Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISHDA RANGTASVIRNING O‘ZIGA HOS JIXATLARI'

BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISHDA RANGTASVIRNING O‘ZIGA HOS JIXATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
таsviriy san’at / тur vа janr / qalamtasvir / rangtasvir / комpozitsiya / fazoviy perspektiva / bo‘yoq / rang vа тus / shtrix / nisbat / hajm / joylashtirish / uyg’unlik / surtma / yorug’ vа rang munosabatlari. / изобразительное искусство / вид и жанр / рисунок / живопись / композиция / пространственная перспектива / краска / цвет и тон / линия / пропорция / объем / компоновка / гармония / мазок / светоцветовые отношения.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.X. Talipov

maqolada tasviriy san’atning turi bo’lgan grafika ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o’rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo’llanilishi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF PAINTING IN THE DIRECTION OF FUTURE ART TEACHERS TO THE PROFESSION

в статье анализируются теоретические представления и мнения о несравненной роли графики, т.е. карандашного рисунка в живописи, а также ее практическом применении.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISHDA RANGTASVIRNING O‘ZIGA HOS JIXATLARI»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI RANGTASVIRNING O'ZIGA HOS JIXATLARI

© N.X. Talipot

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada tasviriy san'atning turi bo'lgan grafika ya'ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o'rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo'llanilishi tahlil etiladi.

MAQSAD: talabalarni savodli rasm chizishlarida qalamtasvirni puxta o'zlashtirish uchun tinmay izlanishlari, mashq qilishlari muhimligi ta'kidlanadi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun bir qancha ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2019-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: yig'ilgan materiallarni atroflicha tahlil qilish natijasida shuni aytish mumkinki, tasviriy san'atni mukammal egallash bilan bir qatorda, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish talabalarning o'z bilimlarini yanada chuqurroq egallashlariga zamin yaratilishi aniqlandi.Tasviriy san'at fanini an'anaviy usulda o'qitishga qaraganda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda talabalarga bilim berish ularda ko'proq tasavvurni kengayishi va fanni to'laqonli egallashiga ko'maklashadi.

XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega bo'lib, fanni an'anaviy usulda o'qitishdan ko'ra, yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llab talabalarga saboq berish ulardagi tasavvurni kengayishi va tasviriy san'at fanini chuqur o'zlashtirishiga yordam beradi.

Kalit so'zlar: Tasviriy san'at, Tur va janr, qalamtasvir, rangtasvir, KOMpozitsiya, fazoviy perspektiva, bo'yoq, rang va tus, shtrix, nisbat, hajm, joylashtirish, uyg'unlik, surtma, yorug' va rang munosabatlari.

Iqtibos uchun: Talipov N.X. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbga yo'naltirishda rangtasvirning o'ziga hos jixatlari.//Inter education & global study. 2024.№3(2). B.25-30.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3(2)

BGA YO'NALTIRISHDA

ОСОБЕННОСТИ ЖИВОПИСИ В НАПРАВЛЕНИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА К ПРО ФЕССИИ_

© Н.Х. Талипов1Н

1 Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами,Ташкент, Узбекистан_

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются теоретические представления и мнения о несравненной роли графики, т.е. карандашного рисунка в живописи, а также ее практическом применении.

ЦЕЛЬ: подчеркивается важность постоянного поиска и практики учащихся для овладения карандашным рисунком в своем грамотном рисунке.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, насколько студенты могут освоить изучаемую науку и технику и их влияние на удобство и трудности освоения этой науки после обучения, создан корпус из нескольких научных статей. Сборники статей были опубликованы в международных и национальных академических журналах в период 2019-2023 гг. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате детального анализа собранных материалов можно сказать, что помимо совершенного владения изобразительным искусством, эффективное использование современных технологий создает у студентов основу для более глубокого получения знаний, с использованием новых современных педагогических технологий помогает им расширить свое воображение и полностью овладеть наукой.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования имеют важное педагогическое значение, поскольку обучение студентов с использованием новых педагогических технологий поможет не преподаванию естественных наук традиционным способом, а поможет им расширить свое воображение и глубоко освоить науку изобразительного искусства.

Ключевые слова: изобразительное искусство, вид и жанр, рисунок, живопись, композиция, пространственная перспектива, краска, цвет и тон, линия, пропорция, объем, компоновка, гармония, мазок, светоцветовые отношения.

Для цитирования: Талипов Н.Х. Особенности живописи в направлении будущих учителей изобразительного искусства к профессии. // Inter education & global study. 2024. №3(2). С. 25-30.

