Научная статья на тему 'Zamonaviy ta’limda innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etishning sifat va samaradorligi'

Zamonaviy ta’limda innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etishning sifat va samaradorligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
120
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kasbiy pedagogik mahorat / qobiliyat / metod / intellekt / tafakkur / nutq / bilim / ko‘nikma / malaka / ishtiyoq / mafkura / salohiyat / perseptiv qobiliyat / kasbiy salohiyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Salima O’Tkirovna Shomurodova, Kamola Xayrullayevna Rajabova

Maqolada zamonaviy ta’limda innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etishning mohiyati, ta’lim beruvchining kasbiy pedagogik mahorati, pedagogik qobiliyat turlari, ta’limiy faoliyat sifatini oshiruvchi metodlar, olinadigan natijalar, zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Zamonaviy ta’limda innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etishning sifat va samaradorligi»

Zamonaviy ta'limda innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil

etishning sifat va samaradorligi

Salima O'tkirovna Shomurodova Bobkent tuman, 29-DMTT Kamola Xayrullayevna Rajabova Qaravulbozor tumani, 2-DMTT

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta'limda innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etishning mohiyati, ta'lim beruvchining kasbiy pedagogik mahorati, pedagogik qobiliyat turlari, ta'limiy faoliyat sifatini oshiruvchi metodlar, olinadigan natijalar, zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: kasbiy pedagogik mahorat, qobiliyat, metod, intellekt, tafakkur, nutq, bilim, ko'nikma, malaka, ishtiyoq, mafkura, salohiyat, perseptiv qobiliyat, kasbiy salohiyat

Quality and effectiveness of innovative pedagogical activities

in modern education

Salima Utkirovna Shomurodova Bobkent district, 29-SPO Kamola Khairullayevna Rajabova Karavulbazar district, 2-SPO

Abstract: In the article, the essence of organizing innovative pedagogical activities in modern education, the professional pedagogical skills of the teacher, types of pedagogical skills, methods of increasing the quality of educational activities, the results obtained, and the active use of modern advanced pedagogical technologies are discussed in general. information provided.

Keywords: professional pedagogical skill, ability, method, intellect, thinking, speech, knowledge, skill, competence, passion, ideology, potential, perceptive ability, professional potential

Bugungi kunda mamlakatimiz barcha sohalarda jumladan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Ilm-fan, ayniqsa pedagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarilmoqda. Uzluksiz ta'lim o'qitish va tarbiyanng uzviy birligi sifatida yanada taraqqiy ettirilmoqda.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 253 [Ml^^^H

Uzluksiz ta'lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni sifatli o'qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g'oyat murakkab va mashaqqatli vazifani faqatgina yuksak salohiyatli, kuchli bilimga ega, malakali va pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagog bilangina amalga oshirish mumkmligini ta'kidlash lozim.

Shunday ekan, o'qituvchilik kasbi serqirra, mashaqqatli, sharafli katta bir san'at maktabidir. Bunday maqomga erishish, munosib bo'la olish osongina, o'z-o'zidan amalga oshirilmaydi. Bo'lajak pedagogdan chinakkam havas, ishtiyoq, ham kasbiy ham shaxsiy bilimga ega bo'lish, zamon bilan hamnafaslilik, kuchli intellekt, o'zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqil g'oyasi, sog'lom fikri va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqiqiy vatanparvar va fidoiy insongina erisha oladi.

Kasbiy salohiyatli, mahoratli pedagog bo'lish bu tug'ma talant yoki nasldan-naslga o'tuvchi bir xususiyat emas, balki uning zaminida davomiy mehnat, izlanish, samarali-ijodiy mehnat yotadi. Pedagog faoliyat davomida izlanadi, ijodiy mehnat qiladi va o'zini rivojlantirib boradi.

Ta'lim beruvchining kasbiy pedagogik mahorati faoliyat jarayonida yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki mashg'ulot jarayonlari pedagogning mustaqil harakat maydoni sanaladi. Bu maydondagi samarali faoliyat pedagogning qobiliyati, har bir harakatlari, so'zlari bilan amalga oshiriladi.

Pedagogik qobiliyat pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqara olishni belgilaydi. Qobiliyat faoliyat jarayonida yuzaga keladi va rivojlanadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun esa ta'lim beruvchida pedagogik qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lishi lozim.

