Научная статья на тему 'EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI HISOBINING MAQSAD VA VAZIFALARI'

EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI HISOBINING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
571
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EKSPORT / IMPORT / GLOBALLASHUV / IJTIMOIY-IQTISODIY / TARAQQIYOT / SAVDO-SOTIQ / INVESTITSIYA / MOLIYAVIY QO’YILMA / XIZMATLAR KO’RSATISH / LITSENZIYA / SAVDO MARKAZI / DASTUR / PATENT / BOJXONA

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Misirov A., Eshpulatova Z.B.

Maqolada еksport-import operatsiyalari hisobining maqsad va vazifalari, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o’zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PURPOSES AND TASKS OF ACCOUNTING FOR EXPORT-IMPORT OPERATIONS

In the article, the goals and tasks of accounting for export-import operations, solutions to problems, changes and reforms in the field of export-import in our country today are revealed, and conclusions and suggestions are given within the scope of the topic.

Текст научной работы на тему «EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI HISOBINING MAQSAD VA VAZIFALARI»

Misirov A.

SamISI «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi stajer-assistenti Eshpulatova Z.B.

SamISI «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi dosent v.b.

EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI HISOBINING MAQSAD VA

VAZIFALARI

Annotatsiya. Maqolada eksport-import operatsiyalari hisobining maqsad va vazifalari, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o 'zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so 'zlar: eksport, import, globallashuv, ijtimoiy-iqtisodiy, taraqqiyot, savdo-sotiq, investitsiya, moliyaviy qo'yilma, xizmatlar ko'rsatish, litsenziya, savdo markazi, dastur, patent, bojxona.

Misirov A. trainee-assistant "Accounting" department SamISI Eshpulatova Z.B. associate professor "Accounting" SamISI

PURPOSES AND TASKS OF ACCOUNTING FOR EXPORT-IMPORT

OPERATIONS

Abstract. In the article, the goals and tasks of accounting for exportimport operations, solutions to problems, changes and reforms in the field of export-import in our country today are revealed, and conclusions and suggestions are given within the scope of the topic.

Key words: export, import, globalization, socio-economic, development, trade, investment, financial investment, provision of services, license, trade center, program, patent, customs.

Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o'zining ma'no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat - milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining

kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Prezident Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek "barqaror iqtisodiy o'sishning eng muhim garovi - raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko'paytirish, tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish hisoblanadi... Yana bir muhim masalaga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Aholi daromadlarini oshirish, qo'shimcha ish o'rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Uning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko'plab qonun va qarorlarni qabul qilyapmiz.".

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqlarni rivojlantirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bu tashqi savdo va boshqa davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari bilan iqtisodiy munosabatlaridir. Ushbu munosabatlarni iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida rivojlantirish, mahsulotlarni eksport qilish, importyorlar bilan hisob-kitoblarni to'g'ri amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida to'g'ri hisobga olib borish muhim hisoblanadi.

Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat munosabatlarni iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida rivojlantirish jarayonida, xo'jalik sub'ektlarida eksport va import operatsiyalari bo'yicha yuzaga keladigan hisoblashuv muomalalari hisobini to'g'ri amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida to'g'ri hisobga olib borishni nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo'li bilan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalar mavjud korxonalar quyidagi yo'nalishlarda xorij kompaniya va firmalari bilan moliyaviy xo'jalik muammolarini amalga oshiradilar:

•savdo-sotiq faoliyati - tuzilgan shartnomalarga asosan xorijdagi sub'ektlarga o'zining tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotadi yoki ulardan tovarlarni sotib oladilar;

•investitsiya (moliyaviy qo'yilma) faoliyati - kelishilgan holda chet el sarmoyalarini o'zining faoliyatiga jalb qiladi yoki o'zining vaqtincha ortiqcha mablag'larini chet el firmalarining faoliyatiga ulush sifatida beradilar;

•ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish - tuzilgan kontraktlarga asosan chet el firmalarining buyurtmalari bo'yicha ishlarni bajaradilar va xizmat ko'rsatadilar va o'z navbatida chet el firmalariga buyurtmalar beradilar. Ularning bajargan ishlarini qabul qiladilar va xizmatlarini iste'mol qiladilar;

•litsenziya, savdo markalari, dasturlar va patentlarni sotish yoki sotib olish va boshqalar.