FEATURES OF PAINTING IN THE DIRECTION OF FUTURE ART TEACHERS TO THE PROFESSION_

© Nozim X. Talipov1H

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan Annotation

INTRODUCTION: The article analyzes theoretical ideas and opinions about the incomparable role of graphics, i.e. pencil drawing in painting, as well as its practical application.

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: The importance of constant research and practice for students to master pencil drawing in their competent drawing is emphasized.

MATERIALS AND METHODS: In order to analyze how much students can master the science and technology being studied and their impact on the convenience and difficulties of mastering this science after training, a corpus of several scientific articles was created. Collections of articles were published in international and national academic journals during the period 2019-2023. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.

DISCUSSION AND RESULTS: As a result of a detailed analysis of the collected materials, it can be said that in addition to perfect mastery of the fine arts, the effective use of modern technologies creates the basis for students to gain deeper knowledge, using new modern pedagogical technologies helps them expand their imagination and fully master science.

CONCLUSION: The results of the study have important pedagogical significance, since teaching students using new pedagogical technologies will not help teach science in the traditional way, but will help them expand their imagination and deeply master the science of fine arts.

Key words: fine art, type and genre, drawing, painting, composition, spatial perspective, paint, color and tone, line, proportion, volume, layout, harmony, brushstroke, light-color relationships.

Hozirgi kunda barcha sohalarda bo'lgani kabi oliy ta'lim tizimida, ixtisoslashgan maktablarda tasviriy san'at o'qitilishini yangicha tashkil etish, uning mazmuni va metodikasini yanada takomillashtirish dolzarb pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Xususan, ixtisoslashgan maktablarda iqtidorli o'quvchilarni yanada shakllantirishda yangi o'quv rejalar, namunaviy dasturlar tuzish ularga tasviriy san'at orqali badiiy ta'lim berish muhim vazifalardan biridir.

Respublikaning turli oliy o'quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida talabalarga milliy san'at namunalarini o'qitishning ilmiy asoslangan yangi shakli, metodlari ishlab chiqilmoqda. Talabalarni badiiy jihatdan barkamol, Vatanga va milliy san'atga sadoqat ruhida tarbiyalab voyaga yetkazishda tasviriy san'at xususan, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya fanlarining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'z navbatida oliy o'quv yurti fakultetlarida, ixtisoslashgan maktablarda o'qitiladigan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo'lishini taqozo etib, pedagoglar zimmasiga yuksak vazifalarni belgilaydi.

Tasviriy san'atda rangtasvir fani ixtisoslashgan maktablarda o'qitiladigan barcha fanlar qatori muhim hisoblanadi va ular orasidagi bog'liqlikni ta'minlaydi. Tasviriy faoliyatning nazariyasini muntazam o'rganish, tasviriy san'at ta'limini muvaffaqiyatli o'zlashtirishning

For citation: Nozim X. Talipov. (2024) 'Features of painting in the direction of future art teachers to the profession', Inter education & global study, (3(2)), pp. 25-30. (In Uzbek).

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

asosiy shartlaridandir. Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug'ullanishi mumkin[1,19]. «Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, -u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qaerga ketayotganligiga to'la ishonch hosil qila olmaydi deya ta'kidlagan Leonardo da Vinchi. Ayniqsa rangtasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog'liq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi» [2, 124].

Rangtasvir xaqqoniy shaklning rangli tuzilishi qonuniyatlariga asoslangan. Rangtasvirni o'rganish - bu tekislikdagi rangli shaklning nisbatlari, konstruktiv qurilishi, hajmi, fazoviy tuzilishi usullarini izlash yo'lidir. Shularga bog'liq holda har bir talaba buyum va narsalarni perspektiva qonunlariga asoslanib konstruktiv tuzilishi, fazoviy joylashuvi, nisbat, hajmni mukammal tasvirlay olishi zarur. Qalamtasvirda rang va tusning yaxlit bir butunlikda garmonik uyg'unlashuvi bu xaqiqiy rangtasvirdir.

Tasvirda qalamsurat mukammal bo'lishi lozim, aks holda turli bo'yoqlar ham oddiygina narsa va buyumning qurilishi, hajmini savodli ifodalab bermaydi. Havo perspektivasiga bog'liq holda ranglarning nozik o'zgarishini ifodalovchi, matoga berilgan rang-barang surtmalar ham, o'z-o'zidan fazoviy kenglikni ifoda eta olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to'g'ri amal qilib tasvirlangan qalamtasvirgina ranglarni yanada ham jozibali ko'rsatadi.

Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay tasvirlansa, kenglikni ifodalovchi rangning o'rni ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Rangtasvirni rassomlar shunday ta'riflaydilar: «Bu yuz foiz qalamtasvir va yuz foiz rangtasvirning bir-biriga chambarchas bog'liqligidir».

Rangtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o'rni beqiyosdir. Ammo, mohir rassom, qalamdan foydalanmasdan ishni bo'yoqlar bilan tasvirlashi ham mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirni qalamtasvir bilan bevosita bog'liqligini his etadi. Ya'ni buyumlarning fazoviy joylashuvi, nisbatlarning aniqligi, ranglarning to'g'ri qo'yilishi ishni bir butunlikda yakunlanishi ko'p jihatdan ijodkorga bog'liqdir. Rassom qalamtasvirni puxta o'zlashtirib olgandagina (qog'ozga to'g'ri joylashtirish, narsa va buyumlarning fazoviy joylashuvi, perspektiva qoidalariga amal qilish, nisbatlarni to'g'ri topish, metodik ketma-ketlikda ishni tuslash va h.k.) rangtasvirda ko'zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq yechilgan qalamtasvir ishini tahlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo'lmasin, baribir bu ishni sifatli deb bo'lmaydi. Shuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy tajribalari shundan guvohlik beradiki, ta'limning dastlabki bosqichlarida qalamtasvirni mukammal o'zlashtirish, keyingi o'rganish mashq jarayonlari uchun zamin yaratadi. Yosh rassom Eduardo Fioletti Venetsiyaga o'qishga kelganida «rangtasvirni mukammal egallash uchun nima qilish kerak», degan savoliga ustoz rassom Tintoretto: «Rasm chizish!» deb javob bergan. Rassom bo'lish uchun yana qo'shimcha nimalarni maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: «Rasm chizish va yana rasm chizish!» deb javob qilgan u-rasm chizish rangtasvirga nafislik va mukammallik ato etishini xaq, deb bilgan [3,

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Buyuk haykaltarosh Mikelanjelo qalamtasvirda (rangtasvir, haykaltaroshlik, me'morchilikda) «har qanday ilmning ildizi va negizini ko'rgan». «Qalamtasvir doimo bizga yo'l ko'rsatib turuvchi qutb va kompas bo'lib, turli bo'yoqlar ummonlarida cho'kayotganlarga najot berish omilidir,- deya ta'kidlagan Sharl Lebren.

Engr o'z ustaxonasining eshiklariga quyidagi so'zlarni yozgan. «Bu yerga kelgan shogirdlarga qalamtasvirni o'rgataman, ketayotganda esa ular rangtasvirni ustasi bo'lib yetishadi».

«Shunday narsa mavjudki u hamma san'at turlarining asosi hisoblanadi, bu-qalamtasvir. Kimki qalamtasvir san'atini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham haykaltaroshlikni ham o'zlashtira oladi»,- deb aytgan Karachchi. «Har qanday shaklni ajoyib nafis qiluvchi ranglar emas balki aniq chizilgan qalamtasvirdir»- degan Titsian. «Qalamtasvirga asoslanmagan rangtasvir, san'at emas, balki rangli dog'larning tartibsiz yig'indisidir»,-deya doim takrorlagan V.E.Makovskiy. «Qalamtasvirni puxta bilmagan ijod ham qila olmaydi»,- deb ta'lim bergan P.P.Chistyakov. I.E.Repin kunora 2-3 soat qalamtasvir bilan shug'ullangan, va uni «rangtasvirni asosi», deb hisoblagan.

A.V.Vasnetsov, P.P.Chistyakovning ta'lim berish tizimini yodga olib, «uning sevimli mashg'uloti qalamtasvir edi», deb eslaydi. A.Ashbening Myunxendagi rassom-pedagog maktabida, hattoki san'at Akademiyasini tamomlaganlar ham ta'lim olar, ta'lim berish faqat qalamtasvir bo'yicha bo'lib (shaklning konstruktiv tuzilishi,tus-soya,yorug' munosabatlari aks etgan tasvir, grizayl), u uzoq vaqt o'tkazilgan, shuning natijasidagina shaklni konstruktiv qurish va tus munosabatlarini puxta egallab olinib so'ng ranglar bilan tasvirlashga o'tilgan.

Mashhur rassomlarning ko'pchiligi avvalambor yetuk qalamtasvir ustalaridir. Bular qatoriga K.P.Bryullov, I.I.Shishkin, V.E.Makovskiy, V.A.Polenov, I.E.Repin, M.A.Vrubel, V.A.Serov, K.A.Korovin, M.Nabiev, R.Ahmedov, B.Jalolov, A.Mirzaev, A.Ikromjonov kabi mohir mo'yqalam sohiblari kiradi.

