Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
O'ZBEKISTONDA AYOLLAR SIYOSIY FAOLLIGINI TA'MINLASHNING
USTUVOR YO'NALISHLARI: JORIY HOLAT VA ISTIQBOLLAR
Normayeva Mashhura G'ulomovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti e-mail: [email protected] Ilmiy rahbar: D. Sayfullaev tarix fanlari doktori, professor
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada davlat siyosatida gender muvozanatini ta'minlovchi mexanizmlar va xalqaro hujjatlar, shuningdek, O'zbekistonda ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki evolyutsiyasi, ushbu yo'nalishda amaldagi qonunchilik va davlat institutlari faoliyatining samaradorligi tadqiq qilingan. Shuningdek, Xotin-qizlarning parlamentda vakillik va boshqa rahbarlik lavozimlarini egallashlaridagi imkoniyatlar va mavjud muammolar o'rganilib, ayollarning davlat siyosiy hayotidagi faol ishtirokini ta 'minlash bo 'yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Gender tenglik, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya, BRM, siyosiy faollik, siyosiy ishtirok, ayollar siyosiy faolligi, ijobiy diskrim inatsiya.
ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПОЛИТИЧЕСКОЙ
АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН В УЗБЕКИСТАНЕ: СОВРЕМЕННАЯ СИТУАЦИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются механизмы и международные документы, обеспечивающие гендерный баланс в политической сфере, а также изучаются эволюция участия женщин Узбекистана в жизни общества и государства, эффективность действующих законодательств и государственных институтов в этом направлении. Исследуются возможности и проблемы представления женщин в парламенте и на других руководящих должностях и даются выводы и рекомендации для обеспечения активного участия женщин в политической жизни страны.
Ключевые слова: Гендерное равенство, Всеобщая декларация прав человека, Конвенция о ликвидации всех форм дискриминации в отношении
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
женщин, ЦУР, политическая активность, политическое участие, политическая активность женщин, «позитивная дискриминация».
PRIORITY DIRECTIONS OF ENSURING WOMEN'S POLITICAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN: CURRENT STATE AND PROSPECTS
ABSTRACT
This article discusses the mechanisms and international documents that ensure gender balance in the political sphere, as well as the evolution of the participation of women in the social and political life of Uzbekistan in, the effectiveness of existing legislation and state institutions in this direction. The possibilities and problems of women's representation in parliament and other leadership positions are explored and conclusions and recommendations are given to ensure the active participation of women in the political life of the country.
Key words: Gender equality, Universal Declaration of Human Rights, Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women, SDGs, political activism, political participation, women's political activism, positive discrimination.
"...ayollarning ovozini istisno qiladigan har qanday tizim adolatsiz, uni vakillik hokimiyati deb nomlash mumkin emas " Siyosiy fanlar va gender nazariyasi professori Enn Fillips:
KIRISH
Yangi davrdagi shiddatli jarayonlar jahon hamjamiyati oldida o'z yechimini topishi lozim bo'lgan yangi vazifalarni qo'ydi. Fuqarolarning jamiyatdagi faol ishtiroki orqali o'z manfaatlari, orzu-maqsadlarini ro'yobga chiqara oladigan demokratik jamiyat barpo etish ana shunday vazifalardan biri hisoblanadi.Ma'lumki, xotin-qizlarning siyosiy hayotda to'liq ishtirokisiz ijtimoiy taraqqiyotni demokratlashtirishning imkoni yo'q. Xotin-qizlarning siyosat va saylov jarayonlaridagi ishtirokiga oid me'yoriy baza, birinchi navbatda, xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilab qo'yilgan.Masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ayollarning siyosiy va saylov jarayonlarida teng ishtirok etishi kamsitilmaslik va siyosiy huquqlardan teng foydalanish tamoyillari asosida belgilab qo'yilgan bo'lsa, Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi konvensiya va boshqa bir qator Mintaqaviy konvensiyalarda bunday huquqlarning amalga oshirilishi jinsga qarab bo'linmasdan ta'minlanishi kerakligi ta'kidlab o'tilgan.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya ayollarning "davlat mansablarini egallash va hukumatning barcha darajalarida barcha davlat funksiyalarini bajarish" huquqini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan tashqari, ushbu konvensiyaning 7-moddasida ishtirokchi davlatlar mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida ayollarga nisbatan kamsitishlarni bartaraf etish, xususan, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng sharoitlarda barcha saylovlarda va umumxalq referendumlarida ovoz berish, davlat tomonidan saylanadigan barcha organlarga saylanish, davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish huquqini ta'minlash uchun zarur barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozimligi qayd etilgan[1].
