Научная статья на тему 'ZAMONAVIY RANGTASVIR VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

ZAMONAVIY RANGTASVIR VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
462
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rangtasvir / ranglar turiga qarab o’z pihologiyasi / kompozitsiya / Dastgohlik / Monumental ( maxobatli ) rangtasvir / miniatyura ( mo’jaz ) rangtasvir / dekorativ ( bezak ) rangtasvir / teatr-dekorativ ( bezak ) rangtasvir. / painting / its psychology depending on the type of colors / composition / easel / monumental painting / miniature painting / decorative painting / theatrical decorative painting.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Karimov, Oybek Mo’moinjon O’g’li

Ushbu maqolada rangtasvirning yaratilishi, tehnika va turlari, qo’llash usullari shu bilan bir qatorda boshqa san’at turlari bilan aloqadorligi haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN PAINTING AND ITS SPECIFIC ASPECTS

This article describes the creation of painting, techniques and types, methods of application, as well as its relationship with other types of art.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY RANGTASVIR VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ZAMONAVIY RANGTASVIR VA UNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Karimov Oybek Mo'moinjon o'g'li

Farg'ona DU Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada rangtasvirning yaratilishi, tehnika va turlari, qo'llash usullari shu bilan bir qatorda boshqa san 'at turlari bilan aloqadorligi haqida yoritilgan.

Tayanch so'zlar: rangtasvir, ranglar turiga qarab o'z pihologiyasi, kompozitsiya, Dastgohlik, Monumental ( maxobatli ) rangtasvir, miniatyura ( mo'jaz ) rangtasvir, dekorativ ( bezak ) rangtasvir, teatr-dekorativ ( bezak ) rangtasvir.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о создании живописи, приемах и видах, способах нанесения, а также о ее связи с другими видами искусства.

Ключевые слова: живопись, ее психология в зависимости от вида красок, композиция, станковая, монументальная живопись, миниатюрная живопись, декоративная живопись, театрально-декорационная живопись.

ABSTRACT

This article describes the creation of painting, techniques and types, methods of application, as well as its relationship with other types of art.

Key words: painting, its psychology depending on the type of colors, composition, easel, monumental painting, miniature painting, decorative painting, theatrical decorative painting.

KIRISH

Zamonaviy rangtasvir orqali ijodkor borliqda bo'layotgan jaroyonlarni badiiy yechimlari orqali o'z ijod namunasida ifodalab beradi. Demak ko'rinib turibtiki glaballashuv jarayonlar, axborot tehnikalarini rivojlanishi, olib borilayotgan islohatlar hammasi ijodkorga tasirini o'tkazadi. Rangtasvir shunday tushunchaki uning maxsulini inson tinglamaydi yoki o'qimaydi balki ko'rish orqali ongli ravishda idrok qiladi. Shu jihatlari bilan insonlarga tasir o'tkazish jixatidan boshqa san'at turlaridan yuqoriroq turadi. Rangtasvirning yaratilishi, tehnika va turlari, qo'llash usullari shu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilan bir qatorda boshqa san'at turlari bilan aloqadorligi haqida ushbu bo'limda izohlab o'tamiz. Ma'naviyatimizni yuksaltirishga qaratilgan, davlat teatrlar, san'at va madaniyat maskanlari, diniy maskanlar, muqaddas qadam joylar rangtasvir bilan uyg'unligi, ulardagi dekarativ yechimlar va ramziy ma'nolar haqida tadqiqotni olib boramiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Rangtasvir deb tekis yuzada turli rang va materyallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo'yoqlar akvarel, guash, tempera, moyli bo'yoqlar shuningdek rangli qalamlar, ko'mir, qalam, pastel, sous, sangiha kabi badiiy materyallar bilan ishlash harakterlidir. Rangtasvir asarlarini yaratishda ranglar muhum axamiyatga ega. Ranglarni tabiatda hosil bo'lishi, tarqalishi va uning o'ziga hos hususiyatlari qadimdan san'atshunoslar, olimlar va rassomlar diqqatini tortgan.

Rang haqida ilmiy tushuncha bo'lishisidan oldin odamlar yorug'lik va rangalar nisbatini to'g'ri anglab yetmaganlar. Bu haqida J.Vazariy shunday deydi: rassomlar avval faqat bir ranngdan foydalanib ishlaganlar, shuning uchun greklar ularni ( monohromatiklar - monos- bir va chroma-rang) deb atalgan. Bu ham yuksak mavqeyga egalikni ko'rsatgan1. Keyinchalik Zavkis, Timanov, Palignot, Timanf kabi rassomlar to'rt xil rangdan foydalanganlar.