Sub'ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, avvalo, bojxona tartibi orqali amalga oshiriladi. Bojxona tizimida davlat

chegarasidan o'tadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar qo'llaniladigan tartiblar ko'rsatiladi:

•bojxona tarifi (olinadigan yig'imlar, to'lovlar); •tovar va xizmatlarni chegaradan o'tkazish tartibi; •kontrabandaga qarshi tadbirlar;

•o'tqaziladigan va kiritiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va miqdori.

Tovar va ishlarning nomenklaturasiga asosan kuyidagilar tuziladi: •dastlabki hujjatlarning shakli va uning mazmuni o'rnatilgan xalqaro tartib va qoidaga asosan o'zgartirilgan holda;

•bojxona deklaratsiyasi - tegishli tovarlar, ish va xizmatlarning nomlari, miqdori va qiymati ko'rsatilgan holda;

•xalqaro yukxatlarning o'ziga xos xususiyatlari, mahsus belgilar qo'yilgan

holda.

Ushbu faoliyatda asosiy bosqichlardan bittasi tegishli kontraktlarni tuzish, miqdor, baho va tovarlarni etkazib berish tartibi va grafigi hisoblanadi. Chunki ushbu talablarning bajarilishi ustidan tezkor va qattiq nazorat o'rnatiladi.

Bundan tashqari hisoblashish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy o'rinlardan birini egallab, bu munosabatlar «Valyuta tartiblari va valyuta nazorati to'g'risida»gi Qonunga asosan amalga oshiriladi. Valyuta tartiblariga rioya qilish Markaziy bank tomonidan nazorati qilinadi, ushbu bankga kuyidagi vakolatlar yuklatilgan:

•xorij valyutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari; •rezident va norezidentlar tomonidan valyuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari;

•valyuta muomalalarini hisobga olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining umumiy tartibini o'rnatish.

Xalqaro tartiblar esa «Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi to'g'risidagi shartnoma» BMT konventsiyasi, A/SONE. 97/18 Annex 1. va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi. Ushbu hujjatlarda:

iqtisodiy aloqalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, aloqa o'rnatish, shartnomalar tuzish va tegishli tartib va qoidalarni o'rnatish uchun ma'lumotlar va axborotlar bilan ta'minlash;

•tovarlarni olish va sotishdagi to'siqlardan o'tish, shartnomalar tuzish, tovarlarning turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va etkazib berish uchun sharoitlar yaratish;

•tovarlarni sotib olish va sotish bo'yicha kamsitishlar (diskriminatsiya)ni tugatish, tomonlarning manfaatlarini ko'zlagan holda xo'jalik muammolarini amalga oshirish;

•shartnomalarni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirish maqsadida ko'rsatilgan shakllarda xarajatlarni hisobga olishda tasdiqlangan «Nizom» qoidalariga amal qilinadi. Yuqoridagi munosabatlarni korxona faoliyatida to'g'ri va aniq tarzda yuritish, eksport-import

muomalalariga doir hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish hamda bu munosabatlarning amalga oshirish jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilish uchun eksport-import muomalalarining hisobi va uning tahlilini yuritish lozim bo'ladi.

Eksport-import operatsiyalari buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi -foydalanuvchilarni eksport-import operatsiyalariga oid to'liq va ishonchli moliyaviy hamda buxgalteriya axboroti bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida har qanday tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi korxonada boshqaruv tizimi eksport-import munosabatlari bo'yicha axborot bilan ta'minlashning tegishli tizimiga ehtiyoj sezadi. Shu sababli, mazkur mavzu bo'yicha axborot to'plash, umumlashtirish va qayta ishlashning eng muhim vositalaridan biri - buxgalteriya hisobi va tahlildir. Bundan tashqari, eksport-import muomalalarining holati va harakatini o'z vaqtida hamda to'g'ri hisobga olishi, talqin etishi va ana shu asosda barqaror rivojlana olishi uchun bunday ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlashning samarali tizimiga ega ega bo'lishi kerak.

Eksport-import operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat:

- Korxona faoliyatining eksport-import operatsiyalari bo'yicha sodir bo'layotgan xo'jalik muomalalarini hujjatlarda to'g'ri va o'z vaqtida rasmiylashtirish;

-Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida eksport-import munosabatlarining holati va harakati, bu munosabatlar bo'yicha hisoblashishlar tartibi va ular bo'yicha korxona majburiyatlarining holati to'g'risida to'liq va ishonchli ma'lumotlarni shakllantirish.

- Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarida boshqaruv samaradorligini oshirish uchun eksport-import muomalalariga oid buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish va bu ma'lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish.

