Научная статья на тему 'TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI'

TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
157
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
rangtasvir / tasviriy san’at / kulolchilik / kreativlik / naqqoshlik / qobiliyat / interfaol metodlar innovatsiya / ta’lim / innovatsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev

Ushbu maqolada tasviriy va amaliy san’at mashg‘ulotlari jarayonida kreativlik, mutaxassis kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish, talabalarning innovatsion faoliyati, interfaol ta’lim, innovatsion ta’lim va axborotkommunikatsiya texnologiyalari, talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI»

TASVIRIY VA AMALIY SAN'AT MASHG' ULOTLARIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA

INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO [email protected] Andijon davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy va amaliy san'at mashg'ulotlari jarayonida kreativlik, mutaxassis kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish, talabalarning innovatsion faoliyati, interfaol ta'lim, innovatsion ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: rangtasvir, tasviriy san'at, kulolchilik, kreativlik, naqqoshlik, qobiliyat, interfaol metodlar innovatsiya, ta'lim, innovatsiya

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING CREATIVE COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS IN

FINE AND APPLIED ART CLASSES

Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO [email protected] Andijan State University

Abstract: This article describes factors that develop creativity, creative competence of specialists, innovative activities of students, interactive education, innovative education and information and communication technologies, and creative abilities of students during visual and applied art classes.

Keywords: painting, visual arts, pottery, creativity, painting, ability, interactive methods, innovation, education, innovation

Kirish: Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan o'zgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san'at rivojiga, ijod ahliga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor misolida ham ko'rish mumkin. Binobarin, davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi degan so'zlarining zamirida keng ma'no mujassamdir. Shunday ekan san'at xususan tasviriy

san'atni o'rganar ekanmiz, biz avvalo tasviriy san'atning maqsad vazifalari hamda tasviriy san'at va uning mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog'imiz lozim. Ushbu Maqolada ham bu haqida fikr yuritamiz.

Tasviriy san'at va uning mohiyati, tur va janrlari Tasviriy san'at - eng qadimiy va keng tarqalgan san'at turlaridan biridir. Aslida san'atning turlari juda ko'p. Ular badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san'at, teatr, kino, xoreografiya, me'morchilik, amaliy bezak kabi boshqa san'at turlari ham mavjuddir. Odatda, haqqoniy borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog'oz yuzasida) aks ettiradigan san'at tasviriy san'at deb ataladi. Tasviriy san'at tushunchasi keng ma'noga ega. XIX asrgacha me'morchilik, haykaltaroshlik va rangtasvir tasviriy san'atning turlari bo'lib hisoblangan. Asrning oxirlarida esa grafika tasviriy san'atning eng muhim va hozirjavob turlaridan biriga aylandi. So'nggi 20 yil ichida san'atning dizayn kabi turi ham o'z o'mini topdi. Tasviriy san'atning hamma turiari bir-biriga juda yaqin va ularning bir qator o'xshashliklari bor. Lekin har birining o'ziga xos tasvirlash uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ulaming har biri ishlatilish o'mi, tasvirlaydigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator turiarga va janrlarga bo'linadi. Grafika. Grafika yunoncha «grapho» so'zidan olingan boMib, «yozaman», «chizaman» degan ma'noni anglatadi.

Asosiy qism: Kreativlik ta'lim jarayonini tashkillashtirishni o'zida mujassamlashtirib, kreativ ta'lim jarayonini qurish, ta'lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli uslublar, bilim va ko'nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi. Grafikaga oddiy qora qalam, tushda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiyalar kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasmlar, illyustratsiya, plakat, hajviy, sharj, efiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san'ati asosan chiziq, shakl va oq qora ranglar orqali tasvirlanadi. San'atning ayrim turlarida bo'yoqlardan ham foydalaniladi, lekin asar mazmunini ochib berishda asosiy vazifani o'tamaydi, faqat kishilami jalb qilishi yoki chaqiriq vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun ham bu sohada ikki uch xildan ortiq bo'yoq deyarli ishlatilmaydi. Tasvir mazmuni, xarakteri va boshqa barcha xususiyatlari bo'yoqlar orqali ifodalab berilsa, rangtasvir san'ati deb ataladi. Tasviriy san'atning bu turida ijodkor o'z ichki kechinmalarini ranglar orqali tasvirlaydi, fazoning cheksizligi, undagi narsalaming rang- barangligi, moddiyligini

