy va iqtisodiy rolini oshirishga ko'maklashadigan ko'ngilli jamg'armadir[Бирлашган Миллатлар Ташкилоти: Асосий омиллар.Т., 2001. БМТнинг Узбекистондаги ваколатхонаси. 2008. - Б.12.]. Yunifem asosan uch soha bo'yicha faoliyat ko'rsatadi: tadbirkor va ishlab chiqaruvchi sifatida ishlashlari uchun xotin qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish; qarorlar qabul qilishda xotin qizlar ishtirokini oshiruvchi boshqaruv va rahbarlikka yordamlashish; xotin - qizlar borasida inson huquqlariga amal qilinishini ta'minlash.
BMTning ijtimoiy kengashi tadqiqotiga ko'ra, har qanday davlatning qaror qabul qilish darajasida ayollar ishtirokining yuqoriligi bilan mamlakat axolisining turmush darajasining yuksalishi orasida bevosita bog'liqlik mavjud [Интернет маълумоти: WWW. UN.ORG / WOMENWATCH]. Agar biror davlat parlamenti tarkibida ayollar 20 % ko'proq bo'lsa, qonunshunoslar bolalar muhofazasi va manfaatlari to'g'risidagi qonun loyihalari ishlab chiqishga kirishar ekan.
Ayollar huquqlarini tan olmay va ximoya qilmay, inson huquqlari haqida gapirish, unga rioya qilish hususida so'z yuritish mumkin emas. Hozirgi kun nuqtai nazaridan jahon mamalakatlarida ayollar parlament o'rinlarining 23,4 % ni egallagan [https://news.un.org/ru/story/2018/03/132481]. Bu ko'rsatkich 1990 yilda 4 % ni tashkil etgandi, xolos. Bu raqam jahonda yildan-yilga ayollarning siyosiy jarayonlarda o'rni ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bu borada yurtimizda ham sezilarli islohotlar olib borilmoqda. O'zbekistonda ayollar tomonidan egallangan o'rinlar jahondagi darajaga mos bo'lib, 2019 yilgi saylovlarda respublikamizda birinchi marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar orasida ayollar ulushi 32 foiz, Senat hamda mahalliy Kengashlarda esa qariyb 25 foizni tashkil etdi[https://yuz.uz/news/ozbekiston-respublikasi gender-tenglikni-taminlash-masalalari-bo 'yicha komissiyasining -yig'ilishi-bo'lib-o 'tdi].
Mustaqillik yillarida mamlkatimizda Xotin- qizlar huquqini muhofaza etishga ijtimoiy - siyosiy islohatlarning ustuvor vazifasi etib belgilandi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko'prog'ini xotin-qizlar tashkil etadi. Hozir respublikamizda 50 mingdan ortiq ayol turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, albatta bunday rahbarlik lavozimida ishlovchi, o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondashadigan, fidoiy, jonkuyar xotin -qizlarimiz safi tobora ko'payishga harakat qilmoqda.
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Ayollar huquqi doimo dolzarb masala bo'lgan, ayniqsa, sohaga bo'lgan e'tibor Ikkinchi jaxon urushidan keyingi davrga to'g'ri keladi, - deydi Fridrix Erbet nomidagi jamg'armaning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakili Reyxard Krum. - Tarixdan ma'lumki, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini boshdan kechirayotgan aksar mamlakatlar ayollariga qiyin bo'lgan.
Barcha darajada qarorlar qabul qilish jarayonida Xotin- qizlar va erkaklar tengligini ta'minlash borasidagi bunday siljishlarga qaramay, mazkur ishlar ko'lamini hali talablar darajasida deb bo'lmaydi. Xotin- qizlar xamon barcha darajada qaror qabul qiladigan jarayonlarga to'la jalb etilmagan. Ular erishgan yutuqlarga juda ko'p hollarda e'tibordan chetda qolib ketadi. Ayrim mutahassisilarning fikricha, yuqori lavozimlarda ko'plab xotin-qizlar faoliyat ko'rsatadi, ularning boshqaruv kurslarini egallashi qiyin. Ular yanada qattiqqo'l va faol bo'lishlari talab etiladi va shundagina xalqaro siyosatga ta'sir qilish ham oson kechadi.
