International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
ZAMONAVIY SSENOGRAFIYA MAISHIY JANR IFODASI
Eldor Xushvaqtov
O'zDSMI "Musiqali teatr san'ati" kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada zamonaviy ssenografiyada maishiy janr va bugunga qadar rivoji, 1990-yildan keyingi ijtimoiy muammolar va ularning ushbu san'atga ta'siri xususida fikr yuritilgan. Maishiy janrdagi ssenografik asarlar tahlili misolida o'rganilgan.
Kalit so'zlar: zamonaviy ssenografiya, janr, badiiy uslub asbobi, shakl, rang, tasviriy dizayn, falsafiy, ramziy.
Аннотация: в статье рассматриваются отечественный жанр в современной сценографии и его развитие на сегодняшний день, социальные проблемы после 1990 года и их влияние на это искусство. Исследуется на примере стиля, форма, цвет, живописное оформление, философское, символическое.
Ключевые слова: Современная сценография, жанр, инструмент художественного стиля, форма, цвет, живописный замысел, философский, символический.
Annotation: the article discusses the domestic genre in modern scenography and its development today, social problems after 1990 and their impact on this art. Explores the example of style, form, color, pictorial design, philosophical, symbolic.
Key words: modern scenography, genre, artistic style instrument, form, color, pictorial design, philosophical, symbolic.
Ssenografiya - bu sahna vaqti va makonida mavjud bo'lgan vizual-plastik tasvirni yaratish orqali spektaklni bezash san'ati. U tomoshabin sahnada ko'rgan hamma narsani o'z ichiga oladi: kostyumlar, yoritish, bo'yanish, rekvizitlar. Ssenografiya teatr san'atining muhim qismi bo'lib, spektaklni yorqin va esda qolarli qiladi! Umuman ishlab chiqarishning muvaffaqiyati stsenografiya elementlarining uyg'un kombinatsiyasiga bog'liq.
Ssenografiya tasviriy san'atning bir qismi Ьо'^Ы bilan birga teatr san'atining ajralmas qismidir. Tabiiyki, ssenografik asarni tahlil qilish uchun tasviriy san'atning barcha turlari va janrlarini о'zlashtirish bilan birga teatr tarixini ham bilish zarur. Teatr sintetik san'at sanalib u о^ о'rnida san'atning musiqa, xoreografiya, tasviriy san'at, teatr me'morligi, aktyorlik san'ati kabi turlarini о^ ichiga oladi. Teatrni ssenografiyasiz tasavvur etish qiyin.
Sintetik hisoblangan ssenografiya san'ati rang tasvirda polotnoning yaratilishi bilan yakunlanmaydi. Undan keyingi maketlash yana sahnalashtirish kabi murakkab va muhim jarayoni borki, ular rassomning rang tasvirda ishlagan eskizining keyingi
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
taqdirini hal etadi. Ba'zan eskizda ranglar orqali ma'no-mazmun kasb etgan san'at asari sahnaga ko'chishi bilan oddiy maishiy ko'rinish kasb etsa, gohida buning aksini kuzatish mumkin. Biroq, teatr rassomining mahorati asarning mohiyatini chuqur anglay olishida va uni eskizda ifodalay olishida bo'ladi. Pyesa qanchalik emotsiyaga boy bo'lsa, rassom uni chuqur his eta oladi. Tabiiyki, eskizdagi yorqin rangdorlik eskiz qatorida sahnaning ssenografik badiiy yechimiga ta'sirini ko'rsata oladi. Maishiy janrda ishlangan asarlarning aksariyatida teatr rassomining ijtimoiy hayot voqea-hodisalariga befarq emasligi, har bir jarayonga o'zining alohida munosabati mavjudligi yaqqol seziladi. Teatr rassomi borliqni faqat ranglar va shakllar bilan emas, yurak va qalb ritmi ila his etishi, yon atrofdagi voqeaning ishtirokchisidek bo'la olishi asarlarda bilinadi. Maishiy janrda ishlangan ko'plab asarlar fikr misolidir.
