Научная статья на тему 'RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS’LARNING AHAMIYATI'

RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS’LARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
394
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kontrast / nyuans / to‘n / rang tuslari / interpretatsiya / natyurmort / kompozitsiya / stilizatsiya / dekorativ / kombinatsiya rangtasvir / yorug’soya / och-to‘q / issiq-sovuq. / Contrast / nuance / tone / color shades / interpretation / still life / composition / stylization / decoration / combined painting / light-shadow / light-darkness / heat-cold.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yunusaliyev, M.T.

Ushbu maqolada bo‘lgusi pedagog rassom talabalarning rangtasvir fanida amaliy va mustaqil ta‘lim mashg’ulotlaridagi asosiy kamchiligi rangtasvir uchun muhim ahamiyatli bo‘lgan nyuans‘ rang tuslarini ko‘rmayot-ganligi va uni his etmayotganliklari yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF CONTRAST AND NUANCES IN PAINTING

This article analyzes the ways to solve the problem situation of students, the main drawback in the practical and independent teaching of painting is that they do not see and do not feel the nuances of color that are important for painting.

Текст научной работы на тему «RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS’LARNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada bo'lgusi pedagog rassom talabalarning rangtasvir fanida amaliy va mustaqil ta'lim mashg'ulotlaridagi asosiy kamchiligi rangtasvir uchun muhim ahamiyatli bo'lgan nyuans' rang tuslarini ko'rmayot-ganligi va uni his etmayotganliklari yuzasidan muammoli vaziyatni yechimlari tahlili.

Kalitso'zlar: Kontrast, nyuans, to'n, rang tuslari, interpretatsiya, natyurmort, kompozitsiya, stilizatsiya, dekorativ, kombinatsiya rangtasvir, yorug'- soya, och-to'q, issiq-sovuq.

В данной статье проведен анализ путей решения проблем-ной ситуации студентов, основной недостаток в практическом и самосто-ятельном обучении живописи заключается в том, что они не видят и не чувствуют нюансы цвета, важные для живописи.

Ключевые слова: Контраст, нюанс, тон, цветовые оттенки, интерпретация, натюрморт, композиция, стилизация, декоративность, комбинированная живопись, свет-тень, свет-тьма, тепло-холод.

THE IMPORTANCE OF CONTRAST AND NUANCES IN PAINTING

ABSTRACT

This article analyzes the ways to solve the problem situation of students, the main drawback in the practical and independent teaching of painting is that they do not see and do not feel the nuances of color that are important for painting.

Key words: Contrast, nuance, tone, color shades, interpretation, still life, composition, stylization, decoration, combined painting, light-shadow, light-darkness, heat-cold.

Kontrast - (franzuzcha qarama-qarshi demakdir.) Bir-biriga nisbatan keskin faollashgan ikki qarama-qashi rang tuslari yig'indisining, yonma-yon birgalikda yaqqol ko'zga tashlanishidir. Rangtasvir asarlarida och tusli yorqin ranglarning to'q

M.T.Yunusaliyev

Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Tasviriy san'at" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ВАЖНОСТЬ КОНТРАСТА И НЮАНСОВ В ЖИВОПИСИ

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tusdagi qorong'u ranglar bilan, hamda ularning issiq-sovuqlik darajalari ham qarama-qarshi bo'lgan rang tuslarining yonma-yon bo'lishidir.

Kontrastlik turlari:

- och to'qlikyoki og'ir-yengillik kontrastligi;

- rang tusllari kontrastligi;

- rang

- rang tuslarining issiq-sivuqlik kontrastligi;

- rang tuslarining to 'yingan kontrastligi;

dog'larining keng-torlik kontrastligi;

Realistik rangtasvirdagi kontrastlikda, qarama-qarshilikning uch hil jihatlari namoyon bo'lib, bular: rang tuslarining tonalligida, issiq-sovuqligida hamda narsalar o'lchamida. Lekin realistik rangtasvirda ular qarash nuqtasidan uzoq-lashgan sari perspektiva qoidalariga asosan o'zgaradi, ham tonda, ham rang tussida, ham issiq-sovuqligida, ham o'lchamida. Kontrastlikda ton tuslari orqali:

