Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT HAQIDA TUSHUNCHALAR VA UNING TUR VA JANRLARI'

TASVIRIY SAN’AT HAQIDA TUSHUNCHALAR VA UNING TUR VA JANRLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
16
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasviriy san’at / janr / dastgoh / tur / natyurmort / umumlashtirish / ijod / manzar / naqqoshlik portret / rang tasvir / dekorativ rang tasvir / mahobatli rang tasvir / dastgohli rang tasvir / minyatura / grafika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Akbarova Rayhona Jamoliddin Qizi

Ushbu maqola tasviriy san’atning tur va janrlari to’g’risida bir qancha ma’lumotlarni keng bayon etadi hamda tasviriy san’atning tur va janrlarini keng yoritadi,batafsil ma’lumotlar beradi hamda ushbu yo’nalishda ijod qiluvchi pedagog va rassomlarga san’at turlarining mazmun mohiyatini to’la to’kis tushuntirib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT HAQIDA TUSHUNCHALAR VA UNING TUR VA JANRLARI»

TASVIRIY SAN'AT HAQIDA TUSHUNCHALAR VA UNING

TUR VA JANRLARI

Akbarova Rayhona Jamoliddin qizi Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 1- bosqich talabasi [email protected]

https://doi.org/10.5281/zenodo.10961011

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Ushbu maqola tasviriy san'atning tur va janrlari to'g'risida bir qancha ma'lumotlarni keng bayon etadi hamda tasviriy san'atning tur va janrlarini keng yoritadi,batafsil ma'lumotlar beradi hamda ushbu yo'nalishda ijod qiluvchi pedagog va rassomlarga san'at turlarining mazmun mohiyatini to'la to'kis tushuntirib beradi.

Received: 8th April 2024 Accepted: 9th April 2024 Published: 11th April 2024

KEYWORDS Tasviriy san'at, janr, dastgoh, tur, natyurmort, umumlashtirish, ijod, manzar, naqqoshlik portret, rang tasvir, dekorativ rang tasvir, mahobatli rang tasvir, dastgohli rang tasvir, minyatura, grafika. KIRISH.

San'at to'g'risida juda ko'p allomalar turlicha tarif berganlar.Masalan san'at bu bir kishining ikkinchi kishiga so'zlar, bo'yoqlar va turli xil harakatlar orqali yetkaziladigan vositadir deyishgan.Falsafiy fikrda san'atni boshqacha tarif bilan izohlashadi.Bu san'at ijtimoiy ong shakillaridan biri bo'lib borliqni his etmoqdir va bu ko'rish , eshitish va harakatlar vositasida yetkaziladigan vositasidir.San'ar keng qamrovli bo'lib o'z mazmuniga ko'ra u besh turga bo'linadi.

Birinchi badiy adabiyot:Badiy adabiyot-vaznga solingan so'zlar bilan ifodalanib kishilarga tovush orqali yetkaziladi.Demak har qanday so'zlar badiy adabiyot bo'la olmaydi.Chunki saralangan terma,juda ham mazmunli so'zlar yig'indisi badiiy adabiyot bo'la oladi.

Ikkinchi musiqa san'ati:Musiqa san'ati tovush va ohanglar orqali insonlarga etirof etiladi

Uchinchi tasviriy san'at:Tasviriy san'atda chiziq,shtrix,bo'yoq kabilar mazmunan yaratishi keyingi san'at turi namoyish qilinadigan san'at turi hisoblanadi.Bularga misol qilib aytishimiz mumkinki :estrada,balet vhk.

Beshinchi san'at turi sintetik san'at turi:Sintetik san'at turi bo'lib ma'lum bo'lib muhim bir romchilar sintetik tasvirga olim tarzda namoyish qilinadigan san'at Masalan telvideniya san'at

Volume 1, Issue 5, April 2024

Page 38

juda qadim zamonlarda mehnat jarayonning taraqqiyoti natijasida paydo bo'ladi.Mehnat jarayonida inson tafakuuri go'zallik,qulaylik va foydalilik tushunchalari kengayadi.Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa Ijtimoiy taraqqiyotida katta o'zgarishlar sodir bo'ladi.Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi.Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo'ladi.Tasviriy san'at o'z navbatida bir necha turlarga bo'linadi.Bular nafis san'at turi. Nafis san'at bu Leanar Da Vinchi tarifi bilan aytadigan bo'lsak, bu poeziya ko'rib turamiz. Poeziya esa-rang tasvir biz buni tinglab turamiz.

