Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TIBBIYOT KADRLARINI TAYYORLASHDA IQTISODIY BILIMLARNING ZARURIYATI'

ZAMONAVIY TIBBIYOT KADRLARINI TAYYORLASHDA IQTISODIY BILIMLARNING ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

20
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy bilimlar / iqtisodiyot / iqtisodiyot nazariyasi / oliy ta‟lim / tibbiyot / malakali kadrlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdukakhkhor Abdumutalovich Khajimuratov

Maqolada oliy ta'limning xozirgi isloxot davrida meditsina kadrlarini tayyorlashda bozor talablariga ko'ra iqtisodiy bilimlarni egallash uchun iqtisodiyot nazariyasi fanini o'qitilishining zaruriyati haqidagi masalalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TIBBIYOT KADRLARINI TAYYORLASHDA IQTISODIY BILIMLARNING ZARURIYATI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

ZAMONAVIY TIBBIYOT KADRLARINI TAYYORLASHDA IQTISODIY

BILIMLARNING ZARURIYATI

Abdukakhkhor Abdumutalovich Khajimuratov

Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti, Iqtisodiyot fanlari doktori khaj imuratov58 @ gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy ta'limning xozirgi isloxot davrida meditsina kadrlarini tayyorlashda bozor talablariga ko'ra iqtisodiy bilimlarni egallash uchun iqtisodiyot nazariyasi fanini o'qitilishining zaruriyati haqidagi masalalar bayon qilingan.

Kalit so'zlari: iqtisodiy bilimlar, iqtisodiyot, iqtisodiyot nazariyasi, oliy ta'lim, tibbiyot, malakali kadrlar.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini ko'tarish, oliy ta'limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini ilg'or ta'lim texnologiyalari asosida rivoj lantirish ko' zda tutilgan [1].

Xozirgi davrda, bozor iqtisodiyotining talablari - uning xamma ishtirokchilarini iqtisodiy bilimlarni egallashni taqozo etadi. Vaxolanki, bo'lajak kadrlarimiz ham keying o'z faoliyatlarida bozor munosabatlarini chetlab o'tishlari mumkin emas. Bu borada, har bir zamonaviy mutaxassis bozor sharoitidagi iqtisodiy munosabatlarni: bozor elementlari, iqtisodiy kategoriyalar va qonunlarning moxiyatini, raqobatni amal qilishi shartlarini bilishi lozimdir. Shuning uchun, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida, shuningdek tibbiyot soxasiga iqtisodiy bilimlarga ega bo'lgan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun iqtisodiyot nazariyasi fanini o'qitilishi dolzarb muammo hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada iqtisodiy bilimlarni o'rdanishni faollashtirish va uni boshqarish jarayonini tarixiy, iqtisodiy, mantiqiy tamoyillari, deterministic yondashuv va diskurs tahlil usulida ko'rib chiqdik.

Asosiy qism. Ma'lumki, Iqtisodiyot nazariyasining umumiy taraqqiyotdagi zaruriyati, uning bajaradigan bazifalaridan kelib chiqadi.

196

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Iqtisodiyot nazariyasining bilish vazifasiga ko'ra, har qanday fan kabi bu fan ham fundamental ahamiyatga ega bo'lib, jamiyatda kishilar o'rtasida bo'layotgan hodisa va voqealardagi iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o'rab turgan bu olam to'g'risidagi fikrlarimizni kengaytiradi. Aynan shu tufayli xozirgi paytda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni to'laqonli fahmlab olish mumkin.

Iqtisodiyot nazariyasining amaliy vazifasiga ko'ra, amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi bo'lgan cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash va shunga asoslanib o'sib boruvchi turli ehtiyojlarni qondira borishdan iboratdir.

Iqtisodiyot nazariyasining g'oyaviy-tarbiyaviy vazifasi yordamida talabalar, mutaxassislar iqtisodiyot ilmini o'rganuvchilarning hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurini, y'ani bozor munosabatlari dunyoqarashini shakllantiradi [3].

"Iqtisodiyot nazariyasi" fanining maqsadi - iqtisodiy muammolar va ularni hal qilish yo'llarini, iqtisodiy nazariy asos sifatida har qanday davlatning siyosatini shakllantirishdir. Vaholanki, "Iqtisodiy nazariya"siz iqtisodiy siyosatning bo'lishi aqlga sig'maydi. Binobarin, iqtisodiy nazariya odamlarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o'rganadi. Shuning uchun bu fan gumanitar (ijtimoiy) fan hisoblanadi. Demak, har qanday davlatning iqtisodiy siyosati, jamiyatda ob'ektiv qonuniyatlarni zamonaviy sharoitda o'rganadigan iqtisodiyotning nazariyasiga asoslanadi.