Och-to'q, yorug'-qorang'u, og'ir-yengil, chuqur-sayoz; nozik-qo'pol, mayin-dag'al, yumshoq-qattiq, silliq va shular kabi narsalarning fakturasi hamda xususiyatlari ifodalanib, ranglarda esa yorug' va soyalarning bir-biriga nisbatan issiq yoki sovuqlik darajasi hamda ularning xususiy rang tuslariga ishora qilinadi. Masalan: oq-qora, ko'k-sariq, qizil-yashil va hokozo xususiyatlarining bir-biriga

nisbatan faolligi kabilardir. Bundan tashqari rangtasvir detallaridagi dog'larining masshtabida hamda bir-biriga nisbatan: katta-kichik, uzun-qisqa, uzoq-yaqin, baland-past, ingichka-yo'g'on, egri-to'g'ri, keng va tor, tik va yotiq kabi holatlari, xajmi, tuzilishi va ularning o'lchamidagi keskin farq qiluvchi shakllarning yonma-yon bo'lib, birdan ko'zga tashlanishi bu contrastlik belgisidir. Bunday kontrstlik alomatlarining butunlay aksi bo'lgan rang tuslarining bir-biriga nisbatan yaqinlashuvi esa «Nyuans'» tonlar deyiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Nyuans' - (fransuzcha nuanse - rang tuslarning nozik farqlanishi yoki, ton-larning bir-biriga nisbatan sezilar-sezilmas o'zgarishi ma'nosini anglatadi.) Yani turli hil ranglarining bir-biriga yaqin ton darajasidagi tuslanishidir.

Nyuans' nafaqat rangtasvida balki tasviriy san'at asarlarining barcha turlarida keng qo'llaniladi va u orqali badiiy asarlar jilolanib, sayqallanadi. Mumtoz yoki namunali rangtasvir asarlarida, ranglarining xar tarafga nozik tusda ochdan-to'qqa, issiqdan-sovuqqa, gohida faol gohida nafis sezilar-sezilmas o'zgarishini kuzatish

Nyuans' ranglarning tuslanishi.

B

mumkin. Ayniqsa soyalardagi reflekslarning bilinar-bilinmasligi nyuanslardir. Nnyunslar asarni g'oyat boyitadi, unga nafislik hamda vaqt va fazoviylik bag'ishlaydi.

ASOSIY QISM

Ma'lumki rang, badiiy asaridagi mazmunni ifodalovchi kompozitsiyaning asosiy vositasidir. Rang tuslari rangtasvirning asosiy quroli bo'lib, u orqali rangtasvir ustasi o'z asarlarida, dunyoning betakror hilma-hil go'zalligini aks ettiribgina qolmay, balki ularga jozibadorlik, dilbarlik, ulug'vorlik, ko'rkamlik va nafislik kabi ko'plab hususiyatlarni ifodalaydi. Bundan tashqari asarning asosiy mezoni bo'lmish ruhiy holat va kayfiyati ham ranglar orqali namoyon bo'ladi. Bunday hususiyatlarning mohirona ifodasi, turli hil usillar bilan rang tuslarining nyuans to'nlar darajasida bajarilishidir. Natyurmortdagi turli buyum fakturalarining jilvali tuslanishi nyuanslarning betakror natijasidir. Bunda buyumlar yuzasidagi nur va soyalarning fazoviy ko'rinishini bajarish uchun, avval soyalardagi tuslarning bir-biriga nisbatan tonallik, ya'ni ochlik-to'qlik darajalari aniqlanadi. So'ng, issiq va sovuq ranglarining xar hil kombinatsiyalashuvidan nyuans rang tuslari hosil qilinadi.

Aniq rangdan hosila yoki qo'shimcha rang tuslarining kombinatsiyalashuvi:

Siyoh va oqish-sarg'ish ranglarning kombinatsiyala shuvidan hosil bo'lgan qo'shimcha rang tuslari;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qizil va oqish- yashil ranglarning kombinatsiyalashuvidan hosil bo'l gan qo'shimcha rang tussi;

To'q-ko'k va och oxra hamda oq rnglarning kombinatsiyalashuvidan hosil bo'lgan qo'shimcha uyg'un rang tuslari;

Sariq va och siyoh hamda oq ranglarning kombinatsiyalashuvidan hosilbo'lgan qo'shimcha uyg'un rang tuslari;

Monoxrom garmoniyadagi rang tuslari-ning kombinatsiyasi

(yaqinlashtirilgan).

