Научная статья на тему 'SAN’AT VA MADANIYAT YO‘NALISHIDA MEDIASAVODXONLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI'

SAN’AT VA MADANIYAT YO‘NALISHIDA MEDIASAVODXONLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
18
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mediasavodxonlik / san’at / madaniyat / zamonaviy media / ijodiy yondashuv / media funksiyalar / ommaviy axborot vositalari / interaktivlik. / медиаграмотность / искусство / культура / современные медиа / творческий подход / медиафункции / средства массовой информации / интерактивность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I.X. Berdiyeva

mazkur maqolada san’at va madaniyat yo‘nalishida mediasavodxonlik tushunchasining mohiyati haqida so‘z yuritiladi. Xorij olimlarining mavzuga oid bergan ta’riflari ham qiyosiy tahlil etilgan. Shu bilan birga, mediasavodxonlikning ijodiy sohadagi ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Ijodiy sohada ta’lim olayotgan talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirishda media ta’limdan foydalanish zarurati qayd etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE OF THE CONCEPT OF MEDIA LITERACY IN THE DIRECTION OF ART AND CULTURE

в данной статье говорится о сущности понятия медиаграмотности в направлении искусства и культуры. Также сравнительно анализируются определения, данные зарубежными учеными по данной теме. При этом приводятся научно-теоретические взгляды на значение медиаграмотности в творческой сфере. Отмечается необходимость использования медиаобразования в повышении научного и творческого потенциала студентов, обучающихся в творческой сфере.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA MADANIYAT YO‘NALISHIDA MEDIASAVODXONLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© I.X. Berdiyeva1H_

10'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada san'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlik tushunchasining mohiyati haqida so'z yuritiladi. Xorij olimlarining mavzuga oid bergan ta'riflari ham qiyosiy tahlil etilgan. Shu bilan birga, mediasavodxonlikning ijodiy sohadagi ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Ijodiy sohada ta'lim olayotgan talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirishda media ta'limdan foydalanish zarurati qayd etiladi.

MAQSAD: san'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlik tushunchasining mohiyati deganda, asosan ommaviy axborot vositalarining (OAV) ta'sirini tushunish, san'at va madaniyat sohasida ishtirok etayotgan insonlarning media kontentni yaratish va uni iste'mol qilishdagi xabardorligini oshirish ko'zda tutiladi. Mediasavodxonlik orqali ins onlar OAVda uzatilayotgan ma'lumotlarni tanqidiy tahlil qilish, ularning sifatini, maqsadini va ta'sirini anglash imkoniga ega bo'ladilar.

MATERIALLAR VA METODLAR: bo'limi ilmiy tadqiqotlar yoki maqolalarda foydalaniladigan asosiy bo'limlardan biri bo'lib, u o'rganilayotgan mavzuga oid tadqiqot qanday materiallar va uslublar yordamida amalga oshirilganligini tushuntiradi. San'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlikni o'rganishda foydalaniladigan materiallar va metodlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

san'at va madaniyatga oid maqolalar, intervyular, hujjatli filmlar, podkastlar va ijtimoiy media postlari kabi materiallar;

gazeta va jurnallardagi san'at va madaniyat sharhlari ;

internetda e'lon qilingan san'at asarlari, virtual galereyalar, musiqiy ijrolar va teatr namoyishlari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: san'at va madaniyat sohasida mediasavodxonlik muhim ahamiyatga ega, chunki hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari (OAV) insonlarning madaniy idroklari va qadriyatlariga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Tadqiqot jarayonida quyidagi muhim jihatlar aniqlangan:

OAVning madaniy ta'siri: Mediasavodxonlik darajasi past bo'lgan auditoriyalar ko'pincha OAV orqali berilayotgan kontentni tanqidiy tahlil qilmasdan qabul qiladilar. Bu holat san'at va madaniyat qadriyatlarining noto'g'ri talqin qilinishiga olib kelishi mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Masalan, turli seriallar va filmlar orqali tarqatilayotgan g'arbiy yoki boshqa milliy madaniyatlar ta'siri mahalliy madaniyatga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

XULOSA: ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan san'at va madaniyat kontenti jamiyatda madaniy qadriyatlar, ijodiy imkoniyatlar va madaniyatlararo muloqotga ta'sir ko'rsatadi. Mediasavodxonlik bu jarayonlarni to'g'ri idrok qilishda muhim omil hisoblanadi.

