Научная статья на тему 'ZAMONAVIY O‘QITUVCHI QIYOFASI'

ZAMONAVIY O‘QITUVCHI QIYOFASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
275
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonov Jaxongir To‘Rayevich

Bugungi texnologiya, axborot, innovatsiya rivojlanib borayotgan jamiyatda o‘qituvchi kechagi davr o‘qituvchisidan o‘zga qiyofada bo‘lishi lozim. Afsuski, keyingi, 30 yil balki undan-da ko‘proq vaqt davomida ayrim johil o‘qituvchilar sababli yoxud davlatning bu kasb egalariga bir oz e’tibori kamayganligi sabablimi, bu sohada kechiktirmasdan islohotlar o‘kazilishi lozim deb bildim. Yaqin 3 yil davlatimiz tomonidan o‘qituvchi mavqeyi qayta o‘z o‘rnini topishi uchun qilingan davomli islohotlarga mashaqqatli bo‘lsa-da, o‘qituvchini zamonga xos va mos bo‘lishi haqidagi takliflarimizni bildirdik. Demek, davlatning o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati o‘zgargan ekan, endi jamiyatni bu kasb egalariga bo‘lgan munosabatini faqat soha egalarining o‘zi o‘z mehnati bilan o‘zgartira oladi. Jumladan, buyuk shoir va olim, fors-tojik adabiyotining ulug‘ namoyondasi Abdurahmon Jomiy o‘z pedagogik qarashlarida soha egalarini adolatga, xushmuomalalik va dono so‘zlar bilan xizmat qilishga da’vat etadi. Shunday ekan, umumiy savol tug‘iladi: “Xo‘sh zamonaviy o‘qituvchi qiyofasi qanday bo‘lishi kerak?” O‘rganishlarimizda biz zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi 6 xususiyat bo‘lishi shart deb fikr bildiramiz:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY O‘QITUVCHI QIYOFASI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ZAMONAVIY O'QITUVCHI QIYOFASI Qurbonov Jaxongir To'rayevich

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 44-o'rta maktab tarix fani o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10035875

Kirish

Bugungi texnologiya, axborot, innovatsiya rivojlanib borayotgan jamiyatda o'qituvchi kechagi davr o'qituvchisidan o'zga qiyofada bo'lishi lozim. Afsuski, keyingi, 30 yil balki undan-da ko'proq vaqt davomida ayrim johil o'qituvchilar sababli yoxud davlatning bu kasb egalariga bir oz e'tibori kamayganligi sabablimi, bu sohada kechiktirmasdan islohotlar o'kazilishi lozim deb bildim.

Yaqin 3 yil davlatimiz tomonidan o'qituvchi mavqeyi qayta o'z o'rnini topishi uchun qilingan davomli islohotlarga mashaqqatli bo'lsa-da, o'qituvchini zamonga xos va mos bo'lishi haqidagi takliflarimizni bildirdik.

Demek, davlatning o'qituvchiga bo'lgan munosabati o'zgargan ekan, endi jamiyatni bu kasb egalariga bo'lgan munosabatini faqat soha egalarining o'zi o'z mehnati bilan o'zgartira oladi. Jumladan, buyuk shoir va olim, fors-tojik adabiyotining ulug' namoyondasi Abdurahmon Jomiy o'z pedagogik qarashlarida soha egalarini adolatga, xushmuomalalik va dono so'zlar bilan xizmat qilishga da'vat etadi. Shunday ekan, umumiy savol tug'iladi: "Xo'sh zamonaviy o'qituvchi qiyofasi qanday bo'lishi kerak?"

O'rganishlarimizda biz zamonaviy o'qituvchi qiyofasida quyidagi 6 xususiyat bo'lishi shart deb fikr bildiramiz:

1. O'qituvchida estetik go'zallik bo'lishi lozim;

Bu narsa keyingi vaqtlarda uzoq qishloq maktablarida faoliyat yurituvchi ayrim erkak o'qituvchilarda g'oyat muhim kiyinish madaniyatida mumtoz shim, oddiy ko'ylakdan tortib hatto soqol va sochning chiroyli parvarish qilinishi muhim hisoblanadi.