Bu jarayonda ishni dadillik bilan ikkilanmay tezlikda bajarilishi, tasvirga o'ziga hos tarzda erkinlik bag'ishlaydi. Agar rangtasvir ustalarining yaratgan asarlariga sinchiklab e'tibor berilsa ular qo'llagan kombinatsiyalarda tonallik jixatdan bir-biriga yaqin bo'lgan iliq va sovuq tusli nyuans ranglarning uyg'unlikdagi tonlar o'yiniga guvoh bo'lamiz. Albatta bunday turli hil ko'rinishdagi iliq va sovuq tusli nyuans ranglarning paydo bo'lishiga, uning atrodagi qurshab turgan narsalar rangining aks

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'siri sababdir. Bu qonuniyat hammaga ma'lum, lekin ko'pchilik talabalarning amaliy mashg'ulotlari hamda mustaqil ta'lim topshiriqlaridagi bajargan ishlarini kuzatar ekanmiz, ularning kamchiligi shundaki, asosiy e'tiborni nur va soyalardagi kontrastiga berib, soyalardagi rang tuslarining nyuans darajasidagi to'nlar kombinatsiyasini e'tiborsiz qoldirmoqdalar. Hamda ularga tasvirdagi yoritilgan qismlarga nisbatan ham, nyuanslarning munosib darajadagi to'n tussini topish ahamiyatsizdek qoldirgani. Tushuvchi va hususiy soyalardagi yarim soya hamda reflekslarni, boyitib ko'rsatuvchi, bir-biriga uyg'un iliq va sovuq tusli nyuans ranglarni aniqlash o'rniga, bitta rang tusiga bo'yab qo'yganini ko'ramiz. Natijada tasvirda fazoviylik, vaqt va undagi holat tushunchalari o'z ifodasini topmagan va ko'rinish zerikarli tus olgan. Quyida talabalar bajargan natyurmort va manzara janridagi ranglavhalardan misol keltiramiz. Natyurmortdagi mato va buyumlarning soyalarida, shuningdek manzaradagi nur va soyalarida ham nyuans rang tuslarining o'yini yetishmayabdi. Hamda manzarada nur va soyalar rangi bir-biriga nisbatan issiq-sovuqlik darajalari ham qidirilmagan. Shuning uchun buyumlardagi hajm-dorlik, manzarada esa fazoviylik darajalari nihoyasiga yetmasdan chala qolgandek. Balki talabani xali yetarli bilim, ko'nikma va malaka olishga ulgurmaganligidami yoki unga tasvirlanayotgan manzara shunday ko'rinishi qoniqarlimi? Lekin shuni unutmaslik kerak, insonga tabiatning mo'jizasi bo'lmish fantaziya qilish qobiliyati berilgan. Agar talaba, o'z ishiga ozgina fantaziya bilan yondoshsa, rang tuslarini ham sekin asta his eta boshlaydi. Faqat rang tuslari oyinining issiq va sovuq kombinatsiyasini qiziqarli tarzda ifodalashni maqsad qilib, ilhom bilan astoydil izlansagina maqsadga erishadi. Haqiqatdan bunday deyishga asos bor, chunki tasvirlanayotgan xar qanday ob'yektning ham rangidan, ham shaklidan qiziqarli jihatlarini topsa bo'ladi, agar uni astoydil kuzatib, fantaziya bilan izlansagina.

