Научная статья на тему 'Muammoli ta’lim o’qitishning eng samarali usulidir'

Muammoli ta’lim o’qitishning eng samarali usulidir Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
559
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
mantiqiy fikrlash / tanqidiy fikrlash / salohiyat / innovatsionkompetentli / ilmiy-tadqiqot / ijtimoiy / konstruktiv / badiiy ifodaviy / muammoli vaziyat / mantiq / ziddiyat / to‘siq / faoliyat uyg‘unligi / kompleks yondashuv / intellektual faollik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sojida Muxammadovna Raxmonova, Maxbuba O’Tkirovna Abduraxmonova

Maqolada bugungi zamonaviy sharoitda muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llanilishning ahamiyati va shu bilan birga talabaning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirish, muammoli vaziyat, muammoli faoliyati xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Muammoli ta’lim o’qitishning eng samarali usulidir»

Muammoli ta'lim o'qitishning eng samarali usulidir

Sojida Muxammadovna Raxmonova raxmonovasojida9@gmail.com Buxoro davlat universiteti Maxbuba O'tkirovna Abduraxmonova Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti

Annotatsiya: Maqolada bugungi zamonaviy sharoitda muammoli ta'lim texnologiyalarini qo'llanilishning ahamiyati va shu bilan birga talabaning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirish, muammoli vaziyat, muammoli faoliyati xususiyatlari haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, salohiyat, innovatsion-kompetentli, ilmiy-tadqiqot, ijtimoiy, konstruktiv, badiiy ifodaviy, muammoli vaziyat, mantiq, ziddiyat, to'siq, faoliyat uyg'unligi, kompleks yondashuv, intellektual faollik

Problem-based learning is the most effective method of

teaching

Sojida Mukhammadovna Rakhmonova rakhmonovasoj ida9@gmail.com Bukhara State University Makhbuba Utkirovna Abdurakhmanova Turkestan New Innovation University

Abstract: The article discusses the importance of using problem-based educational technologies in today's modern conditions and, at the same time, the development of the student's ability to think independently, critically and creatively, the creative assimilation of knowledge, skills and abilities as a result of active independent activity, and the development of mental activity, problem-solving general information about the situation, the characteristics of problematic activities is given.

Keywords: logical thinking, critical thinking, potential, innovative-competent, scientific-research, social, constructive, artistic expression, problem situation, logic, conflict, obstacle, harmony of activity, complex approach, intellectual activity

Bugungi kunda respublikamizning jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin egallashi uchun yoshlarning dunyoqarashini o'zgartirish, ularni bilimli va salohiyatli, zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan, mustahkam irodali etib shakllantirishni talab qiladi.

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi ta'lim jamiyat oldiga immuniteti mustahkam, jahon andazalariga javob beradigan, innovatsion-kompetentli, maxsus qobiliyatli, maqsadli yoshlarni tarbiyalashni vazifa qilib qo'ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda aynan muammoli ta'lim texnologiyasi yetakchi o'rinni egallaydi.

Muammoli ta'lim - bu mantiqiy fikrlash operatsiyasidir. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma'lum xulosalarga kelish kabi ko'nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta'limdir. Muammoli ta'lim - didaktikaga tayangan holda talabaning ilmiy bilim va tushunchalarini, dunyoqarashini shakllantirish, uning intellektual faolligini har tomonlama takomillashtirish, talabaning fikrlash qobiliyatini rivojlanishini va uning e'tiqodini shakllanishini ta'minlaydigan yangi tizimidir.

Muammoli ta'limning ilk g'oyalari amerikalik psixolog va pedagog Dj.Dyui (1859-1952) tomonidan asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.

A.M.Matoshkin, M.I.Maxmutov, I.Ya.Lernerlar muammoli o'qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar.

Dj.Dyui muammoli ta'lim asosi sifatida quyidagi yo'nalishlarni belgilaydi.

1) ijtimoiy;

2) konstruktiv;

3) badiiy ifodaviy;

4) ilmiy-tadqiqot.

Muammoli ta'lim o'qitishning eng samarali usulidir. Bugungi kunda, muammoli o'qitish faoliyat jarayonida pedagog rahbarligida yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechimlariga qaratilgan talabaning faol mustaqil faoliyatidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni yechishga yo'naltiradi, bir nechta yechimni izlashni tashkil etadi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda intellektual fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

Bu ta'limni tashkil etish amaliyotda samarali qo'llay olish, boshqarish pedagogdan kuchli pedagogik mahoratni talab etadi. Chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi individual holat bo'lib, individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.

Muammoli ta'limning asosini Muammo (yunoncha "to'siq", "qiyinchilik") yoki Muammoli vaziyatlar tashkil etadi. Aksariyat muammo va muammoli vaziyatlarga bir xilda qaraymiz. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.

Muammoli vaziyatlar - talabalarning ma'lum bir topshiriqlarni bajarishi jarayonida muammolarga duch kelishi, yuzaga kelgan ziddiyatni, to'siqni anglashi,

bilan bog'liq bo'lgan ruhiy holat bo'lib, u hal etilayotgan masala va unga oid yangi bilimlarni izlashni taqazo etadi.

Muammoli vaziyatlarni hal etishning ma'lum bir bosqichlari mavjud.

Muammoli vaziyatlarni hal etish muammoli ta'lim jarayonida sodir bo'ladi. Muammoli ta'lim jarayonini tashkil etishda pedagog to'g'ri metodlar tanlashiga e'tibor qaratishi lozim va bu qo'llaniladigan metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog muammoli jarayonlarni muvaffaqiyatli tashkil etishda kompleks yondoshishi lozimdir.

Muammoli ta'limning muvaffaqiyati asosan quyidagi omillarga bog'liq:

- o'quv materialini muammolashtirish

- talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish

- ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish

- pedagog tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish

- muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.

Muammoli ta'lim jarayonida yuqorida keltirilgan omillarga e'tibor qaratiladigan bo'lsa, bu talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllanishida, talabalarning tushunchalar tizimini o'zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyatida, uning his-tuyg'usi va emotsiyasiga ta'sir etib, uning bilimini e'tiqodga aylanishiga sabab bo'ladi. Dunyoqarashni shakllantirish shaxsning intellektual faolligini shakllantirishdir.

Xulosa qilib aytganda bugungi zamonaviy sharoitda muammoli ta'lim texnologiyalarini qo'llanilishi ta'lim jarayonini samarali kechishini ta'minlaydi va shu bilan birga talabaning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, muammoli ta'limning ya'ni muammoli o'qitishning mohiyatini anglagan holda pedagog tomonidan talabalarning o'quv jarayonlari tashkil etilsa, muammolarini, to'siqlarni va vaziyatlarni hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish orqali ularning bilish

faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.

Pedagog tomonidan muammoli ta'lim texnologiyalarini o'qitish jarayonida maqsadli, samarali qo'llash ta'lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga asos bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.X. To'xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y. -400 bet.

2. O'.J. To'ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. -376 bet.

3. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet.

4. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

5. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

6. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

7. G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.

8. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.

9. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet.

10. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

11. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

12. S.M. Raxmonova МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАЪЛИМ БЕРИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ. Respublika OAK. Илимий-методикалы; журнал 5/1 2022 y.101-105 bet

13. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION.

SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https://drive.google.com/ffle/dA90Zcmt7oUsSvaN14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

14. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 950-953 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.