Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA AYOL RAHBARLARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI'

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA AYOL RAHBARLARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
45
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayollar masalasi / boshqaruv lavozimlariga tayinlash / saylash va saylanish / ijtimoiy masalalar / ayollarning huquqlari / manfaatlari / erkinliklari / ayollarni yanada faollashtirish / jamiyat taraqqiyoti / ijtimoiy-siyosiy / madaniy-ma’naviy / diniy-ma’rifiy / tarbiyaviy jarayonlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Arzimatova I.M

Maqolada O‘zbekiston yangi islohotlar davrida ayollar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, rahbar ayollarni boshqaruv lavozimlariga tayinlash, saylash va saylanish huquqlari qonun bilan mustahkamlanganligi, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalari, xotin-qizlarning davlat boshqaruvi tizimida sub’ekt sifatida faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA AYOL RAHBARLARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI»

O'ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA AYOL RAHBARLARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI

Arzimatova I.M.

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.10657619

Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston yangi islohotlar davrida ayollar masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi, rahbar ayollarni boshqaruv lavozimlariga tayinlash, saylash va saylanish huquqlari qonun bilan mustahkamlanganligi, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalari, xotin-qizlarning davlat boshqaruvi tizimida sub'ekt sifatida faoliyat yuritishi to'g'risidagi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ayollar masalasi, boshqaruv lavozimlariga tayinlash, saylash va saylanish, ijtimoiy masalalar, ayollarning huquqlari, manfaatlari, erkinliklari, ayollarni yanada faollashtirish, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy, diniy-ma'rifiy, tarbiyaviy jarayonlar.

Аннотация. В статье освещены вопросы женщин в период новых реформ в Узбекистане, закрепленные законом право голосовать и быть избранным на руководящие должности женщин-руководителей, вопросы повышение социально-экономической и политико-правовой активности женщин, функционирование женщин как субъектов в системе государственного управления.

Ключевые слова: женский вопрос, назначение на руководящие должности, назначение, избрание и избрание на руководящие должности, социалные вопросы, права женщин, интересы, свободы, активные женщины, развитие общества, общественно-политический, културно-духовный, религиозно-просветителский, образователный процессы.

Abstract. The article highlights the issues of women during the period of new reforms in Uzbekistan, the legislatively enshrined right to vote and be elected to leadership positions of women leaders, issues of increasing the socio-economic and political-legal activity of women, the functioning of women as subjects in the public administration system.

Keywords: women's issue, appointment to leadership positions, appointment, selection and election to leadership positions, social issues, women's rights, interests, freedoms, active women, development of society, socio-political, cultural-spiritual, religious-educational, educational processes .

Bugun ayollar masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, O'zbekiston yangi islohotlar davrida ularni boshqaruv lavozimlariga tayinlash, saylash va saylanish huquqlari qonun bilan mustahkamlanganligi va ularni nafaqat ijtimoiy masalalarni o'rganish ob'ekti, balki xalq xo'jaligining barcha sohalarida o'z iqtidorini namoyon etish qobiliyatiga egaligi e'tirof etilayotganligi muhim hisoblanadi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rnini tobora kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni belgiladik. Mamlakatimizda boshqaruv tizimida ayollarning ulushini 33 foizga yetkazdik. Yurtimizda 1,5 mingga yaqin xotin-qiz mutaxassislar turli darajadagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi" [1. B. 48-49]. Shunday ekan, ayol rahbar kadrlarning ijtimoiy faolligini oshirish, boshqaruvdagi imkoniyatlarini sinab ko'rishlariga imkoniyatlar yaratish dolzarb vazifalardan biridir.

Aytish zarurki, so'nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev, hukumatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonning Yangi Konstitutsiyasida ularning huquqlari, manfaatlari, erkinliklari davlatimiz tomonidan himoya qilinadi. Aynan O'zbekistonning Yangi Konstitutsiyasining 58-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi [2. B. 14] deyiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev jamiyat taraqqiyotiga o'z sohasida katta xizmat qilgan ayollarni bir qator lavozimlarga qo'ydi. Mazkur tayinlovlar jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoyev «ayollar bo'lgan joyda adolat, poklik bo'lishi»ni aytib o'tgan. Ayrim tumanlarga faol ayollarni hokim lavozimiga tayinlab, u quyidagi fikrlarni aytgan: «Ishonaman — ayollar rahbar bo'lgan tumanlarda adolat bayrog'i boshqacha hilpiraydi. Biz hokimlikka saylangan rahbar ayollarimizga doim yordam beramiz, yelkadosh bo'lamiz. Bundan keyin ham katta-katta tashkilot va kompaniyalar rahbarligiga ayollarni tayinlash tashabbusi davom etadi. Biz ularni tayyorlayapmiz. Kimlargadir bu ish yoqmas, lekin menga yoqadi» [3].