Asarlarni yorqinlashuvi va borliqni o'ziday aks ettirish maqsadida ranglar bir-biri bilan uyg'unlashinib yangi turlari yaratilgan. Rang odamlarning his-tuyg'ulari va ruhiy holatiga ta'ir qilishi, rangli tebranishlarning insonga ta'sirini o'rganib, hayotingizni ko'p jihatdan o'zgartirishingiz mumkin. Har bir rangni ohanglari befarkil uyushmalarga ega bo'lib, u shahisning idroki va obyektlarining hajmiga ta'sir qiladi. Rangli tebranishlar susaytirish, qo'zg'atish va o'ziga jalb qiliash yoki chalg'itishi mumkin. Rang palitrasi bo'yida to'xtatilgan harakatlar taskin topadi, aks ettirish va ijodkorlikka hissa qo'shadi. Rang vibratsiyalari insonni fiziyalogiyasiga ta'sir qilib uni ruhiy holatini o'zgartirishi mumkin. Shu jihatdan raglar issiq va sovuq ranglarga bo'linadi.

Issiq ranglar- qizil, bordo, to'q sariq, sariq, jigarrang, kulrang va boshqalar. Sovuq ranglar- oq, moviy, yashil, qora, ko'k va boshqa ranglar kiradi.

Ranglar turiga qarab o'z pihologiyasiga egadir. Qizil rang- extiros va fidokorli, faoliyat va maqsadga muofiqlik, harorat va yoruqlik holatlarini anglatadi.

1 Аскаров Ш. Архитектура Темуридов. Т., 2009.

2 Хакимов А.А. Ташкент: культурологический контекст урбанизма. // Доклад на научной конференции в Институте истории, посвященной 2200 юбилею города. - Ташкент, 2009. - С. 20-25.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Pushti rang- osmirlik, bolalik, aybsizlik bilan bog'liq. Shu bilan birga tushlar va ramontikani ifodalaydi. Bundan tashqari yoqimli va kuzatuvchanlikni oshiruvchi rang xisoblanadi.

Ranglarning ta'sirchan kuchidan rangtasvirchi rassomlar, zamonaviy tibbiyot, ijtimoiy sohalar keng foydalanmoqda.

Sariq rang- bu ilohiy kuch, quyosh enerdiyasi va oltinni ramzidir. Sariq rang iliq, quvonchli, yengil soya ma'nolarini anglatadi. Miyya faoliyatini qo'zg'atuvchi hisoblanib hotiralarni yangilaydi.

Binafsha rang- yurak xastaligi bor insonlarga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Qon tomir to'qmalarni chidamliligini oshiradi.

Rangtasvir asarlari qog'oz, mato, devor, oyna va yog'och kabi tekis yuzalarga ishlanadi. Rangtasvir asosini rasm tashkil etadi. Xar qanday rangtasvir ishida avvalo uni (risunka) yani qoralama holati ishlab olinadi. Shundan so'ng kompazitsiya (joylashuv) amalga oshirilib ranglar orqali nur va soya texnikalari qo'llaniladi. Rangtasvir asarlari bajarilishi tehnikasi jixadidan turlicha bo'lib, moy bo'yoqli, temperali, freskali, mazaykali, vitrajli, akvarelli, guashli, pastelli bo'lishi mumkin. Rangtasvir quydagi turlarga bo'linadi.

1. Dastgohlik rangtasvir

2. Monumental ( maxobatli ) rangtasvir

3. Miniatyura ( mo'jaz ) rangtasvir

4. Dekorativ ( bezak ) rangtasvir

5. Teatr-dekorativ ( bezak ) rangtasvir

Dastgohlik rangtsvir deyilganda rassomning mahsus asbobi dastgoh (molbert) yordamida ishlanadigan rur'atlar tushunuladi. Dastgohli asarlari uncha katta bo'lmagan mato, karton, faner va oynalarga ishlanadi. Dastgohlik rangtasvir ishlari kampuyutor grafikasi bilan bog'lanib ulardan asosan kinomotagrafiya va multtifikatsiya san'ati asarlarini jonlantirishda foydalaniladi. Misol uchun DISNEY kompaniyasi 20 soniyalik multfilim uchun 80 mingta chizilgan rasmlardan foydalanadi. Kino filimlarda persanajlardan tashqari orqa fondagi barcha dekaratsiyalar rassomlarni ijodi maxsulini jonlantirish orqali yaratiladi. Bundan tashqari kitob grafika san'ati va turli nashiryotlar, gazeta va jurnal bosmaxonalarida keng foydalaniladi.

Monumental rangtasvir (mahobatli) yani katta o'lchamdagi rangtasvir asarlari tushunuladi. Bu turdagi sarlar ko'pincha binoning ichki va tashqi qisimlariga tempera bo'yoqlari bilan ishlanadi. Monumental rangtasvirning mozaika, panno, vitraj, freska kabi turlari mavjud. Freska: asosan devorlaraga ishlanadi. Mozaika: turli tabiiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ikkilamchi materyallar- rangli oyna parchalari, tashlar, sitetik materyallardan bino devorlariga yoki tekis materyallar ustiga ishlanadi. Vitraj: binolarning deraza va eshik oynalari ustiga bo'yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichi va tashqari tomonidan bir xil ko'rinadi. Bunday asarlardan memorchilik san'atida ko'proq qo'llaniladi. Binolarning interyer va eksteryerlarini bezashda binoning rang-barangligini oshirishda ishlatiladi. Asosan diniy binolar, teatr binolari va jamoat tashkilotlari binolariga ishlatiladi. Bu asarlardan foydalanish nafaqat bezakdorlik balkiy binoning muxtini yaratish, cherkov va manastrlarda dininy talimot berish uchun foydalaniladi.