Kalit so'zlar: mediasavodxonlik, san'at, madaniyat, zamonaviy media, ijodiy yondashuv, media funksiyalar, ommaviy axborot vositalari, interaktivlik.

СУТЬ ПОНЯТИЯ МЕДИАГРАМОТНОСТИ В ИСКУССТВЕ И КУЛЬТУРЕ_

© И.Х.Бердиева1И

1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о сущности понятия медиаграмотности в направлении искусства и культуры. Также сравнительно анализируются определения, данные зарубежными учеными по данной теме. При этом приводятся научно-теоретические взгляды на значение медиаграмотности в творческой сфере. Отмечается необходимость использования медиаобразования в повышении научного и творческого потенциала студентов, обучающихся в творческой сфере.

ЦЕЛЬ: суть концепции медиаграмотности в сфере искусства и культуры заключается главным образом в понимании влияния средств массовой информации, повышении осведомленности людей, участвующих в сфере искусства и культуры, в создании и потреблении медиаконтента. Благодаря медиаграмотности люди получат возможность критически анализировать информацию, передаваемую в средствах массовой информации, понимать ее качество, цель и влияние.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: раздел - один из основных разделов, используемых в научных исследованиях или статьях, в нем поясняется, какие материалы и методы использовались для исследования изучаемой темы. Материалы и методы, используемые при исследовании медиаграмотности в сфере искусства и культуры, могут быть следующими:

материалы, такие как статьи об искусстве и культуре, интервью, документальные фильмы, подкасты и публикации в социальных сетях; обзоры искусства и культуры в газетах и журналах;

произведения искусства, виртуальные галереи, музыкальные спектакли и театральные постановки, размещенные в Интернете.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: медиаграмотность важна в сфере искусства и культуры, поскольку сегодняшние средства массовой информации (СМИ)

Iqtibos uchun: Berdiyeva I.X. San'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlik tushunchasining mohiyati// Inter education & global study. 2024. №8. B.69-79.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

оказывают большое влияние на культурные представления и ценности людей. В ходе исследования были выявлены следующие важные аспекты:

Культурное влияние СМИ. Аудитория с низкой медиаграмотностью часто принимает медиаконтент без критического анализа. Такая ситуация может привести к неверному толкованию искусства и культурных ценностей. Например, влияние западной или других национальных культур, распространяющееся через различные сериалы и фильмы, может оказать негативное влияние на местную культуру.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: художественный и культурный контент, распространяемый через средства массовой информации, влияет на культурные ценности, творческие возможности и межкультурное общение в обществе. Медиаграмотность является важным фактором правильного восприятия этих процессов.

Ключевые слова: медиаграмотность, искусство, культура, современные медиа, творческий подход, медиафункции, средства массовой информации, интерактивность.

Для цитирования: Бердиева И.Х. Суть понятия медиаграмотности в искусстве и культуре. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 69-79.

THE ESSENCE OF THE CONCEPT OF MEDIA LITERACY IN THE DIRECTION OF ART AND CULTURE_

© Berdiyeva Kh. Iroda1®

1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article talks about the essence of the concept of media literacy in the direction of art and culture. The definitions given by foreign scientists on the topic are also comparatively analyzed. At the same time, scientific theoretical views on the importance of media literacy in the creative field are given. The need to use media education in increasing the scientific and creative potential of students studying in the creative field is noted.

AIM: the essence of the concept of media literacy in the field of art and culture lies mainly in understanding the influence of mass media, raising awareness of people involved in the field of art and culture, in the creation and consumption of media content. Thanks to media literacy, people will be able to critically analyze the information transmitted in the media, understand its quality, purpose and impact.

MATERIALS AND METHODS: section - one of the main sections used in research or articles, it explains what materials and methods were used to research the topic under study. Materials and methods used in research on media literacy in the field of arts and culture can be the following:

materials such as articles on arts and culture, interviews, documentaries, podcasts, and social media posts;

reviews of arts and culture in newspapers and magazines;

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

works of art, virtual galleries, musical performances, and theater productions posted online.

DISCUSSION AND RESULTS: media literacy is important in the field of arts and culture because today's mass media (Mass Media) have a great influence on people's cultural perceptions and values. The following important aspects were identified during the study:

Cultural influence of the media. Audiences with low media literacy often accept media content without critical analysis. This situation can lead to misinterpretation of art and cultural values. For example, the influence of Western or other national cultures, spread through various TV series and films, can have a negative impact on local culture.