MATERIALLAR VA USULLAR

Nafis san'at o'z navbatida 4 turga bo'linadi:

1-Dastgohli rang tasvir

2-Mahobatli rang tasvir

4-Dekorativ rang tasvir .

5-Minyatura (mo'jiza) Mohabatli rang tasvir

Mohabatli rang tasvir texnikasi vositalarini o'rganishga katta e'tibor qaratib uning plastik shaklini badiiy obrazlarda ochib berish ahamiyatlidir.O'qish jarayoni dunyoda yetuk badiy asarni tahlil qilish va amaliy mashg'ulotlarda vazifalarni bajarish asosida olib boriladi. Badiy asar g'oyasini ochib berishda qo'llangan mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi turlarini anglashga ko'nikma hosil qilinadi.Mahobatli rang tasvir texnika va texnologiyasini o'rganish o'quv kursi vazifalarini mavzu bo'yicha tanlangan tasviriy asar kompazitsiya eskizini bino devorida amalga oshirish bosqichlari ustida ish olib borishni nazarda tutadi.Mahobatli rang tasvirni mazaika devoriy rasm (raspis) sgraffito va vitraj turlarini egallash dasturining keyingi bosqichilarida asta-sekun devoriy rasmlar turlarining plastik va zamonaviy uslublari bilan tanishtirib boriladi

Dekorativ rang tasvir:Dekorativ rang tasvir asoslari mustaqil amaliy ahamiyat kasb etadi.Shuningdek binolarni ichki va tashqi devorlarini bezatishda qo'llanilladi.Ular panno shaklida shuningdek quticha,patnis sandiq,shkaflarni bezatishda qo'l keladi.Bino ichini bezashga hizmat qiladigan naqshlar,frizlar namayon kabi mayda elementlar ham dekorativ ramg tasvirga kiradi.

Minyatura:Minyatura (mo'jaz) rangtasvir deganda bejirim juda kichik, jajji nozik san'at asoslari tushuniladi. Minyatura rangtasvir o'rta asrlarda kitob bezagi bilan bog'liq holda rivoj topadi.U kitoblardagi bosh yakuniy bezak,zarhal harf illyutsiyalardan iborat bo'lgan rangtasvirning bir turi.Sharqda shu qatori Movorunahrda katta shuhrat qozonadi.Hozirgi kunda u mustaqil san'at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki quticha, nosqavoq kabi buyumlarni ham bezashda ishlatilib kelinadi.Shuningdek, u katta bo'lmagan o'lchovda mustaqil san'at asari sifatida ham qo'llanilyapti.Minyatura-RANG tasvirning bu sohasida bo'yoqlar sof holatda qabul qilinadi. Juda qadim zamonlardan oldin suvga sariq bo'yoq qo'shib ishlatishgan.Bunday ish uslubida yorug'-soya qonuniga e'tibor berilmaydi.Minyatura uslubi ko'plab sharq shoirlarining dostonlati

uchun bajarilgan illyustraysiya shaklida ham qabul qilingan.Misol uchun Kamoliddin Behzod, Alisher Navoiy asarlariga bajarilgan tasvirlar.

Dastgohli rang tasvir:Dastgohli rang tasvir asarlari keng tarqalgan bo'lib mahsus matolar,karton yog'och, ramkaga tortilgan mato-xolst va shu kabilarga ishlanadi.Dastgohli rangtasvir moybo'yoq,guash suv bo'yoq, tempyura bo'yoqlarida maxsus dastgoh (molbertlar)ga o'rnatib ishlanadi.

