Misirov A.
SamISI "Accounting" Department trainee-assistant Eshpulatova Z.B.
SamISI "Accounting" department docent
XO'JALIK SUB'EKTLARINING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI HISOBLASHUV MUOMALALARI TASNIFI
Annotatsiya. Maqolada еksport-import operatsiyalari hisobida Xo'jalik sub 'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati hisoblashuv muomalalari tasnifi, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o'zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: eksport, import, iqtisod, tashqi, savdo-sotiq, investitsiya, sub 'ekt, bank, tovar-pul vositalari, hisob-kitob, xalqaro, hujjat, akkreditiv, inkasso, to 'lov topshiriqnomasi, chek, SVIFT (SWIFT), shartnoma.
Misirov A. trainee-assistant "Accounting" Department SamISI Eshpulatova Z.B.
docent SamISI
"Accounting" department
CLASSIFICATION OF ACCOUNTING TRANSACTIONS OF THE EXTERNAL ECONOMIC ACTIVITY OF ECONOMIC SUBJECTS
Abstract. In the article, the classification of foreign economic activities of economic entities on the account of export-import transactions, problem solutions, changes and reforms in the field of export-import in our country today, and conclusions and suggestions are given within the scope of the topic.
Keywords: export, import, economy, foreign, trade, investment, subject, bank, commodity-money, settlement, international, document, letter of credit, collection, payment order, check, SWIFT (SWIFT), contract.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuvlar turli mamlakatlar hududida joylashgan davlatlar, fuqarolar o'rtasida tashqiiqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda vujudga keladigan moliya talabnomalari va majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni tashkil etish va nazorat qilish tizimidan iborat. Xalqaro
hisoblashuvlarda asosiy vositachilar banklar bo'lib, ular tashqi iqtisodiy siyosat ishtirokchilari bo'lmish o'z mijozlarining pul vositalarini korrespondent hisobvaraqlari asosida mamlakatlararo harakatini ta'minlaydilar. Xalqaro to'lovlarning asosiy qismi naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuvlar holatiga kompleks ravishda quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi: pul va tovar bozoridagi ahvol, tovarlar, xizmat ko'rsatish va sarmoyalarning mamlakatlararo harakatini davlatlararo tomonidan nazorat choralarining samaradorligi, alohida mamlakatlardagi inflyatsiya sur'atlarining turlichaligi, to'lov balansining ahvoli, tashqi savdo bitimlarining shartlari, bank faoliyatining xalqaro qoidalari va o'ziga xos xususiyatlari, valyuta qonunchiligi va h.k.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuvlarning sub'ekti - bu eksportchilar va banklardir. Ular tovar-pul taqsimlovchi hujjatlar harakati va to'lovlarni rasmiylashtirish bilan bog'liq bo'lgan munosobatlarga binoan amalga oshiriladi. Bank qoidalari va an'analari ham katta ahamiyatga ega.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisob-kitoblarning turli shakllari mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan keng qo'llaniladi.
Tovar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning mazmunida yangi o'zgarishlar paydo bo'lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-kitoblar keng qamrovli bo'lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo'lmagan to'lovlar - sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o'tkazishlar, xorijiy davlatlarga diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, o'zga davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bo'yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o'z ichiga oladi.
Har kuni jahon valyuta bozorlarida 3-3,5 trln. AQSh dollari miqdorida xalqaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi.13 Shuning 40% i AQSh dollarida amalga oshiriladi. Dunyo bo'yicha jami konvertsion operatsiyalarning 90% i 5 ta valyutada amalga oshiriladi. Jumladan:
1. AQSh dollari (USD) - 40%;
2. Evro (EURO) - 30%;
3. Yaponiya ienasi (JPY) - 15%;
4. Angliya funt-sterlingi (GBP) - 8-10%;
5. Shveytsariya franki (CHF) - 1-2%.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari 2 guruhga bo'linadi:
I. Hujjatlashtiriladigan to'lovlarga:
1. Hujjatlashtirilgan akkreditiv;
2. Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to'lovlar kiradi.
