"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
MAKTAB TA'LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH - DAVR
TALABI
1Yoqubbekova Munavvar Muhamedovna, 2Xamidova Nargizaxon Sayfutdinbekovna
1Filologiya fanlari doktori, "Alla uyi" loyihasi rahbari. Toshkent
2Xalq ta'limi a'lochisi, "Evrika"NTM, o'zbek tili fani o'qituvchisi. Toshkent [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10034844 Annotatsiya. Maqolada raqamli texnologiyalarning maktab ta'limi uchun muhim ahamiyati haqida so'z boradi. Zamon talabiga ko'ra maktab o'quvchilarining IT-texnologiyalar bo'yicha savodxonligini oshirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan. Mualliflar bu boradagi hukumatimiz qo'yayotgan talablar haqida so'z yuritib, so'nggi 2020-2023-yillardagi Prezidentimiz tomonidan IT sohasini va IT-Parklarini rivojlantirish, barcha sohalarda raqamlashtirishni birinchi o'ringa olib chiqish va bu jarayonni kun sayin jadallashtirish masalalari qo'yilgani haqida so'z yuritishgan. Shu bilan birga, maqolada ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo'llash va kutilgan ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini beruvchi bir qator muhim omillar ko'rsatilgan. Bu omillarning jam bo'lishi muhim ta'limiy vazifalarni amalga oshirish uchun maktablarda raqamli ta'lim tizimining mustahkam o'rinlashuviga xizmat qilishi haqida so'z borgan. Davom etib, mualliflar bu jarayonga o'z yondashuvlarini atroflicha bayon etadilar. Bu o'rinda ular o'z tajribalaridan diqqatga sazovor namunalrga alohida to'xtalib o'tadilar. Xulosada ta'kidlanishicha, raqamli muhitning qamrovi kengayib borishi, raqamli texnologiyalarning barcha jabhalarda qo'llanilayotgani ta'lim tizimida qo'llash zaruriy ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bu esa o'z navbatida, raqamli ta'limning turli omillar vositasida samaradorlashib borishiga olib keladi. Bunda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining raqamli ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish savodxonligi, raqamli ta'lim maydoni, moslamalarining va resurslarining mavjud bo'lishi muhim o'rin tutadi.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, IT park, ta'lim, raqamlashtirish, samaradorlik, raqamli muhit, raqamli savodxonlik, raqamli moslamalar, muloqot.
Аннотация. В статье речь идет о важности цифровых технологий в школьном образовании. Согласно современным требованиям, особое значение придается повышению компетентности учеников в IT-технологиях. Авторы обсуждают внимание правительства, уделенное удовлетворению этих требований, включая развитие сферы IT и IT-парков с 2020 по 2023 годы, приоритет цифровизации во всех областях и решение проблем, связанных с внедрением и координацией этого процесса. Кроме того, в статье подчеркиваются важные факторы, способствующие эффективному использованию цифровых технологий в образовательном процессе и достижению ожидаемых положительных результатов. Интеграция этих факторов имеет решающее значение для успешной реализации систем цифрового обучения в школах и достижения образовательных целей. Авторы делятся своими мыслями, опираясь на свой опыт и приводя конкретные примеры. В заключение говорится, что увеличение распространенности цифровой среды и использовани00е цифровых технологий в различных аспектах образовательной системы подчеркивают необходимость их использования в процессе обучения. Наличие цифровых образовательных возможностей, развитие цифровой образовательной сферы и наличие соответствующих приложений и
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
ресурсов являются неотъемлемыми элементами для успешного цифрового обучения школьников.
Ключевые слова: цифровые технологии, IT парк, образование, цифролизация, оптимизация, цифровая среда, цифровая грамотность, гаджеты, общение.
Abstract. The article discusses the importance of digital technologies in school education. According to current demands, it is emphasized that enhancing students' competence in IT technologies holds significant importance in today's world. The authors discuss the government's focus on meeting these demands, including the development of the IT field and IT Parks from 2020 to 2023, prioritizing digitalization in all areas, and addressing the challenges of implementing and coordinating this process. Additionally, the article highlights a range of important factors that contribute to effectively utilizing digital technologies in the educational process and achieving expected positive results. The integration of these factors is crucial for the successful implementation of digital learning systems in schools to fulfill educational objectives. The authors provide their insights based on their experiences, referring to specific examples. In conclusion, the increasing prevalence of the digital environment and the utilization of digital technologies in various aspects of the education system highlight the necessity of using them in the teaching and learning process. The availability of digital learning opportunities, the digital learning field, and the presence of appropriate applications and resources are all essential elements for successful digital learning.
Keywords: digital technologies, IT park, education, digitalization, effectiveness, digital environment, digital competence, digital applications, communication.