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qildi.
Shu bilan birga, O'zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida "Gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish"ga oid to'qqizta vazifani ishlab chiqdi.
Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to'liq va samarali ishtirokini hamda yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o'z ichiga oladi[2].
Ushbu maqsadni amalga oshirishda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi: Siyosiy faollikning o'zi nima?
Siyosatshunoslikka oid terminlar ensiklopedik lug'atida "Siyosiy faollik -jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy guruh yoki alohida shaxslar faoliyati" sifatida ta'riflanadi[3].Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy faollik "siyosiy ishtirok" kategoriyasi bilan ifodalanadi. Bir qator siyosatshunoslar, siyosiy ishtirokni shaxslar va ijtimoiy jamoalarning siyosat sohasidagi har qanday faoliyati sifatida tavsiflash mumkinligini
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ta'kidlaydilar[4]. Xususan, D.V.Konichev siyosiy ishtirokni siyosiy tizimning turli darajalarida qaror qabul qilish jarayonlariga fuqarolarning erkin tarzda bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishdagi faolligi sifatida qayd etsa [5], M.M. Nazarova shaxs yoki guruhlarning davlat hokimiyatining turli darajalaridagi qarorlar qabul qilinishiga ta'sirini siyosiy ishtirok sifatida baholaydi [6].
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, ayollar siyosiy faolligi - bu davlat hokimiyatining barcha darajalari va jabhalaridagiqaror qabul qilish jarayonlarida xotin-qizlarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki deya ta'rif berilishi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekistonda ayollarning siyosatdagi ishtiroki haqida so'z yuritilganda, uning boshlang'ich nuqtasi sifatida ayollarga saylov huquqini taqdim etgan Sovet davlatining ojizalarni "ozod qilish" siyosati tilga olinadi. Ammo, jahon hamjamiyatining "ayollar siyosiy faolligi" yoki "gender tengligi" shiori ostida intilayotgan maqsadlariO'zbekiston tarixida kecha paydo bo'lgan yangilik emas,balki bundan ming yillar oldin ham malakatimiz hududida mavjud bo'lgan voqelik aslida.
Masalan, qadimgi rim tarixchisi Pompeya Troga fors shohi Kir II Sharqda o'z hokimiyatini o'rnatgandan so'ng, skiflarga qarshi yurish boshlagani, bu vaqtda ushbu qabila boshlig'i To'maris ismli malika bo'lgani va uning Kir II ustidan g'alabasi haqida yozadi[7]. Xuddi shu ma'lumotlaryunon tarixchisi Gerodot asarlarida ham uchraydi, faqatgina skiflar o'rniga massagetlar nomi ishlatiladi[8].Demakki, bu shunchaki afsonalar emas, tarixiy haqiqatdir.
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida muhim rol o'ynagan VI-VIII asrlardagi yirik saltanat Turk hoqonligi haqida yozar ekan, turk arab tarixchisi Ibn Battutaxabar beradi: "Turk xoqonlari imzo chekayotganda "sulton va uning xotininingamri bilan", - deb yozganlar"[9].
O'rta asrlar tarixiga nazar tashlasak, ulkan saltanatga hukmronlik qilayotgan Temuriy sulton Umarshayx Mirzoning 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo'lgach, Farg'ona taxtiga 12 yoshli Bobur Mirzo o'tqazilganligi va Bobur yosh bo'lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Hojiqozi va o'qimishli, oqila onasi Qutlug' Nigorxonim yordamida boshqarganligi haqiadagi tarixiy haqiqatlarni inkor etib bo'lmaydi [10].
Keyingi davrda ya'ni 1917- yildan boshlab Sovet Ittifoqidagi voqealaro'z-o'zidan uning tarkibida bo'lgan O'zbekistondagi ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham ta'sir qildi. Sotsialistlar, bolsheviklar ayollar bo'yicha o'z qarashlarini olg'a sura boshladi.1917-yildan boshlab ayol siymosi va shaxsi siyosiylashadi, har bir siyosatchi ayollar masalasida o'z fikrini bildira boshlaydi[11]. Va nihoyat, 1918-yil
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
iyulda qabul qilingan Konstitutsiyaning 64-moddasida saylash va saylanish huquqi erkaklar va ayollar uchun birdek belgilab qo'yildi.
