¿> vil
l ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 J
ZAMONAVIY KIBERMAKON VA YOSHLARDA AXBOROT ISTE'MOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Maxsudjonov K.M. -
Qarshi xalqaro universiteti "Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boshqarmasi" boshlig'i
Bugungi kunda axborot almashinuvi jarayonlari tobora globallashib borayotgan bir paytda iste'molda juda ommalashib borayotgan terminlardan biri kibermakon tushunchasi bo'lmoqda.
Aslida, kibermakon tushunchasi birinchi marta o'tgan asrning 90-yillarida g'arb yozuvchisi Uilyam Gibsonning fantastik asarlarida foydalanilgan. Hozirga kelib esa kibermakon (kibernetik makon) keng ma'noda Internet tarmoqlari orqali ma'lum bo'lgan axborot resurslari olami(virtual borliq)ni anglatuvchi tushuncha sifatida keng qo'llanilmoqda.
Ma'lumki, keyingi o'n yilliklar mobaynida ijtimoiy hayotimizning turli tarmoqlariga zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan kirib kelishi barchamiz uchun axborot almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish borasida ulkan qulayliklarni yaratdi. Jumladan, barcha sohalarda kompyuter texnikasidan foydalanishning ommaviy tus olayotganligi, Internet tarmoqlari xizmatidan foydalanish kundalik hayotimizning zaruriy sohalaridan biriga aylanib borayotganligi, elektron pochta, faks, uyali telefonlar kabi vositalar har kungi turmushimizning ajralmas unsurlari sifatida o'rin egallayotganligi kishilarning turmush darajasini yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal qilishda juda muhim ahamiyat kasb etayotgan o'ziga xos kibermakon taraqqiyotiga xos bo'lgan eng muhim xususiyatlardir. Xususan, yoshlar ta'limi va tarbiyasida, ularning ongi va dunyoqarashini shakllantirishda hozirgi kunda vujudga kelgan ushbu makondan foydalanishning ahamiyati kun sayin ortib borayotganligini alohida ta'kidlash lozim.
Bugungi kunda kibermakonda tobora kengayib borayotgan Internet tarmoqlari orqali turli ma'lumotlarni olish yoki uzatish vositasida yoshlar o'zlarining bilimlarini chuqurlashtirish va boyitish, ma'naviy ehtiyojlarini yanada kengroq va to'laroq qondirish imkoniyatlariga ega bo'lishmoqda. Natijada internet xizmatlaridan foydalanishga nisbatan ehtiyojning shiddat bilan ortib borayotganligi oqibatida bu jarayonlar tobora globallashib boryapti.
Oxirgi yarim asr mobaynida axborot uzatish jarayonlarining 300 ming marta tezlashganligi, narxining esa ming barobar arzonlashganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Sayyoramiz uzra g'oyat ulkan axborot makoni - xalqaro internet tarmog'ining yuzaga kelishi veb-sahifaga joylashtirilgan istalgan ma'lumotning butun dunyo bo'ylab yashin tezligida tarqalishiga imkon yaratmoqda. Turli geopolitik maqsadlar uchun kurashayotgan kuchlar uchun esa endilikda kuch ishlatishdan ko'ra kishilarning qalbi va ongini egallash biror bir xalq yoki mamlakatni zabt etishning eng qulay vositasiga aylanmoqda, deyish mumkin.
Kezi kelganda shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, kibermakondagi ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot almashinuv jarayonlarida faqat salbiy jihatlarni ko'rish mutlaqo to'g'ri emas. Chunki internet tarmog'i imkoniyatlaridan foydalanishning turmush tarziga aylanib borayotganligi tufayli, xususan, yoshlarimizning intellektual salohiyati tezkor ravishda yuksalib bormoqda, virtual borliq orqali kerakli ma'lumotlarni juda tez qo'lga kiritmoqdalar va bu bilan jahon miqyosida ro'y berayotgan barcha yangiliklardan tezkor xabardor bo'lishmoqda.