Ayrim oliygohlarda dars beradigan ayrim yosh xotin-qiz o'qituvchilarning a'zolarini bilintirib ko'rsatadigan kiyim-kechaklaridan va shunaqangi dizayndan umuman voz kechilishi kerak. Allomalarimizning so'zi bilan aytganda, maktab, oliygoh ziyo tarqatadigan muqaddas dargoh! Ushbu muqaddas dargohda hech qanaqangi fikr chalg'ituvchi hech holatlarga o'rin bo'lmasligi lozim.

Ze'ro, Charliz Darvin aytganidek: "Inson tabiati o'zidagi go'zallikni doim bo'rttirishga harakat qiladi". Biz pedagoglar esa oddiylikka qarab borishimiz, yosh qalblarda uni qabul qilmoqlikni o'rgatmog'imiz kerak.

Oshxona odoblari va so'nggi vaqtlarda chekish masalasi ham o'quvchiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Fikrim, o'qituvchi oshxonada sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishda o'quvchiga o'rnak bo'lishi, ayniqsa, chekishini maktab o'quvchilari umuman ko'rmasligi kerak. O'qituvchini umuman chekmasligi maqsadga muvofiq, albatta. Bularning barcha maktab o'quvchisi estetikasining shakllanishida muhim rol o'ynaydi.

2. O'qituvchida huquqiy madaniyat bo'lishi kerak;

Bugungi kunda ayrim o'qituvchilarimiz konstitutsiyamizning asosiy moddalari: fuqarolar tengligi, fuqarolarning erkinliklari, huquqlari va burchlari, ta'limga oid moddalarini bilmaydilar. Hokimiyat tizimi va boshqaruv organlar vakolatlari, hattoki, o'qituvchilarning vakolatlari, huquqlari va burchlarini bilmaydigan o'qituvchilar ham ko'pchilikni tashkil qilmoqda.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Bugungi o'qituvchi nafaqat qomusimizni, balki ta'limga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlami mukammal bilmog'i shart. Chunki bizning ta'lim tizimimizda pedagog kadrlarga "Demokratik jamiyat qurish nazariyasi" fani va boshqa huquqiy fanlar o'tiladi. O'qituvchilar huquqiy savodxonligining pastligi oqibatida, millat tarbiyachilarini majburiy mehnatga jalb etilish holatlari yoki sohani botqoqqa botiradigan korrupsiya illatlari namoyon bo'lmoqda. Natijada, o'qituvchining haq-huquqi toptalmoqda.

Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o'qituvchi o'quvchilar yoki ularning ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali vaziyatda masalaga adolatli yondashib, o'z haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi. Umumiy muammolarni esa davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a'zo bo'lib, kerak bo'lsa parlament orqali qonunchilikka o'zgartirish kiritib jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa albatta, huquqiy madaniyati yuksak shakllangan bo'lishi lozim. Ze'ro, Ibn Sino pedagogik qarashlarida, - ma'rifatli kishi jasur, o'limdan ham qo'rqmaydigan, faqat haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo'lishi lozim, deb aytgan.

3. O'z ona tilidan boshqa yana xorijiy tillarni bilishi kerak;

Avvalo, o'qituvchi davlar tilini yaxshi bilishi va undan keyin kamida bitta jahon tilini bilishi kerak. Masalan, ingliz tili. Ingliz tili unga kelajakda jahonga yo'l ochadi. Xorijiy davlatlardagi ilmiy anjumanlarda qatnashadi. Kasbiga zamonaviy yondashib yangi o'zgarishlar qilishga sababchi bo'ladi. Endi ingliz tili unga dunyoga yo'l ochgan bo'lsa, o'qituvchi davlat tilidan boshqa uchinchi tilni, ya'ni sohasiga turdosh bo'lgan tilni bilishi lozim. Masalan, o'zbek tili va adabiyot fani o'qituvchisi fors tilini bilishi, fors adabiyotini chuqurroq o'rganishi sohada mukammal bilimga ega bo'lishiga olib keladi. Tarix fani o'qituvchisi esa, bizning ko'plab tarixiy asarlarimiz arab tilida yozilganini hisobga olsak, uchinchi til sifatida arab tilini tanlashini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. VIII-XVIII-asrlar adabiyotlari katta ma'naviy qiymatga ega. Yoki tibbiyot fanlari ham rus tilini o'rganish orqali yanada rivojlantirilishini aytishimiz mumkin.