D.N. Kardovskiyning fikricha, agar biz rangtasvir bu qalamtasvirning rangda davom etishi deb aytsak, shaklning rangda talqin etilishi qalamtasvirdan boshlanadi va ijod jarayonida u bir necha marotaba to'g'rilanadi, ranglar bilan sayqallanadi. Qalamtasvir mahoratini puxta egallash, betakror rangtasvir asarlari yaratish garovidir. P.P. Konchalovskiy rangtasvirda qalamtasvirning mohiyatini ko'rib shunday yozgan: «Rangtasvirning haqiqiy usuli-bu shaklni mutlaqo aniq yetkazib berish yo'li bilan beriladigan bo'yoq surtmadir» [4, 27].

Ixtisoslashgan maktablarda tarbiyalangan o'quvchilar ham tasviriy san'atning har qaysi turi bo'yicha yaratilgan ijodiy ishning qiymatiga qarab baholanadi va qadrlanadi.

Talabalar rangtasvirda mohirona ijod qilishlari uchun quyidagi bilim va malakalarni puxta o'zlashtirmog'i lozim: 1. Kuzatuv perspektiva (ufq chizig'i, yassi jismlar va ufq chizig'i perspektivasi) elementlari. Tekisliklar bilan chegaralangan jismlarni konstruktiv va perspektiv qurilishi (kub, prizma, interer va eksterer). 2. Silindr shaklidagi jismlarning perspektiv qurilishi. 3. Geometrik shakllarda soya-yorug' munosabatlari (kub, tsilindr va shardagi soya-yorug'likning taqsimlanishi, havo perspektivasining elementlari). 4.

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Qalamtasvirda hajm, fazo va materiallikni tasvirlash usullari (turli materiallarni soya-yorug' xususiyati, tus munosabatlari, hajmni ko'rsatishda chiziq va «shtrix»ni o'rni fazo va moddiylik).

Talabalar qalamtasvirda faqat nazariy bilimlarni mustahkamlab qolmay, balki amaliy jihatdan ham katta tajribaga ega bo'lmog'i lozim: qo'yilmadagi nisbatlarni aniq topish, nozik perspektiv o'zgarishlarni seza bilish, tasvirni qog'oz yuzasida asosli-konstruktiv qurish va joylashtirish shakl hajmini tushayotgan soya-yorug' orqali mohirona ifoda etish hamda ishni tus jihatidan yaxlit bir butunlikda yakunlashi zarur. Qo'yilmani turli ranglarda bajarish ham mas'uliyatli vazifadir, chunki rangtasvirda rang va tus munosabatlari yaxlit bir butunlikka asoslanadi. Shakl hajmini tasvirlashda tus o'rnini mohiyatini to'g'ri tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi. Demak eng muhimi talabalarning qalamtasvirda ishni tus jihatdan yaxlit bir butunlikka erishib yakunlashi hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida talabalarni rangtasvirda samarali ijod qilishlariga qulay imkon yaratadi.

Talabalarning uzluksiz mashqlari natijasida ranglardagi nozik o'zgarishlarni farqlashga, kuzatuvchanlikni rivojlanishiga rang-baranglikni sezishga, hamda tasviriy vositalarni mohirona egallashlariga zamin yaratiladi. Tajribali rassomlarning ranglavhalarini kuzatganlarida ularning nihoyatda nafis va jozibali tasvirlanganiga havas bilan qaraydilar. Shuning uchun talabalar mohirona tasvirlash malakasiga ega bo'lishlari uchun doimo tinmay mashq qilishlari natijasida ko'zlangan maqsadga erishadilar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI I СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ I REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017.- 402 b.

2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

3.Abdirasilov S.,Talipov N.,Oripova N.,«Rangtasvir».-T., O'zbekiston, 2006, 19-b.

4. Мастера искусства об искусстве М.,1966, т 1, 124-б.

5. Мастера искусства об искусстве М.,1968, т 2, 257-б.

6. Кончаловский П.П. Мысли о художественном творчестве. М., 1984, 27-б.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HTalipov Nozim Xamidovich, dotsent [Талипов Нозим Хамидович, доцент], [Nozim X. Таlipov, dotsent]; manzil: Toshkent, 100007, Farg'ona yo'li ko'chasi, 45\32 [адрес: Ташкент,100007, улица Farg'ona yo'li ko'chasi, 45\32], Address: Ташкент,100007, the street Fergana, 45\32]; ORCID: https://orsid.org0000-0002-7250-4588; [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.