Научная статья на тему 'Цели и задачи реалистической живописи. Название цветов и характеристики игры цветов'

Цели и задачи реалистической живописи. Название цветов и характеристики игры цветов Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
99
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
цвет / целостность / контраст тени и света / рефлекс / мигание / акварель / гуашь. / color / integrity / shadow – light contrast / reflex / blink / watercolor / gouache.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Зарина Мухаммадиева, Дилфуза Исмоилова, Огилой Мухаммадиева

В статье обсуждаются названия цветовых оттенков и характеристики цветовой гаммы. Одна из вещей, которая часто беспокоит студентов при работе с цветами на уроках живописи, – это то, что они плохо знают узбекские названия цветов. Это является препятствием для того, чтобы в будущем стать хорошим специалистом своей профессии

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Goals and objectives of realistic painting. Names of color shades and characteristic of the color gamut

This article discusses the names of color shades and color gamut characteristics. One of the things that often bothers students when working with colors in painting classes is that they do not know the Uzbek names of colors well. This is an obstacle to becoming a professional in the future.

Текст научной работы на тему «Цели и задачи реалистической живописи. Название цветов и характеристики игры цветов»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Goals and objectives of realistic painting. Names of color shades and characteristic of the color gamut

Zarina MUHAMMADIYEVA1 Dilfuza ISMOILOVA2 Ogiloy MUHAMMADIYEVA3

Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

color,

integrity,

shadow - light contrast,

reflex,

blink,

watercolor, gouache.

This article discusses the names of color shades and color gamut characteristics. One of the things that often bothers students when working with colors in painting classes is that they do not know the Uzbek names of colors well. This is an obstacle to becoming a professional in the future.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Realistik rangtasvirning maqsad va vazifalari. Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

rang, yaxlitlik,

soya - yorug' kontrast,

refleks,

blik,

akvarel,

guash.

Ushbu maqolada Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi. Rangtasvir mashg'ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko'pchilik hollarda qiynab qo'yadigan narsa ranglarning o'zbekcha nomlarini yaxshi bilmaslikdir. Bu esa kelgusida o'z kasbining yetuk mutaxasisi bo'lishida to'sqinlik qiluvchi omildir.

1 lecturer, Termez State University, Termez, Uzbekistan.

2 Student of the faculty of "National handicrafts and ceramics" of Termez State University. Termez, Uzbekistan.

3 Student of the faculty of "National handicrafts and ceramics" Termez State University. Termez, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

Science

Цели и задачи реалистической живописи. Название цветов и характеристики игры цветов

Rangtasvir o'quv fani ma'naviy barkainol avlodni tarbiyalashda rangtasvir o'quv fani ham o'zining keng imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Rangtasvir fani ijodiy faoliyat, san'atkorning dunyosi, borliqni, uning go'zalligini ranglar orqali ko'rish va tasavvur etish, haqiqiy san'at asarini qadrlashni o'rgatadi. Bu fanning bosh maqsadi -talabalarda badiiy madaniyat va badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish hamda ijodiy faoliyatni tarbiyalashdan iboratdir.

Rangtasvir o'quv fani o'z oldiga qo'ygan vazifalar quyidagilardan iborat: - Atrof muhitdagi ranglarni ko'ra olish va ularni idrok etishga o'rgatish. - Badiiy qobiliyat, did va fikrlash faoliyatini o'stirish. - Rangtasvirning nazariy asoslari: nur-soya, rangshunoslik, perspektiva va fazoviy tasavvurni o'stirish, shuningdek rangtasvir san'atining turlari, janr, oqim, atama va iboralari haqida tushuncha berish. - Rang tasvir asarlarini o'qiy olish va rang ko'rish malakasi, ko'nikmalarini rivojlantirish. Rangtasvir juda qadimiy san'at. Uning asoslari quyidagi tasvirlardan boshlanadi.

Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi: iliq va sovuq ranglar. Rangtasvir mashg'ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko'pchilik hollarda qiynab qo'yadigan narsa ranglarning o'zbekcha nomlarini yaxshi bilmaslikdir.

