Научная статья на тему 'ZAMONAVIY INFORMATIKADA AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI BILIMLARNING RIVOJLANISHI'

ZAMONAVIY INFORMATIKADA AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI BILIMLARNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
434
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
informatika / zamonaviy / axborot / xavfsizlik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Matchanov Baxrombek Jumanazarovich

Axborot xavfsizligi masalalari bilan Qadimgi Misrda, Yunonistonda, O‘rta asrlarda, Uyg‘onish davrida, XX asrdagi jahon urushlari davrida ko‘rib o‘rganila boshlagan. Ammo axborot xavfsizligi sohasining jadal rivojlanishi XX asr oʻrtalarida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan boshlandi. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan IV sanoat inqilobi davriga o‘tish mukammal axborotlashtirishga olib keldi, axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyat hayotiga kirib bordi, istalgan turdagi faoliyat sohasiga mustaxkam o‘rnashib oldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY INFORMATIKADA AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI BILIMLARNING RIVOJLANISHI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ZAMONAVIY INFORMATIKADA AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI

BILIMLARNING RIVOJLANISHI Matchanov Baxrombek Jumanazarovich

Urganch davlat universiteti, katta o'qituvchi Orcid raqami: 0000-0001-8585-8484 [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7993428

Annotatsiya. Axborot xavfsizligi masalalari bilan Qadimgi Misrda, Yunonistonda, O'rta asrlarda, Uyg'onish davrida, XX asrdagi jahon urushlari davrida ko'rib o'rganila boshlagan. Ammo axborot xavfsizligi sohasining jadal rivojlanishi XX asr o'rtalarida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan boshlandi. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan IV sanoat inqilobi davriga o'tish mukammal axborotlashtirishga olib keldi, axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyat hayotiga kirib bordi, istalgan turdagi faoliyat sohasiga mustaxkam o 'rnashib oldi.

Kalit so'zlar: informatika, zamonaviy, axborot, xavfsizlik.

Axborot xavfsizligiga tahdidlarning soni va intensivligi toboro oshib bormoqda, shunday bo'lsada axborotni himoya qilishning yangi vositalari ham paydo bo'lmoqda. Bugungi kunda jamiyatning axborot texnologiyalaridan foydalanmaydigan biron bir tarmog'ini tasavvur qilib bo'lmaydi va shunga mos ravishda axborot resurslariga hujumlar hamma joyda amalga oshiriladi.

Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, axborot xavfsizligi muammolari bilan qadim zamonlardan beri shug'ullanib kelinmoqda. Inson xabarni saqlash va uzatish belgilarini ixtiro qilgandan so'ng, ko'p o'tmay, u ruxsat berilmagan shaxslardan ma'lumotni yashirishni xohladi.

Axborot xavfsizligi sohasidagi ishlarning holati tahlili shuni ko'rsatadiki, axborotni himoya qilishning konsepsiyasi va tuzilmasi yaxshi shakllangan bo'lib, u quyidagilarga asoslanadi[1]:

- sanoat asosida ishlab chiqarilgan axborotni himoya qilishning yuqori darajada rivojlangan texnik vositalari majmui;

- axborot xavfsizligi masalalarini hal qilishga ixtisoslashgan ko'plab tashkilotlar;

- ushbu muammoga qaratilgan yetarlicha tizim belgilangan;

muhim amaliy tajriba va boshqalar.

Qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo'lgan axborot xavfsizligi tarixi Devid Kahn va Soboleva T.A. kitobi asosida mualliflar tomonidan qayta ishlanganligi quyidagi jadvalda keltirilgan[2].

1-jadval.

Axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlarning rivojlanish xronologiyasi.

rla r if shi lgi - > ] 1 va n fa H H e! diHindiston, m Mesopotamiya, Q adimgi Misr mil. avv. XX asrgacha Qadimgi hind yozuvlarida unli xarflarni undosh xarflarga almashtirish. Mesopotamiya: loy taxtachalarga ismlar o'rniga raqamlarni yozish. Fir'avnning hayoti tarixi, toshlarga ierogliflar, almashtirish shifrlari bilan yozilgan.

Qadimgi mil. avv.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

Gretsiya, Xitoy XIX-VI asrlar Axborotni sir saqlash va xavfsiz uzatish uchun uni shifrlash texnika va algoritmlari Lizandr, Ssital, Polibiy, Eney, Pifagor, Platon, Aristotel,

Qadimgi Rim mil. avv. V asrdan mil. avv. IV asrgacha Sezar va boshqa ko'plab olimlarning asarlarida tasvirlangan.

Odamlarni qadimgi yozuv sirlarini ochishga bo'lgan intilishlari haqida kitob (855). Al-Kindi "Kriptografik xabarlarni shifrini ochish bo'yicha qo'lyozma" (IX asr). AsSuli "Adab al-Kuttab" ("Kotiblar uchun qo'llanma") soliq yozuvlarini shifrlash bo'yicha ko'rsatmalar (X asr). Shihob al-Qashkandiy "Shauba al-ashcha" (14 jildli ensiklopediya) "Maxfiy xabarlarni maktublarda yashirish haqida" bo'limida 7ta shifrlash usulini, Qur'on matni asosida arabcha

o3 TH M C3 X O'rta asr V-XVI asrlar harflar jadvalini bayon qiladi. (1412). Albert Leon Battista "Shifrlar haqida risola" risolasi (1466), shifrlash diskini kashf etdi. Abat Tritemius (1508) Tritelliy I. Gerolamo Cardano "aylanuvchi panjara" shifrlash moslamasini ixtiro qildi (1550). Jovanni Belazo "shior" yoki paroldan foydalanishni taklif qildi (1553). Neapollik Jovanni Batista de la Porta, "Maxfiy yozishmalar haqida" (1563). Blez de Vijiner "Shifrlar haqida risola" (1586) va boshqalar.