Xalqimizda, "Til bilmoq - el bilmoq!" degan naql bor. Demak biz jahon tilini yoki o'z fanimiz asl tarkib topgan vaqtdagi yozma manbalar yozilgan tilni bilishimiz o'sha zamon muhitiga kirib borishimizni anglatadi. Zero o'sha muhit, o'sha zamon ruhi bilan yashay olgan mutaxassis fanning bugungi kelajagi haqida qayg'urib, uni yuksaklikka olib chiqadi.

4. Axborot va axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi lozim;

Bugungi globallashuv davrida o'qituvchi o'z yurti va dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalardan har kuni xabardor bo'lishi lozim. Aytaylik, bugungi xabarlar sahifasining eng muhokama markazida bo'lgan sahifani olamiz. Masalan, Eron davlatini o'z hududi biologik yadroviy qurol yaratishda AQSh tanqid qildi. Maktab miqyosida ushbu masala fizika fani o'qituvchisi tomonidan yadroviy qurol yasalishi uni yasashda ishlatiladigan moddalarning fizik xususiyatlari o'rganilsa, kimyo fani o'qituvchisi uni havoga ta'siri va yasaladigan qurolning kimyoviy tarkibini o'rgangan holda xulosa qiladi. Yoki ertalabki yig'indayoq huquq fani o'qituvchisi Eronning yadroviy qurolni yasash huquqi bor-yo'qligi, o'zining ichki ishi yoxud xalqaro huquq qoidalariga to'g'ri kelishi yoki to'g'ri kelmasligi haqida aytishi kerak. AQSh uning ichki ishlariga daxl qilgan yoki qilmayotganligi fan bilan tushuntirilishi lozim. Tarix o'qituvchisi masalaga tarixiy yondashuv bilan baho berishi va xulosa chiqarishi lozim.

Demoqchi bo'lganimiz, o'qituvchi eng shov-shuvli kun xabarlarini sohasidan kelib chiqib, o'quvchiga ochib bera olishi muhim hisoblanadi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Yoki oliygoh o'qituvchisi ham ushbu sohada talabalarga ilmiy nuqtai nazariga tayanib, fikr bildirishi yoxud talabaning fikrini eshitib, muhokama qilib, adolatli, xolis yondashib bu ikkala AQSh va Eron davlatiga taalluqli masalaga ilmiy baho berishi lozim. Endi axborot vositalaridan yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida gapiradigan bo'lsak, o'qituvchi zamon bilan hamnafas bo'lib ta'limga yangi innovatsiya joriy qilgan holda dars o'tishi juda muhim. Bu narsa AKT (axborot kommunikatsion texnologiya) o'qituvchi faoliyatini samarali natijaga ko'taradi.

AKT jarayonda qo'llanilishi yangi usullar va axborotni yig'ishni takomillashtiradi. Bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, ilm olishga qiziqishi ortadi. Mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorlik yaxshilanadi, bolaning aqliy jihatdan rivojlanishiga hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini orttirishga yordam beradi.

Jahon pedagogika olimlari M.O. Bulanova, Toporkova va boshqalar ham o'qituvchining axbotot texnologiyalari bilan ishlashi g'oyat muhim ekanligini isbotlashgan.

5. O'qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashiivchan bo'lishi kerak;

Ijtimoiy moslashuv nima?

Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning fikriga ko'ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo'ysunish emas, maqsadga erishish yo'lida harakat yoki harakatsizlik kabi o'zgarishni aytadi.

O'quvchilarga ta'lim berayotgan maktab o'qituvchisi o'quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan xabardor bo'lishi kerak. Ya'ni, Dobrinkov g'oyasiga qaytadigan bo'lsak, o'qituvchi, o'quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida unga dastlabki qadam tashlab, o'quvchining ro'hiyatidan kelib chiqib, uni o'zgartira olishi shart. Bu, albatta, dars mobaynida o'quvchini darsga bo'lgan qiziqishini uyg'otadi, diqqatini oshiradi. Ibn Sino har bir insonning temperamentidan kelib chiqib, unga alohida e'tibor berish kerakligini ta'kidlaydi. Forobiy bo'lsa, "inson aqli faqat bilish bilan cheklanmaydi, balki, odatlar va qarashlarni o'zining maqsadalariga bo'ysindira olishi, yo'naltirishi, o'zgartirishi ham mumkin" - deb yozadi.

