Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TIBBIY GUMANISTIKA VA INTEGRATIV TIBBIYOTDA YAXLIT YONDASHUVNING DOLZARBLIGI'

ZAMONAVIY TIBBIY GUMANISTIKA VA INTEGRATIV TIBBIYOTDA YAXLIT YONDASHUVNING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gumanistika / integrativ tibbiyot / bioetika / evtanaziya / art therapy / fiziologiya / psixologiya / qandli diabet / onkologiya / stress. / гуманитарные науки / интегративная медицина / биоэтика / эвтаназия / арт-терапия / физиология / психология / диабет / онкология / стресс.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kamola Javlonbek Qizi Azadova

Ushbu tezisda zamonaviy tibbiyotda integrativ yondashuv va gumanizmning dolzarbligi hamda uning butun sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri masalasi yoritilgan. Tadqiqotda tibbiyotda gumanistik yondashuvning ahamiyatini oshirish orqali bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkoniyati taklif etilgan. Gumanistik tibbiyot bemorga insonparvar munosabatni, bioetika masalalarini hal qilishni va shifokor-bemor o‘rtasidagi samarali hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qadimiy tibbiy amaliyotlarga asoslangan integrativ yondashuv turli davolash usullarini o’zida birlashtirib, kasalliklarni kompleks davolashga qaratilgan usul sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ КОМПЛЕКСНОГО ПОДХОДА В СОВРЕМЕННОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ГУМАНИСТИКЕ И ИНТЕГРАТИВНОЙ МЕДИЦИНЕ

В данной работе исследована актуальность в современной медицине интегративного подхода и гуманизма, а также их влияние на качество всей системы здравоохранения. В исследовании рассматривается возможность улучшения качества обслуживания пациентов способом повышения значимости гуманистического подхода в медицине. Гуманистическая медицина включает в себя принципы гуманного отношения к пациенту, решение проблем биоэтики, а также эффективное взаимодействие между врачом и пациентом. Кроме того, интегративный подход, основанный на древних медицинских практиках, 193 способствует объединению различных методов лечения и комплексному подходу в лечении заболеваний.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TIBBIY GUMANISTIKA VA INTEGRATIV TIBBIYOTDA YAXLIT YONDASHUVNING DOLZARBLIGI»

TSDI & TMA | International Conference | 2024 Google Scholar indexed

Tashkent State Dental Institute Tashkent Medical Academy

The role of medical humanistics in quality training of a doctor

ZAMONAVIY TIBBIY GUMANISTIKA VA INTEGRATIV TIBBIYOTDA YAXLIT YONDASHUVNING DOLZARBLIGI

Kamola Javlonbek qizi Azadova

Toshkent davlat stomatologiya instituti Davolash ishi fakulteti talabasi,

Ilmiy rahbar: Nargiza Akmalovna Umirzakova, TDSI Ijtimoiy fanlar bioetika kursi

bilan kafedrasi dotsenti

Ushbu tezisda zamonaviy tibbiyotda integrativ yondashuv va gumanizmning dolzarbligi hamda uning butun sog'liqni saqlash tizimiga ta'siri masalasi yoritilgan. Tadqiqotda tibbiyotda gumanistik yondashuvning ahamiyatini oshirish orqali bemorlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash imkoniyati taklif etilgan. Gumanistik tibbiyot bemorga insonparvar munosabatni, bioetika masalalarini hal qilishni va shifokor-bemor o'rtasidagi samarali hamkorlikni o'z ichiga oladi. Shuningdek, qadimiy tibbiy amaliyotlarga asoslangan integrativ yondashuv turli davolash usullarini o'zida birlashtirib, kasalliklarni kompleks davolashga qaratilgan usul sanaladi.

Kalit so'zlar: gumanistika; integrativ tibbiyot; bioetika; evtanaziya; art therapy; fiziologiya; psixologiya; qandli diabet; onkologiya; stress.