Mustaqillik davrida O'zbekistonda qonunchilik va davlat siyosati darajasida ayollarning haq-huquqlari, jumladan, siyosiy huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning aniq mexanizmlari yaratildi.
So'nggi yillarda ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo'yicha ishlar bir necha yo'nalishlarda olib borilmoqda.
Birinchidan, ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida.O'zbekiston ayollarni har qanday kamsitish va ta'qiblardan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilishni nazarda tutuvchi barcha asosiy xalqaro shartnomalarga qo'shilgan. Bundan tashqari, xotin-qizlar huquq va erkinliklarini ta'minlashga yo'naltirilgan "Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to'g'risida", "Ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida", "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to'g'risida", "Oila Kodeksining 15-moddasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonunlar, ayollar mehnat faoliyatida ilgari taqiqlangan mehnat faoliyati turlarini tanlash bilan bog'liq cheklovlarni va mehnat qonunchiligining boshqa gender-assimetrik holatlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi - "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi qonun hujjatlari qabul qilindi[12].
Ikkinchidan, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish borasida. Bugungi kunda O'zbekistonda xotin-qizlar masalalari bilan shug'ullanuvchi quyidagi tuzilmalar faoliyat yuritmoqda:
❖ Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligida Gender tengligini ta'minlash komissiyasi;
❖ Parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo'mitasi tuzilib, uning asosiy vazifasi gender tengligini ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, qonunchilikni takomillashtirish va bu boradagi Parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat;
❖ 2030-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Barqaror rivojlanish milliy maqsad va vazifalari ijrosini monitoring qilish bo'yicha Parlament komissiyasining tizimli ishi tashkil etildi, bunda beshinchi maqsad gender tengligiga erishish vazifalariga bag'ishlanadi;
❖ Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligida Xotin-qizlar Respublika jamoat kengashi tuzilib, uning asosiy vazifalaridan biri sifatida xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bilan bir qatorda, ayollarga nisbatan kamsitishning barcha
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya hamda Pekin Harakatlar platformasi va Milliy Harakat rejasini amalga oshirilishini ta'minlashdan iborat;
❖ Xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi;
❖ O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan barcha hududlarda xotin-qizlarning hayotiy muammolarini o'rganish, qashshoqlikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirish bo'yicha maxsus Respublika ishchi guruhi tuzildi va mavjud muammolarni hal etish bo'yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish uchun mutlaqo yangi tizim - "ayollar daftari" joriy etildi. Hozirda mas'ul idora va tashkilotlar, banklar va hokimliklar, Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarligida mahallalarda yangi tashkil etilgan xotin-qizlar maslahat kengashlari uyma-uy yurib, olti milliondan ortiq xotin-qizlarning muammolarini atroflicha o'rganmoqda[13].
Uchinchidan, aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirish va huquqni qo'llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta'minlash uchun mas'ulmansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me'yorlar asosida o'qitish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishda, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa jabhalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'min-lanishini kafolatlaydi. Xususan, Xotin-qizlar siyosiy jarayonlarda ishtirok etish huquqi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o'zini-o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik shakllantirish, shuningdek, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.
Konstitutsiya qoidalarining mantiqiy davomi saylov qonunchiligida o'z ifodasini topgan.Xususan, Saylov kodeksi, "O'zbekiston Respublikasining Referendumi to'g'risida"gi qonunda ovoz berish kuni 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan saylov harakatlarida ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Bunda, u kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi va millati, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg'ulot turi va xususiyatidan qat'i nazar, saylash, referendumda qatnashish huquqiga ega[14].
Quvonarlisi, BMT va Parlamentlararo ittifoq (PAI) ekspertlari O'zbekistonda kuzatilayotgan tendensiyalar xotin-qizlarning davlat hokimiyatining yuqori pog'onalarida vakilligini kengaytirish, gender tengsizligiga barham berish, parlament,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
hukumat va sud tizimida ularning sonini oshirish kabi global jarayonlarga hamohang tarzda kechayotganini alohida ta'kidlamoqda.
Parlamentlararo ittifoqning "Ayollar Parlamentda" yillik hisoboti va "BMT-Ay ollar" tuzilmasi 2021-yil yanvar holati ma'lumotlariga ko'ra, milliy parlamentlarda ayollarning global ulushi tarixda birinchi marta chorak foizdan oshib, 25,5%ga yetdi.