Shuning uchun ob'yektni fantaziya bilan turli usullarda bir necha bor ishlab ko'rish tavsiya qilinadi, hamda mashg'ulotdan so'ng ularni bir-biriga taqqoslab, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Borliqni real fazoviy ko'rinishini tasvirlash jarayonida nyuans rang tuslari muhim ahamiyatga ega. Ular soyaning ton jihatdan umumiy yaxlitlik darajasini saqlagan holda, bir-biriga

178

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

nisbatan yorug'lanayotgan tomoniga uch hil o'zga-ruvchan xarakterli hususiyatini ya'ni: birinchisi umumiy tonga nisbatan ocharish yoki to'qarish darajasini; ikkinchisi ranglarning iliqlikka yoki sovuqlikka, hamda uchinchisi umumiy tonga nisbatan rang tussining to'yinganlik jihatdan faollikka yoki passivlikka sezilarli darajadagi intilishini fantaziya yordamida his etish va uni bajarish ko'nikmasini puhta egallagan taqdirdagina, talabalar o'z asarida rang tus-lanishining xarakatli kompozitsiyasiga erishadilar. Rangtasvirning asosiy tamoyili ham shundadir. Akademik rangtasvirda (Loran Parsel'yening «Quyosh nurlari bilan yo'g'irilgan soyalar o'yini» asari misolida yorug' va soyalardagi nyuans rang tuslarini perspektiva qoidalari asosida qiziqarli tarzda bajarilganligini guvohi bo'lamiz va mana shu asar misolida holatni tahlil qilamiz) contrast va nyuans'larni ahamiyati shundaki, buyumlarga tushayotgan nur va soyalarning kontrastligi keskin bo'lishi va soyalardagi nyuans'larni aniq rang tuslari bilan ifodalanishi orqali vaqtni, yani kun quyoshli ekanligiga ishora bo'lsa, yoki aksincha buyumlardagi nur va soyalarning rang tuslaridagi keskin-lik darajasini kamaytirish orqali esa kunning bulutli holati namoyon bo'ladi. Biroq rang tuslaridagi umu-miy holatini perspektiv qoidalariga asosan bajarilgandagina borliqni fazoviy xolati ishonarli tarzda gavdalanadi.Bunda tasvirdagi qismlar uzoqlashgan sari, xar bir kontrast va nyuans tonlar perspektiv qoidalariga asosan faolligi susayadi, hamda to'n darajalari ham passivlashib xiralashadi va rang tuslari esa iliqlikdan sovuqlikka o'zgarib boradi. Oldingi plandagi kontrast va nyuans' rang tuslari esa faol bo'lib issiq ranglar uyg'unligiga intiladi. Quyida D. Teylorning manzara janridagi ranglavha (etyudi) misolida nyuanslarni ko'rib chiqamiz.

Ranglavhadagi to'q, og'ir tusli qoramtir dog'lar nafaqat nyuans' rang tuslarini ko'rsatibgina qolmay, balki kartinaning umumiy og'irlik darajasi hamda uningyorug'lik meyyoriy darajasini ham aniq belgilamoqda. D. Teylorning ush-bu manzarasida turli hil bo'lgan issiq va sovuq nyuans' ranglarning umumiy gam-madan chiqmagan holda bir-biriga yaqin uyg'un to'nallikda tuslanishi mohirona tarzda ifodalangan.

179

x/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Dekorativ kompozitsiyalarda kontrast va nyuans'lar.

Dekorativ so'zi ma'nosiga ko'ra bezakli tarzda bajarishni ta'qazo qiladi. Yani kompozitsiyada, shakllarda, ranglarda, fakturada hamda usulubda soddalashtirish usulida bezakli ishlash, rassomlar tilida "stilizatsiya" - deyiladi. Dekorativlikda tasvirdagi shakllar, rang tuslari, texnik usul ham g'oyaviy maqsadga muvofiq ma'lum bir ma'noga yo'naltiruvchi uslubiy stilizatsiyalashtiriladi. Buni biz hind rassomi

mo'yqalamiga mansub dekorativ natyurmort kompozitsiyasi misolida, faqat rang tuslari jihatdan kontrast va nyuans'larni ko'rib chiqamiz. Dekorativ xarakterdagi kom-pozitsiyalardagi panno, manzara yoki natyurmortlarda kontrast va nyuans' rang tuslaridan g'oyaviy maqsadga muvofiq, keskin kontrastli yoki aksin-cha bir-biriga yaqin tusli, shuningdek turli hil ko'rinishdagi fakturali usullar-dan foydalanish

mumkin. Masalan, berilgan ushbu dekorativ natyurmortda, rang tussi jihatdan sovuq va to'q fonda issiq tusdagi yorqin nyuans' ranglarda ifodalangan amaliy san'a tbuyumlari qurshovidagi sovuq va to'q tusli asosiy buyumda ham issiq tusdagi nyuans' tang tuslari ishtirok etmoqda. Ushbu usuldagi nyuans' rang tuslari o'z navbatida dekorativ faktura ro'lini ham o'ynamoqda, shu bilan natyurmorni boyitib, unga jilvali yorqin jozibadorlik bag'ishlamoqda.

