Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1509
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / marketing / elektron tijorat / elektron bozor

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boyjigitov Sanjarbek Komiljon O’g’li

Mazkur maqolada mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sharoitida electron tijoratning o’rni va ahamiyati, uning rivojlanish bosqichlari, kelajakda rivojlanish imkoniyatlari to’g’risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Hamda uning imkoniyatlarini baholash va shu orqali rivojlanish istiqbollarini belgilash yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

RAQAMLIIQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o'g'li SamISI "Marketing" kafedrasi assistenti 00 [email protected], +99899 350 06 09

Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sharoitida electron tijoratning o'rni va ahamiyati, uning rivojlanish bosqichlari, kelajakda rivojlanish imkoniyatlari to'g'risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Hamda uning imkoniyatlarini baholash va shu orqali rivojlanish istiqbollarini belgilash yoritib berilgan.

Kalit so'zlar. Raqamli iqtisodiyot, marketing, elektron tijorat, elektron bozor.

Kirish. Mamlakatimiz yangi iqtisodiy bosqichga ko'tarilishi oqibatida barcha sohalarda keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Axborot texnologiyalarining rijojlanishi oqibatida elektron tijorat tizimi ham yangi bosqichga ko'tarildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 5 oktyabrdagi ""Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son Farmonida "Elektron tijorat va elektron to'lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish; xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini takomillashtirish va yangilash; raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet jahon axborot tarmog'i qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari va ko'lamlarini oshirish va hokazolar" amalga oshirish belgilab berilgan.

Adabiyotlar sharhi. Demak, mamlakatimizda 2030 yilgacha barcha sohalarda raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini jadal amalga oshirish va bu orqali mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o'z o'rnini munosib turish vazifalari ham belgilangan. Shu yo'sinda elektron tijorat tushunchasiga oydinlik kiritib olamiz.

Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. "e-commerce") - bu internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish. Elektron tijoratga hozirgi eng katta internet auksioni va do'koni eBay misol qilishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib, elektron tijorat -O'zbekiston iqtisodiyotida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirdi va mamlakatdagi mavjud holat, muammolar va istiqbollarni o'rganishga zamin yaratildi.

Jahon hamjamiyatining ko'zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo'lgan ehtiyoji katta sur'atlar bilan oshib bormoqda. Iqtisodiy o'sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi

axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasi ham hisoblanadi. Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki, erkin axborot oqimining ta'minlanishi bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshirishga zamin yaratadi.

Tahlil va natijalar. Axborot texnologiyalarining tezlik bilan rivojlanishi iqtisodiyotda ham o'z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodiyotda, ayniqsa zamonaviy marketing sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo'llanishi yotadi. O'zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma'lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, internet marketing tizimlari, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O'zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta'lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma'lum darajadagi informatsion tayyorligi mavjud bo'lgan holatdagina sodir bo'ladi.

O'zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa, elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi.Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so'zining ma'nosini tushunishga harakat qilib ko'rgan. Hali o'zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog'liq AQSh bozorlarida yiliga o'rtacha 1,5 - 2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag'lar aylanadi.

"Elektron tijorat" termini EDI (Elektronic Data Interchange - ma'lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida Elektron tijorat tizimini uch sinfga bo'lish mumkin:

• Chakana savdoni tashkil qilishbo'yicha (biznes-iste'molchi, B2C);

• Biznes hamkor bilan aloqlar o'rnatish (biznes-biznes, B2B);

• Iste'molchilar o'rtasidagi savdo (iste'molchi-iste'molchi, C2C).

Elektron tijorat kundan - kunga tovar va xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, hamkorlarning o'zaro ta'siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali va to'siqlarsiz kelishuvlarga erishishiga imkon berdi.

Elektron tijorat o'z - o'zidan mahsulot sotish va xizmat ko'rsatish va etkazib berish shartnomalarini tuzishda iikita: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog'liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta'minot, bino loyihalari va b.) ni to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, etkazib beruvchilar,

subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni etkazib berishni axborot va telekommunikatsion qo'llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi.

Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba'zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat ko'rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi.

