Научная статья на тему 'TURIZMNING - IQTISODIYOTDAGI O’RNI VAUNING HISOBINI TASHKIL ETISH'

TURIZMNING - IQTISODIYOTDAGI O’RNI VAUNING HISOBINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
124
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MILLIY IQTISODIYOT / TURIZM / TURIZM INDUSTRIYASI / SAYYOH / TURISTIK KORXONALAR

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nurniyozov F.

Ushbu maqolada turizmning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan bo’lib, turizm sohasining rivojlanish ko’rsatkichlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING AN ACCOUNT OF THE ROLE OF TOURISM IN THE ECONOMY

The article provides information about the importance of tourism in order to ensure the national economy and analyze the trends in the development of the tourism industry.

Текст научной работы на тему «TURIZMNING - IQTISODIYOTDAGI O’RNI VAUNING HISOBINI TASHKIL ETISH»

Nurniyozov F. ""Buxgalteriya hisobi" kafedra assistenti Samarqand iqtisodiyot va servis institute

TURIZMNING - IQTISODIYOTDAGI O'RNI VAUNING HISOBINI

TASHKIL ETISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizmning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashdagi ahamiyati yoritilgan bo'lib, turizm sohasining rivojlanish ko 'rsatkichlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: milliy iqtisodiyot, turizm, turizm industriyasi, sayyoh, turistik korxonalar.

Nurniyazov F. assistant "Accounting" department Samarkand Institute of Economy and Service

ORGANIZING AN ACCOUNT OF THE ROLE OF TOURISM IN THE

ECONOMY

Annotatiton. The article provides information about the importance of tourism in order to ensure the national economy and analyze the trends in the development of the tourism industry.

Key words: National economy, tourism, tourism industry, tourist, tourist enterprises.

Kirish. So'nggi yillarda iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi, xalqaro aloqalarning tizimli takomillashuvi natijasida turizm sohasining barqaror rivojlanib borayotganligini ko'rish mumkin. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi o'rni va nufuzi ham tobora ortib bormoqda. Chunki turizm eng serdaromad sohalardan biri bo'lib hisoblanadi.

Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm iqtisodiyotini isloh qilish va milliy taraqqiyot modelini mukammallashtirishga o'zining hissasini qo'shuvchi tarmoq sifatida shakllanishi uchun muayyan shart-sharoitlar yaratilgan.

Mamlakatimizda turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish hamda turizm faoliyatini har tomonlama rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida ham

xizmat ko'rsatish sohasi hamda turizmni rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan:

- Faoliyat ko'rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarni tashkil etish;

- Xizmat ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o'rni va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o'zgartirish;

- Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev turizmni rivojlantirish bo'yicha: "Biz hozir faqat turizmni rivojlantirish bilan shug'ullanadigan tuzilmaga doir masalalarni tasdiqladik. Bu choralar turizmning O'zbekiston iqtisodiyoti rivojiga qo'shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ'ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to'ldirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar bilan kuchaytirilishi zarur"16 deya ta'kidlaganlar.

Tahlil va natijalar. Mamlakatimizda turizm sohasining yildan-yilga rivojlanib, taraqqiy topib borishi natijasida yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni ham tobora ortib bormoqda. So'nggi yillarda turizmning rivojlanib borishi orqali yurtimizda ichki turizm ham jadal tarraqiyot yo'lidan odimlab bormoqda. O'zbekistonda turizmning tez sur'atlar bilan o'sishi mamlakatimizga katta miqdordagi valyuta tushumlarining kirib kelishi hamda yangi ish o'rinlarining paydo bo'lishiga olib kelmoqda.

16 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisdagi ma'ruzasi. // Xalq so'zi. 2017-yil 16-yanvar.

deklaratsiyadan o'tganlar, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga asosan)17

Rasmda keltirilgan ma'lumotlardan shuni ko'rish mumkinki, 2016-yilda O'zbekiston Respublikasiga 2157.7 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan, bu esa 2000-yilga nisbatan 7 barobarga ko'paygan.

Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarga xizmat ko'rsatuvchi turistik firma va tashkilotlar soni ham yildan-yilga tobora ortib bormoqda. 2016-yilda faoliyat yuritayotgan turistik firmalar soni 433 tani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2012-yilga nisbatan 75 taga ko'p. Ushbu korxonalar tomonidan xizmat ko'rsatilgan shaxslar soni 2012-yilda 511.6 ming nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2016-yilda 465.4 ming nafarga yetgan.

17 www.stat,uz ma'lumotlariga asosan muallif tomonidan tuzildi.

2-rasm. Turistik faoliyatni amalga oshirgan tashkilotlar soni (2012-2016

yillar)18

Turistik faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash orqali bunday turdagi faoliyatni amalga oshimvchi subyektlar sonining ortib boгishi hamda sayyohlaгga ko'reatiladigan xizmatlaг ko'lamining yanada yaxshilanib borishiga zamin yaгatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki turizim sohasida buxgalteriya hisobi to'g'гi tashkel qilish eng muhum ko'гsatkichlaгidan biгi bulib hisoblanadi. Turizimda buxgalteriya hisobini yuritishda korxona hisob siyosatidan boshlanadi, korxona hisob siyosatida korxona qanday hisob olib borishi to'g'risida kelajakdagi harakat^ stгategiyasi desak buladi. Unda korxona asosiy vositalar hisobini olib borish eskirishni qaysi usulada olib borishi yani chiziqli eskirish, ishlab chiqarish, qolqidli kamayish va komilyativ (yillar yig'indisi), shu usullardan qaysida eskirish hisoblanadi korxona hisob siyosatida ko'reatib o'tiladi. Undan tashqari korcona hisob siyosatida matinyal^ saf va soliq hisob siyosati, yani korcona qaysi soliq tulov turida ekanlegini ko^satib o'tiladi va shu koгxona hisob siyosatidaga qarab audit tekshiruvi ham shundan kelib chiqib tekshiruv olib boriladi.

Xulosa va takliflar. Buxgalteriya hisobi bilan bog'liq ba'zi bir moliyaviy operatsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: mijozlarga taqdim etilgan tovar yoki xizmatlar uchun hisob-kitoblar, mijozlar tushumlarini ro'yxatdan o'tkazish, etkazib beruvchilarning hisob-kitoblarini tekshirish va ro'yxatdan o'tkazish, etkazib beruvchilarga to'lovlarni to'lash, xodimlarning ish haqi va davlat hisobotlarini qayta ishlash hamda moliyaviy hisobotlarni yaratish. Buxgalteriya hisobining eng muhim jihati - bu barcha ma'lumotlarni aniq va dolzarb hisobga

18 www.stat,uz ma'lumotlariga asosan muallif tomonidan tuzildi.

olish. Aniqlik bu butun jarayonning eng muhim qismidir. Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab buxgalteriya hisobi dasturiy ta'minot yordamida amalga oshiriladi.

Buning uchun debetlar va kreditlar, shuningdek, buxgalteriya balansi va daromadlar to'g'risidagi hisobotni o'z ichiga olgan moliyaviy buxgalteriya hisobi bo'yicha asosiy bilimlar kerak. Buxgalteriya - bu har kuni yangilanadigan, moliyaviy operatsiyalar va biznes bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlar.

Alohida moliyaviy operatsiyalar bo'yicha yozuvlarning to'g'ri, dolzarb va keng qamrovli bo'lishini ta'minlaydi. Shu sababli, aniqlik bu jarayon uchun juda muhimdir.

Ushbu element hisob-kitoblar va hisob-kitoblar tayyorlanadigan ma'lumotlarni taqdim etadi. Ushbu o'ziga xos jarayon buxgalteriya hisobining keng doiralarida sodir bo'ladi. Xarid qilish yoki sotish bo'lsin, har qanday operatsiya kitoblarga yozilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisdagi ma'ruzasi. // Xalq so'zi. 2017-yil 16-yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning mamlakatimizni 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

3. www.stat,uz ma'lumotlariga asosan muallif tomonidan tuzildi.

4. Узбекистан Республикасининг "Бухгалтерия хдсоби тугрисида"ги Конуни. Т.: Норма. 2016 йил. 13 апрел.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.