Научная статья на тему 'SAVDO KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKILLANTIRISHDA XALQARO STANDARTLARNING AHAMIYATI'

SAVDO KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKILLANTIRISHDA XALQARO STANDARTLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
30
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SAVDO / EKSPORT / INVESTITSIYA / MOLIYAVIY NATIJALAR / MILLIY VA XALQARO STANDART

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po‘latov X. O.

Savdo korxonalarida moliyaviy natijalar hisobotida xalqaro standartlarning ahamiyati, moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar uchun moliyaviy natijalarni xalqaro standartlarga muvofiq yoritilgan hamda talab va takliflar berilgan, investor talabini qoniqtirish uchun zaruriy axborotning maqsad va vazifalari hamda xalqaro standartlarning moliyaviy natijalardagi bugungi kun talablari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INTERNATIONAL STANDARDS IN THE FORMATION OF FINANCIAL RESULTS IN TRADE ENTERPRISES

The importance of international standards in financial statements in commercial enterprises, financial results for users of financial statements are described and presented in accordance with international standards, the goals and objectives of information required to meet investor demand and current requirements of international standards in financial results.

Текст научной работы на тему «SAVDO KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKILLANTIRISHDA XALQARO STANDARTLARNING AHAMIYATI»

Po'latov X.O. mustaqil tadqiqotchi

SAVDO KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI

SHAKILLANTIRISHDA XALQARO STANDARTLARNING

AHAMIYATI

Annotatsiya: Savdo korxonalarida moliyaviy natijalar hisobotida xalqaro standartlarning ahamiyati, moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar uchun moliyaviy natijalarni xalqaro standartlarga muvofiq yoritilgan hamda talab va takliflar berilgan, investor talabini qoniqtirish uchun zaruriy axborotning maqsad va vazifalari hamda xalqaro standartlarning moliyaviy natijalardagi bugungi kun talablari.

Kalit so'zlar: savdo, import, eksport, investor, investitsiya, moliyaviy natijalar,, milliy va xalqaro standart.

Pulatov X.O. independent researcher

THE IMPORTANCE OF INTERNATIONAL STANDARDS IN THE FORMATION OF FINANCIAL RESULTS IN TRADE ENTERPRISES

Abstract: The importance of international standards in financial statements in commercial enterprises, financial results for users of financial statements are described and presented in accordance with international standards, the goals and objectives of information required to meet investor demand and current requirements of international standards in financial results.

Keywords: trade, import, export, investor, investment, financial results, national and international standard.

Kirish: Mamlakatimizda jadal olib borilayotgan iqtisodiy o'zgarishlar tufayli, yurtimizda iqtisodiyotni yanada keskin rivojlantirish va takomillashtirish, Yangi O'zbekistonda ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektlarida moliyaviy natijalarni xalqaro standartlar asosida boshqarish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.

Chunonchi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda eksport va import amalga oshirishda, tashqi va xalqaro investorlarni jalb qilishda, moliyaviy natijalarni xalqaro standartlar asosida hisobotini boshqarish korxona rahbari, tashqi va xalqaro investorlarning asosiy talablardan biridir. Shu sababli ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) korxona rahbarlari va tashqi va xalqaro investor tomonidan moliyaviy natijalarni xalqaro standartlarga tayangan holda

tuzilganligini tasdiqlash, rasmiylashtirish, ilova qilish va foydalanish ahamiyati paydo bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishi bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o'rinlarda-MHXS) o'tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash, aksiya dorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar, 2021 yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi.1

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4611-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26-yanvardagi 38-son qarori "Moliyaviy hisobotning xalqaro xalqaro standartlari bo'yicha o'qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish harajatlarini qoplash tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida", shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari, davlat ulushi bo'lgan tegishli xo'jalik jamiyatlari va yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlashi va 2021 yil yil yakuniga qadar buxgalteriya hisobi xizmatini xalqaro sertifikatlash doirasida tegishli sertifikatga ega bo'lgan kamida 3 (uch) nafar mutaxassis bilan ta'minlashi, 2021-2022 o'quv yilidan boshlab tajriba - sinov oliy ta'lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo'yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida tegishli sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilar tomonidan o'qitilishi, 2020 - 2025 yillar davomida oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari ("Buxgalteri hisobi" va "Audit" fanlari bo'yicha), talabalari va bitiruvchilari (o'qishni tugatgandan so'ng olti oy ichida) va davlat organlari xodimlarini akkredatsiyadan o'tgan o'quv markazlarida MHXS bo'yicha o'qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O'zbekiston Respublikasida dastlabki ro'yxatdan o'tkazish va imtihon topshirish uchun ro'yxatdan o'tkazish harajatlari O'zbekiston Respublikasining Respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi to'g'risida aytib o'tilgan, bu nizom 2025 yil 31 dekabrigacha amal qiladi.2