Bugungi kun taraqqiyoti bois ta'lim tizimiga raqamli muhit shiddat bilan kirib kelmoqda. Xususan, O'zbekistonning ko'plab maktablarida elektron kundalik va jurnallar, interaktiv elektron doskalar, kompyuter, planshetlar, videokameralardan ta'lim va tarbiya jarayonida unumli foydalanilib kelinmoqda. Shuningdek, maktablarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar hisobiga interaktiv baza ma'lumotlari, turli axborot resurslari, o'quv platformalaridan foydalanish imkoniyati paydo bo'lmoqda. Bu imkoniyatlar ta'lim va tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun mustahkam zamin bo'lib xizmat qilmoqda. Ta'lim amaliyotida IT-texnologiyalarni qo'llash o'quvchilarning kelgusida zamonga mos mutaxassislar bo'lib yetishishiga imkon beradi. Ular o'zlari tanlagan har bir sohada ilg'orlik va peshqadamlikka erishadilar. Mamlakatimizga ertangi kun qo'yadigan talablarga javob bera oladigan mutaxassislar kerak. Butun dunyoda aksariyat tarmoqlarni raqamlashtirish jarayoni ketayotgan hozirgi davrda o'quvchi yoshlarning raqamli texnologiyalar bo'yicha savodxonligi va amaliy layoqati juda muhim.
Dunyo miqyosidagi ko'pchilik olimlar raqamlashtirishning ta'lim jarayoniga keng miqyosda jalb qilinishi XXI asr uchun juda muhim, deb hisoblashadi. Internet tarmog'idagi mediakontent, interaktiv elektron darsliklar bora-bora an'anaviy o'quv resurslarning o'rnini egallab kelmoqda. Hozirda taqdim etilayotgan bilimni qiziqarli videorolik ko'rish, onlayn test yechish, o'rganilayotgan obyekt bilan virtual tarzda tanishish o'quvchilar uchun tushunarliroq bo'ladi. Qolaversa, ma'lumotni bu tarzda yetkazish bolalar uchun ta'sirliroq bo'lib, xotirasida uzoq saqlanadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilgani bu jarayonni yanada jadal sur'atlar bilan rivojlantirish
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
kerakligidan dalolat berib turibdi. Yurtboshimizning: "Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur o'zlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yo'ldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol o'ynamoqda", deya qilgan murojaati sohaning rivojlanishiga e'tiborimizni yanada kuchaytirdi [1]. Murojaatda Prezident IT sohasini va IT-Parklarini rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Prezidentimiz
2022-yil avgustida Axborot texnologiyalari sohasi vakillari bilan uchrashuvda barcha soha rahbarlarini raqamlashtirishni birinchi o'ringa olib chiqishga da'vat etgan edi. Bu yil —
2023-yilning fevral oyida ushbu dolzarb masalaga yana qaytib, soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turganidek, raqamlashtirish — davr talabi.
Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo'llash va kutilgan ijobiy natijalarga erishish uchun bir qator muhim omillar zarur. Bular:
- Ta'lim beruvchi ustozning raqamli muhitda fanoliyat yurita olish kompetentliligi.
- Maktabning va, ayniqsa, sif xonasining raqamli ta'lim uchun zarur bo'lgan jihozlar bilan ta'minlanganligi.
- O'quvchilarning raqamli muhitda faoliyat yurita olish savodxonligi.
- O'quvchilarning ta'limiy muloqot va faoliyat uchun shaxsiy raqamli moslama(gadjet)lari mavjudligi.
- Raqamli ta'limning samaradorligi uchun darsda va darsdan tashqari beriladigan saboqlar mazmuni, mundarijasi va usullarining mavjudligi.
Yuqorida sanab o'tilgan omillarning jam bo'lishi muhim ta'limiy vazifalarni amalga oshirish uchun maktablarda raqamli ta'lim tizimining mustahkam o'rinlashuviga xizmat qiladi. O'zbekistonning barcha ustoz muallimlari qatori biz ham raqamli texnologiyalardan ta'lim jarayonida unumli foydalanish yo'lidan bordik. Zahiramizda onlayn ta'limiy testlar, mavzuviy videoroliklar, videodiktantlar, videoinsholar, taqdimotlar, onlayn gazeta, YouTube [2] va Telegram [3] kanallaridagi kontentlar, QR kodlar mavjud bo'lib, ular dars jarayonining samaradorligini oshirishda yordam berib kelmoqda.
Onlayn ta'limiy testlar yakka holda yoki guruh bo'lib bilimni sinash imkonini beruvchi eng tezkor va qulay vosita hisoblanadi. Hozirda bunday testlarning juda ko'p ko'rinishlari mavjud bo'lib, olingan bilimni tekshirish va kerakli xulosa chiqarish uchun ular juda samarali. Onlayn testlarni ishlaganda to'g'ri javob va natijani darhol bilish mumkinligi o'quvchilarga juda qiziqarli tuyuladi. Yo'l qo'yilgan xatoni o'sha zahoti ko'rish, bilmaganini bilib olish, tushunmaganini mustahkamlash, ustozdan so'rab bilish imkoni mavjud. Bunday testlarimizdan hozirda 21ta mavjud bo'lib, ularni tuzishga Telegram kanalida e'lon qilingan tanlov sababchi bo'lgan va yutuq sifatida pul mukofotini ham qo'lga kiritganmiz. QuizBot telegram boti uchun tuzilgan testlarga ularni ishlab ko'rgan o'quvchilardangina emas, balki boshqa insonlardan ham ijobiy sharhlar kelib turadi [4].
Har bir o'quv mashg'ulotiga yoki muhim tarixiy sana, bayram davralari uchun videoroliklar tayyorlash ham yaxshi samara beradi. Tasvir orqali berilgan ma'lumot xotirada yaxshi saqlanadi. Mavzu tushunarli bo'lish bilan birga yaxshi mustahkamlanadi. Videodiktant, videoinsholar namoyishi o'quvchilarda katta taassurot qoldiradi, savodxonlikni rivojlantiradi, ularni ijodkorlikka, yangidan yangi g'oyalar o'ylab topishga undaydi. Videoroliklar yaratish jarayoniga o'quvchilarni ham jalb qilish, ularda ijodkorlik ruhini tarbiyalash va yuksaltirishga
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
erishish ko'zda tutuladi [5]. Maktabimizda yuqori tezlikdagi internet, qulay interaktiv doskalar, Smart Tv ning mavjudligi o'qituvchi va o'quvchilar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Kerakli ma'lumot, tasvirlarni darhol topish va ulardan samarali foydalanish uchun barcha sharoitlarning mavjudligi quvontiradi.
O'quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish, ularni jurnalistika, matn yaratish, kopirayterlikka qiziqtirish maqsadida onlayn maktab gazetasini tashkil qilganmiz. Unda o'quvchilar ijodidan namunalar, yozilgan maqolalar, ustozlarga tabriklar, maktab hayoti, yangiliklar yoritilishi bilan bir qatorda, qiziqarli ma'lumotlar, hazillar, ibratli hikoyatlar, bayram tabriklari berib borish ham yo'lga qo'yilgan [6]. O'quvchilar o'z fikrlarini bayon qilish, biror voqea yoki hodisa yuzasidan munosabat bildirish, do'stlari va ustozlari bilan muloqot qilish, yozma nutqi, savodxonligini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Maktabimizda ta'lum rus tilida olib borilgani uchun onlayn gazeta o'quvchilarimizga o'zbek tilini o'rganish, og'zaki va yozma nutqini takomillashtirib borish minbari bo'lib ham xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yangilik ulashishning bunday shakli o'quvchilarimizda elektron matbuotni kuzatib borish ko'nikmasining shakllanishiga ham zamin yaratmoqda.
Dars o'tishda qo'l keluvchi yana bir vosita interaktiv doska bo'lib, u ta'lim berish uchun kerakli bo'lgan barcha imkoniyatlarni o'zida jamlagan. Mashg'ulot davomida undan ham yozuv taxtasi, ham internet orqali ma'lumot qidirish uskunasi, YouTube tarmog'idagi fanga doir videolarni namoyish qilish vositasi, onlayn test yechish, turli interaktiv o'yinlar tashkil etish qurilmasi, kompyuter sifatida foydalanamiz. Bu moslama - o'qituvchining eng yaqin yordamchisi.
Maktab ta'limi jarayonida raqamli texnologiyalar bilan yaqindan tanishgan, bu sohada o'zlari ham ijod va mashqlar vositasi sifatida yondoshgan o'quvchilar kelgusida mamlakatimizning "Bir million dasturchi" loyihasi ishtirokchilariga aylanishlariga qiziqish va imkon tug'iladi.
Xulosa qilib aytganimizda, raqamli muhitning qamrovi kengayib borishi, raqamli texnologiyalarning barcha jabhalarda qo'llanilayotgani ta'lim tizimida qo'llash zaruriy ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bu esa o'z navbatida, raqamli ta'limning turli omillar vositasida samaradorlashib borishiga olib keladi. Bunda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining raqamli ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish savodxonligi, raqamli ta'lim maydoni, moslamalarining va resurslarining mavjud bo'lishi, bizningcha, muhim o'rin tutadi. Biz — mutaxassis uztozlarning ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llashdagi vazifamiz: o'quvchilar va ta'limning mazmun-mundarijasi uchun xavf-u zararisiz, davrimiz uchun hozirjavob, ta'sirchan va samarador yo'llarni topib qo'llashdan iboratdir.
REFERENCES
1. 2020-yil 29-dekabr. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi https://it-park.uz/index.php/uz/itpark/news/prezident-murojaati-it-sohasini-va-it-parklarni-rivojlantirish-haqida
2. https://www.youtube.com/channel/UCsqExdLcNLMyBmYuSUN9UWA
3. https://t.me/xamidova_ijodi
4. @QuizBot /view_0xJzu1zJ /view_9aue6pYu
5. https://youtu.be/UCdKYCJcgAc?si= 6UOJhnHxpyls UO
6. https://t.me/evrikabilimdonijodkorlari
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2G23-yil
7. Ишмухдмедов Р., Юлдашев M. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар. - Тошкент, 2013. - 60 б.