Minyatura:Minyatura maktablari sharqda juda rovojlangan bo'lib turli nomlar bilan atalgan.Misol uchun "Buxoro maktabi", "Yazd "maktabi, "Bog'dod", maktabi , "Tabriz" maktabi kabu yirik tasviriy san'at markazlari mavjud bo'lgan

Tasviriy san'atning turlari

Bular: Rangtasvir, Grafika, Naqqoshlik

Rang tasvir bu bo'yoqlar yordamida yaratiladigan badiy asarlardir.Rasmning muhit tasviriy va tasvir vositasi rang hisoblanadi.Rang orqali borliq yoki hayoliy dunyoni ko'rinarli shakillarda tasvirlanishi mumkin.Yana biz rang tasvirida makonni cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini moddiyligini hajmini ko'rsatish va o'y-hayollarini tasvirlashimiz mumkin.Rangli tasvir qadimda so'nggi paleolit miloddan avvalgi 40-8 ming yilliklarda paydo bo'lgan .O'zbekistonda rang tasvir san'ati qadimdan mavjud bo'lgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib tarqaladi.Miloddan avvalgi 1-ming yillikning oxiri va milodiy 1-ming yillikning boshlarida Rang tasvir o'zining gullagan davrini boshdan kechirgan. Bu davrda ranglar yassi bezak yo'nalishida mahalliy (lakal) ranglarda bajarishgan. Amir Temur va Temuriylar davirda monumental rang tasvir bilan birga minyatura san'ati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, Muhammad Murad, Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga keladim XIX-asr o'rtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh san'ati shakillana boshladi va XX-asrda o'zbek milliy rang tasvir maktabdi vujudga keladi. Rang tasvirning hamma tur va janrlarida asarlar yaratiladi.Minyatura,vitraj san'ati qayta tiklanadi.Bugungi kunda o'zbek rang tasvir san'ati jahon hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanib kelmoqda. Uning g'oyaviy plastik rivoji usyida rassomlar mehnat qilishmoqda.Rangtasvir bu rang san'ati hisoblanib,haqiqiy hayotni aks ettirib tomoshabinning fikri va hissiyotlariga tasir o'tkazuvchi tasviriy san'at turlaridan. Biror bir satx yuzasiga bo'yoqlar bilan bajarilgan san'at asarlarigina rang tasvir deyishimiz mumkin.Rang tasvirdagi obrazlar juda yorqin.Rassimlar asarlarini rang tasvie va plastik vositalar bilan yaratadilar.Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan Rangtasvirdagi eng asosiy tasirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi.Rang tasvirning inson hissiyotlarini va tafakkurining murakkab aks ettirishi bilan birga tabiatning nozik o'zgarishlari fantastik obrazlar va falsafiy fikrlarni berish xususiyatiga ega.Bularning hammasi rang tasvir janrlari orqali beriladi. Rang tasvirning eng muhim ajralib turuvchi xususiyatlari shundan iboratki, unda shakl va masganing tasviri obrazlar va harakatlarga faqta rang orqali ko'riladi. Rang tasvirning tasviriy va tasirchanlik imkoniyatlaridan rangtasvirda rassomga zarur bo'lgan erkinlik va to'liq kuch bilan foydalaniladi. Rang orqali kompozitsiyadagi asosiy fikrni ajratib ko'rsarish, muhim detallarni bo'rttirish, masgani chuqurligini berish yoki tasvirning yassiligini berish mumkin. Rang

tasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo'yoq qatlamini hosil qiluvchi bo'yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoki akvarel rang tasvirida qog'ozda bo'yoq tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligi tasvirning uszlukisizligi tasir qilmaydi. Chunki bo'yoqlar bir biriga singishib va aralashib ketishadi.