Mutaxassislarning kuzatishlariga qaraganda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 2007 yilning oxirlaridan boshlab juda keng tarqala boshladi. Dunyoda ro'y berayotgan voqea va hodisalar haqidagi xabarlarni juda katta tezlikda va ayni paytda o'ta jozibador tarzda tarqatish kabi xususiyatlari zamonaviy kibermakonda ijtimoiy tarmoqlarning tez ommalashib ketishining asosiy sababchisi bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Eng e'tiborlisi, ushbu tarmoqlar odamlarga o'z istak va xohishlari, talab va orzularini hech bir chegarasiz, odob-axloq meyorlariga rioya qilmasdan ifoda etish imkonini yaratib berdi.
I ^a^cafoa Ba xyrçyK_philosophy & law journal_2024/2
Natijada ijtimoiy tarmoqlar ko'p hollarda an'anaviy ommaviy axborot vositalari o'rnini egallab, internet orqali ma'lumotlar, suratlar va videolarni jo'natishning qulay vositasiga aylanib qoldi. Bu esa o'z navbatida aholining doimo yangilikka o'ch qatlami bo'lgan yoshlarning ko'p vaqtlarini virtual borliqda o'tkazishiga olib kela boshladi. Tadqiqotlar ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning aksariyat ko'pchiligi yoshlar ekanligini yaqqol tasdiqlamoqda. Buning sababi ham oddiy, u ham bo'lsa, yoshlar yangiliklarga o'ch bo'lgan aholining asosiy qatlamini tashkil qilishidir. Oqibatda "Odnoklassniki", "Facebuk", "V kontakte", "Twitter", "Moy mir" kabi tarmoqlardan foydalanish keyingi yillarda yoshlar o'rtasida juda ommalashdi.
Biroq bu jarayonning ayrim yoshlarimiz tarbiyasida ko'plab salbiy oqibatlarga olib kelayotganligi keng jamoatchilik ongida jiddiy tashvish tug'dirmoqda. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlar ta'sirida yoshlarimizda internetmaniya ruhi va kayfiyati ortib borayotganligi, ular virtual olamda keragidan ortiq darajadagi vaqtini o'tkazayotganligi, ko'p hollarda esa bu ularda agressiv ruhiyatni yuzaga keltirayotganligiga sabab bo'lmoqda. Mutaxassislar fikricha esa, 1 soat boshni noto'g'ri holatda turishi umurtqa pog'onasida tuz to'planishi, uni noto'g'ri rivojlanishga olib keladi. Xususan, britaniyalik biolog olim Arik Sigman fikriga ko'ra, ijtimoiy tarmoqdan haddan tashqari ko'p foydalanish, real olamda odamlar bilan muloqotga kirishishning keskin kamayib ketishi inson sog'ligi uchun katta zarar keltiradi.
Bu, albatta, masalaning tibbiy-salomatlik bilan bog'liq tomoni. Biroq uning yanada xavfli tomoni ma'naviy jihatdan keltiradigan zarari va salbiy xavflari bilan bevosita bog'liqki, bunga zinhor befarq qarab bo'lmaydi. Bularga yoshlarimiz tomonidan turli g'arb "ommaviy madaniyat" mahsulotlariga berilish, ko'plab axloqsiz narsalarni ko'rish uchun behuda vaqtlarini sarflashayotganligi, ayrim jangari filmlarga nibatan qiziqishlarinig ortib borayotganligi kabilar kiradi. Xuddi shu bois taniqli jamiyatshunos olim Sherri Terkl o'zining "Birgalikdagi yolg'izlik" kitobida: "Ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar insoniylikni barbod qilayotgan ahmoqlikning yangi shaklidir", deya ta'rif bergan edi [2;129].
Ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalayotgan tahdidlaridan yana biri - ularning ta'sirida ko'pgina tinch-totuv oilalarning barbod bo'lib ketayotganligidir. Xalqimiz uchun esa qadim-qadimdan oila muqaddas hisoblanadi. Har birimiz muayyan oilada tug'ilish bilan birga ushbu muqaddas makonda qaror topadigan tartib-qoidalar ta'sirida ulg'ayib voyaga yetganmiz. Ota-onaga cheksiz hurmat, ayol zotini qadrlash, qarindosh-urug'larga nisbatan muruvvatli bo'lish, qo'ni-qo'shnilar bilan mehr-oqibatli bo'lish singari qadriyatlar millatimiz mentalitetining muqaddas jihatlaridir.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan aksariyat axborotlar esa yoshlarimiz ongidagi ana shu tushuncha va tasavvurlarni, aytish mumkinki, xiralashtirmoqda. Hattoki, ayrim hollarda ularni ota-onalarga qarshi qilib qo'yish, yengil-yelpi hayot kechirishga o'ch, vahshiylik holatlardan cho'chimaydi gan, aksincha, ulardan zavqlanadi gan, o'zgalarga nisbatan bemehr bo'lib voyaga yetishi uchungina xizmat qilayotganligi barchamizga ayon bo'lib bormoqda. Natijada ko'pgina o'g'il-qizlar turmush qiyinchiliklariga bechidam, hayot sinovlariga bardoshsiz bo'lib o'sishmoqda, yengil hayot ketidan quvib, oilalar buzilishi ortib bormoqda. Bular esa o'z navbatida bugungi kunda yoshlarimizda virtual makon imkoniyatlaridan maqsadli va oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biriga aylantirish zarurligini ko'rsatadi.
Aslida, kibermakonning yuzaga kelishi dunyo va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tezkor qo'llash natijasida texnika va texnologiyalarni yuksakroq bosqichga olib chiqish va pirovard oqibatda butun insoniyatni ushbu yutuqlardan bahramand qilish hisoblanadi uchun zarur bo'lgan muhim ma'lumotlarni tezkor ravishda yetkazib berish maqsadlari bilan bevosita bog'liq. Bugungi kunga kelib internet orqali muloqot qilish yer yuzida shu qadar ommalashib ketdiki, u ayniqsa, yoshlarning es-hushini xuddi ohangrabodek o'ziga jalb qilib olgan, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Biroq ko'pgina yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlarga kirar ekan, afsuski, undagi imkoniyatlardan maqsadli foydalanish zarurligi to'g'risida durustroq bosh qotirib ko'rish o'rniga yengil-yelpi hayot tarziga oid ma'lumotlarning oshnosiga aylanib qolayotganligi kuzatilmoqda. Joylardagi internet-
I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2
kafelar asosan yoshlar bilan tirband bo'layotganligi ham odatiy holga aylanib bormoqda. Mazkur hollarni kuzatish esa, ko'p hollarda ularning turli ko'ngilochar o'yinlar o'ynash, jangari filmlarni tomosha qilish, behayo suratlarni tomosha qilish kabilar bilan mashg'ul bo'lishayotganligini ko'rsatmoqda.
Internet orqali muloqot amalda hech qanday kuch sarflamay turib, qarshilik va cheklovlarga duch kelmasdan ommaning ongiga ta'sir ko'rsatish orqali boshqalarni o'zining nog'orasiga o'ynata oladigan eng ta'sirchan kuchga aylanib qoldi. Natijada ijtimoiy tarmoqlar bir-birini hech qachon ko'rmagan bekorchi kimsalar to'dasini shakllantiradigan, jamoatchilikdan, o'zligidan ayrilgan, buzg'unchi buyurtmachi g'animlar nog'orasiga o'ynaydigan vositachi sifatida tinmay faollashmoqda. Turli xil yo'llar yordamida haqiqat bilan yolg'on o'rtasidagi farqni payqashdan kishilarni mahrum qilish uchun harakat qilmoqda. Tajribasiz, hali oq-qorani ajrata olmaydigan o'quvchi esa kiber do'stlariga barcha sirlarini, shaxsiy hayoti, o'y-kechinmalarini oshkor qilmoqda. Natijada shirin aldovlar, soxta mulozamatlar kun sayin kuchayib, uni internetsiz yashay olmaydigan o'ysiz, oqibatsiz kimsalarga aylantirib qo'ymoqda.
