Научная статья на тему 'ZAMONAVIY IQTISODIYOT SHAROITIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING ILMIY-NAZARIY MASALALARI'

ZAMONAVIY IQTISODIYOT SHAROITIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING ILMIY-NAZARIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
makroiqtisodiyot / makroiqtisodiy ko’rsatgichlar / barqarorlik / iqtisodiy o’sish / YaIM. / макроэкономика / макроэкономические показатели / стабильность / экономический рост / ВВП.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yahyoxonov N.B., Buronova M.T.

Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ilmiy-nazariy masalalari o’rganilgan hamda Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlar va ularning tasnifi keltirilgan. Shuningdek, Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning o’ziga xos jihatlari va xorij tajribasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассмотрены научно-теоретические вопросы обеспечения макроэкономической стабильности в условиях современной экономики, а также приведены основные макроэкономические показатели и их классификация. Также освещаются специфические аспекты достижения макроэкономической стабильности в условиях современной экономики и зарубежный опыт.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY IQTISODIYOT SHAROITIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING ILMIY-NAZARIY MASALALARI»

ZAMONAVIY IQTISODIYOT SHAROITIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA'MINLASHNING ILMIY-NAZARIY MASALALARI

Yahyoxonov N.B.

SamISI "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Buronova M.T.

Oriental universiteti IQT-101-guruh magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning ilmiy-nazariy masalalari o'rganilgan hamda Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatgichlar va ularning tasnifi keltirilgan. Shuningdek, Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning o'ziga xos jihatlari va xorij tajribasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: makroiqtisodiyot, makroiqtisodiy ko'rsatgichlar, barqarorlik, iqtisodiy o'sish, YalM.

Аннотация: В данной статье рассмотрены научно-теоретические вопросы обеспечения макроэкономической стабильности в условиях современной экономики, а также приведены основные макроэкономические показатели и их классификация. Также освещаются специфические аспекты достижения макроэкономической стабильности в условиях современной экономики и зарубежный опыт.

Ключевые слова: макроэкономика, макроэкономические показатели, стабильность, экономический рост, ВВП.

Abstract: This article explores the scientific-theoretical issues of ensuring macroeconomic stability in the context of modern economics and presents the main macroeconomic indicators and their classification. Also, in the conditions of the Modern Economy, specific aspects of achieving macroeconomic stability and foreign experience are covered.

Keywords: Macroeconomics, macroeconomic indicators, sustainability, economic growth, GDP.

Kirish. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, investitsiya va biznes muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o'tkazilayotganligiga bog'liq.

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni olib borishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, uning omillaridan samarali foydalanish va iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi va bu bo'yicha yuqori o'sish sur'atlariga erishilmoqda.

Iqtisodiyotning barqaror o'sishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bog'liqdir. Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulotyaratilsa, biz ana shu

sohani birinchi navbatda qo'llab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim"- deb ta'kidladilar1.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va bozor munosabatlari sharoitida hududlarning iqtisodiy o'sishiga ta'sir etuvchi omillarni rivojlantirish muammo hamda istiqbollari ko'plab iqtisodchi olimlar, jumladan, xorijlik iqtisodchi olimlardan T.A.Agapova, S.D.Bodrunov, G.S.Vechkanov, A.G.Drujinin, Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va bozor munosabatlari sharoitida hududlarning iqtisodiy o'sishiga ta'sir etuvchi omillarni rivojlantirish muammo hamda istiqbollari ko'plab iqtisodchi olimlar, jumladan, xorijlik iqtisodchi olimlardan T.A.Agapova, S.D.Bodrunov, G.S.Vechkanov, A.G.Drujinin, H.Nazarova, A.Nabixujaev, N.I.Rustamov, P.Xoshimov, F.T.Egamberdiev, M.P.Eshov, A.Qayumov, SH.Qobilov, SH.Shodmonov tomonidan bu mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bugungi kunda bu olimlarning asarlari mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sish borasida olib borilayotgan tadqiqot mavzularini yoritishda asosiy uslubiy manba hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yozishda induksiya va deduksiya, tizimli va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, taqqoslash, tasniflash usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Bugun jahon bozori kon'yunkturasi keskin o'zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday murakkab vaziyat davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqib, amalga oshirishni taqozo etayotir. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirishda eng dolzarb masalalar yechimiyuzasidan aniq vazifalarning belgilab berilgani bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bunda asosiy maqsad - mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishga erishishdan iborat. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish yo'lidagi islohotlar xalqimiz farovonligi yanada yuksalishiga, bu tarmoqdagi mahsulotlar eksporti oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo'lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo'ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turlielimentlarining o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri xos bo'lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatidatasvirlangan "Kene jadvali" ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlilelimentlarini qo'lladi.

1 www.uza.uz

Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo'yilgan edi deb ta'kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o'zining jami ijtimoiymahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o'zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo'limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi.

J.M. Keyns esa o'zining "Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi"(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi.Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatidatan olinadi.

Shunday qilib, makroiqtisodiyot o'z predmeti va tadqiqot usullarigako'ra mustaqil fan sifatida XX asrning o'rtalariga kelib shakllanib bo'ldi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo'limi hisoblanib, unda milliy xo'jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.

Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko'rinishi o'zaro farqlanadi:

1. pozitiv makroiqtisodiyot;

2. normativ makroiqtisoiyot.

Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-liklarini o'rganadi.

Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo'nalishlarini taklif etadi.

Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo'limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o'zarofarqlab olishimiz zarur.

Mikroiqtisodiyot predmeti bo'lib "belgilangan" iqtisodiy shart- sharoitlarda uy xo'jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi hisoblanadi2. Mikroiqtisodiy tahlil ob'ekti bo'lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o'zaro munosabatlari va o'zaro ta'sirini tahlil qilinadi.