METADALOGIYA

Grafika:Grafika-lotincha "grafo"so'zidan olingan bo'lib "yozaman"," chizaman" degan ma'noni anglatadi tasviriy san'atning bu turiga oddiy va rangli qalamda, ko'mir, pastel, sangina, suvbo'yoq, guash va tushda ishlangan. Bezaklar turlari plakatlar, hajviy rasmlar vhk kiradi.Rasm va rasm san'atiga asoslangan lekin o'z tasvir va ifoda vositalariga ega bo'lgan bosma badiiy asoslar. Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug'ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar fotosuratlar, chizmalarni keltirish mumkin kompyuter animatsiya vaqt o'tishi bilan o'zgaradigan tasvirlar yaratadi.Masalan multfilimlar videoklip va videoroliklar tasvirini qog'ozda fotoplyonkada kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirini darhol o'chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo'nalishda toraytirish yoki cho'zish, yaqinlashtitish, va uzoqlashtirish, burish harakatlantirish, rangini bajarish mumkin. Kitoblarni bezash rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarni yasashda telereklamalar yaratishda multfilimlarni yaratishda, kinofilimlarda qiziqarli kadrlarda qo'llaniladi. Naqqosh so'zi (arabchada)- naqsh ustasi, bezak gul yarayuvchi usta. Amaliy san'atning barcha sohalaridagi ustalarga naqsh nusxalari taxta, andozalar tayyorlab beradi, guo bosuvchi ustalar uchun naqsh qoliplari tayyorlab beruvchi ustalarga ham naqsh mujassamlashmasini chizib beradi Naqqoshlik-amaliy san'atning qadimiy turi, naqsh yaratish kasbi, naqqosh usta qog'ozga yoki matoga naqsh mujassamatini yoki matoga naqsh taqsimini chizib oladi.Amaliy san'at usullari 2 xil usulda bezak yartadilar.Naqqoshlar tayyorlagan taxta andoza yordamida hamda naqsh to'g'ridan-to'g'ri bezash jarayonida ustalar tasavvurining mahsuli sifatida yaratiladi. Naqqoshlarda naqsh, bezakni malakali naqsh ustalari chizib beradilar, bunday naqshlarni memorlik gilamchilik, kashdo'zlik, kandakorlik va boshqa mujasamatlarda birday uchratishimiz mumkin. Naqsh yaratish ustadan did mahoratlardan tashqari qunt, uzoq mashq va malaka talab qiladi.Naqqoshlar o'tmishdagi ustalarning eng bilimdon Iste'dodli ta'lim olgan turli adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematikani yaxshi bilishgan.Natyurmort vaholanki natyurmort janrida samarali ijod etish uchun tinmay o'qish, o'rganish va izlanish zarur. Tasviriy san'atning gullab yashnashida Piter klass, Jan-Batist, simeon Sharden, Frans Snayders, I Xvutsikiy, P.Konchaloviskiy,I.Mashkov, N.Kashina, Rhaim Ahmedobv, G'ofur Abdurahmonov, Akmal Ikrom jonvorlarning o'z o'rni bor. Natyurmort janrida asar yaratish rassom hayolida uzoq vaqt davom etadigan kuzatishlar natijasida yoki to'satdan paydo bo'lishiham mumkin.Natyurmort(fransuzcha) narsa "meyort" jonsiz degan ma'noni bildiradi. Bu janrda musavvir asosan insonni o'rab turgan atrofimizdagu narsalar, turmushimizda qo'llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulatlari gullab, mevalar va shu kabi narsalarni tasvirlaydi. U o'z asarida tevarak atrofidagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro'y berayotganligini ham ko'rsatadi. Maishiy janr tasvirning san'atda kishilarning kundalik maishiy hayotini turki voqealarini o'zida mujassamlashtiradi.Rang tasvir aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII-asrda ijod etgan Golland rassomlari-Piter de XOX,Ostade, Sten Terbrox Vermef kabilar ijodida namoyin bo'ladi Rus

Volume 1, Issue 5, April 2024

Page 41

realist rassomlaridan P.Fedotov, V. Perov, V.Maksimov, K.Savitskiy, I.Repin kabilar maishiy janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo'shadilar. O'zbek rassomlaridan R.Ahmedov, M.Saidov, Z.Inag'amov, R.Choriyev, F.Abdurahmonov lar ham ushbu janrlarda samarali ijod etganlar