ЗНАЧЕНИЕ КОМПЛЕКСНОГО ПОДХОДА В СОВРЕМЕННОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ГУМАНИСТИКЕ И ИНТЕГРАТИВНОЙ МЕДИЦИНЕ

В данной работе исследована актуальность в современной медицине интегративного подхода и гуманизма, а также их влияние на качество всей системы здравоохранения. В исследовании рассматривается возможность улучшения качества обслуживания пациентов способом повышения значимости гуманистического подхода в медицине. Гуманистическая медицина включает в себя принципы гуманного отношения к пациенту, решение проблем биоэтики, а также эффективное взаимодействие между врачом и пациентом. Кроме того, интегративный подход, основанный на древних медицинских практиках, способствует объединению

ANNOTATSIYA:

АННОТАЦИЯ

www.tsdi.uz

November 23, 2024

www.tma.uz

TSDI & TMA | International Conference | 2024 Tashkent State Dental Institute

Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy

^^^^^^^^^^^The^ole^fmedicalhumanisfo

различных методов лечения и комплексному подходу в лечении заболеваний.

Ключевые слова: гуманитарные науки; интегративная медицина; биоэтика; эвтаназия; арт-терапия; физиология; психология; диабет; онкология; стресс.

ANNOTATION

This work addresses the relevance of an integrative approach and humanism in modern medicine, as well as its impact on the entire healthcare system. The study explores the potential for improving patient care quality by enhancing the importance of a humanistic approach in medicine. Humanistic medicine includes principles of compassionate treatment of patients, addressing bioethical issues, and fostering effective doctor-patient interaction. Additionally, the integrative approach, based on ancient medical practices, promotes the unification of various treatment methods and a comprehensive approach to disease management.

Keywords: humanities; integrative medicine; bioethics; euthanasia; art therapy; physiology; psychology; diabetes; oncology; stress.

Kirish: Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot tez rivojlanib, inson salomatligini yaxlit tarzda ko'rib chiqishga asoslangan yangi yondashuvlar paydo bo'lmoqda. Sog'liqni saqlash tizimi faqat kasallikni davolash bilan cheklanmay, balki bemorlarning psixologik va ijtimoiy jihatlarini ham e'tiborga olishga intilmoqda. Shu bilan birga, bioetika sohasidagi taraqqiyot, murakkab axloqiy masalalarni hal qilishda yangi ko'nikmalar va bilimlarni talab qilmoqda. Mazkur tezis zamonaviy tibbiy gumanistika va integrativ tibbiyot paradigmasi doirasida integrativ dunyoqarashning dolzarbligini aniqlash, shuningdek, bu yondashuvlarning sog'liqni saqlash tizimiga ta'sirini o'rganishni maqsad qiladi.

Maqsad: Ushbu tezisning maqsadi zamonaviy tibbiy gumanistika va integrativ tibbiyot paradigmasi doirasida integrativ dunyoqarashning dolzarbligini aniqlash, shuningdek, bu yondashuvlarning sog'liqni saqlash tizimiga ta'sirini o'rganishdir. Ushbu tezis orqali tibbiyotda gumanistik yondashuvlarning ahamiyatini oshirish va bemorlar uchun sifatli xizmat ko'rsatishni yaxshilashga erishish ko'zda tutilgan. Gumanistik tibbiyotning markazida bemorning shaxsiga hurmat, uning his-tuyg'ulari va ijtimoiy jihatlariga e'tibor berish turadi. Bu soha tibbiyotda insonparvarlikni saqlab qolish, shifokor va bemor o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, sog'liq va kasallik masalalariga chuqurroq, yaxlit qarashni ta'minlashga qaratilganligi bilan belgilanadi. Bioetika - zamonaviy tibbiyotda paydo bo'layotgan murakkab axloqiy masalalarni hal qilishga

www.tsdi.uz

November 23, 2024 www.tma.uz

194

TSDI & TMA | International Conference | 2024 Tashkent State Dental Institute

Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy

yordam beruvchi fan bo'lib, unda a'zo yoki to'qima donorligi, genetik tahrirlash, evtanaziya, qimmatbaho tibbiy texnologiyalar va bemorlarning o'z tanasi ustidan huquqlari kabi masalalarni tahlil qiladi. Masalan, o'lim bilan bog'liq sharoitlarda qarorlar qabul qilish jarayonida bioetika bemor va uning oilasiga insoniy yondashuvni ta'minlash masalasini ilgari suradi. Shifokor va bemor o'rtasidagi samarali muloqot gumanistik yondashuvning muhim qismidir. Zero, yaxshi muloqot tibbiyotda muvaffaqiyat kalitlaridan biri hisoblanadi, bu shifokorlarning bemorlarni yaxshiroq tushunishiga va ularning hissiy ehtiyojlarini inobatga olishga yordam beradi. Shifokorlar bemorlar bilan ochiq va samimiy munosabat o'rnatishga o'rgatiladi[1]. San'at terapiyasi (Art Therapy) va musiqa terapiyasi kabi yondashuvlar zamonaviy gumanistik tibbiyotning yana bir usulidir. Bunday terapiya usullari bemorlarga o'z hissiyotlarini ifoda qilish, stressni kamaytirish va ruhiy barqarorlikni ta'minlashda yordam beradi. San'at terapiyasi ayniqsa, ruhiy kasalliklar yoki travmatik tajribalar bilan og'rigan bemorlar uchun samarali bo'ladi.