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev O'zbekistonda ayollarni yanada faollashtirish masalasiga katta e'tibor qaratmoqda:"Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda [4. B. 160161]".

Hozirgi O'zbekistonda ayollar faoliyat olib bormayotgan soha deyarli qolmadi. Tarixda birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni ancha ortdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning soni 150 nafar bo'lib, undan 48 nafari ayollar bo'ldi. Bu ko'rsatkich Senatda 25 foizga yetdi. Ayollarimiz mahalliy Kengashlarda ham ko'zga ko'rinarli faoliyat olib bormoqdalar. Jonkuyar, tinib-tinchimas ayollarimiz mahalliy kengashlarning faoliyatida ham muhim rol o'ynamoqdalar. Natijada parlament ayol deputatlar soni bo'yicha dunyodagi mamlakatimiz parlamenti 190 ta milliy parlamentlar ichida 37 pog'ona ko'tarilib, ancha yuqoriga ilgariladi. Bunday ijobiy jarayonlar "Yangi O'zbekiston — yangi saylovlar" shiori ostida bo'lib o'tgan saylovlarning demokratik natijalari, deyish mumkin.

Jamiyatda ayollar bog'cha, maktab, korxona, kasalxona, OTM va boshqa barcha davlat va xususiy korxonalar, jamoalarda faoliyat olib boradilar. Ularning oiladagi roli ham beqiyos. Ayniqsa, jamiyatda ijtimoiy masalalarning, xususan oila, mahalla va boshqa jamoaviy joylarda mavjud barcha muammolarni hal etishda hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy, diniy-ma'rifiy, tarbiyaviy va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi, faoliyat olib boradi va ko'p hollarda mazkur jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida ishtirok etadi.

Jamiyat, millat ijtimoiy hayotida faol bo'lgan ayollarimiz ijtimoiy-siyosiy hayotda ham faol bo'ladilar, jamiyatda amalga oshayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma'rifiy, ilmiy - texnologik o'zgarishlar, modernizatsiya jarayonlarining sub'ekti sifatida faoliyat yuritadilar. Natijada ayollarning intellektual, ma'naviy salohiyati, kreativligi, innovatsiyalarga munosabati ularning ijtimoiy tajribasi asosida yuksalib boradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev aytganidek, "Bugungi kunda yurtimizda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin ayollar rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Xotin-qizlarimiz orasidan Oliy Majlis Senatida - 17 nafar senator, Qonunchilik palatasida 21 nafar deputat faoliyat olib bormoqda.

Respublika bo'yicha joriy yilning may oyida fuqarolar yig'inlari raisligi uchun o'tkazilgan saylovlarda 1 ming 25 nafar ayol o'zini o'zi boshqarish idoralari raisi lavozimiga saylandi.

Yurtimizda turli korxonalarda ishlayotgan rahbar ayollar soni ham o'sib bormoqda. Bu ko'rsatkich 2017 yili 44,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda 45,3 foizga yetgan.

Xotin-qizlarning ulushi sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 82 foizdan ziyodni, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat va san'at sohalarida 72 foizni, qishloq xo'jaligida 45 foizdan ortiqni, sanoatda 38 foizni tashkil etmoqda [5. B. 161]".

To'g'ri, ayrim hollarda jamiyatda ularning faoliyatiga turli to'siqlar yuzaga keladi. Bu jarayon jamiyatning ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashi, milliy mentalitet, milliy va diniy an'analar va boshqalar bilan bog'liq. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning kelgusi bosqichlarida ijtimoiy hayotning sub'ekti sifatida ayolga bo'lgan munosabatlarda o'zgarishlar, hatto ayol va erkakni bir-biriga antogonist sifatida qarshi qo'yuvchi ta'limotlar paydo bo'ladi. Ayolning ijtimoiy-siyosiy borliqni yaratuvchi, boshqaruvchi qobiliyatga, kuchga ega ekanini shubha ostiga oluvchi qarashlar hanuzgacha mavjud, shu bois "ayollar masalasi" taraqqiyparvar, demokratik kuchlar diqqatini tortmoqda.