Elektron tijoratning o'ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:

• Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;

• Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;

• Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi.

Korxona axborot texnologiyalarini samarali qo'llash orqali iste'molchilar bilan ochiq munosabat o'rnatish, mahsulot va xizmatlar to'g'risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta'minlash, sotuvning alternativ yo'llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do'konlar ochish va yaratish imkoni beradi.

Elektron tijorat asosida yangi savdo-sotiq korxonalarini - elektron do'konlarni yaratmoqda, raqobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar va tovarlar paydo bo'lmoqda. Elektron tijoratning asosiy elementi bo'lib, tovarlarni internetda sotish va aylanishi xisoblanadi. Tovarning aylanishi, uni sotishga mo'ljallangan to'liq kompleks tadbirlar asosida amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama tadbirlari va shunga o'xshash tadbirlardir.

Bugungi kunga kelib, O'zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo'llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

• Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o'ynashi lozim;

• Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo'yilishiga yo'l qo'yilmaslik lozim;

• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo'llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;

• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o'ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;

• Elektron tijorat jarayoni ma'muriy-hududiy bo'linish va davlat chegaralariga bog'liq bo'lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo'lishi lozim.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to'sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo 'lib, ularning to'g'ri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.

Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:

• internetning global tarmog'i bilan to'gridan-to'g'ri bog'langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o'rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma'lumki bunday holat xizmat ko'rsatishning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

• hududlarda ko'rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko'rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o'z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo'lmasligiga olib keladi.

Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug'ullanish uchun zarur bo'lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O'zbekiston bo'yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq).

Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan online to'lovni amalga oshirishni ta'minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to'lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to'lovni qabul qilish uchun o'rnatilgan maxsus modullar orqali, to'g'ridan-to'g'ri online do'konlarda to'lovni amalga oshirish mumkin.

Asosiy muammo shundaki, O'zbekistonda jismoniy shaxslar uchun online banking xizmati keng tarqalmadi. Online banking bank mijozlari uchun internet tarmog'ida yoki mobil aloqa yordamida o'z hisoblarini boshqarish va to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo'lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma'lumot olish uchun mo'ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to'siq bo'layotgan muammolardan biridir.

To'rtinchidan, mavjud internet-do'konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma 'lumotlarga ko'ra 01.01.2008 yil holatiga bo'yicha O'zbekistonda 24 internet-do'kon faoliyat yuritadi.

Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e'tibor beriladigan yo'nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:

• Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri - malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.

• Telekommunikatsion xizmatlarni ko'rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma'lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.

• AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko'rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo'lishini ta'minlash.

• O'z-o'zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish

• Elektron tizimi bo 'yicha ta'lim tizimini rivojlantirish

• Axborot texnologiyalarining butun O'zbekiston bo'ylab keng tarqalishini ta'minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

• Online banking tizimini butun respublika bo'ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlar uchun o'z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog'i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ham sezilarli o'zgarishlarga olib keladi.

Shuni bemalol ta'kidlash mumkinki, O'zbekiston o'zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg'og'ida qolib ketmasligi zarur.

Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun quyidagi natijalar beradi:

• Elektron tijoratning rivojlanishi O'zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o'rinlarini yaratadi.

• O'zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo'lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

• Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta'minlaydi.

Xulosa. Shunday qilib, O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o'sib borayotganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha tanlangan va amaldagi yo'ldan to'g'ri borish, kelajakda O'zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O'zbekistonda elektron tijorat bo'yicha mavjud muammolarni hal qilishning to'g'ri yo'li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o'z aksini topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. U.Sharifxodjayev, Z.Xakimov. Interaktiv va raqamli marketing. O'quv qo'llanma. - T.: Iqtisodiyot. 2019.-271 b

2. Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. - Т.: Иктисодиёт, 2019. 265 б.

3. Ergashxodjaeva Sh. J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik.-T.: Iqtisodiyot, 2018.-315 b.

4. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Samadov A.N., Alimxodjayeva N.E., Sharipov I.B. Marketing kommunikatsiyasi. O'quv qo'llanma. - T.: Iqtisodiyot, 2019.-418 b.

5. Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Bernnan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.