Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
TIBBIY XIZMATLARNI KO'RSATUVCHI IQTISODIY SUBEKTLARDA DAROMADLAR HISOBINI TAKOMILASHTIRISH ZARURATI
Z. B. Eshpulatova
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedra
PhD, dotsent v.b.
ANNOTATSIYA
Maqolada tibbiy xizmatning mamlakatda tutgan o'rni, mohiyati, ushbu sub'ektlarda daromadlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Mavzuga doir xulosa va takliflar keltirilgan.
Kalit so'zlar: tibbiy xizmatlar, daromad, buxgalteriya hisobi, takomillashtirish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, xarakatlar strategiyasi, ustuvor vazifa, aholi daromadi, ijtimoyi himoya.
Tibbiy xizmat ko'rsatish va tibbiy servis sohasi kishilik jamiyatida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda o'zining sezilarli hissasiga ega va bu hissa borgan sari yuksalib bormoqda. Mamlakatimizda "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni1 [1] muhim vazifalardan biri bu barqaror iqtisodiy o'sish orqali daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilishdan iborat. Shuningdek mazkur strategiya ijrosini ta'minlash yuzasidan qabul qilingan qator farmon va qarorlar, shuningdek davlat dasturlarida aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy servis xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar hamda aniq chora-tadbirlar belgilangan.
O'zbekistonda olib borilayotgan so'ngi besh yildagi islohotlar natijasida tibbiy xizmat ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlar soni oshib bormoqda. Shu boiz, strategiayda belgilangan vazifalarga erishishda, aholi daromadlarini oshirish, tibbiy iqtisodiy sub'ektlarni oshirish, ushbu sub'ektlarda aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan daromadlar hisobi tashkil qilish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatish sohasining «...aholi o'rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish...» [2] kabi o'ta dolzarb vazifalarni hal qilishdagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir.
Aholimiz orasida tibbiy xizmatlardan foydalanilmaydigan shaxslar deyarli mavjud emas. Qaysi yoshda va ish faoliyatidan qat'iy nazar tabiyi ravishda u yoki bu masalada
1 11.09.2023 yildagi PF-158-son "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. uza.uz.
17-aprel, 2024
221
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
tibbiy xizmat turlaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Aynan shular va boshqa omillar tibbiy xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi sub'ektlarni o'ta murakkab iqtisodiy birliklar ekanligidan ham darak beradi. Tibbiy x izmat ko'rsatishning o'ta xilma-xilligi, bir-biridan farqli jihatlari ularni iqtisodiy sub'ektlarda amalga oshirilayotgan daromadlar buxgalteriya hisobi ham o'ziga xos ob'ekti sifatida tavsiflaydi.
Tibbiy xizmat ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha belgilangan u stuvor vazifalarni bekamu-ko'st bajarish mazkur sohada buxgalteriya hisobi va tahlilga oid muammolarni ham hal etishni, ularni zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirishni taqoza etadi. Tibbiy xizmat ko'rsatishga bo'lgan talabning borgan sari oshib borishi, soha sub'ektlarida daromadlar buxgalteriya hisobi masalalarini yetarlicha tadqiq etilmaganligi, amaliyotda mazkur masalalarning hal etishga ob'ektiv zaruratlarning borligi mavzuning dolzarbligidan darak beradi.
Xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish masalalari respublikamizda qator olimlar, tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, M.M.Muxammedov [3], Pardaev M.K. [4], Mirzaev Q.J., [5] [6] B.A.Abdukarimov [7] , J.R.Zaynalov [8]., Maxkamov B.Sh [9] va boshqalarning asarlarini ko'rsatish mumkin .
Xizmat ko'rsatish va servis sohasida buxgalteriya hisobi dolzarb masalalari respublikamizda ayrim olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Bular jumlasiga, prof. Urazov K.B., Isroilov Yo.J,Xudayberdiev N.U., Annaev M.B., P ashaxodjaeva D.D. Mardonov M.Sh va boshqalar 4 [10] [11] [12] qalamiga mansub ishlar kiradi.