Mikroiqtisodiyotda "belgilangan" deb qabul qilingan, ya'ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan ko'pgina ko'rsatkichlar, jumladan iste'molchilarning daromadlari, jamg'armalari, foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi.

Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o'sishini, resurslarning to'liq bandliligini, inflatsiyaning past sur'atlarini va to'lov balansining muvozanatini ta'minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibgasolishning iqtisodiy mexanizmlarini o'rganadi3.

Keltirilgan ta'rifdan ko'rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o'zaro bog'liq uch jihatni ajratib ko'rsatish mumkin. Bular:

1) milliy iqtisodiyot;

2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotnitartibga solish;

2 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):

3 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):

3)jahon xo'jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlariqtisodiyoti bilan o'zara munosabatlari masalasi.

Uy xo'jaliklari, fii-mala^ davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot subyektlari hisoblanidilar.

Bu subyektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o'sishini ta'minlashga doim ham qodir emas va davlatningiqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.

Juda muгakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o'ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlami, minglab ko^satkichlami alohida-alohida o^ganib chiqish va ulaг boгasida ilmiy asoslangan xulosalaT chiqaгish o'ta qiyin vazifadir Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agгegat kattaliklaгdan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.

Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi4. Alohida firmalar faoliyatiga baho beгishda qo'llaniladigan ko'гsatkicЫaгdan faгqli tareda bu ko'гsatkicЫaг milliy iqtisodiyotning barcha sub'ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makгoiqtisodiy tahlil o'tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo'jaligida raqobatga baгdoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.

Bu ko^satkichla^a quyidagilar kiradi:

Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daгomad (ShTD), Iste'mol (C), Jamg'aгish (S)

ko^satkichlarining hajmi va o'sish suг'atlari; iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;

mamlakat eksporti va impoгti hajmi, ta^ibi, YaIMdagi ulushi va o'sish suratlari; resurslardan foydalanishning samaгadoгligini xarakteгlovchi ko^satkichlaT (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);

davlat budjeti taqchilligi, deflator iste'mol baholari indeksi, inflatsiyaning o'sish suг'atlaгi;

ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; aholining moddiy ne'matto va xizmat^ iste'moli hajmi, ulaming jamg'aгmalaгi, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Iqtisodiy o'sish doimo iqtisodiy va noiqtisodiy omil^ ta'siri natijasida kelib chiqadi. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o'sish omillari deganda ishlab chiqarishning real hajmini ko'paytiгish, o'sish samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini belgilovchi hodisalar va jarayonlar tushuniladi. Iqtisodiy omillarga foydalanilayotgan resurs miqdorini oshirish va sifatini takomillashtirish omillari kirsa, noiqtisodiy omillar siyosiy, harbiy, geografik, milliy va madaniy omillarni ichiga oladi.

Iqtisodchi olimlarning fikricha, makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilariga quyidagilardan iborat:

4 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):

1. Iqtisodiy o'sish.

2. To'la ish bilan bandlik.

3. Narxlar darajasining barqarorligi (inflyasiya).

4. Baquvvat to'lov balansi.

5. Xorijiy valyuta almashuv kursining barqarorligi.

6. Davlat byudjeti kamomadining yalpi ichki mahsulotga nisbatan uch foizdan oshib ketmasligi.

7. Daromadlar taqsimlanishi muammosi.

Xulosa va takliflar. Bugungi hayotiy tajriba ko'rsatdiki, har bir davlat, birinchi navbatda, o'z xalqining xavfsizligini ta'minlashi kerak. Masalan, butun dunyo iqtisodiyotini izdan chiqargan, jahon hamjamiyatining yagona muammosi aylangan GOVID-19 koronavirus epidemiyasi. Mamlakatlar ijtimoiy- iqtisodiy hayotini larzaga solgan mittigina molekula manaman degan davlatlarni tiz cho'ktirdi, ijtimoiy- iqtisodiy yo'nalishini izdan chiqardi, iqtisodiy qudrati qandayligini aniqlab berdi. Koronavirus epidemiyasi respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib, hududlar makroiqtisodiy barqarorligi ta'minlanishida bir qancha muammolarni keltirib chiqardi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Бодрунов С.Д. Формирование стратегии реиндустриализации России. Монография . Ин-т нового индустриал. развития. - СПб., 2013. - 680с.;

2. Валиев Б.Б. Худудларда иктисодиёт тармокларини молиялаштиришни оширишда инвестиция ресурсларини фаол жалб килиш йуллари. // Иктисод ва молия / экономика и финансы, 2019, 3№5 (125);

3. Вечканов Г.С, Вечканова Г.Р. Макроэкономика. Учебник. Издательство: Издательский Дом ПИТЕР, 2016-288с.; Бурханов А.У. Корхоналар молиявий баркарорлиги: назария ва амалиёт. Монография. - Т.: Инновацион ривожланиш нашириёт-матбаа уйи, 2019.-160 б.;

4. Махмудов Н.М., Хомидов С.О. Узбекистон саноати: ривожланиш омиллари, тенденцияси ва муаммолари. Монография. - Т.: Иктисодиёт, 2017.;

5. Мустафакулов Ш.И. Инвестицион му^ит жозибадорлиги: назария, медология ва амалиёт. Монография. - Тошкент: Iqtisod-moliya, 2017 й . - 328 б.;

6. Кобилов Ш.Р. Иктисодиёт назарияси. Дарслик. - Т.: Уз.Рес. ИИВ Академияси, 2013.-775б.;

7. Шодмонов Ш. Ишлаб чикаришни жадал ривожлантириш стратегияси ва уни амалга ошириш жараёни. // "Biznes-эксперт", 30.07.2018, 7(127)-сон.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.