II. Hujjatlashtirilmaydigan to'lovlarga:
1. To'lov topshiriqnomasi;
13 http://www.fxclub.org/
2. Cheklar;
3. SVIFT (SWIFT) kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan to'lovlarni turkumlashda mezon shartlarini to'lov shartlari o'taydi. Agar har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to'lov asosida amalga oshirilsa, bu hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo'lib hisoblanadi:
1. Oldindan to'lash;
2. Tovarni olgandan so'ng to'lash;
3. Ochiq hisobvaraqlar bo'yicha hisob-kitoblar.
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakli sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 14
1. To'lov topshiriqnomalari;
2. Cheklar;
3. Hujjatlashtiriladigan akkreditiv;
4. Inkasso.
To'lov usullarini batafsilroq ko'rib chiqamiz:
Ochiq schyotga to'lov (clean payment) - sotuvchi tovarni to'lov kafolatlarisiz etkazib bersa, xaridor to'lov kunida pulni o'tkazadi. Sotuvchi xaridor tomonidan hech qanday kafolat olmaydi. Shuning uchun bunday to'lov shartlari bir mamlakat hududida va bir-birini yaxshi bilgan firmalar o'rtasida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatlar topshirilgandagi to'lov (cash against document) - inkasso. Tovarni etkazgandan keyin eksportchi o'z bankiga hujjatlarni topshiradi. Bank, o'z navbatida, ularni importchi bankiga yuboradi. Importchi banki bu xujjatlarni, to'lovni amalga oshirib, importchiga topshiradi va eksportchi bankiga uning schyotiga to'lov summasi o'tkazganligi haqida xabar beradi. Shundan keyin eksportchi banki eksportchi bilan hisoblashadi.
Inkasso operatsiyalari ancha sodda bo'lib, tovar uchun to'lovni kafolatlaydi, chunki tovar xaridorga to'lov amalga oshirilgandan keyingina o'tadi, lekin bu usul ayrim kamchiliklarga ham ega. Uning eng asosiysi tovar etkazish, hujjatlarni bankka topshirish va to'lovni amalga oshirish o'rtasida anchagina vaqtning o'tishidir. Natijada eksportchi bozordagi talab va taklifning o'zgarib qolishi, xaridorning kerak vaqtda to'lovga qodir bo'lmay qolishligi kabi xavflarga duch kelishi mumkin.
Akkreditivning tovar uchun to'lash majburiyatlari akkreditiv ochilgan bankga topshirilishini bildiradi. Bu eksportchi uchun ko'proq afzallikka ega bo'lgan to'lov usuli, chunki u to'lovning ishonchliligini ta'minlaydi va eksportchini siyosiy va valyuta xavflaridan saqlaydi. Aksincha, importchi uchun bu usul foydali emas, chunki mablag'lar akkreditivda to'planib, muomala jarayonini sekinlashtiradi. Akkreditiv ochish bo'yicha xarajatlar importchi hisobiga qoplanadi. Bankning mukofot puli bu holda inkassodan yuqori bo'ladi.
14 Egamberdieva S.R. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. O'quv qo'llanma. - T.: Fan va texnologiya, 2019. 289 b.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalarini amalga oshirish bo'yicha birinchi o'rinni tijorat banklari egallaydi. Sababi shundaki, xalqaro operatsiyalarning asosiy qismi - tashqi savdo operatsiyalari va kapitallar hamda kreditlarning harakati bo'yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga to'g'ri keladi. Ushbu hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tijorat tuzilmalariga kredit-hisob-kitob xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega emas. Demak, tijorat banklari orqali tijorat tusidagi operatsiyalarning asosiy qismi amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda xalqaro hisob-kitoblarda eng keng qo'llanuvchi beshta davlatning milliy valyutasini ko'rsatish mumkin (1-jadval).
1- jadval
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalarida qo'llanuvchi
№ Valyutalarning turlari Tashqi savdo bo'yicha hisob- kitoblarda salmog'i, % da Valyutalarning xalqaro miqyosda tan olingan belgilanishi Valyutalarga nisbatan qo'llanuvchi koeffitsentlar
1 AQSh dollari 40 USD 1
2 Evro 30 EURO 100
3 Yaponiya ienasi 15 JPY 100
4 Buyuk Britaniya funt-sterlingi 8-11 GBP 1
Tashqi savdo shartnomasining quyidagi to'rt moliya - to'lov shartini ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Baho valyutasi;
2. To'lov valyutasi;
3. To'lov sharti;
4. Hisob-kitob shakli.
Tashqi savdo bitimini tuzishda sheriklar tovarni sotuvchidan xaridorga etkazib berish bilan bog'liq (transportda tashish, yo'lda sug'urta qilish, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va h.k.) ko'plab majburiyatlarni o'zaro aniq taqsimlab olishlari zarur. Bu majburiyatlardan har biri turli xarajatlarni nazarda tutadi, shuningdek, tovarni transportda tashishda uning buzilishi yoki yo'qolishi bilan bog'liq tavakkal ham mavjud.