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ -4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishi bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi qarorning asosiy maqsadi - xorijiy investorlarni

1 Узбекистан Республикаси Президентининг 2020 йил 24 февралдаги №-4611 сонли карори

2 Вазирлар Ма^камасининг 2021 йил 26 январдаги 38-сон карори

zarur axborot muhiti bilan ta'minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish deb belgilangan.3

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Moliyaviy natijalarini hisobga olish va nazorat qilish va uni takomilashtirish bo'yicha ko'pgina chet el va O'zbekiston olimlari o'z fikrlarini bildirishgan. Londonda joylashgan Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar kengashi ushbu hisobot andozalarini ishlab chiqqan. Polsha Davlat Universiteti ilmiy olimi M.N.Galkinaning fikriga ko'ra:buxgalteriya hisobida foyda olishning tuzilishi va tartibi yeng muhim masalalardan biri hisoblanishi va moliyaviy natijalar to'g'risidagi ishonchli hisobot va foydadan foydalanish korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun yaxshi asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.Uni mustahkamlash yoki qiyin moliyaviy vaziyatdan chiqish chora-tadbirlarini belgilab olish muxim omillardan biri yekanligi ta'kidlab o'tgan.

O'zbekiston olimlaridan bir Tashnazarov S.N ning "Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari" nomli darslikda moliyaviy natijalarni xalqaro standartlar asosida tashkil qilish uchun tafsiyalar berilgan.

Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqot ish jarayonida iqtisodiy voqelik jarayonlarini o'rganishning ilmiy usullari - esperimental tadqiqot, umumlashtirish, guruhlashtirish, tahlilning mantiqiy va taqqoslama usullari, abstrakt-mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, statistik tahlil, istiqbolli prognozlash va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar: O'zbekiston Respublikasi ham MHXS lariga bosqichma-bosqich o'tmoqda. 2022-2026 yillarga moljallangan taraqqiyot strategiyasida 43-bo'limda "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" 26-maqsadiga to'xtalganda Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko'rish.Bunday maqsadga erishish uchun moliyaviy hisobning xalqaro standartlari xam juda katta ro'l o'ynaydi.Chunki hozirgi kunda investorlarga moliyaviy hisobotlar katta axamyatga ega.Hozirgi kunda moliyaviy natijalarni to'g'risidagi hisobotni xalqaro standartlarga muofiq "foyda va zararlar" to'g'risda dep nomlangan. Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotning maqsadi daromad va harajatlarni tashkilotning asosiy (odatdagi) faoliyati va asosiy bo'lmagan (odatdagi bo'lmagan) faoliyati natijasida yuzaga kelishi asosida tasniflab, asosiy faoliyatning foydasi (zarari), soliq to'lagunga qadar foydasi hamda sof foydasi to'g'risidagi axborotlarni ularning daromad va harajatlari omillari bilan birgalikda taqdim etishdan iboratdir. Sof foyda to'g'risidagi axborotni taqdim etish hisobotning bosh maqsadidir.

Xalqaro standartlar talablari asosida tuzilgan "Foyda va zararlar to'g'risida"gi hisobotni StoneX Group kompaniyasi misolida ko'ramiz.

3 Узбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 24 февралдаги №-4611 сонли карорига 1-илова

4 https://lex.uz/docs/-5841063

StoneX Group

2018 hisobot yili uchun foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot (ming AQSH dollar hisobida)

1-jadval

2017 y. 2018 y.