mohirona ko'rsatadi. Masalan, qizil va qora bo'yoqlarda fojiaviylik aks ettirilsa, och moviy va yashil ranglarda tinch va osoyishta holatlar tasvirlanishi mumkin.

Rangtasvir san'ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o'zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda ham o'quvchidan muayyan tayyorgarlikni talab etadi. Rangtasvir asarlari yana o'zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgohli va dekorativ turiarga bo'linadi. Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoq masofadan ko'rishga mo'ljallanadi va obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirlanadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to'g'risida haqqoniy tasawur berishi kerak. Monumental rangtasvir me'morchilikda ma'lum miqdorda bezash vazifasini o'taydi, shuning uchun uni ba'zan monumentaldekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi.

Haqiqatdan ham shunday, biz chizmani ko'zdan kechirib unda tasvirlangan narsaning balandligi, uzunligi va eni hamda uning elementlari tarkibiy qisimlari va shartli belgilarini o'rganib chiqib, narsani ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz, ya'ni chizmasini o'qiymiz. Shunday qilib chizmani o'qish deganda narsalarni bajarilgan tasvirlariga asosan uning tashqi va ichki tuzilishlarini bilib hamda fahimlab bir butun obrazni tasavvur qilish, uning o'lchamlarini, ishlov berish usullarini bilish tushuniladi. Bulardan ko'rinib turibdiki, chizmani o'qishda fazoviy tasavvur eng asosiy ko'rsatkich ekan, shu sababli talabalarning fazoviy tassavuri past bo'lsa ular chizmani o'qishda qiynaladilar va chizmachilikka bo'lgan qiziqishlari susayib boradi. Shuning uchun biz chizmachilik fanlari o'qituvchilari butun etiborimizni talabalarning fazoviy tassavurini oshirishga bor kuch g'ayratimizni va metodik so'zlashlarimizni safarbar qilishimiz zarur bo'ladi. Shundagina biz yoshlarni kelgusidagi ishlab chiqarish sharoitiga yoki ta'lim jarayoniga etuk bo'lishlariga erishamiz. Ilmiy tadqiqot ishimga oid mavzularni asosiy adabiyotlardagi taxlili shuni ko'rsatdiki chizmalarini o'qish, yani chizmada tasvirlangan natijalarni tassavur qilishning quyidagi tartibda oshirilar ekan:

1) Chizmadagi ko'rinishlardan foydalanib narsani fikran oddiy geometrik figuralarga ajratib, uning tashqi sirtlarining formasini aniqlash;

2) Chizmachilikdagi kesim va qirqmlardan foydalanib, uning ichki tuzilishlarini anglab va faximlab etish;

3) Narsaning tarkibiy qisimlarini tahlil qilib va o'rganib chiqib uning bir butun yaxlit obrazini fazoda tiklash-tassavur qilish;

4) Chizmada keltirilgan shartli belgilardan masalan (0), (R), (□) va ( ▻) kabi belgilardan foydalanib narsaning ayrim sirtlari va yuzalari to'g'risida qo'shimcha tassavurga ega bo'lish.