1990-yildan bugunga qadar birgina Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri misolida buni ko'rib chiqadigan bo'lsak, ushbu teatrda ko'plab iste'dodli, shu sohada o'ziga xos maktab yaratgan va ko'plab shogirdlarni yetishtirgan G.Brim, teatr rassomlari A.Jiboyedov, T.Shoraximov, A. O'rinov, S.Begmatov kabi katta avlod, B.To'rayev, SH.Abdumalikov, N.Glubokina kabi o'rta avlod hamda J.Raximov, M.Xoliqov, A.Rasulov singari yosh avlod vakillari ssenografiyaning turli janr va yo'nalishlarida mahorat qirralarini namoyish etishdi.
1990-yildan keyingi ijtimoiy o'zgarishlar barcha sohalar kabi ssenografiyada ham o'z aksini topdi. Bu davrda yaratilgan asarlar tomoshabinlarga yengil kulgu, oilaviy ichki muhit va unda yashovchi insonlarning o'zaro munosabatlari orqali yuzaga keluvchi yumorlar asosiy mavzuga aylandi. Sahna bezaklarida ham maishiy uy jihoz buyumlari, kundalik liboslar qo'llanildi. Teatr rassomlari teatrning bor imkoniyatidan kelib chiqqan holda sahnani bezak ishlarini olib borishdi. Spektakl badiiy jihatini tasviriy ifodaviy dekoratsiyalar orqali yechish usullari ham o'z o'rnida mavridi bilan qo'llanilib bordi.
"Superqaynona", "Toshkentga sayyohat", "Devona", "Oqibat", "Tuydan keyingi tomosha" spektakllariga ishlangan eskizlar, fondagi tasvirlar aynan fikr isbotidir. Ushbu eskizlar saxnada maishiy detallar ishtirokida ham ijro etilishi mumkin edi. Rassomlar qahramonlarning qalb iztiroblarini, ichki kechinmalarini tomoshabinga tushunarliroq bo'lishi uchun tasviriy dekoratsiyalar, fondagi real tasvirlarga quvvat beradi. Aslida teatr ichki imkoniyati va o'sha davr sharoitidan kelib chiqib, ishlangan kundalik tafsilotlar aks ettirilgan dekoratsiyada zamonaviy ssenografiyaning ichki makonni izohlash, naturalizm oqimini bir oz buzib ko'rsatishdek taassurotni uyg'otar edi. Teatr rassomi A. O'rinovning "Toptalgan tuyg'u", "Dodaginam" spektakllariga ishlagan eskizlarida ham fondagi tasviriy bezakli dekoratsiyalar yetakchilik kildi.
Zamonaviy ssenografiyaning asosiy talabi spektakl qaysi mavzuda, qaysi janrda bo'lmasin, sahnada asar mohiyatini aks ettirish, uning mazmunini sahna dekoratsiyalari ijrosida ko'rsatish, tomoshabinni asarning muhitiga singib ketishiga
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
yordam berishdan iborat. Zamonaviy mavzuga murojaat qilgan bu davr teatr rassomlarining ishlari to'g'risida shu vaqtdagi matbuot va davriy nashrlarda turli tanqidiy fikrlarni uchratish mumkin. Biroq, ssenografiyadagi maishiy janrda ifodalangan tasviriy bezakli dekoratsiya qisqa vaqt o'tib o'z o'rnini o'tkir, davr uchun dolzarb bo'lgan mavzularga bo'shatib berdi. Bunda rassomlar diniy ekstremizmga, narkomaniya, odam savdosi, yengil-yelpi hayotga intilish, oson boylik orttirishga huruj... kabi zamonning aktual tomonlarini aks ettirishga kirishdilar. Bularga "Garovdagi muhabbat" "Dildagi dog" "Asl xazina", "Asl xazina-2" yoki "Aqldan ozish hech gap emas" kabi spektakllar uchun yaratilgan ssenografik yechimlar misol bo'la oladi.