Shu asnoda, tibbiyot soxasi kadrlari faoliyatini ham iqtisodiy bilimlarsiz tasavvur qilish mumkin emas, albatta. Chunonchi, bu fikrni hozirgi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib shartli ravishda ta'kidlar o'tiish lozim bo'ladi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillaridan boshlab iqtisodiy bo'lmagan oliy toifali mutaxassislar, shuningdek tibbiyot kadrlarini tayyorlashda, iqtisodiy bilim berilmadi. Chunki, iqtisodiy nazariya o'quv rejalarda yo'q.

Nega? Albatta afsus, o'ylab ko'ring bugungi ta'limda iqtisodiy bilim olmasdan qanday qilib turli profilli yangi mutaxassisni bozor talablariga mos tayyorlash mumkin? Zero, bozor munosabatlari (xususiy mulk) iqtisodiyot hayotining barcha sohalarida, xususan, ishlab chiqarish va xizmatlarda, shu jumladan, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqalarida keng tarqaldi-ku, axir! Mutaxassis iqtisodiy bilimlarsiz bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday faoliyat ko'rsatishi mumkin?

Ma'lum bo'lishicha, bu muammoning bosh sababi shundan iboratki, bozorga o'tishni boshlanishi sharoitida "boshqaruvchilarimiz" bozor iqtisodiyotini shakllanishi va rivojlanishi jarayonida iqtisodiy nazariyaning o'rni, roli va ahamiyatiga yetarlicha baho bermaganliklarini bildiradi. Shu joyda quyidagilarni eslatib o'tish o'rinli bo'lardi, yani mamlakatimiz tarixiga nazar solsak, hatto

197

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

sotsalizm davrida iqtisodiy ta'lim - "siyosiy iqtisod" barcha mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlashda majburiy tarzda o'qitilgan. Bu tarixni ahamiyatini "hech kim" e'tiborga olmagan ko'rinadi.

Shunga mos holda, keying yillarda mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bilan tashkil etilgan tibbiyot kadrlarini tayyorlash qo'shma dasturi bo'yicha: iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyot, moliyaviy savodhonlik, menejment marketing fanlari talabalarga (rus tilida) o'qitiladi. Taajub, nega xanuzgacha bu fanlar bizning tibbiyot kadrlarni tayyorlash milliy dasturimizga qo'shilmayapdi. Bu masalada Rossiya va boshqa mamlakatlar tajribasi qo'llanilmayapdi? Yoki biz bu sohada orqada qolib, oqsayapmizmi?

Zero, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qura yotgan ekanmiz, bozor iqtisodiyotining talabi bo'yicha - bo'lajak kadrlarimiz iqtisodiy bilimlarni puxta egallashlari lozim. Buning uchun tayyorlanayotgan barcha mutaxassisliklar bo'yicha o'quv rejasiga iqtisodiyot nazariyasi fanini qo' shilishi kerak va iqtisodiy ta'limni keng yo'lga qo'yilishi lozim. Bu hozirgi davr taqozosidir, deb hisoblaymiz.

Hozirgi kunda tibbiyot sohasi byudjet cheklovlari, texnologiya va dori vositalarining narxida importga bog'liqligi, tibbiyot muassasasini tashkil etish va sifatli tibbiy hizmat, raqobatni cheklanganligini ko'rsatish bilan bog'liq bir qator muammolarga duch kelinmoqda. Ushbu muhitni samarali tashkillashtirish va muvaffaqiyatli ishlash uchun sog'liqni saqlash xodimlari iqtisodiy fikrlash orqali sog'liqni saqlash iqtisodiyoti tamoyillarini tushunishlari kerak.

Iqtisodiy jihatlarni bilish sog'liqni saqlash mutaxassislariga resurslardan foydalanishni optimallashtirish va sifatli tibbiy yordam ko'rsatish uchun asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Ular dori-darmonlar, tibbiy asbob-uskunalar narxini hisobga olishlari, shuningdek, turli xil texnika va protseduralarning samaradorligini baholashlari kerak. Iqtisodiy bilimlar xarajatlar va foydalarni tahlil qilish va kerakli natijaga erishishning eng yaxshi usullarini tanlash imkonini beradi.

Tibbiyot bozoridagi raqobat tibbiyot xodimlarining iqtisodiy bilimlarga bo'lgan talabini ham belgilaydi. Muvaffaqiyatga erishish uchun shifokorlar va hamshiralar o'z amaliyotlarini qanday rivojlantirish va optimallashtirishni, ko'proq bemorlarni qanday jalb qilishni va ularni saqlab qolishni bilishlari kerak. Iqtisodiy bilimlar marketing, moliyaviy rejalashtirish va biznesni boshqarish tamoyillarini tushunishga yordam beradi, bu sizga o'z tibbiy amaliyotingizni rivojlantirish yoki mehnat bozorida ko'proq talab va muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi [4].