O'zbekistonda 2019-yilgi parlament saylovi natijalariga ko'ra, ayollar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizini, Senatda esa 25 foizini tashkil etdi va ushbu ko'rsatkich bilan 190 davlat orasida kuchli 50 talikdan joy oldi[15].
Ushbu ko'rsatkichlarga asoslanib, postsovet davlatlari orasida O'zbekiston
Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Oliy Majlisi Senatida ayollar egallagan lavozimlar (deputatlik, senatorlik o'rinlari) ulushi %
parlamentdagi ayollar ulushi bo'yicha yetakchilik qilayotganini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga, mamlakatimizda ayollar siyosiy faolligini oshirish maqsadida olib borilgan davlat siyosati natijasida xotin-qizlarning faolligi sezilarli darajada oshganligini va qo'shni mamlakatlar ichida ham ilgarilab ketganligini kuzatamiz. Quyida keltirilgan grafikda 2018-2021-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Oliy Majlisi Senatida ayollar egallagan deputatlik va senatorlik o'rinlarining o'zgarish dinamikasi tasvirlangan.
Ushbu grafikdan ko'rishimiz mumkinki, O'zbekistonda kuzatilayotgan tendensiyalar global jarayonlarga hamohang barqaror tarzda kechmoqda.
Respublikamizda davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning yillar bo'yicha ulushini kuzatadigan bo'lsak, 2018-2022-yil holatiga ko'ra, Davlat boshqaruv organlarida, rahbarlik lavozimlarida ayollar egallab turgan o'rinlar nisbati quyidagi jadvalda keltirilgan.
Davlat boshqaruv organlarida va rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan ayollarning 2018-2022-yil holatiga ko'ra nisbati:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Muassasa 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil
(%) (%) (%) (%) (%)
Oliy Majlis Qonunchilik 12,6 32,0 32,7 32,0
Palatasi
Oliy Majlis Senati 20,0 20,0 23,7 24,0
Ma'muriy boshqaruv 27,0 26,6 26,5 27,7
organlari
Vazirlik va Davlat 2,9 2,9 3,03 3,0 5,7
qo'mitalarida vazir
lavozimida
Ichki ishlar xodimlari 8,7 3,2 11,0
Korxona va tashkilotlardagi 11,0 11,1 10,7
rahbarlik
Ayollar egalik qilayotgan 21,9 14,9 24,1
firmalar ulushi
Sudyalar orasida ayollar 11,9 12,4 12,8 13,3
ulushi
Jadvalda keltirilgan xotin-qizlarning boshqaruv apparatidagi ulushini tahlil qiladigan bo'lsak, umumiy hisobda O'zbekiston Respublikasida ayollarning boshqaruv tizimidagi faollik darajasi o'rtacha 27%ni tashkil etishining guvohi bo'lamiz[17].Gender statistikasi umuman ayollarning davlat boshqaruviga jalb etilishi barqaror o'sayotganini ko'rsatmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa sifatida quyidagilarni taklif etmoqchimiz: Birinchidan, O'zbekiston Respublikasida so'nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularning davlat boshqaruvi, qarorlar qabul qilinish jarayonlaridagi faolligini ta'minlash borasida aniq mexanizmlar ishlab chiqildi va bugungi kunda ushbu qonun hujjatlari va institutsional tuzilmalarning amalda samarali faoliyatini ta'minlash lozim;
Ikkinchidan, ayollar siyosiy faolligini oshirishda "ijobiy diskriminatsiya" choralari muhim rol o'ynaydi.Bunday choralardan biri sifatida partiyalarni ayollarni Parlament saylovlari ro'yxatiga kiritilishini nazarda tutuvchi qonunlarni ko'rsatish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 70-moddasida: "Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o'ttiz foizini tashkil etishi kerak", deb belgilab qo'yilgan[18]. Ayollar siyosiy faolligini oshirish uchun qonunchilik kvotalarining joriy etilishi ularning vakolatlari o'sishiga olib keladi, biroq bunga xotin-qizlar ishtirokini oshirishni ta'minlashga xizmat qiladigan vaqtinchalik, qisqa muddatli chora sifatida qarash kerak;
о