CONCLUSION: artistic and cultural content disseminated through mass media influences cultural values, creative possibilities and intercultural communication in society. Media literacy is an important factor in the correct perception of these processes.

Key words: media literacy, art, culture, modern media, creative approach, media functions, mass media, interactivity.

Davlatimiz o'z taraqqiyotining yangi bosqichida madaniyat va san'at sohasiga alohida e'tibor qaratib, uning rivojlanishi va sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilishi hamda milliy madaniyatimizni jahonga tanitish yo'lida bir qator tizimli islohotlarni amalga oshirmoqda. Madaniyat, san'atning barcha turlari - xalqning ma'naviy qiyofasi, axloq-odobi, estetik tarbiya darajasini belgilaydigan muhim omillardan biridir. Ma'lumki, dunyodagi har bir xalqning madaniyati o'ziga xosligi, tarixiy an'analari bilan ajra lib turadi. Uning takomilini urf-odatlar, an'analarga sodiqlik, teatr, kino va tasviriy san'at, badiiy adabiyot, ta'lim-tarbiya yuksakligi va uyg'unligida ko'ramiz. Har qanday madaniyat o'zi mansub bo'lgan xalqning tarixiy ildizlaridan bahra oladi va zamonga mos rivojlanib boradi[1]. Mazkur integratsiya esa, ta'lim sohasidagi islohotlar bilan uzviy taraqqiy etib boraveradi. Ijodiy ta'lim tizimiga zamonaviy media vositalarini joriy qilish orqali ilm -fanda kreativlik ko'rsatkichlari yuqorilab, talabalarning mavzuni qabul qilishi osonlashadi. Madaniyat va san'at sohasi ta'limidagi mediasavodxonlikni joriy qilish ta'limda natijadorlikka yo'naltirishga sabab bo'ladi. Sababi, hozirgi kunda talabalar lokal ta'lim bilan cheklanmasdan, xalqaro media mahsulotlari bila n ham tezkor tanishadi, o'rganadi.

XX asrning ikkinchi yarmi tezkor, keng ko'lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish davri sifatida, ular hayotning deyarli barcha jabhalariga va inson faoliyatiga kirib borishi, shuningdek, axborot makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta'sir ko'rsatgan va ko'rsatayotgan omil sifatida e'tirof etiladi. E'tiborli jihati, mamlakat ichidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlar ehtiyojining juda ortib borishidir. Axborot sohasining bunday tezlik bilan

For citation: Berdiyeva Kh. Iroda. (2024) 'The essence of the concept of media literacy in the direction of art and culture, Inter education & global study, (8), pp. 69-79. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

rivojlanishi, uning Ipotensiali va imkoniyatlarining o'sishi, uning jamoatchilik va davlat hayotidagi turli xil o'nalishlarda keng tarzda ishlatilishi, yangi XXI asrdagi odamzot taraqiyotini aniqlab beruvchi muhim omillarning biri bo'la oladi. Globallashayotgan dunyoda axborot xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy, ham salbiy kuch sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo'lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo'ladilar[2]. Bu mamlakatlardagi san'at va madaniyat sohasidagi ta'lim bizga nisbatan ancha taraqqiy etganligini qayd etish lozim. Endi san'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlik tushunchasining mohiyatini quyidagi sodda va tahliliy manbalar bilan yoritib berishga harakat qilamiz.

"Media" atamasi (lotincha - medium, ya'ni vosita, vositachi, usul) turli ko'rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasiga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o'rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.

Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta'siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda.

Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media atamasiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko'ramiz. "Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo'ljallangan ko'ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo'naltirilgan ko'p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir". Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o'zagida aynan ushbu tavsifni ko'radi. Shunga qaramasdan, mazkur atamaning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa - aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV shu jumladan internet, reklamaning tashqi vositalari va boshqalarni kiritadi. Medialar elektron bo'lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga ajratiladi: Elektron bo'lmagan bosma medialar:

• davriy nashrlar, Gazeta va jurnallar, Kitoblar, Komikslar, Elektron medialar, Radio, Kino, Televideniya, Kompyuter (SD-ROM, USB), Video o'yinlar, Internet, Yozib olingan musiqa, Mobil telefon, Elektron kitoblar

Boshqa jihatdan olib qaraganimizda medialarni to'rtta turga ajratish mumkin:

