Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’ATDA QALAMTASVIR VA RANGTASVIR FANLARINING UYG‘UNLIGI'

TASVIRIY SAN’ATDA QALAMTASVIR VA RANGTASVIR FANLARINING UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
16
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Qalamtasvir / rangtasvir / perspektiva / rassom pedagog / Pencil / painting / perspective / teacher-artist

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azimov S.S.

Mazkur maqolada tasviriy san’atda qalamtasvir va rangtasvir fanlarining uyg‘unligi, maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARMONY OF DRAWING AND PAINTING IN THE FINE ARTS

Qalamtasvir, rangtasvir, perspektiva, rassom pedagog

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’ATDA QALAMTASVIR VA RANGTASVIR FANLARINING UYG‘UNLIGI»

RANGTASVIR FANLARINING UYG‘UNLIGI

Azimov Sanjar Samadovich. Buxoro davlat universiteti tasviriy va amaliy

san’at kafedrasi dotsenti, PhD

Annotatsiya

Mazkur maqolada tasviriy san’atda qalamtasvir va rangtasvir fanlarining uyg‘unligi, maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar

Qalamtasvir, rangtasvir, perspektiva, rassom pedagog

ГАРМОНИЯ РИСУНКА И ЖИВОПИСИ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ

ИСКУССТВЕ

Азимов Санжар Самадович. Бухарский государственный университет, доцент кафедры изобразительного и прикладного искусства, PhD

Аннотация

В данной статье рассказывается о гармонии, целях и задачах предмета рисунка и живописи в изобразительном искусстве.

Ключевые слова

Карандаш, живопись, перспектива, педагог-художник HARMONY OF DRAWING AND PAINTING IN THE FINE ARTS

Azimov Sanjar Samadovich. Bukhara State University,

Bukhara State University, Professor of the Department of Fine and Applied

Arts, PhD

Annotation.

This article describes the harmony, goals and objectives of the subject of drawing and painting in the visual arts.

Keywords

Pencil, painting, perspective, teacher-artist

trA<ano(

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY (2023, №2) ISSN 2992-9024

Rangtasvir xaqqoniy shaklning rangli tuzilishi qonuniyatlariga asoslangan. Rangtasvimi o‘rganish -bu tekislikdagi rangli shaklning nisbatlari, konstruktiv qurilishi, hajmi, fazoviy tuzilishi usullarini izlash yo‘lidir. Shularga bog‘liq holda har-bir rassom qalamda buyum va narsalarni perspektiva qonun-lariga asoslanib konstruktiv tuzilishi, fazoviy joylashuvi, nisbat, hajmni mukammal tasvirlay olishi zarur. Qalamtasvirda rang va tusning yaxlit bir butunlikda garmonik uyg‘unlashuvi bu xaqiqiy rangtasvirdir.

Tasvirda qalamtasvir mukammal bo‘lishi lozim, aks holda turli bo‘yoqlar ham oddiygina narsa va buyumning qurilishi, hajmini mukammal ifodalab bermaydi. Havo perspektivasiga bog‘liq holda ranglarning nozik o‘zgarishini ifodalovchi, matoga berilgan rang-barang surtmalar ham, o‘z-o‘zidan fazoviy kenglikni ko‘rsata olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilib tasvirlangan

qalamtasvirgina ranglarni yanada ham jozibali ko‘rsatadi.

Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay tasvirlansa, kenglikni ifodalovchi rangning o‘rni ahamiyatsizdir. Rangtasvirni

rassomlar shunday ta’riflaydi: «Bu yuz foiz qalamtasvir va yuz foiz rangtasvirning bir-biriga

chambarchas bog‘liqligidir».

Rangtasvirning jozibali

chiqishida qalamtasvirning o‘rni

beqiyosdir. Ammo, mohir rassom, qalamdan foydalanmasdan ishni bo‘yoqlar bilan tasvirlashi ham mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida ® f rangtasvirni qalamtasvir bilan bevosita bog‘liqligini his etadi.

YA’ni buyumlarning fazoviy joylashu-vi, nisbatlarning aniqligi, ranglarning to‘g‘ri qo‘yilishi ishni bir butunlikda yakunlanishi ko‘p jixatdan ijodkorga bog‘liq. Rassom qalamtasvirni puxta 4o‘zlashtirib olgandagina (qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish, narsa va buyumlarning fazoviy joylashuvi, perspektiva qoidalariga amal qilish, nisbatlarni to‘g‘ri topish, metodik ketma-ketlikda ishni tuslash

va x.k) rangtasvirda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq yechilgan qalamtasvir ishini tahlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo‘lmasin, baribir bu ishni sifatli deb bo‘lmaydi. Shuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy tajribalari shundan guvoxlik beradiki, ta’limning dastlabki bosqichlarida qalamtasvirni mukammal o‘zlashti-rish, keyingi jarayonlar uchun zamin yaratadi. Yosh rassom Odoardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganida rangtasvirni mukammal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday javob bergan: «Rasm chizish!».

Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: «Rasm chizish va rasm chizish!»-rasm chizish

trA<ano(

rangtasvirga nafislik va mukam-mallik ato etishini haq deb bilgan. 1

Buyuk haykaltarosh

Mikelanjelo qalamtasvirda (rantasvir, haykal-taroshlik, me’morchilik va boshq.) «har qanday ilmning ildizi va negizini ko‘rgan». «Qalamtasvir doimo bizga yo‘l ko‘rsatib turuvchi qutb va kompas bo‘lib, turli bo‘yoqlar ummonlarida cho‘kayot-ganlarga najot berish omilidir,-deya ta’kidlagan Sharl Lebren».

Engr o‘z ustahonasining eshiklariga quyidagi so‘zlarni yozgan «Bu yerga kelgan shogirdlarga qalamtasvirni o‘rgataman,

ketayotganda esa ular rangtasvirni ustasi bo‘lib yetishadi».

«Shunday fan mavjudki u hamma san’at turlarining asosi hisoblanadi, bu - qalamtasvir. Kimki qalamtasvir san’atini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham haykaltarosh-likni ham o‘zlashtira oladi»,-deb aytgan Karrachi. «Har qanday shaklni ajoyib nafis qiluvchi ranglar emas balki aniq |chizilgan qalamtasvir»-degan Titsian. U qarigan chog‘larida ham, ko‘mir yoki mel bilan nimalarnidir tasvirlamagan kuni bo‘lmagan. «Qalamtasvirga asoslanmagan rangtasvir, san’at emas, balki rangli dog‘larning tartibsiz yig‘indisidir»,-deya doim takrorlagan V.Y.Makovskiy.

«Qalamtasvirni puxta bilmagan ijod ham qila olmaydi»,-deb ta’lim bergan P.P. Chistyakov, I.YE.Repin kunora 2-3 soat qalamtasvir bilan shug‘ullangan, va uni rangtasvirni asosi deb hisoblagan.

A.M.Vasnetsov, P.P.Chistyakovning

ta’lim berish tizimini yodga olib, «uning sevimli mashg‘uloti qalamtasvir» edi, deb eslaydi. Ashbening Myunxendagi rassom-pedagog maktabida xattoki san’at Akademiyasini tamomlaganlar ham ta’lim olar, ta’lim berish faqat qalamtasvir bo‘yicha (shaklning konstruktiv tuzilishi, tus-soya, yorug‘ munosabatlari aks etgan tasvir, grizayl), uzoq vaqt o‘tkazilgan, shuning natijasida shaklni konstruktiv qurilishi va tus munosabatlarini puxta egallab so‘ng ranglar bilan tasvirlashga o‘tilgan.

Yetuk rassomlarning yaratgan asarlari shunisi bilan diqqatga sazovorki, asar kompozitsiyasining mohirona topilganligi, mavzu-ning dolzarbligi, issiq va sovuq ranglarning o‘zaro hamoxangligi kishini hayratga soladi. Mashhur rassomlarning ko‘pchiligi av-valombor yetuk qalamtasvir ustalaridir. Bular qatoriga K.P.Bryullov, I.I. Shishkin, V.Y. Makovskiy, V.A. Polenov, I.Y.Repin, M.A.Vrubel, V.A.Serov, K.A. Korovin, M. Nabiyev, R.Ahmedov, B.Jalolov, A.Mirzayev, A.Ikromjonov, I.Haydarov kabilar kiradi. Rangtasvirda nozik plastik shaklning mavjudligi nisbatlarning mutanosibligi, hajm, fazoviy sifatlar muhim o‘rin egallaydi. Rassom naturadagi ana shu jixatlarni to‘laqonli aks ettira olsagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda bu jixatlar mavjud bo‘lmasa, tasvir o‘ta ehtiyotsizlik, pala partishlik bilan ishlangan sifatsiz ish deb baholanadi.

trA<ano(

Rangtasvirda ranglar qalam-tasvir bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi zarur. YA’ni ishni rangda boshlash uchun, qalamda naturani zarur joylarini belgilab olib, shaklning shartli chiziqlarini unutib, ranglar vositasida shakl hajmini tasvirlash darkor.