Talabalarga rangtasvir mashg'ulotlarini olib borish uchun bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi rangtasvir asoslarini puxta egallash va rangshunoslik nazariyasini mukammal bilishi shart. Shuning bilan birga realistik rangtasvirning nazariy asoslari ilmini o'zlashtirish va amaliy mashq qilish natijasida savodli rangda ifoda yo'llarini o'rganish mumkin. Bu hol, ayniqsa, natyurmort ishlashda, uning ranglari to'g'risida so'z yuritganda ko'zga yaqqol tashlanadi. Ma'lumki bo'yoqlarning 150 dan ortiq ruscha tuslari mavjud.

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

цвет,

целостность,

контраст тени и света,

рефлекс,

мигание,

акварель,

Гуашь.

В статье обсуждаются названия цветовых оттенков и характеристики цветовой гаммы. Одна из вещей, которая часто беспокоит студентов при работе с цветами на уроках живописи, - это то, что они плохо знают узбекские названия цветов. Это является препятствием для того, чтобы в будущем стать хорошим специалистом своей профессии.

Agar ma'lum bandlikda va tartibda uyg'unlashtirib chalinsa yoqimli bo'lib eshitiladi. Ma'noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo'ladi. Ular ning sifati ovozlari o'rtasida-gi vaqt masofasi, ovozlar yo'g'on ingichkaligiga ham bog'liq. Rangtasvirlarini shlash jarayonida ham xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya'ni har bir rang va tus ning o'z yorqinligi va to'q ochligi mavjud.Ularni nechog'lik bir-biriga mosini topib, o'zaro muvofiq tarzda qo'llasak shunchalik tasvir sifatida aksini beradi, ma'no tashish quvvatiga ega bo'ladi. Agar bo'yoqlarni tasvir ob'yektiga zid holda birini juda yorqin, boshqasini nursiz qilib o'zaro bog'liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma'nosiz va ta'sirsiz chiqib qoladi. Ranglarning yorqinlik kuchi va to'q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda qo'llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to'qroq gammalarda tasvir ob'yektlariga mos tarzda, ma'lum nisbatlarda qilib olinadi. Mo'ljaldagi olingan gammaga moslab tasvirning eng to'q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi. Shunda ishlangan tasvirlar yaxlitlik, qiziqarlilik kasb etadi, ta'sirchan chiqadi [1.2.].

Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan, uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish mumkin emas. Buni ko'pchilik san'at nazariyotchilari va rassomlar, amaliyotchilar doimo ta'kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasavvurning qay darajadaligiga bog'liq muhim tabiat ko'rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo'lsa shuning o'zi kifoya, o'zbek rassomlari ichida ham rangga juda e'tiborli munosabatta bo'ladigan, uning go'zal uyg'unligini ifodalab bera oladiganlari ko'p. Bunda yusta, mahorat egalari mo'yqalam sohiblaridan M. Nabiyev, R. Axmedov, R. Choriyev, B. Burmakin, B. Boboyev, J. Umarbekov, A. Mirzayev, A. Ikromjonov, M. Toshmurodov, A. Nuriddinov, O. Qozoqov va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko'plab ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi [3.5.].