- Eksport-import muomalalarining holati va harakatini moliyaviy hisobotlarda o'z vaqtida aks etttirish va tegishli organlarga taqdim etish

Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi xulosa va takliflarni berishimiz mumkin:

Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu erda nafaqat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor soxalarini rivojlantirish hisobiga erishish kerak.

Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muxim vazifalardan biri bo'lib, bu erda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko'zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar,

transport vositalari va texnologik asbob-uskunalari ko'proq foydali qazilmalar qazish ishlari uchun va qayta ishlovchi soxalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini oshirilishida yana, O'zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan maxsulotlar o'rnini bosuvchi va kam xarajatlar sarflanadigan (ya'ni, bu erda albatta sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlar e'tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo'nalishlardandir.

Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo'jaligiga kirishning integratsiya jarayonida, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini qoniqtiradigan darajada bo'lishi shart. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va maxsulotlar sifatini bir-biriga yaqinlashtirish kerak.

Adabiyotlar r o'yxati:

1. PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2020 yil 24 fevral;

2. O'zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida" gi Qonuni, Yangi taxriri. 2016 yil 13 aprel;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son « Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 y. PF-198-son «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni;

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.01.2020 yildagi 46-son «"O'ZBEKINVEST" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashnirish chora-tadbirlari to'g'risida»;

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarda mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqiyot strategiyasi to'g'risida»;

7. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoev.-Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 56 b;

8. 1.15. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 48 b;

9. Baratovna E. Z. Other comrehensive income, accounting structure and their improvement //Thematics Journal of Economics. - 2021. - T. 7. - №. 2.

10. Baratovna E. Z. CONCEPT AND CONTENT OF OTHER COMPREHENSIVE INCOME, ACCOUNTING PRINCIPLES AND WAYS TO IMPROVE //Eurasian Journal of Academic Research. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 84-89.

11. Baratovna E. Z. The First Application of International Financial Reporting Standards //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 4. -С. 52-54.

12. Ветошкина Е. Ю., Эшпулатова З. Б. УЧЕТ ДОГОВОРОВ С ОБРАТНОЙ ПОКУПКОЙ //Учет, анализ и аудит: их возможности и направления эволюции. - 2022. - С. 13-19.

13. Эшпулатова Зайнаб Баратовна 15-СОН М^ХСНИНГ ТУРТИНЧИ КАДАМ МОДЕЛИ АСОСИДА ТУШУМНИ ТАН ОЛИШНИНГ УСЛУБИЙ ТАРТИБИ // JMBM. 2022. №8.

14. Baratovna E. Z. THE FIRST APPLICATION OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 109-111.

15. Eshpulatova Zaynab (2021) "ACCOUNTING FOR RECOGNITION OF ENTERPRISES INCOME (ACCOUNTS) IN ACCOUNTING WITH INTERNATIONAL STANDARDS AND "FINANCIAL REPORTING CONCEPTUAL FUNDAMENTALS ", Euro-Asia Conferences, 3(1), pp. 137139.

16. ЭШПУЛАТОВА З. Б. RECOGNITION OF INCOME: ALLOCATE THE TRANSACTION PRICE TO THE PERFORMANCE OBLIGATIONS IN THE CONTRACT //Экономика и финансы (Узбекистан). - 2021. - №. 3. - С. 1622.

17. Эшпулатова Зайнаб Баратовна ДАРОМАДНИ ТАН ОЛИШ: ОПЕРАЦИЯ НАРХИНИ БАЖАРИЛИШЛАРГА ОИД МАЖБУРИЯТЛАРГА ТАКСИМЛАШ // Экономика и финансы (Узбекистан). 2021. №3 (139).

18. Eshpulatova, Z., 2021. ACCOUNTING OF REVENUE FROM CONTRACTS WITH CUSTOMERS ACCORDANCE WITH INTERNATIONAL STANDARDS. International Finance and Accounting, 2021(2), p.25.

19. Eshpulatova Z. THE DIGITAL ECONOMY RELIES ON THE INTERNATIONAL STANDARDS OF THE FINANCIAL REPORT ON THE INCOME STATEMENT //DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR. - 2021. - С. 120.

20. Eshpulatova, Z., 2020. DETERMINATION OF INCOME AND PROFIT AS AN ELEMENT OF FINANCIAL STATEMENTS. International Finance and Accounting, 2020(1), p.20.

21. http://www. gov.uz. (O'zbekiston Respublikasi hukumat portali)

22. http://www.mf.uz(O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

23. http://www. ziyonet.uz (Axborot ta'lim tarmog'i)

24. http://www. lex.uz (O'z. Resp. qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.