Fazoviy tassavurlash usullari to'g'risida tahlil qilib chiqilgan adabiyotlarda faqatgina mashq qilish usullari to'g'risida gap boradi. Mashq qilish usullariga quyidagi turlari kiradi. Tasviriy san'at mashg'ulotlari talabalarni har tomonlama barkamol rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Tasviriy san'at o'quvchilarning qiziqish doiralari kengayishiga, ularning estetik ehtiyojlarini tarbiyalashga, tafakkurini, tassavurini, xotirasini, badiiy qobiliyatlarini, borliq va estetik munosabatlarini shakllantiradi va rivojlantiradi. Tasviriy san'at darslarida shaxs uchun muxim bo'lgan qat'iylik, maqsadga intilish, ozodalik, mehnatsevarlik kabi sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida o'quvchilar bizni o'rab turgan borliq hodisalarini o'rganadilar, predmetlarni taxlil qiladilar va qator grafik va rangtasvir borasida ko'nikma va malakalarini egallaydilar. Shu bilan bir qatorda tasviriy san'at o'quvchilarda borliqni o'rganishning samarali vositasi bo'lishi bilan bir qatorda ularni ko'rish idroki, tasavvuri, tafakkuri, fazoviy tasavvuri, xotirasi, sezgisi va boshqa psixik jarayolarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi.

Tasviriy san'at darslaridagi mashg'ulotlar o'quvchilarning tasviriy qobiliyatlarini bir qator komponentlarini rivojlantirish va mukamallashtirshga yordam beradi. Bularga biz naturani yaxlit aktiv ko'ruv idrok etish fazoriy, kompozistion va obrazli tafakkur, xotira, tasavvur, ko'nikma va malakalarni aytishimiz mumkinki, bu professional tayyorgarlikni yaxshilash imkonini beradi. O'quvchilarda fazoviy tasavvurlarni samarali shakllantirish uchun biz oldin narsani o'ziga qarab rasm chizdirdik, so'ng tasavvur asosida faqat boshqa holatda chizdirdik. Qo'yilgan vazifa shundan iborat ediki o'quvchi natura shaklini boshqa ko'rish nuqtasidan tushunib chizgan. Natijada talabalarga tasavvur asosida rasm chizish yordam berdiki u narsani o'ziga qarab rasm chizganda tushirib qoldirgan yoki ahamiyat bermagan joylarini bilib oldilar. Fazoviy tasavvurlarni samarali shakllantirish uchun rasm chizishning turli xil usullarini yo'llash lozim.

Zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda interfaol usullardan samarali foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish" kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta'lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta'minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo'naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy vazifalardan biridir.

Xalq amaliy bezak san'ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o'zbek xalq amaliy san'ati kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. O'zbek kulolchiligidagi badiiy uslub uzoq davr davomida shakllanib, ayrim tumanlarda idish-tovoqlar turlari va naqshlarining o'ziga xosligi saqlanib kelmoqda. Idishlarga beriladigan naqshlar asosan qalami, chizma yoki xarroji uslubida amalga oshirilgan, ba'zan ular birgalikda ishlatilgan. Kulolchilik O'zbekistonning hamma joyida uchraydi. Ammo badiiy buyumlar yaratishda eng yirik markazlardan Rishton, G'ijduvon, Shahrisabz, Xiva, Xonqa, Samarqand, Toshkent qadimdan mashhur bo'lgan. Masalan, Rishton kulollari yaratgan sirli idish va sopol buyumlar o'zining nozik va murakkab naqshlari, bo'yoqlar koloriti, ayniqsa, och ko'k kobalti va feruza rangli bir necha ohangliligi bilan ajralib turadi.

Ma'lumki, mavjud barcha san'at turlari o'z o'quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o'tkazadigan badiiy, xissiy, ruhiy ta'siri orqali bilim beradi va tarbiyalaydi. Shu o'rinda amaliy bezak san'ati turlarining fazilatlari juda ham o'ziga xos bo'lib, ularni boshqa xech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Ya'ni bunday san'at asarlari ayni chog'da ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olishi ularning xalq orasida keng tarqalishiga sabab bo'lgan. Yaqin o'tmishda o'zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh va suyak o'ymakorligi kandakorchilik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'stlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo'yrachilik kabi turlarining o'ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari unuta borilib, yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan edi. Bunday holat hozirgi kunda san'atkorlar, xalq ustalari, muallimlar va san'at havaskorlari oldiga amaliy bezak san'atini saqlab solish, ularni har tomonlama o'rganish va rivojlantirish, yosh avlodga san'at sir-asrorlarini o'rgatish orqali o'rinbosarlar tayyorlash, san'at asarlarini keng targ'ib qilish orqali jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuqori bosqichga ko'tarilishiga erishish vazifalarini qo'yadi. O'tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo'qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.