Zamonaviy maishiy mavzular tarkibida bugunga kelib diniy ekstremizmga, narkomaniyaga, odam savdosiga qarshi bir qancha asarlarni kuzatish mumkin. Ularda endigina hayot ostonasiga qadam qo'ygan yoshlar taqdiri va ularning turli qing'ir yo'llarga bilib- bilmay adashib kirib qolish oqibatlari kabi dolzarb muammolar ssenografiyada badiiy uslubiy vositalar orqali yoritilgan.
"Garovdagi muhabbat" spektakli dekoratsiyasi uchun J.Raximov alohida maket ishlaydi. Ushbu asarda bugungi zamon ruhi aks ettirilgan ssenografik yechimda tinch va osoyishta yurt tinchligini buzishga intilgan qora kuchlar harakati, ularning yovuz niyati ochiq ifodalangan. Rassom ishlagan dekoratsiya sahnada keng atmosferaga egaligi bilan farqlanib, unda aktyorlar erkin harakati uchun alohida e'tibor qaratilgan. Bu esa musiqiy teatrning spetsifikasidan kelib chiqib, xoreografik va aktyorlik kabi ommaviy sahnalarga ajratilgan keng atmosfera aniqrog'i, maydon yaratilishiga zamin bo'ladi. Bugungi zamon ruhi aks ettirilgan ushbu ssenografik yechimda tinch va osoyishta yurt tinchligini buzishga intilgan yovuz niyatli qora kuchlar harakati, ularga qarshi kurash olib boruvchi ichki ishlar xodimlarining harakatlari mahorat bilan ifodalangan.
"Dildagi dog'" spektakliga ishlangan eskiz J.Raximov tomonidan oq qora rang guashda ishlangan. Rassom spektaklni g'arbliklarga xos detektiv kinofilmlar qahramonidek, voqealar chigalligi, obrazning adashganlar qatoriga kirganligini qanday tasavvur etsa shunday tasvirlaydi. Kartinada egri, uzilgan, parallel shakldagi bir necha poyezd relslarini eslatuvchi zinalar bor. Qora uzun plash va shlyapa kiygan yigit oq bo'shliqda tumanli, poyezd relslari tomon ildam qadam tashlab kelayotgandek... bir qarashda asar horijning detektiv asarlariga ishlangan illyustratsiyani ham eslatib yuboradi, ammo bu kompozitsiyani asar mohiyati bilan bog'lar ekanmiz, qahramonning qing'ir yo'llarga kirishi, to'g'ri yo'ldan adashishi, uni tundlikdek yashirinib yuruvchi bir jinoyatchi holatiga kelganligiga, tinch osoyishta yashayotgan jamiyatdan tubanlikka ketayotgan terrorist to'daga a'zo bo'lishiga ishora beradi. G'arbga xos asarlarni eslatuvchi bu kartina sahnada boshqacharoq yechim topgan. Ssenografika zamonini belgilash qatorida, vaqt
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 21 (43) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2
shiddatini, zamonning shiddatini ham his ettiradi. Sahna ochilishi bilan markazda dunyo kartasi va telegram belgisi. Bir to'da telefon ushlab olgan yoshlar ana shu belgilar atrofida aylanmoqda. Rassom va rejissyor hamkorligida hal etilgan kо'гinish bugungi hayotdagi virtual dunyo og'ushiga singib ketayotgan yoshlarning hayot tarzini aniq ifodalay olgan. Bu ilk sahnaning o'zida butun spektakl mohiyatiga urg'u berilgan. Aynan mana shu virtual olamda hali mustakil xayot tushunchasiga ega bo'lmagan yoshlarning aldanishlari, odam savdosi, narkotik va diniy-esktremizm kabi zamonning global muammolariga о'гalashib qolayotganliklari keltirilgan. Asarda bir talaba, o'ziga to'q oilaning yagona farzandining qora kuchlar-diniy ekstremizm ta'siгiga qanday tushib qolganligi tо'g'гisida voqealar kechadi. Yo'ldan adashgan sobiq talabani davlat xizmati xodimlari tomonidan ushlanib, yurtga qaytarilishi va qamoq sahnasida yana yo'lchiraq va uning yashil chiгog'i ishlatiladi. Unda qahramon qayg'usining armonli ekanligini, pushaymonlik va afsus nadomatini sahna chiroqlari o'yini va musiqa ohangining uyg'unligi yanada kuchaytirib beradi. So'nggi sahnada zadnikda proyektor ishga tushadi va unda kutubxonalarda kitob o'qiyotgan bolalar tasvirlari spektakldagi tomoshabin uchun xulosa o'mida keltiriladi. Aslida har bir asar tomoshabinni о'ylantiгishi va fikrlashini, uxlab qolgan tafakkur dunyosini uyg'otishi uchun qo'yilishi kerak.
