Научная статья на тему 'Bo’lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish'

Bo’lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
157
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
bo‘lajak pedagoglar / kasbiy metodik tayyorgarlik / innovatsion kasbiy faoliyat / innovatsiya / kompetensiya / kompetentlik / ijodiy yondashuv / pedagogik vaziyatlar / ilg‘or tajriba

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mahliyo Faxriddinovna Esanova, Kamola Xasan Qizi Muxiddinova

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning, kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish va kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining о‘ziga xos pedagogik, psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bo’lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish»

Bo'lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini

rivojlantirish

Mahliyo Faxriddinovna Esanova Buxoro viloyati, Vobkent tumani, 22-DMTT

Kamola Xasan qizi Muxiddinova Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak pedagoglarning, kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish va kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish, innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining o'ziga xos pedagogik, psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: bo'lajak pedagoglar, kasbiy metodik tayyorgarlik, innovatsion kasbiy faoliyat, innovatsiya, kompetensiya, kompetentlik, ijodiy yondashuv, pedagogik vaziyatlar, ilg'or tajriba

Development of professional competence of future pedagogues

Mahlyo Fakhriddinovna Esanova Bukhara region, Vobkent district, 22-SPO Kamola Hassan kizi Mukhiddinova Turkestan New Innovation University

Abstract: This article discusses the specific pedagogical and psychological features of the process of developing the competence of future pedagogues and improving their professional methodological training, increasing attention to the profession, and preparing them for innovative professional activities.

Keywords: future pedagogues, professional methodological training, innovative professional activity, innovation, competence, competence, creative approach, pedagogical situations, advanced experience

So'ngi yillarda mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Dunyo sahnalarida o'zining munosib o'rniga ega, kuchli bilimli, mehnat bozorida raqobatbardosh, salohiyatli, zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan kadrlar shuningdek, bo'lajak pedagoglarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish, o'qitish sifati va samaradorligini ko'tarish, xalqaro standartlarga moslashtirish, ilmiy savodxonligini oshirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish masalalariga alohida

e'tibor qaratilmoqda. Shu o'rinda mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqida "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" deb bejizga ta'kidlanmaganligini aytib o'tamiz. Ta'lim muassasalarida aynan shunday nuqtai-nazar bilan yondashilib kelinayotganligi, barkamol shaxs, innovatsion kasbiy va shaxsiy kompetentlik masalasi diqqat markazda ekanligi o'z samarasini beradi albatta.

Bo'lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirishda eng avvalo, o'qitishda talabaning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish va ko'zlangan maqsadga erishish muhim sanaladi.

Kompetentlik kasbiy bilim va ko'nikmalarning mavjudligi, shuningdek, ularni amaliy faoliyatda qo'llash va takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilansa, innovatsion kasbiy kompetentlik esa talabaning shaxsiy imkoniyatlari yig'indisi, uning o'z kasbiy bilimlari va tajribalarini amaliy faoliyatda o'rinli va maqsadli qo'llay olish qobiliyatidir. Innovatsion kasbiy kompetentlikning shakllanishida asosiy o'rinni talabaning mustaqil faoliyati egallaydi. Mustaqil faoliyat talabaning kasbiy faoliyatini yanada chuqurroq egallashi uchun xizmat qiladi. Ushbu umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda, mustaqil faoliyat talabani har qanday sharoitda va holatda o'zining salohiyatlarini to'laqonli ishga solish, amaliy faoliyatlariga tatbiq etishga odatlantirib boradi. Bu esa kasbiy kompetensiyaning takomillashib borishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Bir so'z bilan aytganda, raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritishga tayyorlaydi.

Mamlakatimizda shaxsni har tomonlama kamol topishi, ta'lim jarayoniga to'liq jalb etish, ulardagi shijoatni yanada oshirish, manfaatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ta'limda noan'anaviylik, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, turli xildagi o'qitish metodlarni, dasturlarni amaliyotda maqsadli ravishda qo'llagan holda ta'lim jarayonlarini tashkil etish, talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo'lib hizmat qilmoqda.

Talabaning kasbiy faoliyatida kreativlik muhim tavsif hisoblanadi. Kreativlik bu - talaba o'zining ijodiy faolligini namoyon etish qobiliyatidir. Qaysidir ma'noda yangi va foydali biror bir ishning yoki narsaning yaratilishiga hissa qo'shadigan fenomen. Odatda bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobilyatga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilishi, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi.

Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Bu qobilyati doimiy ravishda o'qib-o'rganishlar, yangilikka intilish, izlanishlar, muntazam harakatlar orqali shakllantiriladi va takomillashib, mukammallashib boradi. Bu o'z navbatida talabaga yaratilga muhitga ham bog'liqdir. Bunda talaba o'zini-o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi, maqsadli harakatlarda erishishi, natijadorlikni qo'lga kiritishi va bu faoliyatlarni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek pedagogik xarakterdagi ijodkorlik, yaratuvchanlikka alohida e'tibor qaratishi zarur.

"Kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlanadi Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) - ta'lim oluvchining yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Kreativlik bir xillikdan qochish, ijodkorlik, yaratuvchanlik, ma'lum bir narsaga yangicha yondashish ko'nikmasidir. Aqliy salohiyatni maqsadga yo'naltirilgan holda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi.

Bo'lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga mustaqil, ijodiy, amaliy tayyorlash muammosi har doim psixologiya va pedagogika sohasi diqqat markazida bo'lgan. Ta'lim sohasidagi sifat samaradorlik ularning jahon ta'limi talablari bilan mosligi va pedagoglarning o'zlashtirgan kasbiy kompetensiyalarini kelgusi mehnat faoliyatidagi amaliyotga tatbiq qilish darajasi bilan bog'liq.

Mashhur amerikalik psixolog, gumanistik psixologiya asoschisi A.X.Maslou kreativlikni 2 turga ajratadi.

1. Iste'dodning kreativligi;

2. Shaxsning o'zini-o'zi aktuallashtirish kreativligi.

Shaxsning o'z-o'zini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bog'liqdir. Shu sababli biz unga kundalik hayotimiz davomida va kasbiy faoliyatning ko'p sohalarida duch kelamiz. Psixolog A.X. Maslou kreativlikda o'z-o'zini aktuallashtirishning ikki darajasini aytib o'tadi:

- ixtiyorsiz kreativlik

- ixtiyoriy kreativlik

A.X.Maslou kreativlikni inson tabiatiga xos deb ta'riflaydi. Ya'ni barcha insonlar layoqat bilan dunyoga keladi, olingan bilimlar, izlanishlar, o'rganishlar asosida qobiliyatga aylanadi va uning ustida mukammal, kengroq ishlash oqibatida iste'dod yuzaga chiqishini bilamiz. Qobiliyat, iste'dod layoqatligicha qolib ketishi ham mumkin. Bu har bir insonnig o'ziga bog'liq bo'lgan jarayondir.

Adabiyotlarni tahlili shuni ko'rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati eng avvalo o'zini anglash, mustaqil va maqsadli qarash, tanqidiy fikrlash, muammolarni tahlil etishdagi qobiliyatlilik, analitik fikrlash, olingan bilimlarni amaliyotda qollay olish, yaratuvchanlik ko'nikmalarda namoyon bo'lishi mumkin.

Ta'lim oluvchining kreativlikni rivojlantirishda - ta'lim jarayonlariga, berilgan ma'lumotlarni o'zlashtirishga va o'zlashtirish darajasiga, ta'lim manbalari va vositalariga, topshiriqlar va ularning ijrosiga e'tibor qaratish, ta'lim jarayonlarining munosib tashkil etishga diqqat qaratilishi lozim.

Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator omillar mavjud.

- kreativ fikrlash va faollikni shakllantirish

- yaratuvchilik, muammolarga ijodiy yondashishni rivojlantirish

- talabalarning kreativ faoliyatini yanada kuchaytirishga erishish

- talabalarning kasbiy ko'nikma va layoqatlarini rivojlantirish ,mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatish, mustaqil bilim olish, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini bilish, o'z mavqeyiga ega bo'lish ko'nikmasini shakllantirish

- qulay ijodiy hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar.

Bo'lajak pedagoglarni har tomonlama salohiyatli, raqobatbardosh, intellektli etib tayyorlashda yuqoridagi barcha sifatlarga amal qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Shu bilab birga bo'lajak pedagog o'z kasbi uchun mumkin bo'lmagan quyidagi shaxsiy sifatlarni yenga bilishi shart:

- rasmiyatchilik;

- befarqlik, loqaytlik;

- jizzakilik;

- qarorlarni qabul qilishda bir tomonlamalilik.

Xulosa qilib aytadigan bo'lajak pedagog o'zi uchun shaxsiy individual ish metodini izlashi va aniq innovatsion pedagogik faoliyat maydonini aniqlashi lozim. Ta'lim oluvchining diqqatini jalb eta olishi, uning his-tuyg'usini, hatti-harakatini rivojlantirishi va ta'sir eta olishi, har bir mashg'ulot uchun material tanlay bilishi, uni murakkablashtirishi, ta'lim jarayonini integratsiyalashgan holda tashkil eta olishi, ta'limiy-tarbiyaviy vositalar majmuidan o'rinli va maqsadli foydalanishi, umumiy va aniqroq qilib aytganda ta'limni bolaga moslashtira ola bilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.M. Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi. T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 2016 y.

2. G.N. Ibragimova. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Monografiya. - Т.: "Fan va texnologiyalar", 2016. -77 bet..

3. Бaрышeвa Т.А., Жигaлoв Ю.А. Психoлoгo-пeдaгoгичeскиe ochobbi рaзвития крeaтивнoсти. СПб, 2006. - С. 285.

4. O'.J. To'ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. -376 bet.

5. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet.

6. O'.K. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik texnologiyalarning tatbikiy asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: 2006 y. -264 bet.

7. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

8. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

9. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

10. J. Hasanboyev, X. To'raqulov, M. Haydarov, O. Hasanboyeva. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2008 y. -480-bet.

11. G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.