• bosma, Vizual, Raqamli, Ovozli

Mediasavodxonlik o'z ichiga quyidagilarni oladi: estetik va kreativ ko'nikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin etish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali o'quvchi mazkur ko'nikmalarni o'zida shakllantirishi mumkin; interfaollik ko'nikmalari media orqali muloqot qilish va turli media-rollarni bajarib ko'rish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qobiliyatida namoyon bo'ladi. Mazkur ko'nikmalarni ta'lim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko'nikmalari o'z fikri va qarashlarini ifoda etishga tayyorligini ko'rsatadi; tanqidiy tahlil ko'nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda, turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Ushbu ko'nikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o'rganish orqali yaxshiroq rivojlanadi ; xavfsizlik ko'nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularni oldini olish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiy makonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi.

Yuqoridagilarning mohiyatini o'rgangan holda, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda mediasavodxonlik tushunchasini quyidagicha ta'riflash mumkin.

Mediasavodxonlik: insonning jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. Mediasavodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o'z-o'zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg'u beradi. Mediasavodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat'iy nazar o'zaro hamkorlik qilish ko'nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog'liq[3].

Respublikamizdagi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va uning filallarida ham mediasavodxonlikdan foydalanishni ilgari suraman. Mazkur institutda ham hozirgi kunda qator ijobiy va ijodiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Iqtidorli yoshlarni izlab topish va rag'batlantirish, shuningdek, ularni jahon sahnalariga olib chiqish, ijrochilik mahoratlarini yanada oshirish uchun har ikki yilda bir marotaba talabalar o'rtasida xalqaro teatr, musiqa, raqs va folklor san'ati tanlovlarini o'tkazish maqsad qilingan. Bularni hayotga tatbiq qilish talabalar o 'z ijodiy yo'nalishini topishi va yetuk ijodkor kadr bo'lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tom ma'noda inson kamoloti uchun qayg'urgan, adolatli jamiyat barpo etishni maqsad qilgan har qanday davlatda madaniyatga katta umid bilan qaralgan. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlarida ilm-fanning rivoj topishi, ijtimoiy hayot jonlanishi, adolat tamoyillari o'rnatilishi, so'zsiz, jamiyatda madaniyat va san'atga alohida o'rin berilgani bilan izohlanadi[4].

Bugungi kunda madaniyat va san'at sohasi ta'limida yangi media muhit, kommunikativ faollikning o'sishi kundalik hayotimizga ham o'zgarishlar sifatida kirib kelmoqda. Bu bir qator yangi ijtimoiy reaktsiyalar majmuasining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Media muhit pedagogikaning barcha tizimlariga ta'sir ko'rsatib, talabalarning ta'lim olish imkoniyatini oshirdi.

Yangi (elektron) ommaviy axborot vositalari interaktivlik va muloqot erkinligi bilan ajralib turadigan hodisadir; ular foydalanuvchini axborot almashinuvining faol ishtirokchisiga aylantirdi. U o'zidan oldingi - bosma ommaviy axborot vositalari, radio va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

televideniye kabi axborot kanallaridan to'liq ma'lumot oluvchidan farqli o'laroq, nafaqat olingan ma'lumotlarni o'zlashtirish va uzatish, balki mustaqil ravishda ma'lumot ishlab chiqarishga qodir. Ajablanarlisi shundaki, media kompetentsiyalarini egallash insoniylashuv jarayonini katalizlovchi asosiy omillardan biridir. Bugungi kunda mediasavodxonlik haqida gapirish aksiologik yo'nalishni anglatmaydi. Zamonaviy odamlar dunyoga tobora ko'proq "gadjet kamerasi" orqali qarashmoqda. Mediasavodxonligi samarali ijtimoiy hamkorlikning sharti sifatida taqdim etiladi. Keng ma'noda mediasavodxonlik - bu raqamlashtirilgan bilim va ma'lumotlar madaniyati. Yangi ommaviy axborot vositalari zamonaviy ijtimoiy-madaniy bosqichning kognitiv muhitini shakllantirishning asosiy omilidir[5].

Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo'lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, "Mediasavodxonlik" (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko'ra esa, "mediasavodxonlik harakat bo'lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat". Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma'lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi.

M.Guetterz esa multimedia savodxonligi o'z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi deydi.