Shuningdek, xizmat ko'rsatish va servis sohasi sub'ektlarida auditni takomillashtirishda xorijlik olimlar E.A. Arens, Dj. K. Lobbek., Robertson Dodj R., Kamishanov P.I., va respublikamiz olimlari R.A.Abdullaev, A.I. Aliqulov, R.D.Do'smurodov, X.N. Musaev, N.S. Sanaev, S.N. Tashnazarov, M.M.To'laxodjaeva, Z.B.Eshpulatova [13] va boshqa olimlar qalamiga mansub monografiyalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar va ilmiy maqolalar muhim o'rin tutadi.
Muxammedov M. va boshqalar. Xizmat ko'rsatish sohasi va turizmni rivojlantirishning nazariy asoslari. Monografiya. //- Samarqand.: "Zarafshon", 2017.-300 b.; Qudratov G'. H, Pardaev M.K. va boshqalar. Xizmat ko'rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari. Monografiya. - T.: Iqtisod-moliya, 2008; Mirzaev Q.J., Pardaev M.Q. Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. // O'quv qo'llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2014. -384 b.; Mirzaev Q.J. Agroservisni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari.//-T.: "Fan va texnologiya", 2007.-16 b.; Abdukarimov B.A. Korxona iqtisodiyoti. Darslik.//-T.: Fan, 2005. -288 b.; Fayziev E.S. Servis tizimi faoliyati asoslari. O'quv qo'llanma.//-Samarqand.: "Zarafshon", 2010.-172 b.; Zaynalov D.R. Uslugi i servis kak ekonomicheskaya kategoriya.// j."Servis", Samarqand.: 2009, №1. -S.70-77.; Qudratov G'.H. Servis rivoji - aholi bandligini ta'minlash va farovonligini oshirish omili. // -T.: Fan va texnologiya, 2007.-32b.; Maxkamov B.Sh. Globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida uyali aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirish. Doktorlik diss avtoreferati.//-Samarqand.: 2016.-31 b
4 Urazov K.B. Xizmat ko'rsatish va servis sohasi korxonalarida buxgalteriya hisobining dolzarb muammolari. //«Servis» jurnali. 2009. №1. -B.107-114.; Urazov K.B., Xudayberdiev N.U., Annaev M.B., Isroilov Yo.J., Pashaxodjaeva D.D. Mardonov M.Sh. Xizmat ko'rsatish sohasi sub'ektlarida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalallari. Monografiya. - T.: Iqtisodiyot, 2011. - B. 75-99; Isroilov Yo.J. Avtodilerlik xizmatlarida soliq to'lovlari hisobining metodologik jihatlari. // J.:Iqtisod va ta'lim. - T.: - 2011, № 5. B. 129-132; Isroilov Yo.J. Avtomobillarga servis xizmatlar xisobi metodologiyasi. // J.:Bozor, pul, kredit. - 2011, № 11. B. 61-65;
17-aprel, 2024
222
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential
Biroq, ushbu olimlar tomonidan chop etilgan ishlarda tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlar faoliyati daromadlar buxgalteriya hisobi xususiyatlari maxsus yoritilmagan. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi sub'ektlarda daromadlarni tan olishda hisob va hisobot masalalari ham adabiyotlarda, shuningdek amalda bo'lgan milliy standartlarda atroflicha ochib berilmagan. Bular, ma'lum darajada, tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlarda daromadlar buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritishda ham ayrim muammolarni tug'dirmoqda. Yuqoridagilarning barchasi tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi sub'ektlar faoliyati daromdlarni tan olishda buxgalteriya hisobi masalalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarning asosiy yo'nalishlarini belgilab olishga asos bo'ladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, quiyagi ilmiy takliflarni ishlab chiqish maqadga muvofiq bo'ladi deb hisoblayman.