Xotin-qizlarning ijtimoiy sub'ektligini rad etuvchi, ularning inson ekanini mensimaydigan qarashlarni biz insoniyat tafakkuriga ulkan hissa qo'shgan mutafakkirlar, ijodkorlar, faylasuflar ijodida ham uchratamiz. Homer "Ayoldan ham halokatli narsa yo'q" desa, yetti donishmandning biri, falsafa fanining asoschisi hisoblanadigan Fales o'zining ayol bo'lib tug'ilmaganiga hamdu sanolar aytadi. Suqrot, "erkak qahridan ko'ra, ayol mehridan qo'rqish kerak" [6. 308], deydi. Aristofan esa boshqarish ishlarini o'z qo'llariga olmoqchi bo'lgan ayollarni mazaxona iboralar bilan tasvirlaydi [7. B. 345, 347]. Bunday fikrlarni Budda, Konfutsiy, Platon, Aristotel, Shopengauer, Nisshe asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Eng hayratlanarlisi shundaki, erkakning siyosiy borliqdagi o'rni, mavqei ortishiga muvofiq holda - teskari tarzda ayolning ijtimoiy hayotdagi roliga salbiy munosabat kengayib bordi. Erkak mulkiy munosabatlarning asosiy sub'ekti sifatida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot sahnasiga chiqqach, ayolning huquq va erkinliklarini cheklash odatiy holga aylandi. Solonning "ayol boshqarish haqida hech nimani fikrlamaydi, uning uchun u ayol, xizmatkor va yordamchi rolini o'ynashi zarur" [8. B. 19-20], degan tartibi keyingi asrlarda keng tarqala bordi. Faqat XIX asrga kelib ayollarning insoniy huquqlarini tiklash, ularni turli zo'ravonliklardan, kamsitishlar va g'ayriinsoniy odatlardan xalos qilish uchun uyushgan ommaviy harakat boshlandi, xalqaro miqyosda zaruriy normalarni qabul qilishga kirishildi [9. B. 27].

Xotin-qizlarning davlat boshqaruvi tizimida sub'ekt sifatida faoliyat yuritishi ijtimoiy-siyosiy institutlar oldidagi funksiyalar bilan chambarchas bog'liqdir. Ayollar davlat boshqaruvi tizimida qatnashar ekan, eng avvalo ushbu boshqaruv tizimining funksional xususiyatlaridan, ularni bajarish texnologiyasidan yaxshi xabardor bo'lishlari shart.

Demokratik davlatning bosh prinsipi insonga xizmat qilish ekan, u shubhasiz, barcha ob'ektlar ehtiyojlari va talablarini hisobga olishga majbur. Demak, xotin-qizlar ob'ekt sifatida ham, inson sifatida ham boshqaruv oldiga o'z talab va ehtiyojlarini qo'yadi, ularning qondirilishini istaydi. Bu esa ularning ob'ekt sifatida davlat boshqaruvi tizimiga ma'lum bir vazifalar qo'yishiga zamin yaratadi, ya'ni ular o'z funksiyalarini boshqaruv tizimiga olib kiradi.

Ayollar jamiyatni boshqarish ishlaridan chetlatiladigan qarashlardan ozod qiluvchi, oiladagi onalik, rafiqalik mas'uliyatidan voz kechmagan holda jamiyatda erkaklar bilan teng mehnat qilish, mehnatga yarasha haq olish, sog'liqni saqlash, ta'lim olish, saylash va saylanish kabi huquqlari asosan XX asrdan e'tiboran kuchliroq namoyon bo'la boshladi.

Ayniqsa, 2018 yilda hukumatimiz tomonidan ayollar faolligini oshirish, iste'dodlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 1 ta Farmon, 3 ta Qaror, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 6 ta qarori, 1 ta farmoyishi va 12 ta chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi [10. B. 7].

Ayollarning faolligi olima S.T.Inomova fikricha, umummilliy siyosatning ma'nosi - xotin-qizlarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini umumjamiyat ishiga aylantirish demakdir [11. B. 8].

Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichida mamlakatda boshqaruv kadrlariga bo'lgan talabning sezilarli darajada ortganligi, yangi mustaqil davlat uchun kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash mexanizmlarini amalga oshirish, avvalo, boshqaruv va hokimlik tuzilmalaridagi mavjud kadrlar malakasini oshirish zarur vazifa etib belgilanganligi bilan ta'riflanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev aytganidek, "Ayni vaqtda ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni o'qitish, malakasini oshirish tizimi yaratilmoqda. Bularning barchasi davlatimizda xotin-qizlar harakati katta salohiyat va istiqbolga ega ekanini ko'rsatadi" [12. B. 108-109]. Shu nuqtai nazardan kadrlar masalasi hokimlik tizimidagi ma'lum bir bo'limga bo'ysundirilganligi, tashkiliy masala sifatida ularning asosiy vazifasi etib belgilanganligi, boshqaruv tizimi uchun kadr tanlash masalasida tenglik tamoyili (mezonlar ayolga ham, erkakka ham bir xil qo'llanilishi, gender tengsizligi) ishlamayotganligi ijtimoiy-psixologik muammo sifatida o'rganiladi.