Teatr dekorativ rangtasviri spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan girim sahna jihadlari bilan bog'liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib spektakl mazmunini tomoshabinga keng va chuqurroq singdirishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnani yoritilishi va ranglarga alohida e'tibor qaratadilar. Spektakl bezaklari unda ifodalangan voqeya sodir bo'layotgan joy, davr, muhit to'g'risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqealarni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi. Shu jixatlari bilan teart san'ati va rangtasvir san'ati doimo hamohangdir.

Hozirgi kunda zamonaviy san'atning tez suratlarda o'sib borishi yangi yo'l va yangi g'oyalarni kashf qilmoqda. Bu esa san'at ijodkorlarini yanada ko'proq ishlashiga va xalqni ko'proq harakat qilishga undamoqda. San'at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San'at ijtimoiy hayotning murakkab, rango-rang munosabatlari bilan aloqador bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o'ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko'rinishi sifatida amal qiladi. San'at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo'lib, o'ziga xos qonuniyatlari vazifalariga ko'ra u alohida jamiyat birligini ifodalaydi.San'at jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o'tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi, hayotning turli jabhalarida odamlar faoliyat olib borishlarini rag'batlantiradi. Zamonaviy san'at bu yangicha qarash, yangicha yondashuv demakdir. Video art, instalyatsiya, audio art kabi yo'nalishlari esa tomoshabinning iloxiy va falsafiy tamondan ongini takomillashtirishga va o'tmish va kelajakni idrok qilishga chorlaydi.

Xulosa qilib shuni aytamizki, Rangtasvirdagi yo'nalishlar, XX asrning oxirlarida yurtimizda keng tarqalayotgan zamonaviylik aks etgan qartor yo'nalishlarni taxlil qilib ularni g'oyalarini ochib berdik. Bulardagi ranglarning mohiyati o'rganilib ijodda

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'llash usullari rang-barangligi o'rganildi. Rangtasvirdagi qo'llanilgan ramzlar va belgilarning falsafiy yechimlari izohlandi. Demak zamonaviy san'atda ijodiy g'oyaning ochib berish uchun makon va zamon tushunchasi va ranglarning psixologik jixatlari katta ahamiyatga ega ekanligiga iqror bo'ldim. Shu jihatlari bilan Zamonaviy rangtasvir jamiyatning asosiy bo'gini bo'lgan inson ongiga kata ta'siri bilan ahamiyatlidir.

Asarlarni tushinish va ularni tahlilida albatta hikoyanafislikka e'tibor berish lozim yani asarning kompazitsiyasi (joylashuvi), ranglar jilosi, asar g'oyasi, qo'llanilgan tehnika kabi birin-ketinlikda taxlil qilinadi. Shundan so'ng asar haqidagi rassomning ichki kechirmalari va badiiy ifodasi bilan tanishib chiqiladi. Asar haqida umumiy xulosa qilinadi. Ko'rib turganizdek rangtasvir san'ati ham o'z falsafasiga ega soha xisoblanadi. Uni tub mohiyatiga yetish uchun kishidan chuqur tafakkur, yuqori dunyo qarash talab qiladi. Bu sohani kengayishi yoshlarni kitobxonlikka, ma'naviy kuksalishga va shu bilan birga jamiyatimizni ma'naviy butunligini yanada mustaxkamlashishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. "Oliy Majlisga murojatnomasi", Toshkent ,2019.

2. Аскаров Ш. Архитектура Темуридов. Т., 2009.

3. Хакимов А.А. Ташкент: культурологический контекст урбанизма. // Доклад на научной конференции в Институте истории, посвященной 2200 юбилею города. - Ташкент, 2009. - С. 20-25.

4. Ахмедова Н.Р. Рассом - давр - тарих. // SAN'AT. - Тошкент, 2004. - №2. -

KyxH Hyp, 2009. - 334 6.

6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND

Б.20

5. Узбекистан тасвирий санъати антологияси. 1 жилд. Рангтасвир. -Тошкент:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

9. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

10. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

11. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

12. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

13. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

14. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

15. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

16. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

17. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

18. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

19. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

20. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

21. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

22. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

23. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

24. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

25. Мамазияев Хуршиджон Аъзамжон ^ли МА^ОМ САНЪАТИДА МУСИКД ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ // SAI. 2022. №C3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ma-om-sanatida-musi-a-chol-ularining-tadrizhi (дата обращения: 05.10.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.