Biroq hech qachon unutmaslik lozimki, yoshlarni doimo avaylab parvarish qilinayotgan niholga qiyoslash mumkin. Yosh nihol esa yaqin kelajakda o'sib, ulg'ayib meva beradigan daraxtga aylanishi uchun muntazam ravishda mehr bilan parvarishni, turli shamolu-bo'ronlarning, qahraton qishning sovuqlari-yu, jazirama yoz issiq iqlimining tafti ta'siridan ehtiyotlab o'stirishni talab qiladi.
Ayni paytda shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, axborot almashinuv jarayonlarining globallashuvi bevosita yoshlarimiz tarbiyasi bilan ham bevosita aloqador bo'lgan mamlakatimizdagi diniy-siyosiy vaziyatga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Natijada aynan kibermakon sabab keng tarqalayotgan turli diniy fundamentalizm va aqidaparastlik qarashlari bilan yo'g'rilgan yot va zararli g'oyalar yurtdoshlarimiz ongini zaharlash, ularni yo'ldan ozdirish maqsadida faoliyat ko'rsatayotgan ayrim destruktiv kuchlar jamiyat barqarorligi va osoyishtaligi uchun hamon ma'lum darajada tashvish tug'dirmoqda. Bu esa aholi orasida olib borilayotgan diniy vaziyatni sog'lomlashtirish va barqarorlashtirish maqsadidagi hatti-harakatlarga xalaqit bermoqda.
Ijtimoiy vaziyatni o'rganish shundan dalolat beradiki, muayyan toifadagi aholi orasida, jumladan, yoshlarimiz orasida ham diniy e'tiqod va qadriyatlarga nisbatan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu hol aholining deyarli barcha qatlamlari orasida diniy fonning quyuqlashib borayotganligi, dinga berilish darajasi kuchliligicha qolayotganligi, juma namozlariga borayotgan barcha toifadagi kishilarning ko'pligi, ular orasida, ayniqsa, maktab yoshidagilar, talabalarning mavjudligi, ayollar o'rtasida dinga berilish, jamoat joylarida diniy libosda yurish hollari uchrab turganligi, qolaversa, qizlarni erta turmushga berish, zamonaviy to'ylar o'tkazish o'rniga diniy to'y-marosimlar o'tkazishga berilish ko'payib borayotganligi, otinoyilarning ta'sir doirasi kengligi va ularning aksariyati maxsus diniy ma'lumotga ega emasligi, shar'iy nikohlarning mavjudligi, yashirin ravishda bunday nikohlarning o'qilayotganligi va ularni amalda nazorat qilinmayotganligi kabilarni sanab o'tish mumkin.
Ko'rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan aholi gavjum to'planadigan yoki o'tib qaytadigan joylarda (masalan, jome masjidlari atrofi, bozorlar, savdo rastalari va b.) turli axborot tarqatish vositalari, jumladan, turli adabiyotlar, audio va video tasmalar, DVD disklar kabilar bilan savdo qilish hollari ko'payib bormoqda. Ularning nazorat qilinishi, sotilayotgan mahsulotlarning mazmun-mohiyati va sifatining amaldagi talablar va qonunlarga javob berishi tegishli ekspertiza guruhlari tomonidan o'rganilganda ularning orasida diniy targ'ibot-tashviqot uchun mo'ljallangan materillar ham uchrayotganligi tashvishli hol bo'lib qolmoqda. Kuzatuvlar shuni ko'rsatmoqdaki, mazkur manbalar orasida tegishli tartibda ekspertizadan o'tkazilmaganlari ham uchramoqda. Shu o'rinda uyali aloqa vositalari orqali video va audiomateriallarning tarqalishi alohida xavfga ega ekanligini ta'kidlash ham o'rinlidir. Zero, ko'p hollarda yoshlar orasida ushbu materiallardan ularning mazmun-mohiyatini yaxshi anglab yetmasdan foydalanish hollari ro'y bermoqda.