Fikrimizcha, mediasavodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir. Mediasavodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish bo'lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste'mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko'ra, "mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to'g'ri savol bera olishdir". Bugungi kunda internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo'shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto'g'ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko'ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta'sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas. Aynan jamiyat hayotiga ta'sir etuvchi mazkur

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko'paymoqda.

Mediasavodxonlik (media literacy) mediani o'rganish bo'lib, media ta'limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o'z oldiga: - medianing shaxs va jamiyatga ta'sirini tushunish; - ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash; - mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish; - media kontekstini tushunish; - mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish; - mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo'yadi. Bugungi kunda media, ya'ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san'atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma'lumot inson ongiga o'zining ma'lum bir ta'sirini o'tkazib, uning dunyoqarashini o'zgartirishga sabab bo'lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo'llanilishi va bugungi kunda mediata'lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o'rganishga bo'lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir[6].

Peres Tornero va Varis "Media savodxonligi va yangi gumanizm" kitobida qayd etganlaridek, ta'lim sohasida o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish uchun pedagoglarga AKT sohasida bilim va faol kompetensiyalar kerakligini ta'kidlaydi.

Zamonaviy sinflar turli uskunalar bilan ishlashi uchun kerakli darajada jihozlangan bo'lishi va bu uskunalar nafaqat bilim berish va olish uchun, balki kooperativ kognitiv tarmoq sifatida ham foydali bo'lishi mumkin. Ta'lim tarmoq hamjamiyatlari doirasida olib borilishi mumkin. Kuzatish, tadqiq qilish, tahlil qilish, hujjatlashtirish va almashish faoliyatning ushbu turlarini ta'minlash uchun allaqachon AKTdan foydalanilmoqda va hali uzoq foydalaniladi. Ulardan foydalanish uchun ta'lim hamjamiyatiga ta'lim kommunikatsiyalari bo'yicha keng ko'lamli chuqur ko'nikmalar va maktablar o'rtasida o'zaro hamkorlikni mustahkamlash talab etiladi.

Biroq, bu institutsional va tizimli sa'y-harakatlarga yaqinda qo'l urildi va ular hali ta'limning tarkibiy qismiga aylanib ulgurmadi. Ta'lim jarayoni hali hamon o'z -o'zidan yuz beradigan, eskirgan, ya'ni hujjatlar bilan va muassasalar tomonidan tartibga so linmagan jarayonligicha qolmoqda. Media ta'limga kelsak, o'qitish va dars berish oqimi, umuman olganda, o'z-o'zidan yuz beradigan, norasmiy, tizimsiz va rejalashtirilmagan jarayon. Aytish mumkinki, mediadan foydalanuvchilar - bolalar va yoshlarni, kattalar va keksalarni o'qitish jarayoni rasmiy ta'limning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Ya'ni, ular aniq o'quv dasturisiz, tajriba yo'li bilan induktiv usulda, mustaqil, o'z tavakkalchiligi asosida, tengdoshlarining maslahatlaridan foydalanib yoki ularga taqdid qilgan holda bilim oladilar. Bilim manbai sifatida juda kam hollarda darsliklar yoki qo'llanmalarga murojaat qiladilar. Hamma narsa tabiiy hodisa sifatida va o'quv rejasidan tashqarida yuz beradi. Biroq, aslini olganda, zamonaviy ijtimoiy, texnologik va m edia kontekstning o'zi muayyan shaklga keltirilmagan, niqoblangan o'quv dasturidir. Bugungi kunda MAS ko'nikmalari aynan shu kontekstda shakllantirilmoqda. Mediasavodxonlikni shakllantirish ikkita asosiy maqsaddan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

iborat: a) dasturlashtiriladigan, tushunarli va natijasi oldindan ayon bo'lgan o'quv rejani yaratish; b) yashirin o'quv dasturini tahlil qilish va tanqid ostiga olish.

Ayrim mamlakatlarda raqamli yoki mediasavodxonlik bilan bog'lik maxsus fanlar mavjud. Demak, u yerda dastur va o'quv rejalar ishlab chiqilgan. Masalan, Finlyandiyada maktabda media ko'nikmalari fanlararo yondashuv doirasida shakllantiriladi. Ular boshlang'ich va o'rta maktabdagi har bir fanga kiritilishi kerak, deb hisoblashadi. O'rta maktabda "Media diplom" degan maxsus fan mavjud bo'lib, u media mavzuda bir necha kursni o'z ichiga oladi va majburiy fanlar qatoriga kiradi.