Shartnoma tomonlarining huquq va majburiyatlarini bir xillashtirish uchun shartnomaning bazis shartlari ishlab chiqilgan. Ular sotuvchi va xaridorning tovarni etkazib berish bo'yicha majburiyatlarini belgilab beradi, tovar tasodifan yo'qolishi yoki buzilishi tavakkalining sotuvchidan xaridorga o'tish paytini o'rnatadi.
Bu shartlar shuning uchun ham bazis shartlari deb ataladiki, ular etkazib berish bo'yicha xarajatlar tovarning narxiga kirish-kirmasligidan kelib chiqib, narxning bazisini (asosini) belgilab qo'yadi.
15 Manba: http://www.fxclub.org/
Bazis shartlari xalqaro savdo amaliyoti asosida ishlab chiqiladi. Ular tovarlar etkazib berish bilan bog'liq operatsiyalarni soddalashtiradi, xalqaro savdoda umume'tirof etgan va qoida tariqasida, alohida davlatlar, portlar, savdo tarmoqlarining tijorat amaliyotida shakllangan savdo odatlari bilan belgilanadi. Bazis shartlarini kelishib olish, ularni bir xilda tushunish kontragentlar uchun tashqi savdo bitimlari samaradorligining muhim omil hisoblanadi.
Shartnomada quyidagi turli narxlar qo'llanilishi mumkin:
> qat'iy narx;
> keyinchalik qayd etib boriladigan (fiksatsiya) narx;
> o'zgaruvchan narx.
Qat'iy narx muzokaralarda tomonlarning kelishib olganlaridan so'ng shartnomaga kiritiladi va shartnoma bajarilishi davomida o'zgartirilishi mumkin emas. qat'iy narxlar tashqi savdo operatsiyalarida juda ko'p qo'llaniladi. Biroq narxni belgilashning shu usulidan foydalanayotganda, bu usul faqat qisqa muddatli bitimlarga (1-1,5 yil) mos kelishini unutmaslik kerak. Uzoqroq muddatga ega shartnomalarda qat'iy narxni qayd etib qo'yish shunga olib kelishi mumkinki, shartnoma narxlari joriy bozor naxlaridan ancha farq qilishi mumkin. Bu esa tomonlardan biri uchun foydali emas.
To'lov shartlari to'lovning valyutasini, usulini va etkazib berilgan tovar uchun hisob-kitobning tartibini, to'lov uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning ro'yxatini, asossiz ravishda to'lovni kechiqtirish yoki shartnomaning to'lov shartlarini boshqacha buzishlardan himoya choralarini belgilab qo'yadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi xulosa va takliflarni berishimiz mumkin:
Birinchidan, barcha oldi-sotdi shartnomalari sug'urtalash bilan birga amalga oshirilishi zarur. Shartnomaning shartlaridan kelib chiqib, bu majburiyat yo sotuvchiga yoki xaridorga yuklanadi. Agar bitimning shaklida bu majburiyat ko'rsatilmagan bo'lsa, transportirovka vaqtida tovar tasodifan buzilishi tavakkali zimmasida bo'lgan tomon tovarni sug'urtalashdan manfaatdordir.
Ikkinchidan, sug'urtalash masalalariga bag'ishlangan moddada shartnoma tomonlari quyidagilarni nazarda tutishlari kerak: qanday yuk sug'urtalanishi kerak, qanday xavfdan sug'urtalanishi kerak, tomonlardan qaysi biri sug'urtalashni amalga oshiriladi va u kimning foydasiga amalga oshiriladi.
Uchinchidan, tashqi savdo bitimlarida sugurtalash asosan, tovarni transportda tashishda nazarda tutishlari kerak bo'ladi. Sug'urtalashga nisbatan tomonlarning majburiyatlari shartnomaning bazis shartlari bilan o'rnatiladi. Suurtalashni amalga oshirish uchun sug'urta kompaniyasi va xo'jalik tashkiloti o'rtasida bosh kelishuv (asosiy polis) tuziladi. U sug'urtalashning umumiy shartlarini aks ettiradi. Yuklarni sug'urtalash sug'urta kompaniyasida turli shartlarda amalga oshirilishi mumkin.