Albatta, ushbu o'rinda bunday diniy vaziyatni sog'lomlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ko'lami tobora kengayib borayotganligi, ularga jalb etilayotgan ishtirokchilar sonini ko'paytirish, o'tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish
I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2
usul va vositalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirish uchun jiddiy harakat qilinayotganligini ham alohida qayd etib o'tmaslik mumkin emas. Biroq shu bilan birga aholi o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish va o'tkazish borasidagi bunday tadbirlar asosan uyushgan auditoriyalar bilan o'tkazilayotganligi, natijada ularning ishtirokchilari hamma vaqt bir xil toifadagi kishilar bo'lib qolayotganligi, ya'ni oliy o'quv yurtlarining talabalari, maktab va kollejlarning o'quvchilari, qolaversa, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari kabilardan iborat bo'lib qolayotganligini alohida ta'kidlash o'rinlidir.
O'quv dargohlaridagi mashg'ulotlar chog'ida o'quvchilarning jome masjidlariga juma namozlariga ketib qolish hollari hamon davom etyapti yoki tirikchilik bahonasida bozorlarda aravacha sudrab yurgan yoki oldi-sotdi ishlariga berilib ketayotgan o'quvchi yoshlarni ma'naviy barkamol insonlar sifatida voyaga yetayotganiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, kibermakonda kuzatilayotgan informatsion jarayonlar yoshlarimiz tarbiyasida axborot iste'moli bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos madaniyatni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu boradagi ishlarni tashkil etish uchun esa, bizningcha, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlariga tayanishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi: "Bugungi shiddatli, murakkab zamon shuni ko'rsatmoqdaki, bu borada faqat ta'lim-tarbiya tizimining o'zi mavjud ma'naviy tahdidlarga qarshi turolmaydi. Bu masalaga butun jamiyatning kuch va imkoniyatlarini safarbar etmas ekanmiz, kutilgan natijaga erisholmaymiz. Chunki hozirgi kunda bolalarimizni ota-ona, bog'cha, maktab yoki institut emas, aksariyat hollarda qo'lidagi telefon "tarbiyalamoqda" [1;284].
Binobarin, aholining barcha qatlamlari orasida, xususan, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-talabalar o'rtasida ta'sirchan usul va vositalar yordamida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilish, mazkur tadbirlarga salohiyatli mutaxassislarni keng jalb qilish nazarda tutilishi lozim. Shuningdek, zarur axborot madaniyatini shakllanirish maqsadida yoshlar uchun qiziqarli va foydali ma'lumotlardan iborat bo'lgan maxsus saytlarni yaratish, ayni paytda qo'poruvchilik xarakteridagi ma'lumotlarga qarshi bo'lgan, ularni fosh etishga yo'naltirilgan ma'lumotlarni kiritishga ham e'tiborni kuchaytirish davrning dolzarb talabidir.
ADABIYOTLAR:
1. Sh. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toshkent, "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. 284-b.
2. Muhammad Amin Yaxyo. Internetdagi tahdidlardan himoya.Toshkent, "Movarounnahr", 2016.
3. Муминов А.Г. ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА АХБОРОТЛАШУВ ЖАРАЁНИНИНГ УСТУВОР ЙУНАЛИШЛАРИ. Science and innovation. 2024/3. 605-611-бетлар
REZYUME:
Maqolada "kibermakon" tushunchasining ilmiy muomalaga kirib kelishi, uning shakllanish bosqichlari o'rganilgan, shuningdek internet tarmoqlari xizmatidan foydalanish kundalik hayotimizning zaruriy sohalaridan biriga aylanib borayotganligi tahlil kilingan.
Kalit so'zlar: Kibermakon, globallashuv, axborot, internet tarmoqlari, Facebook, Instagram, V kontakte, Telegram.
РЕЗЮМЕ:
В статье анализируется внедрение понятия «киберпространство» в научное поле, этапы его становления, а также и то, что использование интернет-сервисов становится одной из необходимых частей нашей повседневной жизни.
Ключевые слова: Киберпространство, глобализация, информация, Facebook, Instagram, V kontakte, Telegram.
RESUME:
In the article, the introduction of the concept of "cyberspace" into the scientific field, the stages of its historical formation, and the fact that the use of Internet services is becoming one of the necessary areas of our daily life are analyzed.
Key words: Cyberspace, globalization, information, internet networks, facebook, instagram, V kontakte, telegram.