Научная статья на тему 'ZAMONAVIY DARSLARDA MEDIASAVODXONLIKNING AHAMIYATI'

ZAMONAVIY DARSLARDA MEDIASAVODXONLIKNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediya / texnologiya / ta‘lim-tarbiya / model / texnologiya / bilim / ko‘nikma / malaka / kompitensiya / axborot / yaratish / foydalanish

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Nargiza Nuraliyeva, Malika Karimova, Barno Turdiqulova, Mahbuba Berdiqulova

Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda mediasavodxonlikni kelib chiqishi, qo‘llash hususiyatlari ishlab chiqildi. Media texnologiyasining asosiy maqsadi, ta’limda axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari jarayonini faollashtirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY DARSLARDA MEDIASAVODXONLIKNING AHAMIYATI»

VOUJKE 1. ISWJE 11202«>;CA|MRMS

ZAMONAVIY DARSLARDA MEDIASAVODXONLIKNING

AHAMIYATI

Nuraliyeva Nargiza, Karimova Malika, Turdiqulova Barno, Berdiqulova Mahbuba Guliston davlat universiteti o'qituvchilari Email: [email protected] Telefon raqami: +998 97 218 57 00 https://doi.org/10.5281/zenodo.14289416

ARTICLE INFO

Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:6 th December 2024

KEYWORDS Mediya, texnologiya, ta'lim-tarbiya, model, texnologiya, bilim, ko'nikma, malaka, kompitensiya, axborot, yaratish, foydalanish.

ABSTRACT

Ushbu maqolada zamonaviy ta'limda mediasavodxonlikni kelib chiqishi, qo'llash hususiyatlari ishlab chiqildi. Media texnologiyasining asosiy maqsadi, ta'limda axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o'rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari jarayonini faollashtirish hisoblanadi.

KIRISH. So'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi mediasavodxon bo'lish zaruratini qo'ydi. An'anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo'lgan. Bugun ushbu ko'nikma - axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalo, huquqiy demokratik jamiyatimizning to'laqonli faol fuqarosi sifatida hamda umumta'lim maktab direktori sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;

OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirish;

Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo'l qo'ymaslik va har qanday vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilish;

Insonning vizual obrazlar ta'siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishlarini tahlil eta olish

va vizual xabarlar ostida beriladigan ko'rinmas ma'lumotlarni "o'qiy olish";

OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil eta olish

mediasavodxonlikni ko'rsatuvchi omillar sanaladi. Ushbu ko'nikmalarning maktab direktorida

mavjudligi umumta'lim maktablarini samarali boshqarishdagi omillardan biri bo'lib xizmat

qiladi.

Shuningdek, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o'zida aks etyapti, degan savollarga javob topa olish uchun ham umumta'lim maktab direktorlarida mediasavodxonlik shakllanishi zarurdir.

Mediasavodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda, ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish bo'lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste'mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan

Volume 1, Issue 17, December 2024

chegaralanishdir.

"Media" tushunchasi va media savodxonlik «Media» atamasi (lotincha — medium,ya'ni vosita, vositachi, usul) turli ko'rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasiga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o'rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarningta'siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media atamasiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko'ramiz. «Media — ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo'ljallangan ko'ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo'naltirilgan ko'p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».

Boshqa jihatdan olib qaraganimizda medialarni to'rtta turga ajratish mumkin: bosma, vizual, raqamli, ovozli

Mediasavodxonlik o'z ichiga quyidagi ko'nikmalarni oladi:

- Estetik va kreativ ko'nikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin etish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali o'quvchi mazkur ko'nikmalarni o'zida shakllantirishi mumkin.

- Interfaollik ko'nikmalari media orqali muloqot qilish va turli media- rollarni bajarib ko'rish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Mazkur ko'nikmalarni ta'lim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko'nikmalari o'z fikri va qarashlarini ifoda etishga tayyorligini ko'rsatadi.

- Tanqidiy tahlil ko'nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda, turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Ushbu ko'nikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o'rganish orqali yaxshiroq rivojlanadi;

- Xavfsizlik ko'nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularni oldini olish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiymakonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi.

Mediasavodxonlik - insonning jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini hisqilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. Media savodxonlik — mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo'yicha ko'nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.

Oddiy qilib aytganda, axborot — bu to'plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo'lgan ko'rinishda taqdim etiladigan ma'lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi — «Tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar»dir.

O'tmishda mazkur tushuncha ortida odamlar tomonidan bir-biriga og'zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma'lumotlar tushunilgan. Keng ma'noda axborot ta'rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, "axborot — bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir". Ayrim tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, axborot deb oldindan ma'lum bo'lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma'lumotlar tushuniladi Axborot muhim unsur bo'lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib bo'lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo'naltirilganligidadir. Shu bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo'lishi mumkin.

Media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan to'g'ri foydalanish, insonlarning o'zida axborotga bo'lgan ehtiyojini anglashi, ma'lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi.

Aksariyat hollarda iste'molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o'z qidiruvishini ma'lum bir natijaga qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o'sishi qiziqtiradi. Abiturient oliy ta'lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma'lumotni o'rganadi.

Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. Tanlov xabarning to'laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va h.k. asosida amalga oshiriladi. Ammo bu yerda ham manbaning ishonchliligini chuqur o'rganish lozim. Masalan, o'zini adabiy tanqidchi deb tanishtirgan shaxsning yangi adabiyot bo'yicha tavsiyalari avvalo muayyan maqsadda berilgan bo'lishi mumkin. Bugungi kunda axborot materiallarining, kontent va resurslarning haddan tashqari keng va turli-tuman to'plami mavjud, ayniqsa Internetda, ularning aniqligi, ishonchliligi va qiymati turlicha. Bundan tashqari, bu ma'lumotlar turli shakllarda (matn, tasvir, statistik ma'lumotlar, elektron yoki bosma shaklda) mavjud bo'lib, ularni onlayn baza, portal, virtual va real kutubxona, hujjatlar to'plami, ma'lumotlar bazasi, arxivlar, muzeylar va boshqalar orqali olish mumkin. Ammo ushbu axborotning sifati muhim omil sanalib, axborotning sifati «juda yaxshi» dan «judayomon»gacha farqlanishi mumkin. Demak, axborotni saralash asosida uning iste'molchiga xatto, o'zi tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda avvalo inson axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Axborot manbalari uch toifaga bo'linadi.

Birlamchi manbalar - bu original manbalar bo'lib, ular axborotni izohlamaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, original san'at asarlari, qo'lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og'zaki hikoya/interv'yu yoki diplomatik hujjatlar bo'lishi mumkin. Aksariyat holatlarda va muayyan vaziyatlarda imkon qadar birlamchi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ikkilamchi manbalar sifatida axborotni yetkazib beruvchilar maydonga chiqadi. Bu holatda axboroto'zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilish jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma'lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o'zida nufuzli yoki xolis axborotni mujassam etmaydi. Axborotni sub'ektiv baholash holatlarini tekshirilgan Ikkilamchi manbalardan foydalanib bartaraf etish mumkin.

Uchlamchi manbalar — bu tashkil etilgan va o'zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o'zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo'llanmalar, entsiklopediyalar, ko'rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma'lumotlar bazasi va h.k.) manbalardir.

Axborot borasida savodxon insonlar quyidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar: tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qila bilish va undan o'z fikrini bayon etishda foydalanish, mustaqil ta'lim olish qobiliyati, davlat faoliyati va jamiyatda kechayotgan demokratik jarayonlarda ishtirok etish, xabardor fuqaro va o'z kasbining ustasi bo'lishga tayyor bo'lish. Axborot borasida savodxon insonlar odob axloq qoida va me'yorlariga tayangan holda axborotni qanday to'plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladilar. Mazkur kompetensiyalar har qanday o'quv jarayoni kontekstida, shu jumladan ta'lim va kasbiy muhitga yoki o'z-o'zini rivojlantirishganisbatan tadbiq qilinishi mumkin. Media va axborot savodxonligi nima uchun kerak?

• Huquqiy demokratik jamiyatimizning to'laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushinish;

• OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirish;

• Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo'l qo'ymaslik va har qanday vaziyatda

to'g'ri qaror qabul qilish;

• Insonning vizual obrazlar ta'siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko'rinmas ma'lumotlarni "o'qiy olish";

• OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;

• Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o'zida aks etayapti degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Bozorboyevna, N. N. (2023). Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini o'z ustida ishlashning zamonaviy yo'llari. Science and innovation, 2(Special Issue 4), 262-265.

2. Darslarda o'quvchilarning kretiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish N Nuraliyeva

3. Science and innovation 1 (B8), 1423-1426 Professional development of teachers NN Bozorboyevna Universal Publishing INC.

4. Каримова, М., Нуралиева, Н., & Халилова, Л. (2024). Медиаграмотность в сфере образования. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 26-30.

5. Allayorov, A., Xudayberdiyev, R., Nuraliyeva, N., Xalilova, L., & Abduraimova, I. (2024). GENDER TERMINOLOGIYASINING TARJIMA XUSUSIYATLARI. Models and methods in modern science, 3(4), 198-201.

6. Khalilova, L., Allayorov, A., Xudayberdiyev, R., & Nuraliyeva, N. (2024). INTEGRATING DIGITAL TECHNOLOGIES TO ENHANCE FOREIGN LANGUAGE INSTRUCTION. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(2), 234-237.

7. Turdikulova, В., Karimova, M., & Nuraliyeva, N. (2024). Advantages of information communication technologies. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(5), 20-25.

8. Fayziyev, А. (2024). Dars samaradorligini oshirishda didaktik o 'yinlardan foydalanishning o 'ziga xos metodik xususiyatlari. Modern Science and Research, 3(1), 1-2.

9. Boshlang'ich ta'limda triz-texnikasini qo'llanishi. NN.Bozorboyevna Volume - 7_ Issue -4_Iyun_2022. 76. 4. Developing the Professional Activity of Primary Education Teachers N.B. Nuralieva. International Journal of Social Science Research and Review 5 (5), 259-264.

10. Bozorboyevna, N. N. (2023). PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF TEACHERS.

11. Каримова, М., & Муратбаева, Р. (2024). Литературные шедевры хх века: классика, знаменитость и вечность. Актуальные вопросы лингвистики и преподавания иностранных языков: достижения и инновации, 1(1), 383-385.

12. Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE CLT (COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

13. Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

14. Наримова, Г. А., Сиддикова, Н., & Саматова, Г. (2015). Различные подходы в преподавании иностранного языка студентам в неязыковых вузах. Научный альманах, (11-2), 292-296.

WI

Volume 1, Issue 17, December 2024

15. Shaimova, G. A., Shavkieva, D., & Abdukadyrova, N. (2014). The Importance of WebQuest Technologies in Formation of the Professional Speech in Future Specialists. In Young Scientist USA (pp. 160-162).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.