Birinchidan, kadrlar muammosida erkaklarga va ayollarga qo'yiladigan talablar, xususan iqtisodiy ahvol, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

Ikkinchidan, idora va tashkilotlarda kadrlar qo'nimsizligi, kadrlar tanlash va tayinlashda raqobatni oshirish;

Uchinchidan, idora va tashkilotlar o'rtasida kadr almashinuvi, "rotatsiya" masalalarida raqobat pasayishining ijtimoiy-psixologik omillarini o'rganish, yuqoridagi qonun hujjatlari va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Jamiyatning barcha sohalaridagi rivojlanish faol kadrlarga bog'liq bo'lib hisoblanadi. Zero, jamoa, tashkilotning har bir a'zosi u yoki bu darajadagi kadr hisoblanadi. Demak, kadrlar faoliyatini baholash, ularni boshqaruv uchun tayyorlashga tanlashni amalga oshirishda shaxsning ijtimoiy- psixologik xususiyatlariga ahamiyat qaratish zarur. Kadrlarni tanlash masalasida tenglik tamoyillari amalga oshirilishi uchun bu jarayonda ayollargagina xos bo'lgan ijtimoiy-psixologik va psixo-emotsional xususiyatlarga alohida e'tibor qaratib, kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilish mumkinki, birinchidan, boshqaruvda ayollar faollikni namoyon etishlari uchun avvalo sharoit yaratish kerak. Bu zahiraga kiritish, imkon berish, qo'llab-quvvatlash, tajriba, malaka, ko'nikma shakllantirishda ko'rinadi.

Ikkinchidan, kadrlar zahirasida shaxs muayyan vaqtda aniq bir lavozimga tayyorlanadi. Unda maxsus ko'nikma shakllantiriladi va albatta boshqaruvga tayinlov amalga oshiriladi. Kadrlar zahirasidan foydalanish "qonuniyati" - zahiraga kiritilgan kadr aniq lavozimga tayyorlanayotganligini har tomonlama his qilganda, topshiriqlarni sidqidildan bajarganda, sohaga oid hujjatlarni o'rganishga mas'uliyat bilan yondoshganda, o'z fikrini himoya qila olganda amalga oshadi.

Uchinchidan, ayol kadrlar zahirasini shakllantirish institutini amaliyotda faol qo'llash va muvaffaqiyatga erishishda immanent belgilarga e'tibor berish va intuitsiyani hisobga olish kerak.

Ayollar faolligida ayniqsa, boshqaruvda stressga chidamlilik va emotsional turg'unlik ijobiy xususiyat deb tan olinishi kerak.

To'rtinchidan, rahbar nomzod tanlashda kadrlar zahirasiga kiritilgan ayollarning ijtimoiy-psixologik, hissiy-emotsional xususiyatlari hamda qobiliyatlari yuzasidan aniq ma'lumotga ega bo'lishi shart. Bu faoliyatni to'g'ri yo'naltirish, rejalashtirish, natija kutishning ishonchliligini oshiradi.

Beshinchidan, iqtisodiy sohada tavakkalchilik qobiliyati yuqori bo'lgan ayollar salohiyatidan foydalanish ijobiy samara beradi. Bunda tavakkalchilik bilan birga ayollardagi tartibli-tashkilotchilik xususiyati ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Faoliyatdagi tartib-intizom asosan qaror qabul qilish vaqtida, shaxslararo, tashkilotlararo munosabatlardagi qat'iyatda ko'rinadi va bu tashkilot imidjiga, iqtisodiy salohiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. Toshkent.: "O'ZBEKISTON", 2022. 48-49 B.

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - Toshkent: Adolat, 2023. - B. 14.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 22 yanvar kuni bo'lib o'tgan xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi ma'ruzasi.

4. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. 3-jild. Toshkent.: "O'zbekiston", 2019. - B. 160-161.

5. Mirziyov Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. 3-jild. Toshkent.: O'zbekiston, B. - 161.

6. Плосс Г. Женщина в естествоведении и народоведении//Антропологические исследования. Сыктывкар - Киров, "Вятка", 1995. - С. 308.

7. Аристофан. Комедии в 2-х т. Т. 2. -М.: Искусство, 1983. -С.345,347.

8. Энциклопедия афоризмов. Классическая философская мысл. - Минск. Совр.лит-ор.1999. - С.19-20.

9. Safaeva S. Ayollar masalasi: umumijtimoiy va milliy jihatlar. - Toshkent: O'zbekiston, 2003. - B.27.

10. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hisobot-saylov konferensiyasining hujjatlar to'plami. T.: 2018. 7 b.

11. Inomova S.T. E'zozli ayol iqboli. T.: O'qituvchi. 2005. 8 b.

12. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent.: "O'zbekiston", 2019. 108-109 B.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.