180

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

qilib aytganda ushbu maqoladagi bo'lgusi pedagog rassom talabalarning aksariyatini bajargan ranglavhalaridagi asosiy kamchiligi shundaki, ular rangtasvirning muhim ahamiyatga ega bo'lgan nyuans rang tuslarini ko'rmayotganligi va uni his etmayotganliklari yuzasidan qilingan tahlil natijasining, quyidagi xulosaga ko'ra. Ular chizgan rasmlarida yorug' va soyalardagi nyuans rang tuslari ustida ijodiy izlanishlar olib bormasdan, bitta rang tussiga bo'yab qo'yilishi. Natijada ularning rangtasvirida vaqt va fazoviylik tushunchalari o'z ifodasini topmagan. Bu muammo yechimi ustida izlanilganda shular ma'lum bo'ldiki, so'ngi vaqtlarda ko'pchilik talabalar ayniqsa mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishda natura o'rnida mobil telefonida olingan foto rasmlardan foydalanayotganligi ayon bo'lmoqda. Afsuski internet tarmog'ining yutub kanaliga joylashtirilgan aksariyat pedagog-rassomlarning mahorat darslarida ham xuddi shunday hol kuzatilmoqda. Foydalanish mumkin qachonki talaba undan ijodiy interpretativ talqinda kompozitsiya yaratish jarayonida, yoki namunali rangtasvir asarlaridan nusxa ko'chirganda ham undan-da foydaliroq bo'lib, undan rangtasvirning nafaqat texnik usullari, balki ranglar koloriti, nyuans' ranglar garmoniyasi, rang kontrastlarini perspektiv holatini va shu kabi rangtasvir qoidalarini o'rganar edilar. Bu jarayon talabada rang ko'rish qobiliyatini shakllanishiga ijobiy ta'siri bo'lib, va shundagina talabalar nyuans rang tuslarining rangtasvirdagi ahamiyatini his etgan bo'lar edilar. Shuning uchun borliqni real tasvirlashda talabalarni faqat naturadan foydalanishga jalb qilishimiz va unga chaqirishimiz endigi dolzarb masalalardan biridir.

Jaxon tasviriy san'at ustalari: Avstraliyalik rassom D. Teylorning ranglavhasi va fransuz rassomi Loran Parsel'yening «Quyosh nurlari bilan yo'g'irilgan soyalar o'yini» asari hamda hind rangtasvir ustalarining dekorativ natyurmort janridagi kartinalaridan, shuningdek talabalar bajargan natyurmot va ranglavhalardan foydalanildi.

REFERENCES

1. Р.Ш. Xaлилов. Учебное пособие «АКВАРЕЛЬ» ТАШКЕНТ 2009 г. (5-16 betlar)

2. N.V.Gilmanova. "Yorug'lik va rang" O'quv qo'llanma.Toshkent- 2012, S.288

3. В.С.Шаров. АКАДЕМИЧЕСКОЕ ОБУЧЕНИЕ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНО-МУ ИСКУССТВУ. Москва 2013 г. ООО «Издательство Эксмо»

4. В. Ю. МЕДВЕДЕВ. «ЦВЕТОВЕДЕНИЕ И КОЛОРИСТИКА». Учеб-ного пособия. Санкт - Петербург. 2005 г.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. R. Xudoyberganov. Rangshunoslik asoslari-Toshkent. G'.G'ulom nomida-gi nashriyot-matbaa ijodiy uyiushmasi. 2006.

6. S. Abdirasilov. Tolipov N. Rangtasvir. - T.: Bilim, O'MKXTM, 2005.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

9. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

11. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

12. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

13. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

14. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

15. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

16. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

17. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

Internet saytlari:

18. www.wikihow.com

19. www.helenstrom.blogspot.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.