Birlashgan millatlar tashkilotining 1945 yil San-Fransisko shahrida imzolangan Nizomi erkaklar va xotin-qizlar tengiligi inson huquqlariningg ta'mal toshi sifatida e'tirof etgan dastlabki xalqaro xujjat bo'ladi [XycaHOB O. KapHMOBa O. HHCOH xyKy^apu..T.; " fflaprç" HampuëT-MaTÖaa концеpнн. 1997. - E.48.]. O'shandan buyon BMT butun jahonda xotin- qizlar ahvolini yaxshilashga doir xalqaro miqyosidagi kelishuv asosida qabul qilinadigan strategiyalar, andozalar, dasturlar hamda maqsadlarning mazkur tamoyiliga mos bo'lishi uchun katta sa'y-harakat ko'rsatib kelmoqda.
Shu o'rinda yana bir qiziq faktni keltirish o'rinli nazarimda, o'tgan (2020-2021 yillar) pandemiya sharoitida muvaffaqiyatli siyosat yuritgan, xalqini ushbu virus xavfidan kam talofat bilan olib chiqqan davlatlarni aksariyatini ayollar rahbarlar boshqarayotganligi ko'plab xalqaro taxlilchi-ekspertlar tomonidan ta'kidlanmoqda. Bunga asos qilib, Germaniya, Yangi Zelandiya, Tayvan, Islandiya kabi davlatlarni pandemiyaga qarshi kurashda erishgan natijlarini keltirib o'tishgan [https://www.bbc.com/uzbek/world-52417987].
Biroq bu o'rinda, erkak rahbarlar boshqarayotgan ko'plab davlatlar, jumladan O'zbekiston, Turkiya, Vetnam kabi davlatlarni eng kam yo'qotish va iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini saqlagan holda 2021 yilga qadam qo'yilganligini butun dunyo siyosatchi va ekspertlari e'tirof etayotganini ham e'tibordan qochirmasligimiz kerak.
4 XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xotin-qizlarning qarorlar ishlab chiqishdagi teng ishtirokiga nafaqt adolatparvarlik va demokratiya tamoyillariga shunchaki amal qilish, balki xotin-qizlar manfatlarini inobatga olishning muhim sharti sifatida ham qaralmog'i lozim. Barcha darajada qarorlar ishlab chiqish jarayonida xotin-qizlarning faol ishtiroki va manfatlarini hisobga olmasdan turib, tenglikka va tinchlikka erishib bo'lmaydi.
ADABIYOTLAR:
1. Husanov O. Karimova O. Inson xuquqlari. T. Sharq. 1997. -B. 47.
2. https://www.forbes.ru/forbes-woman/376063-v-kakih-stranah-prezidentami-yavlyayutsya-zhenshchiny-pyat-vdohnovlyayushchih
3. Popov V.I. Margaret Tetcher: cheovek i politik. Vzglyat rossiyskogo diplomata. M., 2000;
4. Zamyatin L.M. Gorbi va Meggi. Zapiski posla i uchenogo o dvux izvestntix politikax - Mixaile Gorbachyove i Margaret Tetcher.M., 1995;
5. Peregudov S.P. Tetcher i tetcherizm. M., 1996;
6. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%AF%D0%B A%D0%BE%D0%B 1 ,_%D0%A5%D0%B0%D0%BB %D0%B8%D0%BC%D0%B0
7. Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Asisiy omillar.T., 2001. BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi. 2008.
8. Internet ma'lumoti: WWW.UN.ORG / WOMENWATCH
9. https://news.un.org/ru/story/2018/03/1324811
10. https ://yuz.uz/news/ozbekiston-respublikasi-gender-tenglikni-taminlash-masalalari-boyicha-komissiyasining-yigilishi-bolib-otdi
11. https://www.bbc.com/uzbek/world-5241.