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Uchinchidan, ushbu "ijobiy diskriminatsiya"nafaqat ayollarni siyosatga jalb qilish uchun qonuniy asos yaratadi, balki namuna modellarini yaratishga ham hissa qo'shadi.Natijada, jamiyat ongida ushbu sohalarda ham ayollar uchun imkoniyat mavjud ekanligi haqida tasavvur va intilish paydo bo'ladi.Ammo masalaning boshqa tomonini ham e'tiborga olish zarur. Boshqaruv va ijtimoiy-siyosiy sohalarda shundayin ham kam sonli bo'lgan xotin-qizlarning professional bilim va tajribalarini hisobga olmay, ularning malakasini oshirmay lavozimga tayinlash kabi salbiy holatlar yuz berishining oldini olish, avvalo, ziyoli va olima xotin-qizlarning har bir soha bo'yicha kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda tizimli tartibda tayyorlab boris h institutini tashkil qilish lozim;
To'rtinchidan, ayollar siyosiy faolligi jamiyatimiz uchun yangi tushuncha emasligi, O'zbekiston xotin-qizlari tarixdan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishganini inobatga olgan holda, "gender tengligi"ga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchiligimizga joriy etishda milliy va tarixiy qadriyatlarimiz ustuvorligini ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda ayollar siyosiy faolligi, liderligi, o'zbek gender tengligi qanday bo'lishi kerakligi borasida ilmiy asoslangan va zamonaviy model yaratish va natijada jahonda kuzatilayotgan siyosiy, ijtimoiy, madaniy jarayonlarni qabul qilish bilan birga, ularga o'z so'zimizni ham aytishimiz zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Конвенция о ликвидации всех форм дискриминации в отношении женщин. Принята резолюцией 34/180 Генеральной Ассамблеи от 18 декабря 1979 года. -https://www.un.org/ru/documents/decl conv/conventions/cedaw.shtml
2. Узбекистан Республикаси Сайлов Кодекси (25.06.2019й) [Электрон манба] https://www.lex.uz/docs/4386848.
3. Goal 5: Achieve gender equality and empower all women and girls. -https://www.un.org/sustainabledevelopment/gender-equality
4. Голубев А. А. Энциклопедический словарь политологических терминов. -СПб. Издательство: Петрополис. 2013.
5. О.Г.Щенина Формы участия молодёжи в политическом процессе современной России: Дис. ... канд. полит.наук. М., 2005.
6. Д.В.Конычев Политическое участие (на примере российского регионального процесса): Дис. ... канд. полит.наук. Саратов, 2000.
7. М.М.Назаров Политический протест: опыт эмпирического анализа // Социс. 1995. № 1.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
8. Юстин, Марк Юниан (I-III вв.). Эпитома сочинения Помпея Трога "HistoriaePhillipicae" = EpitomaHistoriarumPhillipicarumPompeiTrogi. СПб.: Изд-во: С.-Петерб. ун-та, 2005. С.388.
9. Геродот. История в девяти книгах. Л.: Наука. 1972. Книга 1. С. 205-214.
10. Ibn Battuta, Travels in Asia and Africa 1325—1354 / tr. and ed. H. A. R. Gibb. — London: Broadway House, 1929. — P. 43.
11. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.
12. B.Alimjonov Imperiya nazaridan chetda, "Hujum" markazida va siyosiy eksprement o'chog'ida qolgan o'zbek ayoli. -https://oyina.uz/uz/article/1356
13. A.Saidov Policies for gender equality in modern Uzbekistan.https://pravacheloveka.uz/en/news/academician-akmal-saidov-on-the-gender-policy-of-the-new-uzbekistan-in-the-context-of-international-trends-in-parliamentarism
14. A.Saidov Policies for gender equality in modern Uzbekistan.https://pravacheloveka.uz/en/news/academician-akmal-saidov-on-the-gender-policy-of-the-new-uzbekistan-in-the-context-of-international-trends-in-parliamentarism
15. Г.Рахимова Гендерный аспект: участие женщин Узбекистана в политической жизни и избирательных процессах. https://yuz.uz/ru/news/genderny-aspekt-uchastie-jenin-uzbekistana-v-politicheskoy-jizni-i-izbiratelnx-protsessax
16. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlari. https://gender.stat.uz/uz/qo-shimcha-ko-rsatkichlar/ijtimoiy
17. Ф.Давронова Узбекистонда хотин-кизларнинг сиёсий партия фаолиятидаги иштироки: миллий ва хорижий тажриба. Жамиятваинновациялар -Обществоиинновации - Society and innovations Special Issue -11(2021).