Ma'lumki, tasvirishlashni rang vositasida ishlash jarayonida atrof-muhit holati muhim ahamiyatga ega. Chunki chizilayotgan ob'yektga yorug'lik manbai atrofidagi boshqa buyumlarni ta'siri kuzatiladi. Ular o'z rangi, tusi bilan o'zaro muvofiq yoki nomuvofiq bo'lishi mumkin. Rassom ana shunday o'zgarishlarni chuqur anglab, tahlil qilib, so'ng ifoda etishi kerak. Aks holda tasvir jonsiz, ta'sirsiz chiqib qoladi, o'rganayotganlar uchun bunday holatlarni hisobga olib tasvirlashda natyurmortlar juda qo'l keladi. Chunki unda buyumlardagi soya, teri, shu'lalar, rang tuslarining o'yini ifodaviyligi yaqqol ko'rinib turadi. Ular tasvir shaklini, yorqinligini, yaxlitligini ko'rsatishda xizmat kiladi. Natyurmortni qanday xonada qo'yilganligini ham uning yorug' yoki qorong'iligi nur derazadan qay holatda va burchak ostida tushayotgani xam muhim ahamiyat kasb etadi. Shu'la ("blik") va rangli shu'la ("reflex") natyurmortdagi deyarli barcha predmetlarda aks etib turadi. Ayniqsa, yaltiroq sirtli narsalar sathida bu yaxshi sezilib turadi. Chunki ular yorug'likni yutmaydi, balki yog'dulanib qaytaradi. Nurni o'zida sindirib yuboradigan sirtli narsalarda aks shu'lalarni ba'zan sezib olish qiyinroq bo'ladi.

Tasavvur kuchiga tayangan holda biz natyurmort kompozitsiyasini bajarishni amalga oshiramiz.

Rang munosabatlarini avvalo eng och va intensive ranglarni qidirishdan boshlash kerak, so'ng eng to'qini topiladi, qolganlarini esa shularga nisbatan aniqlash ma'qul bo'ladi. Keyingi tuslarga biroz to'qroq va biroz intensive bo'lganlar va boshqalar kiradi [4.1.].

Akvarelda rangtasvir ishlash juda murakkab hisoblanadi. Har qanday yangi bo'lgan mashg'ulotga qo'l urilar ekan, maqsadga etish uchun inson har xil ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar oqibatida bu mashg'ulotni keyingi safarga surish yoki umuman to'xtatishga harakat qiladi. Akvarelda ishlashni o'rganish uchun talabadan texnika, ko'nikma, ko'p mehnat va sabr-qanoat bilan tinmay mashqlar qilishni talab qiladi.

Murakkab kulrang tuslar oxirida beriladir. Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har doim ham eng och va eng to'q hamda to'yingan qilib olinmaydi. Qo'yilmadagi eng och joy hardoim ham oq bo'lavermaydi, eng to'q joy esa qora bo'lmaydi. Kuchli to'yingan yorqin ranglar ham kamdan-kam uchraydi.

Talabalarga hozirgi zamon guashda ishlash texnikasi haqida ma'lumot. Guashda ishlash texnikasi haqida tushunchaga ega bo'lish va ishlay olish rangtasvirda muhimdir. Rang va tus munosabatlarini aniqlashni o'rganish, Guash bo'yog'ida David ko'z bo'lagini ishlash birinchi bosqichi. Natyurmortdagi ko'za, meva, matolar burmalarini ishlash bosqichi. Yorug', soya, blik, refleks, yarim soya, shaxsiy soya, tushgan soyalarini rang orqali ifodalash. Umumlashtirish. Yorug'likni hisobga olgan holda rang va tuslarini topish orqali ishni metodik izchillikda yakunlash.

To'q fonni bajarish ijodkordan qiyinchilik talb qilmaydi.Qog'ozning oq yuzasi va rangning eng ochdan to eng to'qqacha bo'lgan tuslaridan foydalanib rassom tasvirlanayotgan buyumning nafaqat shakli balki hajmi, yorug'-soyasi, fazoda joylashishi va har bir materialning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalashi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Abdirasilov S.,Tolipov N. "Rangtasvir" O'quv qo'llanma, Toshkent, 2005.

2. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir (2-qism). O'quv qo'llanma, Toshkent., 2003. TDPU - B. 5-19.

3. R. Xalilov. Akvarel. Izdatelstvo "Navruz". T.: 2013.

4. Tojiev B, Mahkamova S. "Qalamtasvir" (Dastlabki saboqlar). Metodik qo'llanma. Toshkent, 2013.

5. Tashmurodov M. "Chizmatasvir". Study guide. Noshir, T.: 2012. - B. 124. 5 copies.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.