Bugungi kunda telemeditsina va mobil ilovalar yordamida bemorlar bilan muloqot va maslahat berish usullari rivojlanmoqda. Bu, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi bemorlar uchun qulaylik yaratadi[2]. Chet el tadqiqotchilari Wachtler S. va uning hamkorlari (2006) tibbiy gumanitar fanlarning ikkita funksiyasini ajratib ko'rsatishgan: instrumental va noinstrumental. Gumanitar fanlar klinik shifokorning kundalik amaliyotida to'g'ridan-to'g'ri qo'llanilganda instrumental funksiyani bajaradi. Masalan, shaxsiylashtirilgan tibbiyot nuqtai nazaridan, shifokorning kommunikatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish nafaqat bemorni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, balki shifokorning bemor qabul qilish jarayonida kasallikning alomatlarini to'g'ri talqin qilish va davolash kursini belgilash qobiliyatini ijobiy ravishda rivojlantiradi. Bizning fikrimizcha, gumanitar bilimning noinstrumental funksiyasi shifokorda bemorda shunchaki davolanishga muhtoj tana sifatida emas, balki turli psixo-sotsial ko'rinishlari bilan shaxs sifatida ko'ra olish qobiliyatini shakllantirishda namoyon bo'ladi; bu esa shaxsiylashtirilgan tibbiyotning invariant asosini tashkil etadi. Tibbiy gumanistik yondashuv va integrativ dunyoqarash o'rtasidagi o'xshashliklar shundan iboratki, har ikkala yondashuvning bemorga nisbatan individual yondashuv zarurati mavjud. Bemor va shifokor o'rtasidagi samarali muloqotning ahamiyati va bu muloqotning davolash jarayoniga ta'siri fiziologik, psixologik, ijtimoiy va ma'naviy yondashuvlar integratsiyasi orqali qamrab olinadi.

Integrativ dunyoqarashning asoslari qadimgi tibbiyot amaliyotlarida shakllangan. Masalan, Hindistondagi Ayurveda va