So'nggi yillarda badiiy kulolchilikka qiziqish kuchaydi va u tez tarqala boshladi. Yosh ustalarning ishlari shuhrat qozondi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg'ona, Qoqon, Andijon, Namangan, Shahrisabz va boshqa shahar hamda tumanlardagi turli kasblarda ishlaydigan kishilar bo'sh vaqtlarida naqsh bilan shug'ullanmoqdalar. Usta kulollarni go'zallik ustalari deb atalgan va haqiqatdan ham shunday. Badiiy kulolchilik-ranglarning uyg'unligida va original kompozitsiyalarda go'zallik yaratish san'atidir. Kulol o'z ishida rangning tabiiy jilosidan, bejirim

shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalilikka erishadi. O'zbekistonning an'anaviy me'morchiligida kulolchilik va naqqoshlik asosan shiftlarni: jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning, uylari, yog'ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo'llangan. Nozik o'simliksimon-geometrik naqshdagi o'zaro singishib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o'zbek ustalarining ishlaridagi islimiy va girih nashqlarining klassik motivlari shiftlarning shakliga moslangan.

Kulolchilik xalq amaliy san'ati turlaridan bo'lib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohaiga kiradi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo tabiiy tuproq bo'lib, loy qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Kulolchilikning bezak san'ati bo'lgan koshinkorlik san'ati Markaziy Osiyoning me'morchiligida keng rivojlandi. Kulolchilikda asosiy xomashyo - tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha bo'lgan tuproqlardan turli xil kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Kulolchilikda asosiy qurol kulolning charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi.

Kulollik charxi - kulollikda ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli, maxsus loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi.Kulollik charxi ikki yog'och g'ildirak-katta parrak (diametri 1 metrgacha) va kichik sartaxta diametri (20-30 sm) hamda g'ildiraklarning markazidan o'tgan dumaloq xarsang toshga o'rnatilgan o'qdan iborat. Kulol pasdagi katta g'ildakni oyog'i bilan aylantiradi, yuqoridagi g'ildirak ustiga loyni quyib idish yasaydi. Kulolchilik charxi ilk bor Qadimgi Sharqda milloddan avvalgi 4-3 ming yillikda paydo bo'lgan, u dastlab qo'lda aylantirilgan. Keyinchalik o'rta asrlarda oyoq bilan aylantiradigan xili-hozir qo'llanilayotgan Kulolchilik charxi yuzaga kelgan.

Hozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e'tiborkuchaymoqda. Rishton O'zbekistondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadiganeng mashhur va qadimiy markazlardan biri. XIX asr oxiri XX asrboshlarida aholisining deyarli hammasi kulollardan iborat edi. Farg'ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta'siri ostida bo'lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo'lgan, alohida navli kulolchilik giliningmavjudligi bunga asos bo'la oladi. Qizgish-sarg'ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun xududida 1-1,5 m chuqurlikda qatlam bo'lib joylashgan. Gilning yaxshi sifatliligi mahalliy ustalarning uni O'zbekistonning boshqa tumanlaridagi kulollardan farqli ravishda oldindan tozalab boshqa turdagi tuproqlarga aralashmagan xolda ishlab chiqarishga jalb qilish konini beradi. Kulollar Rishton yaqinidagi tog'lardan har xil bo'yoqlar, kvartsli qum va olovbardosh gillarni qazib olishgan. 1960yillarda yuqorida eslatib o'tilgan moviy sopol buyumlari ishlab

chiqariladigan an'anaviy markazlar barxam topa boshladi. Anashunday sharoitda san'atshunoslarning Butunittifoq konferentsiyasi (Farg'ona 1974 yil) qabul qilingan moviy ishqorli sopol idishlari ishlabchiqarish an'analarini saqlab qolish haqidagi qarori amaliy ahamiyat kasb etdi. Ushbu qaror ustalarga ma'qul tushdi. Ular oldingi ishlab chiqarishga qaytib buyumlarni bezashning an'anaviy shakllari va usullarini qayta tiklay boshladilar.