Boshqa mamlakatlarning strategiyasida, bu soha o'quv dasturining barcha komponentlariga singdirilishiga asoslangan. U mamlakatlarda mediadan olingan axborotni tanqidiy baholash qobiliyati va bu qobiliyatni takomillashtirish har qanday fan doirasida AKT yordamida axborot ishlab chiqarish, yaratish va almashinishga yordam beradi, deb hisoblanadi va o'quvchi hamda o'qituvchilarni ushbu qobiliyatni rivojlantirishga undaydi. Ayrim xorij mamlakatlarida media ta'limni qo'shimcha ravishda amaliy, me'yoriy kiritish ba'zi fanlarni o'rniga yoki ular o'rtasidagi oraliq fan sifatida o'qitishga harakat qilingan. Ya'ni, darsdan tashqari vaqtda maktab gazetalari va jurnallari, radio eshittirishlar va audiovizual mahsulotlari yaratiladi. Yaratish jarayonida ishtirokchilar mediadan foydalanishning turli usullari bilan bevosita tanishish imkoniyatini qo'lga kiritadilar[7].

Mediasavodxonlik - mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo'yicha ko'nikmalar va malakalar majmuini bildiradi: demokratik jamiyatda medianing roli va funksiyalarini tushunish; media o'z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo'lgan shart -sharoitlarni tushunish; media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy baholash; media vosiasida o'z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun o'zaro hamkorlik qilish; foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo'ladigan ko'nikmalar(shu jumladan, AKT bilan ishlash ko'nikmalari)ni faollashtirish.

Mediasavodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o'z-o'zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg'u beradi. Mediasavodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat'iy nazar o'zaro hamkorlik qilish ko'nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog'liq. San'at va madaniyat yo'nalish ida mediasavodxonlik deb, mediasavodxonlikning quyidagi tushunchalari bilan uyg'unlashtirsak maqsadga muvofiq bo'ladi: o'z fikrini erkin bayon etish; kutubxona savodxonligi; yangiliklar (axborot) savodxonligi; internet-savodxonlik; raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan, elektron o'yinlardan foydalanish savodxonligi); televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik. Global miqyosda barcha tashkilotlar mediata'lim (MT) atamasidan foydalanadi.

YUNESKO ekspertlari tomonidan har qanday auditoriyani mediasavodxonlikning ko'nikmalariga o'rgatish uchun moslashtirilgan dasturlari mavjud ekan. Shu bilan birga tarbiyasi og'ir va ijtimoiy zaif yoshlar bilan ishlashga yo'naltirilgan dasturida keltirilgan fi krlar ham e'tiborimizni tortdi. MAS kabi ta'lim yo'nalishi haqida xabardor emasliklari yoki qisman

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xabardor bo'lishlari natijasida, tarbiyasi og'ir yoki ijtimoiy zaif yoshlarning vakillari yangi va zamonaviy bilimlarning ushbu sohasiga yaqin bo'lish imkoniyatini nihoyatda ijobiy tarzda qabul qiladilar. Ushbu guruh bilan ishlash davomida mentorlar va o'qituvchilar to'plagan o'sha oz miqdordagi tajriba shuni ko'rsatdiki, ular raqamli shaxsiy xavfsizlikning, mediagigiyenaning, targ'ibot va nayranglarga qarshi ta'sir ko'rsatishning, soxta ma'lumotlarni va "nafrat tili"ni aniqlashning asoslarini va boshqa mavzularni o'rganishga qiziqish bildirar ekan.

Tadqiqotimiz davomida mediasavodxonlikni rivojlantirish bilan shug'ullanadigan tashkilotlar faoliyati bilan manbalar orqali qisman tanishdik. " Gurdofarid" jamoat tashkiloti (Tojikiston) o'z faoliyatini 2008-yilda ta'lim olish markazi sifatida Sug'd viloyatida boshladi. Hozirda tashkilot turli guruhdagi shaxslar, shu jumladan o'qituvchilar, o'spirinlar, jurnalistlar va boshqalar uchun mediasavodxonlik bo'yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. "Gurdofarid" JTning asosiy maqsadlari - ayollar, qizlar va yoshlarning ta'lim olish darajasini, ayollarning huquqiy bilimlarini va maqomini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilikka erishishlarida, tillarga va mediasavodxonlikka o'rgatish, huquqlarni himoya qilish, erkaklar va ayollarning teng huquqli munosabatlarini ta'minl ash, ayollar va yoshlarni ish joylari bilan ta'minlashda yordam ko'rsatish va xayriya faoliyati.