Zamonaviy mavzular aks etgan ssenografik asarlar mohiyatida bu dunyo hoyu-havaslariga uchish, yengil-yelpi pul topishga o'chlik, talonchilik kabi illatlar keskin qoralanib tanqid ostiga olinadi. Ularda bu illatlarning katta ayb sanalishi va ulardan kelib chiquvchi xunuk, ba'zida, mudhish oqibatlar to'g'risida ogohlantiriladi. Bu orqali teatr, xususan, ssenografiya ham bugungi yoshlar va jamiyat oldida tarbiyaviy ahamiyati va o'mi qay darajada muhim ekanligini badiiy uslubiy vositalarda ko'reata oladi. Bunga "Asl xazina" rassom J.Rahimov, "Asl xazina - 2 yoki "Aqldan ozish hech gap emas" spektakllariga rassom A.Rasulov tomonidan ishlangan eskizlar misol bo'la oladi. "Asl xazina-2" spektaklda oldinga surilgan g'oya haqiqiy inson bo'lish uchun faqat boylik orttirish ilinjida yurish, nafs tufayli jonidan kechish, aldamchilik bilan shug'ullanish, shuningdek, halol mehnat qilmasdan xazinaga ega bo'lish qoralanadi. Yoshlarni mehnat qilmasdan topilgan pul hisobiga yashash to'g'ri emasligi, halol peshona ter orqali topilgan rizqning barakasi borligi sahnaviy dekoratsiya va qahramonlar tilida ham aytiladi.
Zamonaviy qahramon masalasi maishiy janrdagi asarlarda ko'tarilib, ssenograflar yechimida ba'zan quruq va yuzaki, vaqt o'tishi bilan esa chukur falsafiy ma'no^ mujassamlashgan ramzlar yordamida ifodalangan asarlar holida yuzaga keldi. Bundan ko'rinadiki, endi mustaqillik qo'lga kiritilgan vaqtda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'tish davridagi qiyinchilik va keyingi milliy ma'naviy g'oya shakllannishi jarayonlari ssenografiyadagi zamonaviy maishiy janr rivojida ham aksini aniq ko'reatdi.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
Zamonaviy ssenografiyada bugunga qadar turli janrlarda uslubiy izlanishlar jarayoni kechdi. Vaqt o'tgan sari ssenograflarning mahorat darajasi oshib bormoqda. Sahna imkoniyatlarini yaxshi o'zlashtirish, kasbga bo'lgan mehrning ortishi va bu orqali zamonaviy ssenografik yechimning turli usullarini keng ravishda qo'llay olishga olib keldi. Bular o'z o'rnida zamonaviy ssenografiyaning asosiy tendensiyalarining rivoji va taraqqiy bosqichini ta'minlab berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sosnovskaya A. Puti razvitiya teatralno-dekoratsionnogo iskusstva Uzbekistana. -T.: Fan, 1989.
2. Qodirova D. XX asr o'zbek teatri ssenografiyasi. Monografiya. - T.: San'at, 2009.
3. Tashpulatova N. Osnovniye tendensii razvitiya ssenografii Uzbekistana (1980-2003). Nomzodlik dissertatsiyasi. -T.: 2007