Keyingi 20 yil ichida Rishton sopoli an'anaviy badiiy va texnologik usullar asosida yana qayta tiklandi. Ishqorli sir tayyorlash ham yo'lga qo'yildi. Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko'p jihatdan buyumlarga naqsh berilishida ko'zga tashlanadi.1970-1990 yillardagi grix bezaklar orasida tursimon naqsh, rombsimon naqsh, uchburchakli shakllarning bir maromda joylashtirilishi doirasimon shakllarning zanjir shaklida bir tekisberilishi nuqtali naqsh qora va oq kvadratchalarning navbat bilan o'rin almashishi shaklidagi naqsh egri va to'g'ri chiziqlar shaklidagi doiracha va to'pbarggul shaklidagi mavhumiy geometrik bezaklar ko'p tarqaldi. O'simliksimon naqshlar ayniqsa turli-tuman va sermazmundir. O'simlik dunyosiga oid mavzularni talqin qilishda ayniqsa an'anaviy belgilar bilan bu mavzularning yangicha talqinlari nisbatan yaqqol ko'zga tashlanadi. Hayvonlarga oid va antropomorfik mavzular Rishton kulolchiligida «parchasi yaxliti uchun» tamoyiliga ko'ra taqdimetilgan. Unda inson, hayvonlar va parrandalarning gavdasini ayrim unsurlari yordamida yaxlitlik g'oyasi aks ettiriladi. 1970-1990 yillar Rishton kulolchiligining rivojiga quyidagi tamoyilni qayd qilish mumkin. Rishtonlik ustalar an'anaviy merosni astoydil e'zozlash bilan birga ancha dadillik va keskinlik bilan buyumlar shakllari talqini hamda naqshli bezaklar harakteriga o'zgarishlar kiritishyapti.

An'anaviy shakllarni vanaqshlarni izchillik bilan to'laqonli qilib qayta tiklash an'analarga so'zsiz rioya qilish o'rnini yakka tartibdagi ijodiy tashabbuskorlik, yangicha usul va naqshin bezaklar turlarini kengaytirish egallab bormoqda. Har bir ijodkorning ruhiy holati, o'zi bajarayotgan buyumida o'z aksini topmasdan qolmaydi. Kishi ruhiyatini ko'tarishda esa xonaning ozodaligi, jihozlarning qulayligi muhim rol o'ynaydi. Kulolchilik xonasini jihozlashda haykaltaroshlik xonalarini jihozlashning umumiy qoidalaridan kelib chiqqan xolda jihozlash qisman bo'lsada foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir asbob-uskunalar, xom-ashyolar, ko'rgazmali qurollar, talabalarning tayyor ishlari, dastgohlar, elektropechlar tartibi bilan o'z joyiga qo'yilmog'i lozim. Kulolchilik ustaxonasida bevosita talabaning foydalanadigan maydoni 50-55 m2 bo'lsa, har bir talabaning ish o'rni bir-biridan 60sm, qatorlar orasida 1 m dan uzoqlikda bo'lsa, harakatlanish qulay bo'ladi. Ustaxonaga tabiiy yoro'g'lik tushishini ta'minlash, buning iloji bo'lmasa, kunduzgi yorug'lik lampalari bilan ta'minlash kerak. Kulolchilik asarini yasash uchun talabadan mohir musavvirlikni, naqqoshlikni, haykaltaroshlikni talab etadi. Har bir asbob-uskunani