Shuningdek, Faktcheking va mediasavodxonlikning Yevroosiyolik tarmog'i (Eurasian Fact-checking and Media literacy Network - EFMN) - Yevropa va Markaziy Osiyoda dezinformasiyaga qarshi kurash va mediasavodxonlikni rivojlantirish bo'yicha faktchekerlar, jurnalistlar, ekspertlar va trenerlarni birlashtiruvchi tarmoq[8]. Xalqaro tashkilotlardan YUNESKO media va axborot savodxonligini shakllantirish asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Mediata'lim bo'yicha Gryunvald (Polsha) Deklaratsiyasida (1982), axborot savodxonligi va insonning butun hayoti davomida oladigan ta'limi bo'yicha "Axborot jamiyatining mayoqlari" Aleksandriya deklaratsiyasi (2005) va Parij YUNESKO kun tartibida (2007) belgilangan maqsadlarga erishishda YUNESKO a'zo davlatlarini qo'llab-quvvatlaydi Grunvald deklaratsiyasining muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

Xalqaro tashkilotlar, xalqaro OTMda san'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlik texnologiyalari dunyo yoshlarining ko'plab auditoriyasini media, axborot va bilimlar bilan almashish jarayonida faol ishtirokchisiga aylantirmoqda. San'at va madaniyat sohasi ta'lim tiziming barcha uchun ochiqligini yanada kengaytirishga ko'maklashmoqda. Bu jarayonlar yoshlarning mediasavodxonlik darajasi yuqorilab, medianing ijtimoiy va madaniy ahamiyatini tushunib yetishga sabab bo'ldi. Raqamlashtirish va axborot jamiyatining ijtimoiy-ommaviyligi oshdi. Buning natijasida media qurilmalar va texnologiyalar rivojlanish tendensiyasini tushunish bo'yicha yangidan-yangi nuqtaiy nazarlar, muhokamalar shakllandi. Bu o'z navbatida turli medialar konvergensiyasi davrida talabalarning kasbiy ko'nikmalarining yanada mukammallashuviga xizmat qiladi. Shunday ekan, san'at va madaniyat yo'nalishida mediasavodxonlik tushunchasining mohiyati davr va texnologiyalarning rivojlanishi bilan sayqallanib boraveradi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Nazarbekov O. Milliy madaniyatni xalq yaratadi // jur. Guliston №4. - Toshkent.: Silver star print. 2021. 48 b.

2. Xodjayev B., Maxmudova M. O'quvchi-yoshlarda axborot iste'moli madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi. - Toshkent.: Tafakkur qanoti, 2016. - 80 b

3. Namazov B., Fayziyeva M., Sharofaddinov Sh. Media va axborot savodxonligi. -Toshkent.: YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, 2017. 144 b.

4. Sayfullayev N. San'at va madaniyat ravnaqi taraqqiyot va xalq ehtiyoji mahsulidir// gaz. "Yangi O'zbekiston" № 163. - Toshkent.: Kolorpak, 2024. 6 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Котляр П. Социальные предикаты новомедийного субъекта в дискурсе медиаграмотиости. Автореферат. - Казань, Издательства Казанского университета. 2018. 28 ст.

6. Xolliyev A. Media savodxonlik tushunchasi va uning ilmiy nazariy tahlili. Fan va innovatsiyalar xalqaro ilmiy jurnali A seriyasi №7. - Toshkent.: "Science and innovation" MChJ, 2022. (292-296 bb). - 895 b.

7. Tuominen S., Kotilaynen S., Lundvall A., Laakkonen. Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. - Toshkent.: Extremum-press, 2017. 142 b

8. Goroxovskiy A. Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli-tarbiyasi og'ir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun. - Bishkek.: @BRYCACentralAsia, 2021. 148 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

и Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti doktoranti, [Бердиева Ирода Худайшукуровна, докторант государственного института искусства и культуры Узбекистана], [Iroda Kh. Berdiyeva, PhD student State Institute of Art and Culture of Uzbekistan]; manzil: 190111, O'zbekiston, Toshkent, [адрес: 190111, Узбекистан, Ташкент,], [address: 190111, Uzbekistan, Tashkent,] [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.