Pedagogik qobiliyat turlari

Akademik qobiliyat

Didaktik qobiliyat

Nutq qobiliyat I Ijodiy qobiliyat

Avtoritar qobiliyat

Kommunikativ qobiliyat

Perspektiv qobiliyat

Diqqatni to'g'ri taqsimlash qobiliyati

1-rasm. Pedagogik qobiliyat turlari

Pedagogik faoliyat samarasi ta'lim beruvchining pedagogik qobiliyati qay darajada shakllanganligiga ham bog'liqdir.

Ta'lim jarayonlarining sifatli va maqsadli tashkil etilishida zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish ayni damda muhim vazifalardan biridir. Bugungi kunda zamonaviy talim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida o'rinli qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bu esa o'z navbatida ta'limning sifat-samaradorligini yanada oshishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim oluvchining mustaqil o'rganishi, olgan bilimlarini amaliyotda mustaqil ravishda qo'llay olishi, fikrlash, izlanish, tafakkur qilish, tajribalar, tahlillar, natijaga erishish, zavqlanish va o'ziga bo'lgan ishong hislarini mustahkamlaydi, umumiy olganda aqliy rivojlanishi, dunyoni anglashi uchun yordam beradi.

Pedagoglar tomonidan o'quv jarayonlarida eng ko'proq foydalaniladigan metodlardan biri bu - interfaol metodlar. Lug'aviy nuqtai nazardan Interfaol talim -"inter" - o'zaro, "act" - harakat qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi. Interfaol metodlar -bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, yani ta'lim oluvchiga pedagogik tasir etish usullari bo'lib, talim mazmunining tarkibiy qismi, asosi hisoblanadi. Ushbu metodlarning o'ziga xosligi, samarali ekanligi shundaki, ular faqat pedagog va ta'lim oluvchining birgalikda faoliyat ko'rsatishi, hamkorligi orqali amalga oshiriladi. Interfaol metodlarni qo'llash natijasida bolalarning mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, hamkorlik, jamoa bo'lish ishlash, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu albatta bolada o'ziga ishon dadillikni yanada mustahkamlaydi.

Bu metodni to'g'ri qo'llay olish, mavzuni va topshiriqlarni aniq qo'ya bilish, pedagog va ta'lim oluvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilim o'zlashtirish darajasi faollashadi, shaxsiy sifatlari yanada rivojlanib boyib borishiga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni o'rinli qo'llash ta'limiy faoliyatning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari -norasmiy bahs-munozaralar, faoliyatdagi erkin fikr ifodalash imkoniyati, tashabbuskorlik, kichik guruh, katta guruhlar,jamoasi bo'lib ishlash, topshiriqlar va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega.

Bugungi zamonaviy ta'lim yoshlarimizga juda ko'plab eshiklarni ochish imkonini berdi. Zamonaviy ta'lim qaysi sohada bo'lmasin insonga o'zi va uni o 'rab turuvchi olam haqida bilim beruvchi, hayot haqida saboq beruvchi, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishga, taraqqiy etishga undovchi va rivojlantiruvchi kabi yagona maqsadlarga

egaligi bilan ahamiyatlidir. Bundan kelib chiqqan holda bilim olish - bu maqsad emas, balki hayotda maqsadga aylangan strategiyani amalga oshirishga qaratilgan vositadir.

Xulosa qilib aytish kerakki, shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab va qiyin faoliyat jarayonidir. Inson biror bir kasbning haqiqiy sohibi bo'lishi uchun unda tabiiy qobiliyat, haqqiqiy ishtiyoq, maqsadlilik, fidoiylilik xislatlari bo'lishi zarur. Qachonki maqsad bo'ladigan bo'lsa bariga oson erishish mumkin. Bilim borliqdan ko'chirilgan nusxa emas, uni inson shakllantiradi. Zaxmatkash, fidoiy o'qituvchi esa uni borligicha, sayqallab, jilolab o'quvchiga etkazadi. O'quvchilarning bilimlarini oshirishga, kashf qilishga yordam beradigan jarayonni, rivojlantiruvchi muhitni yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Pozilova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. O'.J. To'ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. -376 bet.

3. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

4. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

5. G.Niyozov, M.E. Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.

6. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet.

7. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.

8. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

9. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

10. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.