yoki dastgohni, elektropechni, xumdonlarni ishlatishning qonun-qoidalari mavjud. Talabaning bu texnologiya bilan tanishmagani turli baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ishlashdan oldin albatta maxsus ish kiyimini kiyib olish zarur. Xumdonda sopol buyumlar pishirishdan oldin xumdon atrofidagi buyumlar ko'zdan kechiriladi. Yong'indan saqlash choralari ko'rib chiqiladi. Elektro isitgichlarda ishlaganda uniisitishdan oldin barcha simlar, uzellarning butunligi ko'zdan kechiriladi. Agar ba'zi simlar izolyatsiyasi ochilib qolgan bo'lsa, elektropechlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi. Topilgan kamchiliklar tuzatilgandan so'ng ishlashga ruxsat beriladi.

San'atshunoslar ijodkorlarga yo'l ko'rsatib berishi emas ularning qilgan ishlarini ilmiy o'rganishi kerak. Lekin yuqoridagiday holatlarda eski Chust pichog'i namunalaridan, eski Namangan kulollari ishlari namunalaridan muzeylar yordamida topib ustalarni to'g'ri yo'lga yani bobolari san'atini davom ettirishga va takomillashtirish yo'liga solib qo'yishi muhimdir. Bugun Farg'ona vodiysida bir necha yetuk amaliy san'at vakillari yashab ijod qilishmoqda. Biroq ularga shogirdlar biriktirish masalasi hal qilinmagan. Agar qaysi bir yetuk san'atkorni olib ko'rsak, hoh tasviriy san'at, yoki amaliy san'at sohasida bo'lmasin albatda mukammal bir ijodkorga shogird bo'lganligiga guvoh bo'lamiz. Farg'ona naqqoshlik maktabining uslubi tojik namunalariga o'xshab ketadi. Naqsh kompozitsaiyalarida ortiqcha shakl yasovchilarisiz zamin bo'shliqlari islimiy gul, vaq, novda shakllari bilan mohirona to'ldiriladi. Farg'ona naqshlariga to'qroq, qarama-qarshi ranglar jilvasi ulug'vorlik bag'ishlaydi. Farg'ona naqqoshlik maktabi haqida gap ketganda Qo'qonlik naqqosh ustazodalar nomlarini faxr bilan tilga olish mumkin. Ular Norqo'zi Nurmatov, Saidmahmud Norqo'ziyev, Saidahmad Mahmudovlardir. Mustaqilligimizning ilk yillarida o'zining 80-yoshlik to'ylarini nishonlab, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvonini olgan Saidahmad Mahmudovning ko'plab shogirdlari bor. Shuningdek Farg'ona naqqoshlik maktabi nomi bilan tilga olinadigan Xo'jand, Marg'ilon, Qo'qon, Farg'ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq, va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidahmad Norqo'ziyevni ham alohida ta'kidlash lozimdir.Bugungi kun yoshlar ularning ishlarini sadoqat, ixlos, mehr- muhabbat bilan organmoqdalar. Bu yo'lda ularga bajonidil ustozlik qilib kelayotgan Namangan naqqoshlik maktabini asoschilaridan biri xalq ustasi, yetuk mutaxassis rassom va naqqosh Asqarbek Akparov shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Artikov G'.A. "Materialshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi". O'quv qo'llanma. Toshkent "INFO CFPITAL GROUP" 2018 yil.

2. Artiqov G.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi", O'quv qo'llanma. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T. 2007.

3. Artiqov G'.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi" , O'quv qo'llanma. T., Sharq, 2007 y. 72 b. 4 nusxa.

4. O'zbekiston san'ati. T., "Sharq", 2001.

5. S.Bulatov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent, 1991

6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of innovative educational technologies in fine arts classes of higher education institutions.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of innovative educational technologies in fine arts classes of higher education institutions.

8. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). Fundamentals of professionalism development on the example of practical exercises on forming the skills and skills of future teachers. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

9. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). Effective methods of teaching fine arts and drawing at school.

10. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

11. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 15581561.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.