X X XVII "Qora qutilar davri" - Buyuk Britaniya Qirolligi, Frantsiya, Avstriya, Vengriya, Germaniya, Rossiyada shifrlash xizmatlarining paydo bo'lishi. Jefferson T. — AQSHning uchinchi prezidenti — shifrlash silindrini ixtiro qilgan (1790); Charlz Uitston bigramma shifrlashni ixtiro qildi (1854); Eten Bazeri, Bazeri silindrini yaratdi (1891).

!-H o3 <+H M XVIII

1 73 13 Yangi davr, Ma'rifat davri XIX

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

Zamonaviy kriptografiya, huquq, etika, Elektromexanik qurilmalar standartlar, texnologiya (20-asrning(20-asr boshlari). o'rtalaridan). XX asr jahon urushlari, III va IV sanoat inqiloblari. Hozirgi davr XX Gilbert Vernam birinchi amaliy shifrlash mashinasini yaratdi (1917). Edvard Xebern "Enigma" aylanadigan kriptografik mashinasi (1923). Alan Turing "Enigma" shifrlarini buzish uchun "Koloss" kompyuterini yaratdi. Klod Shenon "Aloqaning matematik nazariyasi" (1948). Diffi U. va Hellman M. E. "Kriptografiyadagi yangi yo'nalishlar" (1979); Standart 5200.28 "Ishonchli hisoblash tizimini baholash mezonlari" (TCSEC- «Trusted Computing System Evaluation Criteria») (AQSh, 1983). Simmetrik va asimmetrik shifrlash algoritmlari.

XXI Internet olamini muhofaza qilish (XXR, 2000); Axborot xavfsizligi strategiyasi (AQSh, 2003); Rivojlangan barcha mamlakatlarda axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish qonunlari doktrinalari; Axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro standartlar va boshqalar.

1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, dastlab axborotlarning maxfiyligi kriptografiya yordamida yashirish orqali ta'minlangan. XX asr o'rtalarida elektron xisoblash mashinalar yaratilishi bilan ma'lumotlami saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi usullari paydo bo'ldi, kriptografik algoritmlar nihoyatda murakkablashdi, axborotni himoya qilishning yangi usullari: texnik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va axloqiy usullari paydo bo'ldi.

Natijada axborot xavfsizligi axborot aylanishining bir qismi bo'lib, ayni paytda matematika, fizika, huquq, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, tarix va boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan fanlararo fan xisoblanadi.

Ko'pgina jarayonlarni raqamli muhitga o'tkazish axborot xavfsizligini ta'minlash xarajatlari va ma'lumotlarning qiymatini o'zaro bog'lashda iqtisodiy qonunlar va tahlil usullarini qo'llash zaruratini keltirib chiqardi. Kembrij universitetining xavfsizlik muhandisligi professori Anderson Ross ta'kidlashicha, 2000-yillardan boshlab axborot xavfsizligi kriptografiya ko'rinishidagi matematik komponentga ega bo'lgan texnik intizom bo'lishni to'xtatdi, texnologiya, iqtisodiyot va psixologiya chorrahasida joylashgan fanga aylandi[3].

Hozirgi vaqtda axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy xavfsizligining bir qismiga aylandi. Axborot xavfsizligi sohasidagi ko'plab ilmiy nashrlar kriptografiya bilan bog'liq bo'lib, u zamonaviy informatikaning bir bo'limi bo'lib, axborotlarni buzilishidan himoya qilishda maxfiylik, yaxlitlik va mavjudlik eng kuchli usullaridan biriga aylandi.

Axborot xavfsizligi asoslarining fan sifatida alohida o'rni axborotning foydali qazilmalar bilan bir qatorda eng qimmatli resurslardan biriga aylanganligi sababli yuzaga keldi. Kompyuterdan nafaqat optimallashtirish va samaradorlikning kuchli vositasi, balki noqonuniy xatti-harakatlar qilish vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. Axborot xavfsizligi tahdidlari qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat'i nazar, barcha tashkilotlar uchun doimiy xavfga aylandi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

REFERENCES

1. Matchanov B.J. Axborot xavfsizligi tizimining asosiy konseptual qoidalari - // «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI, TARMOQLAR VA TELEKOMMUNIKATSIYALAR - ITN&T-2023» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, TATU Urganch filiali, 2023-yil 5-6 may. 547-551 betlar.

2. KAHN, D. Codebreakers. The story of Secret Writing. New York: Macmillan, 1967, 473 p.

3. ANDERSON, R. Why Information Security is Hard An Economic Perspective. В: 17th Annual Computer Security Applications Conference. December 10-14, 2001. New Orleans, Louisiana.

4. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

5. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

6. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

7. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

8. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

9. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

10. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

11. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

12. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

13. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

14. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

15. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

16. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

17. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

18. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

19. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 70(4), 883887.

20. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

21. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

22. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

23. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

24. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.