1. Sof realizatsiya 4,308,490 4,285,445

2. Sotish tannarxi 2,712,570 2,695,400

3. Yalpi foyda [1-2] 1,595,920 1,590,045

4. Realizatsiya bo'yicha harajatlar 1,145,171 1,137,681

5. Tadqiqot va ishlanmalar harajatlari 6,415 3,485

6. Umumiy ma'muriy harajatlar 256,035 265,436

7. Boshqa operatsion daromadlar 15,650 15,323

8. Boshqa operatsion harajatlar 180,200 179,381

9. Operatsion faoliyat natijalari [3-4-5-6+7-8] 23,749 19,385

10. Sho''ba kompaniyalarga investitsiyadan olingan daromad 2,845 4,245

11. Foizlar bo'yicha sof harajatlar 415 377

12. Boshqa operatsion bo'lmagan harajatlar 8,419 7,839

13. Operatsion bo'lmagan faoliyat natijalari [10-11-12] 5,989 3,971

14. Foyda solig'iga qadar foyda [9+yoki-13] 17,760 15,414

15. Foyda solig'i 2,960

16. Soliqdan keyingi foyda [14-15] 14,800 2,569

17. Aksioner kamchiligining hissasi 12,845

18. Sof foyda [16-17] 19. Aksiyaga foyda 14,800

12,845

0.074 0.063

*Izoh: Harajatlarfunksiyasi bo'yicha tasniflangan

Ushbu xalqaro standartlar asosida tuzilgan foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot bir qancha xususiyatlarga ega. Hisobotda tadqiqot va ishlanmalar harajatlari operatsion harajatlar tarkibiga kiritilmasdan, alohida modda sifatida qayd qilinmoqda. Operatsion bo'lmagan faoliyat natijalari alohida ko'rsatilgan. Bu foydalanuvchilarda operatsion faoliyati va operatsion bo'lmagan faoliyati natijalarini bir-biridan aniq farqlagan holda ko'rish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Aksiyaga foyda ko'rsatkichi axborot tariqasida keltirilgan, bu esa hisobotning foydaligini oshiradi

Xulosa va takliflar: Xulosa qilib aytganda an'anaviy milliy hisobchilik tizimining bugungi holati xususida fikr yuritishdan oldin shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, O'zbekistonda boshqa davlatlardagi kabi biznes sub'ektlarida hisob xizmatlarining aniq tartib -taomillari shakllantirilgan 13.04.2016 yildagi 0'RQ-404-son Qonun bilan "Buxgalteriya hisobi

to'g'risida" Qonunga (30.08.1996 yildagi 279-son) o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi5

Biznes sub'ektlari boshqaruvi, bir tomondan, faoliyatni rivojlantirish va moliyalashtirishda yig'ilib qolgan kamchlik hal etishdagi funksionalligi o'z qobig'idan nariga o'ta olinmaganliklari bilan izohlansa, boshqa tomondan esa sezilarli harajatlar evaziiga aniqlangan ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalariga daxldor ma'lumotlar bazasi tashqi qiziquvchilar talablariga ham shaklan, ham mazmunan mos kelmasdi. Bu asosiy omil bo'lib kelayotgandi. Vaholanki, har qanday biznes aniqlik va shaffolik ta'minlangan joyda rivojlanadi erishadi. Bizning takliflarimiz quydagicha:

Birinchi taklifmiz moliyaviy natijalarni shaffolikni va aniqlilgni taminlab bersak investorllarni talabni bajargan bo'lmiz va bizga invistisiya oqimi ko'payadi.

Ikkinchi taklifmiz buxgalteriya hisobining milliy standartlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga qanchalik moslashtirilmasin, agar axborotlar oqimi ochiqlanmasa, biznes subektlarining real moliyaviy ahvoli, natijalari va ularning o'zgarishlarini aniq aks ettirish imkoni bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirish bo'yicha Murojaatnomasi. Toshkent. 2017 yil 22 dekabr.

2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat ulushi bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to'g'risida»gi 207-son qarori. 2015 yil 28 iyul.

3. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida VazirlarMahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

4.Shoalimov A.X.,Ilxomov Sh.I., Tojiboeva Sh.A. Iqtisodiy tahlil va audit. Darslik. - T.: Sano-standart, 2017.

5.Savitskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya: Uchebnik. 5-ye izd., pererab. i dop. - M.: INFRA-M, 2017.

6.Pardayev M.Q.. Xasanov B.A. O'quv qo'llanma. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. -T.: Cho'lpon, 2012.

7.Ilxomov Sh.I. Amaliy audit. Darslik. -T:.Iqtisodiyot. 2012. 8.Shog'iyosov T. Kompleks iqtisodiy tahlil. Darslik. -T.: Fan va texnologiya, 2012

5https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/buhgalteriya_hisobi_tugrisida_qonun_yangi_tahrirda_qabul_qili ndi

9.Audit. M.M.Tulaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Mualliflar jamoasi. O'quv qo'llanma. -T.: Norma, 2011.

10.Axmadjonov K., I.Yakubov. Audit asoslari.Darslik. -T.:Iqtisod-moliya, 2009.

11.Sheremet A.D., Suys V.P. Audit. Uchebnoye posobiye. - M.: INFRA-M, 2008.

12. Urazov K.B. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari darslik 2019

13.Tashnazarov S.N., Tashnazarova D.S. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Ma'ruza matni.SamISI, 2018. 421 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.