198

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Bularning barchasi, iqtisodiy bilimlarning muhimligini anglashdir. Ular nazariy tizimni olish orqali iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonini ta'minlashga imkon beradi. Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiy bilimlar, joriy ekologik sharoitda adekvat o'zaro ta'sir o'tkazish imkonini beradi. Bunda voqelik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni to'g'ri talqin qilish qobiliyatidir, shu jumladan:

• tibbiyot jarayonida ob'ektiv rivojlanadigan iqtisodiy munosabatlar kasbiy faoliyat - tibbiy yordam ko'rsatish;

• sog'liqni saqlash sohasidagi iqtisodiy qonunlarning shakllari va namoyon bo'lishi;

• sog'liqni saqlashda resurslardan foydalanishning iqtisodiy mohiyati.

Binobarin, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini 2019-2025

yillarga mo'ljallangan Kontseptsiyasida, tibbiyot sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali hususiy sector rolini oshirish ko'zda tutilgan, ammo yuqori malakali meditsina kadrlarini tayyorlashda, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda iqtisodiy bilim haqida hech narsa aytilmagan [2].

Binobarin, iqtisodiyot nazariyasining g'oyaviy-tarbiyaviy vazifasiga kora - bu bo'lajak mutaxassislarning, keng omma, iqtisodiyot ilmini o'rganuvchilarning hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurini, sh.j.bozorga bo'lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Boz ustiga, mamlakatimiz milliy istiqlol g'oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni milliy manfaatlari yo'lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko'paytirish, milliy valyutamiz qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosidagi (brend) talabini ta'minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko'tarish ruhida tarbiyalaydi.

Shuningdek, bu fan - mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan bo'lajak tibbiyot kadrlarida, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik ko'nikmalari, sirlarini egallash orqali biznes tafakkurini shakllantiradi va yangidan-yangi tadbirkorlar, biznes boshqaruv vakillari etishib chiqishiga asosiy fundament bo'lib hizmat qiladi, albatta.

Aytish kerak, to'g'ri bazi oliy ta'limda tibbiyot mutaxassisliklarini tayyorlashda "Tibbiyot iqtisodiyoti", "menejment-marketing" kabi fanlar o'qitiladi, buni inkor qilib bo'lmaydi. Bu fanlarning fundamental asosi esa - iqtisodiyot nazariyasi fani hisoblanadi. Bu fikrga shubha yo'q albatta [6]. Lekin, bu jarayonda O'zbekiston tibbiyot oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi chetlab o'tilgan. Pedagogik tajriba shuni ko'rsatmoqda-ki, buning samarasi deyarli yo'q darajada. Chunki, o'qitishni avval bu fanlarning fundamental asosi bo'lgan iqtisodiyot nazariyasidan boshlash kerak. Vaholanki, iqtisodiy kategoriyalar va qonunlarning asl

199

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

mohiyatini iqtisodiyot nazariyasidan bilmay turib, ta'lim jarayonida ularni ishlatish samarasiz urinishdir, deb hisoblaymiz.

Xullas, fundamental iqtisodiy bilimlarsiz xozirgi zamonda yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashni tasavvur qilish qiyin.

Xulosa va taklifimiz: Bu fikrlarning barchasiga asoslanib xulosa qilib aytish lozimki, bugungi iqtisodiyotdagi bozor munosabatlarining talabi, "Iqtisodiyot nazariyasi" fanini mamlakatimizning tibbiyot oliy o'quv yurtlarida barcha mutaxassisliklar bo'yicha oqitilishini taqozo etadi. Shuning uchun, "Iqtisodiyot nazariyasi" fanini Falsafa, O'zbekiston eng yangi tarixi, Dinshunoslik fanlari qatorida majburiy o'qitish fani sifatida o'quv rejasiga kiritilishini taklif etamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi // Lex.uz>docs/-4545884

2. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini 2019-2025 yillarga mo'ljallangan Kontseptsiyasida / OzR Prezidentining 2018 yil, 7 dekabr, №PQ-5590 qarori Ilovasi / (www.lex.uz), 7 декабр 2018 y.

3. Sh.Shodmonov, M.Raxmatov. Iqtisodiyot nazariyasi: darslik. - T.: "Zamin nashr", 2021. 34b.

4. Значение экономических знаний для медицинских работников. Источник: https://domopravda.ru/znacenie-ekonomiceskix-znanii-dlya-medicinskix-rabotnikov

5. Драчук П.Э. Роль экономических знаний в социализации будущих врачей. ФГБОУВО ЮУГМУМинздрава России, Челябинск, Россия e -mail: [email protected]

6. Шильцова Т.А., Пильщикова В.В., Гурбич Г.И. Особенности изучения экономики здравоохранения студентами медицинских вузов // Межд. журнал экспериментального образования. - 2014. - № 10. -С.378-380; URL: https://expeducation.ru/ru/article/view?id=6133 (дата обращения: 06.12.2023).

200

^_17-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.