NATIJALAR

Animalistik janr :Animalistik janr o'zgacha tasviriy san'at turidir. U lotinchada "anima"-hayvonot olami degan ma'noni anglatadi. Animalistik rassom hayvonot dunyosiga zo'r qiziqsh sevgi va mahorat bilan yondashadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan o'sha davrda ular g'orlarning devorida kiyik, momontlarning suratlarini chizganlar. Qadimgi Yaponiyada va Xitoyda hayvonlarning tuzilishida hamda monumental kompoziysiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVII asrg kelib, hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavirlar Leonarda Vinchi va A.Dyurlar ishlab chiqdilar.Tasviriy janrda uzoq o'tmishda bo'lib o'tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar xalqlarning turmush madaniyati tasvirlanadi U uyg'onish davrida vujdga kelib XIX-asr sanoatida keng rivojlangan. Rus san'atida bu janrning ko'zga ko'ringan namoyondalaridan biri V.L Surikob edi. U qatir ajoyib "o'quvchilar qatl etilgan tang" kabi asarlarni yaratadi. Rassomning tarixiy janrda ilgari surgan asosiy maqsadi xalqning o'tmishida boshidan kechirganlarini ko'rsatish edi. Tarixiy mavzudagi asarlarga taniqli musavvir M.Nabiyevning "Eski maktab" asari misol bo'la oladi.Batk janr-"batal" fransuzcha so'z bo'lib "jang", "urush" manosini bildiradi. Manzara:Tasviriy san'at janrlari ichida manzara janri eng qadimiysi hisoblanadi chunki u tabiatni aks ettiruvchi tasviriy san'at asoslaridandur XIX-asr realistik sanatida manzara janri beqiyos rovojlana boshlaydi.Manzara janridagi asarlarda borliq tabiatdagi ko'rinishlarini aks ettirilgan bo'ladi.Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki rassom o'z ichki kechinmalarini tasvirlaydi.Ayrim rassomlar vodiylari tog'-u toshlarni tasvirlashni yoqtirsalar, ayrimlari esa dengizlarni ham tasvirlashga harakat qiladilar. O'zbekistonda manzara janrida asarlar yaratgan rassomlar ham talaygina Bular: N.Kashina, R.Choriyev, Rahim Ahmedov, Abdulhaq Abdullayev, Isfandiyor Xaydarov, Malik Nabiyev, R.Temurov, P.Tohirov, M.Yo'ldashev, M.Saidov kabi rassomlar o'zlarining asarlarida jannatmakon o'lkamizni tasvirlash orqali rivoj topadi. Portret Tasviriy san'atda portret janri eng murakkab janrlardandir. Portret janrida odamlarning yuzlari tasvirlanadi. Bu rassomdan shakl,nisbat va ranglarning mohir ustasi bo'lish bilan birga inson shaxsni yaxshi tushunishi uning psixologik holatini idrok qila olishi, his tuyg'ularini bila olishi his tuyg'ularini, rangini rasm ishlayotgandagi holatiga mos tarzda ifodalash malakalariga ega bo'lishni talab qiladi. Sababi suratdagi kishining kimligini, yoshini, fel-u atvorini, amal-unvonini katta gavda, boy-kambag'aligini ham ifodalab berishi kerak. Insonning ichki ruhiy olam bilan bog'langan holda obraz yaratishi portret san'ati deb ataladi. Portret yaratish o'ziga hos murakkab jarayon bo'lib insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy manaviy holati shuningdek bo'lishi mumkin. Portretchi rassom odamlarga xor turli harakatlarini his qila bilishi ayniqsa , odamning qiyofasidagi samimiylik, yoki sohta tuyg'ularini tasvirlaydigan qobilyatga ega bo'lishi zarur. Portret janrlar ichida murakkab aql zakovatli, tafakkurini tabiatda sodir bo'lib turadigan katta-kichik o'zgarishlarni uzluksiz falsafiy g'oyalar va fantastik obrazlarini tasirchan ifodalashga qodir.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki tasviriy san'at yo'nalishida ijod qilayotgan rassomlar va pedagoglar tasviriy san'atning tur va janrlari to'g'risida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishlari kerak. Sababi ushbu yo'nalishning tur va janrlarini bilmay turib san'atni, san'at sirlarini o'rganib bo'lmaydi. San'at tur va janrini bilib turib batafsil ma'lumotlarga ega b'lishi kerak. Uni mohiyati va mazmunini tushunib yetsagina anashunda ushbu soha bo'yicha go'zal va betakror asarlar yaratish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1. Karimov I.A "Manaviy yuksalish yo'lida" I.T.Uz. Nashr 1998

2. Xudoyberganov R.A "Kompazitsiya" - T.T.D.S.I bosmaxonasi 2004

3. Xudoyberganov R.A "Rangshunoslik asoslari"-T G'.G'ulom nashr 2006

4. Hasanov R "Maktabda tasviriy sanat mashg'ulotlarini takomillashtirish yo'llari" O'qituvchi nashryoti. Toshkent 1986

5. Saidaxmedov.N "Yangi pedagog texnalogiyalari" Moliya nashryoti Toshkent 2003

6. Abdullayev.N.U "San'at tarixi" Toshkent o'qituvchi 1986

7. Abdirasilov .S.F Tasviriy san'at o'qitish metodikasi-T."Fan va texnologiya", 2012, 8-7 bet

8. Hasanov R "Tasviriy san'at asoslari" 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.