November 23, 2024 www.tsdi.uzwww.tma.uz

TSDI & TMA | International Conference | 2024 Google Scholar indexed

Tashkent State Dental Institute Tashkent Medical Academy

The role of medical humanistics in quality training of a doctor

Xitoydagi an'anaviy tibbiyot kabi qadimiy tizimlar bemoming butun holatini, shu jumladan, jismoniy, emotsional va ruhiy jihatlarini bir butun sifatida ko'rib chiqi lgan. Ushbu yondashuvlardan biri bo'lgan Ayurvedada bu tizim inson salomatligini uchta asosiy element — Vata (havo), Pitta (olov) va Kapha (yer) bilan bog'laydi. Har bir insonning o'ziga xos tabiati, konstitutsiyasi va ularning muvozanati inson salomatligiga ta'sir qilishi izohlangan. Xitoy an'anaviy tibbiyotida rivojlangan bu tizim Tsi (hayot energiyasi), In va Yan (qarama-qarshi kuchlar) va beshta element (metal, yog'och, olov, yer va suv) tushunchalariga asoslanadi. Bu yondashuv, inson tanasi va tabiati o'rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilganligi bilan farqlanadi. Qadimiy madaniyatlar salomatlikni faqat kasalliklardan qutqarish sifatida emas, balki ruhiy va emotsional farovonlikni ta'minlash sifatida ko'rishgan. Integrativ dunyoqarash tibbiyotda turli yondashuvlarni - an'anaviy, komplementar va alternativ tibbiyot usullarini birlashtirishni anglatadi. U nafaqat jismoniy, balki ruhiy, ijtimoiy va ma'naviy salomatlikni ham e'tiborga olishga asoslanadi. Bunday dunyoqarash bemorni yaxlit shaxs sifatida ko'rib, faqatgina simptomlarni davolash bilan cheklanmaslikni taklif etadi. Hozirgi davrda bemorlar sog'lig'ini saqlashda ko'proq individual va ko'p qirrali yondashuvlarga intilmoqda. Bu yondashuv nafaqat jismoniy alomatlarni davolashga, balki psixologik va emotsional salomatlikni saqlashga ham qaratilgan bo'lishi kerak. Turli davolash usullarining integratsiyasiga ehtiyoj zamonaviy tibbiyotda muhim o'rin tutmoqda, chunki ko'plab kasalliklarni davolash uchun yagona usul yetarli bo'lmasligi mumkin. Ko'pgina kasalliklar, ayniqsa surunkali kasalliklar, murakkab tabiatga ega bo'lib, bir nechta omillarga bog'liq. Masalan, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va onkologik kasalliklar jismoniy, emotsional va ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, faqat an'anaviy tibbiyot usullarini qo'llashdan ko'ra, muqobil va qo'shimcha usullarni qo'llash bemor holatini yaxshilashda samaraliroq bo'lishi mumkin. An'anaviy tibbiyotda dori-darmon, jarrohlik va diagnostika usullari kasalliklarni davolashda asosiy rol o'ynaydi. Ammo ba'zi hollarda faqat an'anaviy usullarning o'zi yetarli bo'lmaydi. Turli davolash usullarini birlashtirish ehtiyojining asosiy sabablaridan biri bemorning sog'lig'ini yaxlit tarzda ko'rib chiqish zaruriyati sanaladi [3]. Quyidagi omillar integratsiyaga bo'lgan ehtiyojni kuchaytiradi: ba'zi kasalliklarni kelib chiqishi ko'p sababli bo'lgani uchun ularni kompleks yondashuv bilan davolash lozim. Misol uchun, yurak kasalliklarini davolashda dori-darmonlar bilan birga jismoniy mashqlar va psixologik qo'llab-quvvatlash usullari muhimdir. Yurak-qon tomir kasalliklarida yurak

www.tsdi.uz

kasalliklari bilan og'rigan bemorlar uchun dori-darmonlar,

November 23, 2024

www.tma.uz

TSDI & TMA | International Conference | 2024 Tashkent State Dental Institute

Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy

^^^^^^^^^^^The^ole^fmedicalhumanisfo

jismoniy mashqlar bemorning holatini sezilarli yaxshilaydi. Yurak urishi va qon bosimi me'yorga keladi, bemorning xavfsizlik va farovonlik darajasi oshadi. Saraton kasalligida an'anaviy davolash usullari, masalan, kimyoterapiya va radioterapiya kabilar ko'pincha og'ir yomon ta'sirlarni keltirib chiqaradi. Stressni kamaytiruvchi meditatsiya yoki massaj terapiyasi bu bemorlarning kayfiyatini ko'tarishga va og'riqni kamaytirishga yordam beradi. Turli davolash usullarining integratsiyasi zamonaviy tibbiyotda dolzarb hisoblanadi. Integrativ tibbiyot paradigmasi rivojlanishi davom etmoqda va kelajakda sog'liqni saqlash tizimida muhim o'rin tutishi aniq.

Xulosa: Gumanistik va integrativ yondashuvlar kasalliklarni davolashda, bemorlarning hayot sifatini oshirishda, shuningdek, tibbiyot amaliyotida yangi ko'nikmalar va yondashuvlarni joriy qilishda muhim rol o'ynaydi. Ular inson salomatligini yaxlit ravishda baholash va kasalliklarni kompleks yondashuv bilan davolashning zamonaviy tamoyillarini ifodalaydi.

REFERENCES:

1. "The Handbook of Art Therapy" by Caroline Case and Tessa Dalley.

2. Шкарин В.В., Петров В.И., Поройский С.В. Лучшие образовательные практики (кейсы) Волгоградского государственного медицинского университета. - Издательство ВолгГМУ. 2022 г. - 335 с.

3.Умирзакова Н.А. Тиббиёт этикаси ва деонтологияси. / Укув кулланма -Тошкент: "Lesson-press", 2023.- Б.163.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.