Demak, bilamizki, pedagog o'qituvchi jamiyat, voqelikka, atrof-muhitga psixologik moslashuvchan bo'lishi lozim.

6. O'qituvchining qalbi adabiyotga oshno bo'lishi kerak;

O'qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o'qishi lozim. Demoqchi bo'lganimiz jahon, o'zbek va mumtoz adabiyotdan xabardor bo'lishi orqali halollik, jonkuyarlik, vatanparvarlik, mardlik, fidoiylik kabi tushunchalarni talaba ongiga singishiga olib keladi. Mumtoz adabiyotni oladigan bo'lsak, maktabda yoki oliygohda o'tadigan "Navoiyxonlik", "Boborshunoslik" kabi tadbirlarda namuna bo'lib o'rnak ko'rsatilishi o'quvchi va talabalarga bu chiroyli motivatsiya beradi. Ularning qalbida she'riyatga, adabiyotga muhabbat uyg'otadi. Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o'quvchilar kelgusida ba'zi vatanfurushlik, vafosizlik, ota-onaga ozor berish kabi katta gunohlardan hamda loqaydlik, befarqlik kabi bugunda muammo bo'lib turgan yomon illatlardan nafratlanadi. Bu o'qituvchida ta'limni tarbiya bilan olib borishda zamonaviy yo'nalish kasb etadi. O'qituvchi o'z tolibi qalbiga adabiyotni olib kirish bilan birga, unda o'z tilini adabiy janrda talaffuz qilishni o'rgatadi. Tilni to'g'ri talaffuz qila olgan o'qituvchi, o'z tili va imkoniyatlaridan foydalana olgan ustoz chiroyli notiq hamdir. Zero, Abdulla Avloniy aytganidek: "o'qituvchi voiz, notiq bo'lishi bu o'quvchilarda dars davomida o'zbek tilini to'g'ri talaffuz qilish va so'zlashni o'z joyiga qo'yib gapirishni o'rgatadi. Natijada o'quvchi fikrini ona tilida aniq bayon qila oladi.

19-1

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Mahmudxo'ja Behbudiy 1912-yilda o'z xulosalarini shunday ifoda etgan: "Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo'lur".

O'qituvchida shuncha xislatlarni ko'rgan o'quvchi hayotga o'z ustozining ko'zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko'rib unga muhabbat qo'yadi. Shu go'zal hayotning, millatning chiroyiga o'z hissasini qo'shish uchun ulg'ayadi. Eng asosiysi, u o'quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga men kerakman, degan milliy ruhda kamol topadi.

Bugunning muammosi esa zamonaviy o'qituvchi oldida turgan vazifa, jonajon Vatanni sevadigan, demokratik davlat huqarosini kamol toptirishdir.

Bugungi g'ala-g'ovur dunyoda ustoz o'z so'ziga, o'z o'rniga, o'z obro'yiga ega bo'lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart. Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb egalari uchun ham farz, ham qarzdir! Uning o'quvchisi jonajon yurtimiz demokratik huquqiy jamiyatiga mos shaxs bo'lib tarbiya topmog'i lozim.

REFERENCES

1. Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq", Toshkent, 1991-yil;

2. Aliqulov N. "Gumanistik meros va shaxs ma'naviy kamoloti", Toshkent, "Falsafa va huquq" 2006-yil;

3. Jabborov M. "Komil inson g'oyasi: tarixiy-falsafiy tahlil", Toshkent, "Ibn Sino", 2000-yil;

4. Mirziyoyev Sh.M. "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizmini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish komissiyasini tuzish to'g'risida"gi Prezident farmoni, "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 13-yanvar, №-9, Bet-1.

5. Qodirov N.N. "Turkiston o'lkasidagi rus ta'lim muassasalari tarixi (1867-1917-y.y.)", Toshkent, 2013-yil;

6. Rajabov S. "Pedagogika fanining allomalari", Toshkent, 1991-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.