Birinchidan, tibbiy xizmat atamalariga manbalarda berilgan ta'riflar tahlili asosida "tibbiy xizmatlar" atamasiga mualliflik ta'rifini ishlab chiqish;
Ikkinchidan, "tibbiy xizmatlar" ob'ektlari sifatidagi xususiyatlari ochib berish;
Uchinchidan, tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi sub'ektlarda xizmatning turlari, maqsadi, vazifalari va tamoyillari belgilab olish;
To'rtinchidan, tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlar faoliyatini daromadlar buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslarini ochib berish, chunonchi tibbiy xizmatlarini ko'rsatuvchi sub'ektlar faoliyatini daromadlarni tan olishda maxsus schyotlarda hisobga olish taklif etish;
Beshinchidan, tibbiy xizmatlarni ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlar faoliyatini daromadla buxgalteriya hisobining asosiy axborot ta'minoti sifatidagi holati va uni takomillashtirish yo'nalishlari asoslash;
Oltinchidan, tibbiy xizmatlari faoliyati sub'ektlarida daromadlar buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarni qo'llash yo'nalishlari va ularni tadbiq etish yo'llari ko'rsatib berish;
Ettinchidan, tibbiy xizmatlari faoliyat sub'ektlarida ko'rsatilayotgan xizmatlarga doir daromadlarni xalqaro standartlar asosida tan olish uslubiyati ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tadbiq etish mehanizmini ishlab chiqish.
Yuqorida sanab o'tilgan ilmiy takliflarni tibbiy xizmat ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlarda daromadlar buxgalteriya hisobini zamon talab qiladigan hisob tizimi, xalqaro standartlar asosida muvofiqlashtirishga erishish mumkin bo'ladi deb hisoblayman.
REFERENCES
1. 11.09.2023 yildagi PF-158-son "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni;
17-aprel, 2024
223
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. uza.uz.
3. Muxammedov M. va boshqalar. Xizmat ko'rsatish sohasi va turizmni rivojlantirishning nazariy asoslari. Monografiya. //- Samarqand.: "Zarafshon", 2017.-300 b.;
4. Qudratov G'. H, Pardaev M.K. va boshqalar. Xizmat ko'rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari. Monografiya. - T.: Iqtisod-moliya, 2008;
5. Mirzaev Q.J., Pardaev M.Q. Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. // O'quv qo'llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2014. -384 b.;
6. Mirzaev Q.J. Agroservisni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari.//-T.: "Fan va texnologiya", 2007.-16 b.;
7. Abdukarimov B.A. Korxona iqtisodiyoti. Darslik.//-T.: Fan, 2005. -288 b.; Fayziev E.S. Servis tizimi faoliyati asoslari. O'quv qo'llanma.//-Samarqand.: "Zarafshon", 2010.172 b.;
8. Zaynalov D.R. Uslugi i servis kak ekonomicheskaya kategoriya.// j."Servis", Samarqand.: 2009, №1. -S.70-77.; Qudratov G'.H. Servis rivoji - aholi bandligini ta'minlash va farovonligini oshirish omili. // -T.: Fan va texnologiya, 2007.-32b.;
9. Maxkamov B.Sh. Globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida uyali aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirish. Doktorlik diss avtoreferati.//- Samarqand.: 2016.-31 b
10. Urazov K.B. Xizmat ko'rsatish va servis sohasi korxonalarida buxgalteriya hisobining dolzarb muammolari. //«Servis» jurnali. 2009. №1. -B.107-114.;
11. Urazov K.B., Xudayberdiev N.U., Annaev M.B., Isroilov Yo.J., Pashaxodjaeva D.D. Mardonov M.Sh. Xizmat ko'rsatish sohasi sub'ektlarida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalallari. Monografiya. - T.: Iqtisodiyot, 2011. - B. 75-99;
12. Isroilov Yo.J. Avtodilerlik xizmatlarida soliq to'lovlari hisobining metodologik jihatlari. // J.:Iqtisod va ta'lim. - T.: - 2011, № 5. B. 129-132; Isroilov Yo.J. Avtomobillarga servis xizmatlar xisobi metodologiyasi. // J.:Bozor, pul, kredit. - 2011, № 11. B. 61-65;
13. Z.B.Eshpulatova. Iqtisodiy sub'ektlarda daromadlar buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish (xalqaro standartlar asosida). [Matn]: monografiya / Samarqand iqtisodiyot va servis instituti - Samarqand.: "STAP-SEL" MChJ. Nashriyoti, 2023 - 150 bet.
224
^_17-apreL_202£_
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi