Научная статья на тему 'АXBОRОT VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISHDА АXBОRОT MАDАNIYАTINING О‘QUVCHILАR DUNYОQАRАSHIGА TА’SIR ЕTISHDАGI О‘RNI'

АXBОRОT VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISHDА АXBОRОT MАDАNIYАTINING О‘QUVCHILАR DUNYОQАRАSHIGА TА’SIR ЕTISHDАGI О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
axborot / intеrfаоl mеdiа / оmmаviy kоmmunikаtsiyа / аxbоrоtlаshgаn jаmiyаt / mоdеllаshtirilаdigаn munоsаbаt / prоsоtsiаl hulq

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulbahor Valijonovna Raximova

Аxbоrоt vоsitаlаridаn fоydаlаnishdа аxbоrоt mаdаniyаtining о‘quvchilаr dunyоqаrаshigа tа’sir еtishdаgi о‘rni va mohiyati ochib berilgan. О‘zlаshtirib оlingаn bilimlаrni, insоn tоmоnidаn xоhish-istаklаrigа, mоddiy vа mа’nаviy еhtiyоjlаrigа ta’siri va dunyoqarashiga ta’sir etish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АXBОRОT VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISHDА АXBОRОT MАDАNIYАTINING О‘QUVCHILАR DUNYОQАRАSHIGА TА’SIR ЕTISHDАGI О‘RNI»

АXBОRОT VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISHDА AXBOROT

MADANIYATINING O'QUVCHILAR DUNYОQARASHIGA TA'SIR

ЕTISHDAGI O'RNI

Gulbahor Valijonovna Raximova Farg'ona viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Annotatsiya: Axborot vositalaridan foydalanishda axborot madaniyatining o'quvchilar dunyoqarashiga ta'sir etishdagi o'rni va mohiyati ochib berilgan. O'zlashtirib olingan bilimlarni, inson tomonidan xohish-istaklariga, moddiy va ma'naviy ehtiyojlariga ta'siri va dunyoqarashiga ta'sir etish yoritilgan.

Kalit so'zlar: axborot, interfaol media, ommaviy kommunikatsiya, axborotlashgan jamiyat, modellashtiriladigan munosabat, prosotsial hulq

THE ROLE OF INFORMATION CULTURE IN INFLUENCE ON STUDENTS' VIEW OF THE WORLD IN USING INFORMATION MEDIA

Gulbahor Valijonovna Rakhimova National center for training pedagogues in new methods of Fergana region

Abstract: The role and essence of information culture in influencing the worldview of students in the use of information tools is revealed. The influence of acquired knowledge, human desires, material and spiritual needs, and influence on worldview is highlighted.

Keywords: information, interactive media, mass communication, information society, modeled attitude, prosocial behavior

Ma'lumki, axborot - insoniyat taraqqiyoti uchun juda zarur. Eng muhimi, hayotiy elementi aqliy-axloqiy, ma'naviy-madaniy omillarga tayanadi. Insonlarning aqliy salohiyatini rivojlantiradi va fikrlash tarzini kengaytiradi. Qolaversa, axborotga nisbatan dunyoqarashini shakllantiradi. Kishilarda jamiyatning taraqqiyoti asosida, ma'naviy kamoloti va axloqiy qarashlarining o'zgartirishga xizmat qiladi. «Axborot tevarak-atrofdagi turli xil manbalardan to'plangan omillar bo'lib, bu bilimlarni qayta bayon etish»turi ham hisoblandi[1. 180].

Axloq va ma'naviyatning mazmun mohiyatini tahlil etmay turib, uni tushunib bo'lmaydi. Xuddi shuning uchun ham anglab olingan axloq keyingi bosqichda tushunish holatiga kiradi. Inson axloqining mohiyatini tushunib yetgach, ma'naviyatini boyitadigan fikrlarning rost yoki yolg'on ekanligi to'g'risida mulohaza qiladi. O'zlashtirib olingan bilimlarni, inson tomonidan xohish-istaklariga, moddiy va

ma'naviy ehtiyojlariga, bir so'z bilan aytganda, hayotiy manfaatlariga mos kelsa, ana shunda yoshlarda (insonda) o'zlashtirib olgan bilimlarni turmushga tatbiq etish istagi hosil bo'ladi. Shunday ekan, axborot vositalarining bugungi kunda jamiyatidagi tutgan o'rnini ta'kidlash shart emas, bizningcha. Ammo ularning tafakkur doiramizning qamroviga aloqador ekani hech kimni befarq qoldirmasligi zarur.

So'nggi yillarda so'z qudrati tobora kengroq maydonlarni zabt etar ekan, bu borada son emas, balki sifat asosiy mezon bo'lishini hayotning o'zi ko'rsatmoqda. Axborot vositalarining jurnalistik faoliyatida odam qalbiga yetib boradigan haroratli va jozibador so'zlarni topib aytish mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Fuqarolik jamiyatini qurish yo'lida intilayotgan mamlakatimiz taraqqiyotida qonunchilik birlamchi omillardan biri sanaladi. Ayni chog'da, axborot vositalarining manfaatlarini va ularning vakillarini qonun yordamida himoya qilish, ularni haq-huquqini kafolatlash, axborot manbalaridan foydalanishga o'rgatish alohida ahamiyatga ega. Hozirgi shiddatli taraqqiyot davrida Prezidentimiz chiqishlari internet va ijtimoiy tarmoqlar doimo diqqat markazida turadi. Chunki u mustaqilligimiz mohiyatini teran idrok etishga, istiqlol mafkurasini chuqur anglashga da'vat etadi. Darhaqiqat, internet ham jonli muloqot, uyg'oq fikr orqali vatanga, uning ravnaqiga ongli ta'sir o'tkazadigan vositadir.

Bugun hayotimizda internetning kirib kelishi, jamiyatimizning axborotlashuvida internetning xafvsizligini ta'minlash alohida muammo sifatida tadqiq etilish zaruriratini yuzaga keltirdi. Zero, axborotlashgan jamiyatning ulkan axborot makoni va eng zamonaviy shaklli sifatida internet tan olinmoqda. Bir tomondan olganda, raqamli dunyoning innnovatsion imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qiladigan omili ham hisoblandi. Ikkinchi tomondan, insoniyat mamnuniyat bilan qabul qildi, internetni axborotlarni olishda vaqtning tejalishiga imkoniyat yaratganligi uchun. Shuni alohida ta'kidlash joizki, axborotlashgan jamiyatning bir ko'rinishi sifatida raqamli dasturlarga o'tish va bu bo'yicha davlat davsturlarini qabul qilinishi hamda joriy etilishi unga bo'lgan munosbatni yanada o'zgartirdi.

Tarixiy solnomalarga tayangan holda bizga ma'lum ediki, o'tgan vaqtlar davomida, mahalliy va markaziy hukumatning rasmiy tashkilotlari boshqarib, aholiga axborotni uzatishni siyosiy-ijtimoiy institutlar tashkillashtirib kelishgandi. Endilikda esa, mazkur ananani internet o'zgaritirib yubordi.

Har qanday inson, bugun internetda axborotni yaratish, tarqatish, saqlash, uni uzatish va boshqarish imkoniyatlariga ega. Elektron interfaol medialar olamida ijtimoiy tarmoqlar, saytlar, portallar va bloglar faoliyati tezlashib ketdi. Ommaviy kommunikatsiya hayotimizning qariiyb, barcha tomonlari bilan uzviy bog'laydi. Bugungi kun hayotimizning kommunikatsion jarayonlari deyarli hammasi onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Masalan, bank faoliyati, pul operatsiyalari kompyuterga

ko'chirilgan axborotlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi yoki boshqa sohalarda xuddi shu kabi amaliyotlar bajarilib kelinmoqda.

O'zbekiston o'zining strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun axborot sohasida ham qat'iy siyosat olib bormoqda. Bu borada yurtimizda barqaror taraqqiyotga asoslangan milliy tizim ishlab chiqilgan. XXI asrdagi axborotlashtirish muammolari ana shunday siyosatni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Natijada axborot va so'z erkinligini ta'minlash, axborot sohasini isloh qilish, jarayonlari muhim ekanligini ko'rsatmoqda. Jumladan, Prezident «Vertual qabulxonasi», «Xalq qabulxonasi» va boshqa davlat idoralari ish olib bormoqda.

Hozirda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan aholi qatlamini o'ziga bevosita qaram qilib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar qatlami ijtimoiy tarmoqlarga bo'lgan qiziqish darajasi kundan-kun ortib bormoqda. Bu holat zudlik bilan ularni nazorat qilish va foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ko'rishni zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Agar o'quvchi yoshlarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish zaruratiga e'tibor qaratmasak quyidagi yuzaga keladigan ijobiy va salbiy holatlarni kuzatish mumkin:

l.-jadval

Salbiy holatlar (Shakllantirilmaganda) Ijobiy holatlar (Shakllantirilganda)

Xulq-atvordagi salbiy xususiyatlar va odatlarning shakllanganlik Xulq-atvordagi ijobiy xususiyatlar va odatlarning shakllanganlik

O'z kuchi va imkoniyatlariga ishonchsizlik O'z kuchi va imkoniyatlariga ishonish

Nutq madaniyati va yo'qotilgan muloqatchanlik Nutq madaniyati va muloqatga kirishuvchanlik

O'z nuqtayi nazariga ega bo'lmaslik O'z nuqtayi nazari va keng dunyoqarashga egalik

Fonatizm va axborotlarga tobelik Axborot va axborot vositalaridan foydalanish madaniyatiga egalik

His-hayojonga beriluvchanlik va irodasizlik Emotsional-irodaviy qudrat va har qanday qarashlarga nisbatan himoyalanganlik

Befarqlik, loqaydlik va ijtimoiy-siyoisy jarayonlarni yuzaki baholash E'tiborlilik, hushyorlik va siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda tanqidiy-ijodiy qarashlarga egalik

Urf-odat va ananalarga bepisandlik O'zlikni anglash va urf-odat, an'analarni qadrlashlik

Diniy-dunyoviy e'qodlaridagi Diniy va dunyoviy e'tiqodlarnining

qarashlarning buzilganligi ... mohiyatini anglash ...

Ayni shu boisdan, ham o'quvchilar arda axborot vositalaridan foydalanish

madaniyatini shakllantirish jarayonida intrenet bilan ishlash ko'nikma va malakalarini tarbiyalsh kechiktirib bo'lmaydigan masala.

Agar Televideniye tomonidan modellashtiriladigan munosabatlar uslubi va muammolarini hal qilish usullari haqiqatan ham asosan yosh tomoshabinlarda taqlidchanlikni harakatga keltirsa, unda prosotsial hulqni shakllantirish ijtimoiy ma'qullashga sazovor bo'ladi. Televideniye o'z ta'sirining nozikligi bilan yoshlarga, haqiqatan ham, ijobiy hulq darsini bera oladi.

Prosotsial hulq ijobiy, amaliy-ijtimoiy, foydali xulqdir. Biz Televideniyening tarbiyaga ta'siri to'g'risida fikr yuritdik. Televideniyeda berilgan ko'rsatuvlarni ijobiy yoki salbiy ta'sir doirasiga ko'ra, tomoshabinga ta'sir etib bilim beradi. O'z nuqtai nazarida fikr mulohaza yuritib to'g'ri, sog'lom fikrlash imkoniyatiga ega bo'lish, kishilarda axborotlarni mantiqiy nuqtai nazardan mulohaza qila oluvchiga aylantiradi. Bordi-yu, holat aksincha bo'lsa, unda uning fikrlari vayronkorlikka xizmat qilishi mumkin. Demak, tarbiya intizomi bilan fikr intizomi bir-biri bilan chambars bog'liq.

Insonni o'ylashga o'rgatishdan osonroq narsa bo'lmasa kerak, binobarin, har qanday inson muayyan narsa haqida o'ylashi mumkin. Lekin shu o'rinda so'z tafakkurning haqiqiy madaniyati, ya'ni ijodiy fikrlash, voqelik hodisalarini ijodiy, mantiqiy, teran anglash to'g'risida boradi. Odatda tafakkur madaniyati deganda ratsional, aqliy hukm, ijodiy o'y-hayol va boshqalarga asoslanuvchi fikrlash qobiliyatining muayyan darajada rivojlanganligi tushuniladi. Tafakkur - bu insonning ijodiy faoliyati, voqelikning abstrakt va umumlashgan in'ikosi, borliqni bilvosita bilish demakdir[2. 78].

Tafakkur madaniyati rivojlanishi uchun nima qilish kerak? Avvalambor, fikrning predmeti to'g'risidagi bilimlar lozim. Insonning to'g'ri va mantiqiy fikrlashi u egallagan bilimlarning hajmi va mustahkamligiga bog'liq bo'ladi. Hamma narsani bilishning iloji yo'q, lekin har qanday ma'rifatli kishi axborotlarning tezkor oqimini tasavvur qilishga nafaqat o'rganishi, shu bilan birga, shart ham. Bunga, birinchi navbatda, fundamental bilimlarni egallash va ularga to'g'ri yondashish qobiliyati orqali erishiladi. Binobarin, ijodiy tafakkur hech qachon chuqur va keng qamrovli bilimlarsiz amal qilmaydi.

Pedagogik jihatdan qaraydigan bo'lsak, axborot vositalarida axborotlar ko'lamining shiddat bilan o'sishi barcha sohalarga kirib bormoqda. Biroq axborot vositalari hayotimizga ijobiy imkoniyatlarni qancha ko'p olib kirmasin, uning salbiy jihatlari yoshlarimiz dunyoqarshida aks etmoqda. Bugun axborot oqimining jadallashuvi jarayonidagi tub o'zgarishlar, jamiyat ruhiyatida va ta'lim tizimida, kishilar saviyasida o'z ifodasini yaqqol namoyon etyapti. Aslida, bu sohadagi

o'zgarishlar boshqa sohalardagi o'zgarishlarga zamin yaratadi. Buni, ayniqsa, internet va televideniye misolida yaqqol ko'rishimiz mumkin.

«Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog'i hamda o'zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog'i lozim. Bu tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'i kerak», degan edi I.Karimov [3. 33].

Shunday ekan, bizning pedagog va psixologlarimiz axborot oqimi jarayonining jadallashuvi davrida yoshlarimiz ruhiyatini salbiy ma'lumotlardan saqlash uchun mahalliy Televideniyelar orqali namoyish qilinayotgan dahshatli zo'ravonliklar, qotilliklar aks etayotgan filmlarni, birgalashib cheklashlari lozim. Erix Frommning «Hozirgi jamiyatning belgilari» degan maqolasida bunday ta'sirlarni, inson ongiga ta'sir qiluvchi vositalarni yo'qotish uchun jamiyatda maxsus ijtimoi-psixologik, madaniy markazlarni yaratish lozim. Dastavval, xalq va kishilar ongiga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq etuvchi, psixolog va pedagoglarni bu markazlarga jalb etish hamda ommaviy axborot vositalarining faoliyatini mukammal o'rganish, ularning mas'uliyatini yuksaltirish lozimligini ta'kidlagan edi[4. 108].

Shunda haqli savol tug'iladi: Xo'sh bizning mamlakatimizda mavjud ommaviy axborot vositalari tizimi bolalar, o'smirlar, yoshlar - umuman insonlar ongi va dunyoqarashiga qanchalik ta'sir ko'rsata olmoqda.

Yoshlarning o'y-fikrlari, dunyoqarashi, tafakkuridagi rivojlanish mexanizmlarini o'rganish hozirgi kunda muhimdir. Xususan, televideniyeda axborot va ma'lunmotlarni qanday yoritilayotgani, yoshlar ongiga ta'sir etayotgan materiallari asosida uning mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirishdagi o'rnini, nazriy-ilmiy tomondan tahlil qilish va asoslash lozim.

O'quvchilar orasida olib borilgan so'rovlar natijalarini tahlil qilar ekanmiz, ularning hayotlarida televideniye va sekin asta yoshlar ongini band qilayotgan ijtimoiy tarmoqlar muhim ahamiyatga molik ekanini ko'ramiz. O'quvchilar uchun kichik hajmdagi internet videorolikari va teledasturlar axborotlarni olish manbasi ekanini unitmagan holda, tarbiyaviy va ta'limiy ahamiyatidagi samaradorligini oshirish, shu bilan birga teledasturlarining va ijtimoiy tarmoqdagi dasturlarni ijtimoiy - pedagogik saviyasini yuksaltirish shart-sharoitlariga yanada katta ahamiyat berish vaqti keldi.

Ma'naviyat, axloqiy tarbiya muammolariga bag'ishlangan televideniye va ijtimoiy tarmoqlarning dasturlarida ilg'or tajribalarni umumlashtirish; pedagogik kuzatuvlarni jamoatchilikka yetkazish va ikki tomonlama muloqot tarzlari yo'lga qo'yilgan bolishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Davronov Z. «Ilmiy ijod metodologiyasi». - T.: Iqt.-moliya, 2007-180 b.

2. Kuchukbayev F.M., Abduazimova D.F., Djurayev R.X., Divanova M.S., Inoyatova M.E. "O'quvchi shaxsiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi internet saytlari va teleko'rsatuvlarning ularda salbiy his-tuyg'ularni vujudga keltirishning oldini olish bo'yicha profilaktik korrektsion dastur". - Toshkent, 2016-34b

3. Karimov I.A. Biz tanlagan yo'l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo'li. 11-jild. - T.: O'zbekiston, 2008.

4. Фрoмм Э. Иметь или быть. MocKBa. nporpecc. 1990.

5. Karimova V. Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini-o'zi himoyalashi. /O'zbekiston Respublikasi Prezident i huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy arxivi, 2006.

6. Aripdjanova A. Ta'limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta'lim muassasalari pedagoglarining kreativ salohiyatini rivojlantirish: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). ... diss. Avtoref. - T., 2017. - 50 b.

7. Ачилддав A.C. Прoблeмa взaимoдeйcтвия нaциoнaльнoгo caмocoзнaния и нaциoнaльнoй культуры: Aвтoрeф...кaнд.филoc.нaук. - Т., 1994. - 22 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.