D.N.Kardovskiyning fikricha agar biz rangtasvir bu qalamtasvi-rning rangda davom etishi deb aytsak, shaklning rangda talqin etilishi qalamtasvirdan boshlanadi va ijod jarayonida u bir necha marotaba to‘g‘rilanadi, ranglar bilan sayqallanadi. Qalamtasvir mahoratini puxta egallash, betakror rangtasvir asarlari yaratish garovidir. P.P.Konchalovskiy rangtasvirda qalamtasvirning mohiyatini ko‘rib shunday yozgan: «Rangtasvirning haqiqiy usuli-bu shaklni mutlaqo aniq yetkazib berish yo‘li bilan beriladigan bo‘yoq surtmadir».1

Haqqoniy san’atda asosiy badiiy qiyofa, bu qalamtasvirdir. U jism shaklini qayta ishlab chiqadi, voqea va insonlar haqida ma’lumot beradi. Qalamtasvirda tasavvur, kompozitsiya g‘oyalari mujassam-lashgan. Kompozitsiya avvalo qalamtasvirda paydo bo‘ladi (plastik g‘oya) va qayd etiladi. Xattoki haykaltarosh va me’morlarning dastlabki g‘oyalari ham qalamtasvirdagi qoralamadan

boshlanadi. Rassomlarda esa plastika haqidagi fikr, kompozitsiya to‘g‘risidagi umumiy o‘ylar doimo qalamtasvirda paydo bo‘ladi.

Qalamtasvir san’atining haqiqiy ustasi bo‘lish va uni to‘g‘ri

tushunish turli yo‘nalishdagi rassomlarga: grafik rassom,

me’morga, sahna bezakchisiga, monumentalchi rassomga va boshqalarga juda muhimdir. Agar tasviriy san’atning qaysi bir turida ijod etuvchi rassom qalamtasvir sir-asrorlarini mukammal egallamas ekan, uni haqiqiy ijodkor deb bo‘lmaydi.

Xattoki, haqqoniy qalamtas-vir chizish maktablarida tarbiyalangan rassomlar tasviriy san’atning har qaysi turi bo‘yicha yaratilgan ijodiy mahsulining qiymatiga qarab tasviriy madaniy darajasi qadrlanadi.

Agar bezatuvchi rassom

pedagog yoki monumentalchi kabi ixtisosliklardagi rassom haqiqiy

qalamtasvir asoslarini puxta

o‘rganmay turib asar yaratishni boshlasa, u dastgohli san’at asarini to‘la yaratilishiga, tasvirda soxta manzaraning paydo bo‘lishiga, haqiqiy inson qiyofasini to‘laqonli aks etmasligiga sababchi bo‘lib, tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni asl mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Rangtasvirda mohirona ijod qilish uchun yosh shogird rassom qalamtasvirda quyidagi bilim va malakalarni puxta o‘zlashtirmog‘i lozim:

1. Kuzatuv perspektiva (ufq chizig‘i, yassi jismlar va ufq chiziqlari perspektivasi) elementlari. Tekislik bilan chegaralangan jismlarni konstruktiv va perspektiv qurilishi (kub, prizma, interyer va eksteryer). 2. Silindr shaklidagi jismlarning perspektiv qurilishi. 3.Geometrik shakllarda soya-yorug‘

_______________________ munosabatlari

trA<ano(

Qo‘yilmani turli ranglarda

bajarish ham mas’uliyatli vazifadir, chunki rangtasvirda rang va tus munosabatlari yaxlit bir butunlikka asoslanadi. Shakl hajmini

tasvirlashda tus o‘rnini to‘g‘ri tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi.

Demak, eng muhimi

qalamtasvirda ishni tus jixatdan yaxlit bir butunlikka erishib yakunlash hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida rangtasvirga o‘tish uchun qulay imkon yaratadi.

(kub, silindr va shardagi soya-yorug‘likning taqsimlanishi, havo perspektivasi-ning elementlari). 4. Qalamtasvirda hajm, fazo va materiallikni tasvirlash usullari, turli materiallarni soya-yorug‘ xususiyati, tus munosabatlari, hajmni ko‘rsatishda chiziq va «shtrix»ni o‘rni, fazo va moddiylik.

Qalamtasvirda faqat nazariy bilimlarni mustahkamlab qolmay, balki amaliy jixatdan ham tajribaga ega bo‘lmog‘i lozim: qo‘yilmadagi nisbatlarni aniq topish, nozik perspektiv o‘zgarishlarni seza bilish, tasvirni qog‘oz yuzasida asosli-konstruktiv qurish va joylashtirish, shakl hajmini tushayotgan soya-yorug‘ orqali mohirona ifoda etish hamda ishni tus jixatidan yaxlit bir butunlikda yakunlash zarur.

Adabiyotlar

1 .Мастера искусства об искусстве. М.: 1986,т.2,С.257

2.Кончаловский, П.П.Мысли о художественном творчестве М.: 1984, С.27

trA<ano(

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.