To'rtinchidan, xalqaro hisoblashuvlarda asosiy vositachilar banklar bo'lib, ular tashqi iqtisodiy siyosat ishtirokchilari bo'lmish o'z mijozlarining pul vositalarini korrespondent hisobvaraqlari asosida mamlakatlararo harakatini
ta'minlaydilar. Va bizda ham tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuvlar tijorat banklardagi siyosiy holatini yaxshilash joiz deb o'ylaymiz.
Adabiyotlar r o'yxati:
1. PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2020 yil 24 fevral;
2. O'zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida" gi Qonuni, Yangi taxriri. 2016 yil 13 aprel;
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son « Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»;
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 y. PF-198-son «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni;
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.01.2020 yildagi 46-son «"O'ZBEKINVEST" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashnirish chora-tadbirlari to'g'risida»;
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarda mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqiyot strategiyasi to'g'risida»;
7. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoev.-Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 56 b;
8. 1.15. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 48 b;
9. Baratovna E. Z. Other comrehensive income, accounting structure and their improvement //Thematics Journal of Economics. - 2021. - Т. 7. - №. 2.
10. Baratovna E. Z. CONCEPT AND CONTENT OF OTHER COMPREHENSIVE INCOME, ACCOUNTING PRINCIPLES AND WAYS TO IMPROVE //Eurasian Journal of Academic Research. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 84-89.
11. Baratovna E. Z. The First Application of International Financial Reporting Standards //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 4. -С. 52-54.
12. Ветошкина Е. Ю., Эшпулатова З. Б. УЧЕТ ДОГОВОРОВ С ОБРАТНОЙ ПОКУПКОЙ //Учет, анализ и аудит: их возможности и направления эволюции. - 2022. - С. 13-19.
13. Эшпулатова Зайнаб Баратовна 15-СОН М^ХСНИНГ ТУРТИНЧИ КАДАМ МОДЕЛИ АСОСИДА ТУШУМНИ ТАН ОЛИШНИНГ УСЛУБИЙ ТАРТИБИ // JMBM. 2022. №8.
14. Baratovna E. Z. THE FIRST APPLICATION OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 109-111.
15. Eshpulatova Zaynab (2021) "ACCOUNTING FOR RECOGNITION OF ENTERPRISES INCOME (ACCOUNTS) IN ACCOUNTING WITH INTERNATIONAL STANDARDS AND "FINANCIAL REPORTING CONCEPTUAL FUNDAMENTALS ", Euro-Asia Conferences, 3(1), pp. 137139.
16. ЭШПУЛАТОВА З. Б. RECOGNITION OF INCOME: ALLOCATE THE TRANSACTION PRICE TO THE PERFORMANCE OBLIGATIONS IN THE CONTRACT //Экономика и финансы (Узбекистан). - 2021. - №. 3. - С. 1622.
17. Эшпулатова Зайнаб Баратовна ДАРОМАДНИ ТАН ОЛИШ: ОПЕРАЦИЯ НАРХИНИ БАЖАРИЛИШЛАРГА ОИД МАЖБУРИЯТЛАРГА ТАКСИМЛАШ // Экономика и финансы (Узбекистан). 2021. №3 (139).
18. Eshpulatova, Z., 2021. ACCOUNTING OF REVENUE FROM CONTRACTS WITH CUSTOMERS ACCORDANCE WITH INTERNATIONAL STANDARDS. International Finance and Accounting, 2021(2), p.25.
19. Eshpulatova Z. THE DIGITAL ECONOMY RELIES ON THE INTERNATIONAL STANDARDS OF THE FINANCIAL REPORT ON THE INCOME STATEMENT //DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR. - 2021. - С. 120.
20. Eshpulatova, Z., 2020. DETERMINATION OF INCOME AND PROFIT AS AN ELEMENT OF FINANCIAL STATEMENTS. International Finance and Accounting, 2020(1), p.20.
21. http://www. gov.uz. (O'zbekiston Respublikasi hukumat portali)
22. http://www.mf.uz(O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).
23. http://www. ziyonet.uz (Axborot ta'lim tarmog'i)
24. http://www. lex.uz (O'z. Resp. qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi).